Bog'lanish

Telefon
+998 72 221 50 50

Elektron manzil
jizzax@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni1008

Yangiliklar

30
Yoshlar bilan ishlash tizimining samarali bosqichi amalda

“O‘zbekiston - 2030” strategiyasida belgilangan keng ko‘lamli islohotlarni samarali amalga oshirishda yoshlar bilan muloqot qilish, ularning muammolarini hal qilish va salohiyatini yuzaga chiqarish, ularni hayotda o‘z-o‘zini topishi, ularning huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirishga har tomonlama ko‘maklashish samarali natijalarni beradi.

Jizzax viloyat adliya tizimiga 178 nafar yoshlar biriktirilgan bo'lib, bugunda ular bilan yaqin hamkorlik, ishonchli aloqalar o'rnatilishiga erishildi.

Joylarda otaliqqa olingan yoshlar va ularning ota-onalari bilan uchrashuvlar tashkil etilib, bilim olish, jamiyatda o' z o'rniga ega bo'lishga harakat qilish yoshlarning asosiy vazifasi ekanligi takidlanmoqda. Ularning muammolari o'rganilib, hal etish choralari ko'rilmoqda. Eng asosiysi yoshlarni ish bilan ta'minlash masalasiga alohida e'tibor qaratilmoqda.

30
Adliya yoshlarni tadbirkorlikka chorlaydi.

Jizzax viloyat adliya boshqarmasi tashabbusi bilan viloyatda faoliyat yurituvchi deraza va eshik yasash faoliyati bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlar bilan tizimga biriktirilgan tadbirkorlikka qiziquvchi yoshlar uchrashuvi tashkil etildi.

Yoshlarni tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb qilish maqsadida “Mening startap loyiham” dasturi doirasida tashkil etilgan uchrashuv davomida, tadbirkorlik faoliyatiga doir qonunchilik hujjatlari mazmun mohiyati, intellektual mulk, xususan, tovar va xizmat koʻrsatish belgisidan foydalanish tartibi tushuntirildi, ularninh muammo va takliflari tinglandi..

29
Adliya aralashgach...

Yangiobod tuman adliya bo’limiga Yangiobod ShFYda yashovchi fuqaro G.Axmedova murojaat yo'llagan.

Murojaatda fuqaro 1967-yilda Sirdaryo viloyatida tug’ulganligi, 1993-yil Yangiobod ShFYda yashovchi fuqaro N.Xayitov bilan qonuniy nikohdan o’tganligi, mazkur nikohdan 4 nafar qiz farzandlari borligi, ayrim sabablarga ko’ra hozirgi kunga qadar tug’ulganlik to’g’risidagi guvohnoma olishni imkoni bo'lmaganini ma’lum qilib, guvohnoma olishda amaliy yordam berishni soʼragan.

Fuqaroning murojaati yuzasidan oʼtkazilgan o’rganishlar asosida Fuqarolik ishlari bo’yicha Zarbdor tumanlararo sudiga fuqaro G.Axmedova manfaatida “Tug’ilganlik faktini belgilash to’g’risida” da’vo arizasi kiritildi.

Sud arizani qanoatlantirib, natijada tuman FXDY bo'limida fuqaroga tug’ilganlik haqida guvohnoma rasmiylashtirib berildi

26
Huquqiy targ'ibot

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan “Yoqilgʻi-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qaror qabul qilindi.

Unga koʻra, 2024–2025-yillarda yoqilgʻi-energetika resurslari narxlarini bosqichma-bosqich oʻzgartirish belgilandi, shuningdek, 2024-yilning 1-may sanasidan elektr energiyasi va tabiiy gaz bir oylik isteʼmolining bazaviy meʼyorlari tasdiqlandi.

Birinchi navbatda taʼkidlab oʻtish joizki, nafaqat aholi uchun balki respublikamizdagi barcha isteʼmolchilar uchun sifatli, uzluksiz va adolatli tariflarda elektr energiyasi yetkazib berilishi lozim.

Xuddi mana shu tushunchalarni aholiga yetkazish va mazkur qaror mazmun-mohiyatini keng aholiga toʻgʻri va aniq tushuntirish maqsadida Jizzax viloyat adliya boshqarmasi, tuman, shahar adliya boʻlimlari xodimlari tomonidan joylarda tarhibot-tashviqot ishlari olib borilmoqda.

25
Isitish mavsumida kompensatsiyalar beriluvchi ehtiyojmand oilalarga kimlar kiradi?

Isitish mavsumida kompensatsiyalar beriluvchi ehtiyojmand oila sifatida “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” tizimiga kiritilgan oilalar tushuniladi. (https://lex.uz/docs/6884060)



“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” tizimiga kiritilmagan oilalar “Mahalla yettiligi”ga murojaat qilishlari mumkin. “Mahalla yettiligi” tomonidan Yagona reyestrga kirmagan ehtiyojmand oilalarning qo‘shimcha ro‘yxati shakllantiriladi.

24
Adliya yoshlarni tadbirkorlikka chorlaydi

Jizzax viloyat adliya boshqarmasi tashabbusi bilan viloyatda faoliyat yurituvchi deraza va eshik yasash faoliyati bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlar bilan tizimga biriktirilgan tadbirkorlikka qiziquvchi yoshlar uchrashuvi tashkil etildi.

Yoshlarni tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb qilish maqsadida “Mening startap loyiham” dasturi doirasida tashkil etilgan uchrashuv davomida, tadbirkorlik faoliyatiga doir qonunchilik hujjatlari mazmun mohiyati, intellektual mulk, xususan, tovar va xizmat koʻrsatish belgisidan foydalanish tartibi tushuntirildi, ularninh muammo va takliflari tinglandi.

23
DIQQAT!

2024-yil 1-maydan aholi iste'molchilari uchun belgilangan elektr energiyasi tariflari hisobi haqida ma'lumot

22
#Биласизми

Иситиш мавсумида компенсациялар берилувчи эҳтиёжманд оила сифатида “Ижтимоий ҳимоя ягона реестри” тизимига киритилган оилалар тушунилади.

“Ижтимоий ҳимоя ягона реестри” тизимига киритилмаган оилалар “Маҳалла еттилиги”га мурожаат қилишлари мумкин. “Маҳалла еттилиги” томонидан Ягона реестрга кирмаган эҳтиёжманд оилаларнинг қўшимча рўйхати шакллантирилади.

19
#Биласизми

Эҳтиёжманд оилаларга меъёрдан ортиқ ишлатилган электр ва газ учун пул берилади

Батафсил инфографикада

18
"Yoshlar kelajagimiz poydevori" shiori ostida "Adliya kubogi" sport musobaqalari tashkil etildi.

Zafarabod tuman adliya bo'limiga hududdagi "Lolazor" mahallasida yashovchi 565 nafar yoshlar biriktirilgan. Bugunda ular bilan bevosita manzilli ishlar olib borilmoqda. Har bir yosh adliya e'tiborida, maqsadlariga etish uchun yaqindan ko'mak ko'rsatimoqda. Ayniqsa yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish va ularning vatanparvarlik tuyg‘usini yanada oshirish, sportga keng jalb qilish, ular o'rtasida sog'lom turmush tarzini keng targ'ib qilish borasida samarali ishlar amalga oshirilmoqda.

"Adliya kubogi" sport musobaqalarining ochilish marosimida tuman hokimi G'ayratjon Eshpulatov so'zga chiqib, hozirgi vaqtda yoshlarga qaratilayotgan e’tibor, imkoniyatlar va yangiliklar haqida to‘xtalib o‘tdi va barcha yoshlarga omad tiladi.

Tadbirning badiiy qismida Milliy gvardiya Jizzax viloyati bo'yicha harbiy xizmatchilari tomonidan harbiy chiqishlar namoyish etildi. Shu bilan birga harbiy hizmatchilarning ish faoliyatiga doir anjomlar yarmarkasi ham yoshlarda katta qiziqish uyg'otdi.

"Adliya kubogi" doirasida sportning futbol, voleybol, stol tennisi, arqon tortish, engil atletika, kamondan o'q otish va shaxmat turlari bo'yicha bahslarga start berildi. Keskin va murosasiz o'tgan o'yinlarda sport bilan muntazam shug'ullanadigan yoshlar saralandi. Ular yakkalik va jamoaviy o'yinlarda ham yaxshi natijalarni ko'rsata olishdi.

Bundan tashqari "Adliya kubogi"da o'quvchi yoshlar uchun "Zakovat" intellektual o'yini ham tashkil etildi. Qiziqarli bahslarga boy bo'lgan tadbirda, g'olib bo'lgan o'quvchi yoshlar esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi.