Bog'lanish

Telefon
+998 72 221 50 50

Elektron manzil
jizzax@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni1008

Yangiliklar

16
ADLIYA ARLASHGACH...

Jizzax shahar adliya bo'limiga fuqaro O.Hazratqulova unga tayinlangan pensiya miqdoridan norozi ekanligini, qayta hisob-kitob qilishda amaliy yordam berishni so'rab murojaat qilgan.

Holat o'rganilganda fuqaroga pensiya tayinlashda eski tahrirdagi “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi qonuning 37-moddasi J-bandiga muvofiq 3 yoshga to‘lguncha bolani parvarishlash ta’tillarida bo‘lish vaqtining 3 yili stajga hisoblanganligi aniqlandi.

O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 9-fevraldagi O‘RQ-752-sonli qonuni bilan bola 3 yoshga to‘lguncha bolani parvarishlash ta’tillarida bo‘lish vaqti, lekin hammasini jamlaganda ko‘pi bilan 6 yil qo‘shiladi deb o‘zgartirilgan.

Shunga ko‘ra, Adliya bo‘limining aralashuvi bilan fuqaroning 3 yoshga to‘lguncha bolani parvarishlash ta’tillarida bo‘lish vaqti 6 yil etib o‘zgartirilib, pensiya miqdori qayta hisob-kitob qilindi. Oqibatda fuqaroga tayinlangan pensiya miqdori oshirildi.

Murojaat ijobiy hal qilindi.

15
Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqqa xizmat qilishi kerak: Sayyor qabullar muammolar yechimining samarali mexanizmi

Adliya boshqarma boshlig'i A.Ergashevning "Adliya kuni" doirasida Zafarabod tumanidagi "Nurafshon" MFYda sayyor qabuli tashkil etildi. Sektor rahbarlari, ichki ishlar bo'limi, mahalla, xotin-qizlar va yoshlar masalalari bo'yicha mas'ullar hamda davlat organlari va tashkilotlari vakillari ishtirokida bo'lib o'tgan qabul davomida hudud aholisi bilan suhbatlashildi.

Aksariyat murojaatlarga huquqiy maslahat berish orqali masalaning echimiga to'g'ri yo'nalish ko'rsatilgan bo'lsa, bevosita sohaga aloqador murojaatlar ish yurituviga qabul qilindi.

Shu bilan birga, "Xotin qizlarga huquqiy ko'mak" aksiyasi doirasida mahalladagi xotin-qizlar uchun mehnat yarmarkasi ham tashkil etildi.

Shu bilan birga hudud aholisiga sayyor davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyati yaratildi.

14
Gender tenglik toʻgʻrisida davra suhbati

2030-yilga qadar Oʻzbekiston Respublikasi gender tenglikka erishish strategiyasi 2024-yilda amalga oshirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar dasturi ijrosini taʼminlash yuzasidan hamda "Xotin-qizlarga huquqiy ko'mak" aksiyasi doirasida jamiyat hayotida faol, rahbarlik faoliyatini namunali tashkil etayotgan ayollar ishtirokida “Gender tenglikni taʼminlash va xotin-qizlarning ijtimoiy siyosiy faolligini oshirish” mavzusida davra suhbati oʻtkazildi.

13
HUQUQIY TARG'IBOT

Markaziy harbiy okrugining Jizzax garnizonidagi harbiy qism harbiy xizmatchilari o'rtasida “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonuni mazmun-mohitini tushuntirish hamda saylov qonunchiligini tushuntirish boʻyicha seminar tashkil etildi.

Unda Sharof Rashidov tuman adliya bo'limi xodimlari ishtirok etib, mavzu yuzasidan batafsil tushuntirishlar berdi.

12
“Yoshlar soati” radio eshittirishida huquqiy yangiliklar

Jizzax shahar adliya bo'limi Yuridik xizmat ko'rsatish markazi bosh yuriskonsulti Mahfuza Yoqubjonova tomonidan Jizzax MTRK Jizzax radio kanali FM 105.5 FM 106.2 to'lqinlarida jonli efirda yoshlarga ta’limdagi imtiyozlar, shuningdek “Xotin-qizlarga huquqiy ko’mak” huquqiy aksiyasi doirasida xotin-qizlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar yuzasidan suhbat o’tkazildi.

Suhbat davomida qonunchilik tizimidagi yangiliklar bo'yicha huquqiy tushuntirish berildi.

09
Arnasoy tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbarlarining ommaviy sayyor qabuli tashkil etildi

Mazkur yuzma-yuz muloqotlar aholining shu yo'nalishdagi muammolarini o'rganish, murojaatlarni tinglash asnosida uning echimini hamkorlikda ijobiy hal etish boradidagi amalliyatni yo'lga qo'yishdan iboratdir.

Adliya boshqarmasi boshlig'i A.Ergashev tomonidan sohaga oid murojaatlar qabul qilinib, aksariyatiga huquqiy tushuntirisglar berildi, to'g'ri yo'l-yo'riq ko'rsatildi.

Shu bilan birga, fuqarolarga davlat xizmatlaridan sayyor tartibda foydalanish imkoniyati yaratildi

Bunday uchrashivlar rahbarlarning xalq orasiga yanada yaqinroq kirib borishiga va bu orqali muammo va kamchiliklarni bartaraf etishga, eng muhimi ularning sabablarini aniqlashga yordam berishi bilan ahamiyatlidir.

08
Jizzaxda “Xotin-qizlarga huquqiy koʻmak” aksiyasi doirasida amaliy ishlar boshlab yuborildi

Adliya vazirligi tomonidan 1-avgustdan 30-avgustgacha eʼlon qilingan “Xotin-qizlarga huquqiy koʻmak” aksiyasi doirasida Jizzax viloyatining barcha tumanlarida adliya boʻlimi, Davlat xizmatlari markazi, FHDY boʻlimi masʼullari ishtirokida sayyor qabullar va uyma-uy yurish tadbirlari tashkil etilmoqda.

Xafta davomida 8 marotaba sayyor qabullar oʻtkazilgan boʻlsa, xonadonlarda yurgan xolda 123 nafar xotin-qizlr bilan suhbatlashildi. Ularning muammolari oʻrganilib tegishliligi boʻyicha sohalar yoʻnaltirilmoqda, shu bilan birga sohaga aloqador murojaatlar ijobiy hal etilmoqda.

Joylarda sayyor tartibda davlat xizmatlari koʻrsatilib shu kungacha 45 nafar ayollarga turli yoʻnalishlarda davlat xizmatlari koʻrsatildi.

Shuningdek, masʼullar qonunchilikdagi yangiliklar, “Mahalla yordami” telegram boti va uning afzalliklari, “Xotin-qizlarga huquqiy koʻmak” huquqiy aksiyasi toʻgʻrisida batafsil maʼlumot berishmoqda.

07
Ёшлар, зўр имкониятни қўлдан бой берманг!

Мустақиллигимизнинг 33 йиллик байрами муносабати билан Адлия вазирлиги томонидан 15 август куни “Ҳуқуқий билимлар” танлови ташкил этилмоқда.

Танловда умумий ўрта таълим ва ихтисослаштирилган таълим муассасаларининг ўқувчи-ёшлари қатнашиши мумкин.

Танловда иштирок этиш учун 8-dekabr.adliya.uz сайтида рўйхатдан ўтиш керак (рўйхатдан ўтишнинг охирги куни – 13 август соат 23:59 гача).

Танлов шартига кўра, иштирокчиларга электрон платформада 30та тест ва битта ҳуқуқий савол берилади.

Ғолиблар планшет, повербанк, китоблар тўплами билан тақдирланади.

Эслатиб ўтамиз, танловда фақат битта аккаунтдан қатнашиш мумкин.

Билимингизни синанг ва қимматбаҳо совғаларни қўлга киритинг.

Барча иштирокчи ёшларга муваффақият тилаймиз!

06
#Yoz_o'tmoqda_soz

Jizzax viloyat adliya tizimiga otaliqqa biriktirilgan maktablar oʻquvchilari bilan yozgi taʻtil davomida turli xil yoʻnalishlarda tadbirlar amalga oshirib borilmoqda. Zomin tumanida joylashgan “Yulduzcha” bolalar sogʻlomlashtirish oromgohida tashkil etilgan tadbir ham bolajonlar uchun bir olam taassurot baxsh etdi.

“Zakovat” intellektual oʻyinlari davomida oʻquvchilar maktab davrida olgan bilimlarini takrorlab, sinovdan oʻtkazdilar. Shu bilan birga, “Sportni sev, sport bilan yasha”
shiori ostida shaxmat-shashka musobaqasi ham tashkil etildi. Bundan tashqari, huquqiy viktorina oʻyinlari ham oʻtkazildi. Faol ishtirok etgan yoshlarga adliya boshqarmasining diplom va estalik sovgʻalari topshirildi.

05
“Xotin-qizlarga huquqiy koʻmak” huquqiy aksiyasi

Adliya vazirligi tomonidan xotin-qizlar huquqlari kafolatlarini taʼminlash va ularga huquqiy koʻmak koʻrsatish maqsadida “Xotin-qizlarga huquqiy koʻmak” huquqiy aksiyasi oʻtkaziladi.

???? Aksiya 2024-yilning 1-avgustidan 30-avgustigacha davom etadi.

✔️ Aksiya doirasida quyidagilar tashkil etiladi:

????uyma-uy yurish, sayyor qabullar, “Adliya kuni” va “Huquqiy targʻibot kuni” tadbirlari;
????mehnat yarmarkalari;
????xotin-qizlar bilan uchrashuvlar;
????davra suhbatlari;
????xotin-qizlar huquqlariga rioya etilishi holati yuzasidan oʻrganishlar oʻtkazish.