Bog'lanish

Telefon
+998 72 221 50 50

Elektron manzil
jizzax@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni1008

Yangiliklar

20
“Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi”

Zarbdor tumanida yashovchi fuqaro A.Xazratovaning farzandi 1991-yilda vafot etgan. Aksiya doirasidagi xatlovlar jarayonida o'lim holati  eʼtiborsizlik tufayli oʻz vaqtida qayd ettirilmaganligi aniqlandi. Tuman FHDY boʻlimi tomonidan fuqaroning o'limi qayd etildi hamda "O'lim haqidagi guvohnoma" rasmiylashtirib, A.Xazratovaga topshirildi.

Xuddi shunday 2024-yil 7-fevral kuni xatlovda aniqlangan yana bir nafar fuqaroning qayd etilmagan oʻlim guvohnomasi uning yaqin qarindoshiga topshirildi

19
#Adliya_huquqiy_aksiya

Adliya vazirligi tashabbusi bilan fuqarolarning "Huquqiy madaniyatini  yuksaltirish huquqiy aksiyasi" o'tkazilmoqda!
  
Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish fonida:  

????aholini qiynab kelayotgan dolzarb kundalik muammolarni aniqlash hamda ularga huquqiy tushuntirish berish;
????xotin-qizlar va yoshlarga berilayotgan imtiyozlardan xabardor qilish;
????mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar va huquqiy yangiliklarni taqdim etib borish kabi amaliy ishlar olib boriladi.  

⏳Mazkur aksiya Fevral oyi oxirigacha davom etadi.

16
#ziyo_ulash

Adliya vazirligi tashabbusi bilan #ziyo_ulash aksiyasi davom etmoqda.

Bugun “14-fevral -Xalqaro kitob hadya qilish kuni” munosabati bilan viloyatimizdagi 8 ta mahallada yoshlar uchun kutubxonalar tashkil etildi.

Kutubxonalarga 2 mingga yaqin Prezident asarlari, oʻzbek va jahon adabiyoti durdonalari, bolalar va huquqiy adabiyotlar sovg'a qilindi.

#ziyo_ulash aksiyasiga start berilgandan buyon respublikamiz bo'ylab 100 ta mahallada kutubxonalar tashkil qilinib, 31 mingga yaqin kitoblar, 66 ta kompyuter va 1100 dan ortiq  mebel jihozlari sovgʻa qilindi.

Kelgusida aksiya doirasida yana 5 ta mahallada kutubxonalar tashkil qilish rejalashtirilgan.

Barcha yurtdoshlarimizni #ziyo_ulash aksiyasida ishtirok etishga taklif qilamiz!

15
#ziyo_ulash

Adliya vazirligi tashabbusi bilan #ziyo_ulash aksiyasi hududlarda davom etmoqda.

Bugun “14-fevral -Xalqaro kitob hadya qilish kuni” munosabati bilan 34 ta mahallada yoshlar uchun kutubxonalar tashkil etildi.

Kutubxonalarga 6,7 mingdan ziyod Prezident asarlari, oʻzbek va jahon adabiyoti durdonalari, bolalar va huquqiy adabiyotlar, 26 ta kompyuter va 451 ta mebel jihozlari sovgʻa qilindi.

Shu bilan birga, 40 ming kitobni oʻzida jamlagan elektron kutubxonadan foydalanish imkoniyati yaratildi.

Aksiyamizga Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Yoshlar ishlari agentligi, Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi hamda Notarial palata ham qoʻshildi.

#ziyo_ulash aksiyasiga start berilgandan buyon 100 ta mahallada kutubxonalar tashkil qilinib, 31 mingga yaqin kitoblar, 66 ta kompyuter va 1100 dan ortiq  mebel jihozlari sovgʻa qilindi.

Kelgusida aksiya doirasida yana 108 ta mahallada kutubxonalar tashkil qilish rejalashtirilgan.

Barcha yurtdoshlarimizni #ziyo_ulash aksiyasida ishtirok etishga taklif qilamiz!

13
#OCHIQ_ESHIKLAR_KUNI

Jizzax viloyat adliya boshqarmasi tashabbusi bilan Do'stlik tuman adliya bo'limida ochiq eshiklar kuni tashkil etildi.

Unda tumandagi ixtisoslashtirilgan maktab o'quvchilari yahlit adliya uyi negizida birlashgan  Do'stlik tuman adliya bo'limi, davlat xizmatlari markazi, yuridik xizmat ko'rsatish markazi hamda FHDY bo'limi ish faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.
Bevosita jonli jarayonlarni kuzatish asnosida o'quvchilar xizmat ko'rsatishda aholiga yaratilgan qulaylik hamda raqamlashgan ish uslubining afzalliklariga ham guvoh bo'lishdi.

Ushbu ochiq eshiklar kuni davomida adliya sohasiga qiziqqan o'quvchilar bu erda faoliyat olib borishi uchun qanday bilimlarga ega bo'lish lozimligi haqidagi savollariga batafsil javob olishdi.

12
MATBUOT ANJUMANI

Jizzax viloyat adliya boshqarmasi tomonidan 2023-yil davomida “Jizzax viloyat adliya boshqarmasi va uning tizimidagi tuman (shahar) adliya boʻlimlarining faoliyati, erishilgan yutuqlar va kelgusidagi rejalar” hamda “Adliya ochiq va shaffof tizim” mavzusi yuzasidan matbuot anjumani tashkil etildi.

Unda adliya boshqarmasi boshlig'i A.Ergashev tomonidan ommaviy axborot vositalari, jurnalist va blogerlar, keng jamoatchilik vakillariga sohada erishilgan natijalar, yil davomida davlat xizmatlari markazlari, FHDY boʻlimlari, yuridik xizmat koʻrsatish markazlari tomonidan amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida batafsil maʼlumotlar berildi.

Shu bilan birga korrupsiyaning huquqiy asoslari, tizimda bunday holatlarga yo'l qo'yilmasligi uchun olib borilayotgan ishlar toʻgʻrisida ham aytib oʻtildi. OAV hamda ijtimoiy tarmoq imkoniyatlaridan foydalangan holda mazkur masala haqida aholi xabardorligini oshirish yuzasidan jurnalist va blogerlar bilan kelshib olindi.

12
Huququy targ'ibot

Notarial palataning Jizzax viloyat hududiy boshqarmasi, Jizzax viloyat Iqtisodiy sudi, Jizzax viloyat adliya boshqarmasi bilan hamkorlikda   notariuslar ishtirokida “Iqtisodiy sudlar tomonidan ishlarni koʻrishda mediatsiya institutini qoʻllash va ushbu institutni qoʻllashda yuzaga kelayotgan muammolar” mavzusida seminar tashkil etildi.

Seminarda sohasidagi qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish hamda sohada mavjud muammolarni muhokama qilish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

09
Ziyo_ulash

Buyuk mutafakkir, so'z mulkining sultoni Alisher Navoiy tavalludining 583-yilligi munosabati bilan Adliya vazirligi tomonidan #ziyo_ulash chellenjiga start berildi. Mazkur shior ostida respublika boʻyicha tuman va shaharlardagi 4-sektorda joylashgan mahallalarda yoshlar uchun kutubxonalar tashkil etish loyihasiga amalga oshirildi.

Jizzax viloyatining olis Baxmal tumanidagi “Fayzobod” mahallasi yoshlari uchun bu tashabbus haqiqiy bayram tusini oldi. Kutubxonaning ochilish marosimida soʻz olganlar mamlakatimizda yoshlar va oilalar orasida kitobxonlikni keng targʻib qilish, ularda kitob oʻqishga boʻlgan qiziqishni oshirish, kitobxonlik madaniyatini joriy qilish orqali ularda milliy gʻurur, iftixor Vatanga boʻlgan muhabbat va daxldorlikni yanada shakllantirishda mana shunday loyihalarning oʻrni beqiyos ekanligini eʼtirof etdi.

Dunyodagi eng yaxshi sovgʻa bu kitob albatta. Uni kimgadir hadya etish orqali esa yanada baxtiyorlikni xis etish mumkin.

08
Zomin tumanida “Mahalla yettiligi” uchun o‘quv-seminari tashkil etildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahalla institutining jamiyatdagi rolini tubdan oshirish va uning aholi muammolarini hal etishda birinchi bo‘g‘in sifatida ishlashini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2023-yil 21 dekabrdagi PF-209-son Farmoni hamda “O‘zbekiston mahallalari uyushmasi faoliyatini yo‘lga qo‘yish va mahallalarda boshqaruv tizimini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2023-yil 21-dekabrdagi PQ-402-son qarorining mazmun-mohiyati va amalga oshirish mexanizmlarini ijrochilarga sifatli yetkazish maqsadida Davlat xizmatini rivojlantirish Agentligi, Davlat boshqaruvi akademiyasi hamda biriktirilgan hududiy trenerlar bilan hamkorlikda tumanda “mahalla yettiligi” uchun o‘quv-seminari davom etmoqda.

07
"Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi" aksiyasi davom etmoqda

Aksiya doirasida Jizzax shahar adliya bo'limi davlat xizmatlari markazi xodimlari tomonidan "Shodlik" MFYdagi zarur hujjatlarga ega bo'lmagan fuqarolarni xatlovdan o'tkazish ishlari olib borilmaqda. Shu bilan bir qatorda, aholiga aksiyadan ko'zlangan asosiy maqsad to'g'risida ma'lumotlar ham berildi.

O'rganishlar natijasida fuqaro Sh.Tojiboyevning onasi T.Xasanova 1991-yil 28-fevral kuni vafot etgan, biroq shu kunga qadar uning  o'limi FXDY organida qayd etilmaganligi aniqlandi. Shunga ko'ra,  Jizzax shahar FHDY bo’limi tomonidan "O'lim haqidagi guvohnomasi" rasmiylashtirilib, guvohnoma uning o'g'li fuqaro Sh.Tojiboyevga topshirildi.