Yangiliklar
Adliya vaziri A.Toshqulov dastlab Mirzachoʻl tumanining “Bogʻbon” qishlogʻida fuqaro D.Ernazarovaning quyonchilik faoliyati bilan joyiga chiqqan holda yaqindan tanishib, quyonchilik tadbirkorligi uchun berilgan imtiyoz va imkoniyatlar haqida tushuntirishlar berdi.
Shuningdek, Akbar Toshqulov tumanning “Doʻstlik” mahalla binosida tashkil etilgan ayollar tadbirkorlik markazida fuqaro X.Boymatovaning tikuvchilik va toʻquvchilik sexi hamda fuqaro N.Xolmirzayevaning sovgʻa buyumlar yasash yoʻnalishidagi tadbirkorlik faoliyati bilan tanishib, ular bilan sohada qabul qilingan huquqiy yangiliklar toʻgʻrisida muloqot qildi.
Shundan soʻng, adliya vaziri ushbu tumandagi “Fahr-Moʻmin” MCHJ hamda Doʻstlik tumanining “Manas” mahalla fuqarolar yigʻinida boʻlib, aholining turmush tarzi, mahallaning madaniyat markazida yaratilgan imkoniyat va sharoitlar bilan tanishdi.
Joriy yilning 17-oktyabr kuni Adliya vaziri Akbar Toshqulov Jizzax viloyatida xizmat safarida boʻlib, Arnasoy, Mirzachoʻl va Doʻstlik tumanlari adliya boʻlimi, davlat xizmatlari va yuridik xizmat koʻrsatish markazlari, “Madad” NNTlar faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Bu yerda aholi va tadbirkorlarga yaratilgan sharoitlar, xodimlar tomonidan davlat xizmatlari koʻrsatilishi boʻyicha ahvolni oʻrgandi.
Tuzilma xodimlari bilan bevosita suxbatlashib, ularning ish faoliyatidagi mavjud muammolari va takliflarini tingladi. Bundan tashqari, “Madad” NNT faoliyati bilan ham yaqindan tanishib, aholiga huquqiy koʻmak berish va ularning mavjud muammolarini hal etish yuzasidan masʼul xodimlarga tegishli koʻrsatmalar berdi.
Shuningdek, Doʻstlik tumanidagi sektor vakillari, xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari hamda xalq qabulxonasi mudiri bilan suhbatlashib, tumandagi aholining yashash tarzi, huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yanada oshirishga qaratilgan qonunchilik normalarnining tadbiq etilishi boʻyicha fikr almashdi.
Jizzax shahar adliya bo’limi Yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti A.Raxmatov tomonidan Jizzax viloyati davlat bojxona boshqarmasi xodimlari ishtirokida Korrupsiyaga qarshi kurashish to’g’risida profilaktik tadbir o’tkazildi.
Yig’ilish ishtirokchilariga, O‘zbekiston Respublikasining 03.01.2017 yildagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida” O‘RQ-419-sonli Qonuni, O‘zbekiston Respublikasining 08.08.2023 yildagi “Normativ-huquqiy hujjatlarning va ular loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasi to‘g‘risida” O‘RQ-860-sonli Qonuni hamda Jinoyat kodeksining korrupsiyaviy jinoyatlarni sodir etish bilan bog’liq jinoyatlarga oid moddalari bo’yicha tushunchalar berildi.
Tadbir so’ngida, yig’ilish ishtirokchilarining savollariga atroflicha javob berildi.
Avval xabar berilganidek, “Adliya ayoli” koʻrik-tanlovi boʻlib oʻtdi. Tanlovda adliya organlari va muassasalarida faoliyat yuritib kelayotgan 21 nafar ayollar ishtirok etishdi. Koʻrik-tanlovda ishtirokchilar 5 ta shart boʻyicha bellashishdi.
Birinchi shart “Men haqimda” deb nomlanib, bunda ishtirokchilar 3 daqiqa ichida oʻzining shaxsiy hayoti, maʼlumoti, qiziqishlari, ishdagi yutuqlari, kitobxonlik salohiyati va boshqa qobiliyatlarini taqdimot orqali yoritib berishdi. Hakamlar hayʼati tomonidan ishtirokchilar qoʻlga kiritgan yutuqlari, taqdimot qilish qobiliyati, notiqlik mahoratiga koʻra baholanishdi.
Ikkinchi shart — “Kitobxonlik” shartida ishtirokchilar oʻz intellektual va ijodiy salohiyatini namoyon etishdi. Hakamlar hayʼati tomonidan ishtirokchilarning asarni tushunishi, ifodali oʻqishi, toʻgʻri tushuntirib berishi, badiiy tahlili baholandi.
Uchinchi shartda ishtirokchilar qonunchilikka oid dolzarb taklif taqdim etishdi.
Toʻrtinchi shart sport sharti boʻlib, ushbu shartda ishtirokchilar xalqa yordamida oldinga yurish mashqlarini bajarishdi.
Beshinchi shart oʻyinning kulminatsiyasi boʻldi. Ushbu shartda ishtirokchilar “Zakovat” intellektual oʻyinida bellashishdi. 2 ta tur, 10 ta savoldan iborat mazkur shart ishtirokchilarni tezkor va toʻgʻri qaror qabul qilishga, mantiqiy fikrlashga undadi.
Tanlov yakunida har bir shartda oʻz isteʼdodi, tashabbuskorligini namoyon etib, eng yaxshi natijalarni qayd etgan ishtirokchilar taqdirlanishdi.
Gʻoliblarga pul mukofoti va sertifikatlar topshirildi.
“Adliya ayoli” koʻrik tanlovi gʻoliblari bilan tanishing.
1-oʻrin — Saltanat Raimbekova (Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi)
2-oʻrin — Maxliyo Abdunazarova (Jizzax viloyati adliya boshqarmasi)
3-oʻrin — Dildora Rustamova (Navoiy viloyat adliya boshqarmasi)
Adliya vazirligi tashabbusi bilan bu yil 2-marotaba o'tkazilayotgan "Adliya ayoli" tanlovning final bosqichiga start berildi. Unda tuman va shahar, viloyat bosqichlarida g'olib bo'lgan tizimda faoliyat olib borayotgan xotin-qizlar bellashmoqdalar.
Bu tanlovda Jizzax viloyati sharafini himoya qilgan va ajoyib natija ko'rsatayotgan Mahliyo Abdunazarova yuqori natijani ko'lga kiritish yo'lidagi tinmay harakat qilmoqda.
Tanishtiruv shartida taqdimot roligi orqali o'zining mehnat faoliyati, ishdagi yutuqlari haqida hikoya qilar ekan, oilasi, farzandlarining baxtu kamolidan baxtli ona timsolini ham gavdalantirdi.
Kitobxonlik shartida esa Fyodor Dostoevskiyning "Jinoyat va jazo" asarini chuqur tahlil qilgan holda, uning mazmun-mohiyatini tinglovchiga etkaza oldi.
Bu galgi tanlovda jamoaviy tarzda "Zakovat" intellektual o'yinlari ham o'tkaziladi.
Jizzax shahar adliya bo‘limi Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti A.Raxmatov tomonidan Jizzax shahar maktabgacha va maktab ta'limi bo'limiga qarashli 33-Davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti rahbar va xodimlari ishtirokida “O’zbekiston — 2030” strategiyasi bo'yicha targ'ibot tadbiri o'tkazildi.
1️⃣ Har bir insonga o'z salohiyatini ro'yobga chiqarish uchun munosib sharoitlarni yaratish yo'nalishi bo'yicha 44 ta maqsad,
2️⃣ Barqaror iqtisodiy o'sish orqali aholi farovonligini ta'minlash yo'nalishi bo'yicha 17 ta maqsad,
3️⃣ Suv resurslarini tejash va atrof muhitni muhofaza qilish yo'nalishi bo'yicha 12 ta maqsad,
4️⃣ Qonun ustuvorligini ta'minlash, xalq xizmatidagi davlat boshqaruvini tashkil etish yo'nalishi bo'yicha 16 ta maqsad,
5️⃣ "Xavfsiz va tinchliksevar davlat" tamoyiliga asoslangan siyosatni izchil davom ettirish yo'nalishi bo'yicha 11 ta maqsad belgilanganligi to'g'risida huquqiy tushuntirish berildi.
Xalqaro qishloq ayollari kuni munosabati bilan Doʻstlik tuman adliya boʻlimi xodimlari va hamkor tashkilotlar tomonidan “Chinobod” mahalla fuqarolar yigʻinida xotin-qizlarning muammolarini aniqlash, ularga huquqiy tushunchalar berish hamda zarur hujjatlarni rasmiylashtirishga qaratilgan sayyor qabul tashkil etildi.
Oʻtkazilgan tadbir davomida qonunchilikda ayollarga berilgan imtiyozlar yuzasidan batafsil tushunchalar berildi.
“O’zimiz keldik” loyihasining bu galgi manzili Zarbdor tumani dehqon bozori. Viloyat adliya boshqarmasi xodimlari, intellektual mulk yo'nalishi mas’ullari, tuman adliya bo‘limi davlat xizmatlari markazi xodimlari tadbirkorlar o'rtasida tushuntirish ishlarini olib bordilar. O’zaro muloqot jarayonida mavjud muammolar yuzasidan berilgan savollarga mutaxassislar tomonidan huquqiy tushuntirishlar berib o‘tildi.
Ish, oila tashvishlaridan ortib ehtiyoji bo‘lsada davlat xizmatlari markazlariga borishga vaqt topa olmayotgan fuqarolarga juda katta qulaylik yaratildi. Bunday imkoniyat fuqarolarning roziligiga hamda minnatdorligiga sabab bo‘ladi albatta.
Tuman markazidan olis hududlarda istiqomat qilayotgan aholiga davlat xizmatlarini ko‘rsatish bilan bog‘liq bu kabi sayyor xizmat ko‘rsatish jarayonlarlari aholiga qulaylik va yengillik yaratish maqsadida viloyatning barcha xududlarida davom etmoqda.
G'allaorol tumani ,,Sarbazor'' MFYda ''O'zbekiston-2030'' strategiyasining mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish maqsadida mahalla beshligi bilan uchrashuv o'kazildi.
Shu bilan bir qatorda, mahallalarda uyma-uy yurgan xolda ijtimoiy-ma'naviy muhit barqarorligini ta'minlash, xotin qizlar va yoshlar o'rtasida turli salbiy holatlarning oldini olish borasida targ'ibot-tushintirish ishlarini tashkil etish bo'yicha «Huquqiy axborot» kuni loyihasi doirasida xotin qizlar bilan suhbatlar ham olib borildi.
Jizzax viloyat Yuridik texnikumida “Adliya ayoli” respublika tanlovining viloyat bosqichi oʻtkazildi.
Unda 9 nafar soha xodimalari ishtirok etib, belgilangan 3 ta shart asosida gʻoliblik uchun oʻzaro bellashishdi.
Ishtirokchilar dastlab huquqiy savodxonligi, qonunchilikni qay darajada bilishlarini test sinovi shartida imtihondan oʻtkazishdi. 30 ta test savoliga javob berishdilar. Keyingi shartda ular qonunchilikka oid dolzarb takliflarini himoya qilishdi. Oxirgi shartda xotin-qizlarimiz sport musobaqalari orqali kuch sinashdilar.
Tanlovning yakuniy natijalariga koʻra, viloyat yuridik texnikumi ukituvchisi Mahliyo Abdunazarova 1-oʻrinni egallab, tanlovning respublika bosqichiga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi.
2-oʻrin Do'stlik tuman adliya bo'limi davlat xizmatlari markazi xodimi Muxlisa Normuratovaga, 3-oʻrin esa G'allaorol tuman adliya bo'limi davlat xizmatlari markazi xodimi Nilufar Soatovaga nasib etdi.