Yangiliklar
O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan aholi orasida o'tkazilayotgan tadbirlarning eng samaralisi jonli muloqotlar va noodatiy loyihalarni amalga oshirish hisoblanadi. Jizzax viloyat adliya boshqarmasi tomonidan kun davomida 1000 nafarga yaqin yurtdoshlarimiz tashrif buyuradigan Jizzax shahar adliya bo'limi davlat xizmatlari markazida "Bilasizmi" loyihasi doirasida tashkil etilgan tadbirlar yurtdoshlarimiz uchun ham qiziqarli ham foydali bo'ldi.
Viktorina savollari Yangilangan Konstitutsiyamizda belgilab qo'yilgan moddalar mazmun-mohiyati yuzasidan tuzilgan bo'lib, fuqarolarimiz ulardan qay darajada xabardor ekanliklari sinovdan o'tkazildi.
Ishtirokchilarga hozirlangan sovg'alar ichida aynan Konstitutsiya kitobining borligi, uni har bir oilaga kirib borishiga erishish kabi maqsadni ro'yobga chiqaradi.
8-dekabr Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan adliya boshqarmasi tomonidan turli tadbirlar, fleshmoblan, viktorinalar tashkil etilmoqda. Yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizning mazmun-mohiyatini sodda va xalqchil tilda tushuntirish maqsadida boshqarma boshligʻi A.Ergashev viloyatdagi “Nurli maskan” maktab internati oʻquvchilari bilan uchrashdi.
271 nafardan ziyod oʻquvchilar tahsil olayotgan mazkur taktab internatida bolalarning oʻqib oʻrganishlari, qiziqishlari doirasida kasb egallashlari, dam olishlari, sport bilan shugʻullanishlari uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Davlatimiz tomonidan yoshlarga qaratilgan eʼtibor tufayli yangidan taʼmirlanib, yanada chiroy kasb etgan taʼlim maskani oʻquv xonalari, bolalarning yotoqxonalari zamon talablariga mos holda jihozlangan.
Xalqchil Konstitutsiyamizning inson huquqlari borasida belgilangan moddalari batafsil tushuntirib oʻtildi. Imkoniyati cheklangan fuqarolarga yaratilgan imtiyoz va imkoniyatlar haqida ham maʼlumotlar berildi. Ochiq dars shaklida tashkil etilgan mashgʻulotlar oʻzaro samimiy suhbat tarzida davom etdi. Bolalarning kelajakdagi orzulari, qiziqishlari, rejalari tinglandi.
Shu bilan birga, maktab faoliyati, boshlangʻich sinf oʻquvchilari dars jarayonlari bilan yaqindan tanishildi. Bugun imkoniyati cheklanganligiga qaramay oʻqishga, oʻrganishga xarakat qilayotgan, oʻz ustida izlanayotgan mana shunday oʻquvchilarni koʻrib, ular shu kabi aʼlo sharoitlarga, imkoniyatlarga va imtiyozlarga arzirli yoshlar ekanligiga guvoh boʻlish mumkin. Uchrashuv davomida hamkorlikda ishlash, adliya boshqarmasi tomonidan huquqiy masalalarda doimiy koʻmak berib borish yuzasidan kelishib olindi.
Jizzax viloyati adliya boshqarmasi, Oʻzbekiston Nogironlar jamiyati Jizzax viloyat boʻlimi bilan hamkorlikda 8-dekabr Oʻzbekiston Respublikasi konstitutsiyasining 31 yilligi munosabati bilan "Konstitutsiyada mening huquqlarim" nomli rang tasvirlar tanlovi tashkil etildi.
Tanlov 7 yoshdan 17 yoshgacha boʻlgan nogironligi bor yoshlar oʻrtasida boʻlib o'tdi. Imkoniyati cheklanganligiga qaramasdan bolajonlar o'z ijod namunalari bilan barchani hayratlantirdi.
Tanlov gʻoliblari va qatnashchilari adliya boshqarmasi va homiylar tomonidan tashkil etilgan estalik sovgʻalari va faxriy yorliqlar bilan taqdirlandilar.
Adliya organlari tomonidan Doʻstlik tumanida Konstitutsiyaning yangilangan tahririning mazmun-mohiyatini tushuntirishga qaratilgan “Targʻibot poyezdi” loyihasi doirasida targʻibot tadbirlari oʻtkazildi.
Tadbir davomida ishtirokchilarga Konstitutsiyaviy normalar xalqchil tilda tushuntirildi.
Tadbir soʻngida faol ishtirokchilar esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.
Savollarga eng tez va toʻgʻri javob bergan tinglovchi Eʼzoza O'rinboyeva viktorina gʻolibiga aylandi. Ishtirokchiga Jizzax viloyat adliya boshqarmasining estalik sovgʻasi topshirildi.
umumiy foydalanishdagi elektr, issiqlik, gaz tarmoqlariga o'zboshimchalik bilan ulanish
hisobga olish asbovlariga, plombalariga qasddan shikast yetkazish
bunday hisobga olish asboblarining
Fuqarolarga — BHMning 10-15 BARAVARIGACHA
Mansabdor shaxslarga — BHMning 20-25 BARAVARIGACHA jarima solishga sabab bo'ladi.
Jizzax viloyat Raqobatni rivojlantirish va iste'molchilar huquqlarini himoya qilish huduiy boshqarmasida “Ochiq eshiklar kuni” tashkil etildi.
“9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni” munosabati bilan o‘tkazilgan mazkur tadbirda Jizzax viloyat Korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy kengashi, Jizzax shahar Adliya bo'limi va Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Jizzax viloyat filiali mas’ul xodimlari hamda OAV vakillari ishtirok etishdi.
Tadbir avvalida taklif etilgan ma'ruzachilar tomonidan mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish borasida qabul qulungan qonun va qonunosti hujjatlari, shuningdek, Jizzax viloyat Raqobat boshqarmasida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, korrupsiyaviy xatarlarni oldini olish va bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar yoritildi. Tadbir yakunida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollariga batafsil javoblar berildi.
Adliya vazirligi tashabbusi bilan aholining, ayniqsa yoshlarning konstitutsiyaga oid bilimlarini rivojlantirish, ularning huquqiy ongi va madaniyatini yanada yuksaltirish, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli demokratik, ijtimoiy va siyosiy islohotlardan xabardor qilish maqsadida tashkil etilgan "Targ'ibot poyezdi" Jizzaxga yetib keldi.
Toshkent davlat yuridik universiteti o'qituvchi va talabalaridan tashkil topgan targ'ibot guruhi joylardagi uchrashuvlarda ishtirok etishmoqda. Dastlab Jizzax yuridik texnikumida o'quvchilar bilan uchrashuv tashkil etildi.
Ayni damda targ'ibot guruhi Jizzax viloyat pedagogika universitetida bo'lib o'tayotgan tadbirda ishtirok etishmoqda.
Jizzax shahar adliya bo’limi Yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti A.Raxmatov tomondan Korrupsiyaga qarshi kurashish to’g’risida profilaktik tadbir o’tkazildi.
Oʻzbekiston Milliy universiteti Jizzax filialida 9-dekabr ''Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni'' ga bag'ishlangan ''Aksilkorrupsiya oyligi'' doirasida korrupsion xavf-xatarlarni oldini olish, ularni bartaraf etish kabi masalalarga bag'ishlangan tadbirda korrupsiyaga qarshi kurashish to'g'risidagi qonunchilik, korrupsiyaning sabab va oqibatlari to'g'risida batafsil ma'lumot berildi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan o'tkazilgan tanlov g'oliblariga sovg'alar topshirildi.
Tadbir so’ngida, yig’ilish ishtirokchilarining savollariga atroflicha javob berildi.
Insonni dunyoga keltiruvchi hamda voyaga yetkazuvchi munis va moʻtabar ayol huquqi, uning huquqiy madaniyati, manfaatlari va hurmatini alohida taʼkidlab, yurtboshimiz shunday degan edi: ”Ayollarni qancha ulugʻlasak, hayotimizning chirogʻi, umrimizning guli deb eʼzozlasak, demakki oilamizni, Vatanimizni eʼzozlagan boʻlamiz”. Shu bois ayollarning oiladagi, davlat va jamiyat qurilishidagi huquqiy, ijtimoiy, iqtisodiy va maʼnaviy manfaatlarini himoya qilish tizimini takomillashtirish bugungi kunning oʻta dolzarb masalasidir.
Hozirgi davr, barcha sohadagi kabi oila masalasini, xususan er bilan xotin, ota-ona va bolalar oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlar, farzandlar tarbiyasi singari masalalarni toʻgʻri va ijobiy hal etishni koʻndalang qilib quymoqda. Zero bu borada oila muhitini yaratuvchi, millatni tarbiyalovchi ayol roli bugun birinchi oʻringa chiqdi.
Yurtimizda ayollar va bolalar huquqlarini himoya qilishga har doim ham davlat siyosati darajasida eʼtibor qaratilgan.
Respublikamizda soʻngi yillarda xotin-qizlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishning huquqiy asoslari mustahkamlanib, xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilishga qaratilgan bir qator qonunlar qabul qilindi.
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 31-martda qabul qilingan “Xotin-qizlar muammolarini oʻrganish va hal etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorida ijtimoiy ahvoli va turmush sharoiti ogʻir, ishsiz va ijtimoiy faol boʻlmagan xotin-qizlar bilan “Ayollar daftari”ni yuritish orqali ishlash tizimini yanada takomillashtirish, ularni ijtimoiy-huquqiy, psixologik, tibbiy va moddiy qoʻllab-quvvatlashga alohida eʼtibor qaratilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudiga “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarga huquqiy yordam koʻrsatish va maslahat berish, huquqiy madaniyatni oshirish hamda ularni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish ishlarini mazkur qarorda belgilangan tartibda amalga oshirish vazifasi yuklatilgan.
Ushbu qarorga koʻra, huquqiy yordam olishga muhtoj xotin-qizlarga “mahallabay” sayyor qabullar orqali huquqiy yordam koʻrsatiladi.
Joriy yilning 11-aprelda “Xotin-qizlar va bolalar huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-829-sonli Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinib, 5 ta kodeks va 10 ta qonunga tegishli oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritildi.
Qonunchilikka “oilaviy (maishiy) zoʻravonlik”, “taʼqib etish”, “shilqimlik” kabi tushunchalar kiritilib, ushbu huquqbuzarliklar uchun tegishli ravishda maʼmuriy hamda jinoiy javobgarlik belgilanadi.
Jinsiy zoʻravonlik, shu jumladan, voyaga yetmaganlarga nisbatan jinsiy zoʻravonlik sodir etgan shaxslarga nisbatan jazo choralari kuchaytiriladi.
Bugungi kunda Oʻzbekistonda xotin-qizlarning intellektual salohiyati anchagina yuqori boʻlib, ana shu intellektual boylikdan jamiyat taraqqiyoti yoʻlida samarali foydalanish hamda ayollarni islohotlar jarayonlariga, yaʼni jamiyatning yangilanish jarayonlariga safarbar etish bizning majburiyatlarimizdan hisoblanadi.
Maʼlumki, bunyod etilayotgan huquqiy demokratik davlatimizda ayollarning huquqiy ongini oshirishi, huquqiy madaniyatini yuksaltirish uchun koʻpgina amaliy ishlar yoʻlga qoʻyilgan. Biroq ayollarning huquqiy ongi va tafakkurini ilk yoshlikdan, zamon ruhida shakllantirish oson emas. Avvalo ularning oʻzida ham huquqiy bilimga, maʼnaviy ozuqaga ega boʻlishi uchun ehtiyoj, qiziqish, intilish zarur boʻladi. Huquqiy bilimga ega boʻlgan va ularni amaliyotda tadbiq eta oladigan ayolgina huquqiy madaniyatli hisoblanadi. Mamlakatimizda qabul qilinayotgan bir qator qonunlar, farmonlar va qarorlardan asosiy maqsad fuqarolarni, jumladan, ayollarni huquqiy madaniyatli qilish hamda ularni ongli ravishda fikrlay olishga zamin yaratishdir.
Xulosa oʻrnida shuni aytish mumkinki, yuqoridagi Qonunlarni qabul qilinishi mamlakatimizda ayollarning huquqlarini himoya qilish va gender tenglikni taʼminlash sohasida amalga oshirilgan ishlarning bir qismidir. Mazkur Qonunlar ijrosi natijasida kelgusida xotin-qizlarga nisbatan hurmat va ehtiromning yanada mustahkamlanishi shubhasizdir.
Barchamiz yodda tutishimiz zarur. Barcha xotin-qizlar davlat himoyasida. Hech kim ularni tahqirlashga, huquqlarini poymol etishga va erkinligini cheklashga haqli emas!
Yunusova Nigora Kamilovna
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi
Yuristlar malakasini oshirish markazi Devonxona mudiri