Bog'lanish

Telefon
+998 72 221 50 50

Elektron manzil
jizzax@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni1008

Yangiliklar

09
Xalq bilan yuzma-yuz muloqotlar muammolarga yechim

Jizzax viloyat adliya boshqarmasi boshligʻi A.Ergashevning G'allaorol tumani “Buliqboshi” MFY da sayyor qabuli tashkil etildi. Qabulda ichki ishlar organlari mas'ul xodimlari va boshqa mutasaddi tashkilot vakillari ham ishtirok etib, dastlab yig'ilganlarga qonunchilikdagi yangiliklar haqida ma'lumot berildi. Bugun aholi o'rtasida juda ko'plab savollarni keltirib chiqarayotgan masalalar yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berib o'tildi.
Insonlarning huquqiy savodxonligi yuqori boʻlsa yashashi va faoliyati davomida tushunmovchiliklarga, muammolarga uchramaydi. Shu sabab barcha murojaatlarga dastlar huquqiy tushuntirishlar berildi, toʻgʻri yoʻl-yoʻriq koʻrsatildi.
Murojaatlarning mazmuniga qarab mutasaddi idoralarga yoʻnaltirildi va uning yechimi nazoratga olindi. Aynan adliya organlariga tegishli boʻlgan murojaatlar ish yurituviga qabul qilindi.
Asosiy maqsad fuqarolar muammolariga eshim topish orqali xalqimizning turmush farovonligini mustahkamlash, yashash sharoitlari sifatini oshirishdan iborat.
Shu bilan birga hudud aholisiga sayyor tartibda davlat xizmatdari koʻrsatildi. Xalqning uzogʻini yaqin, ogʻirini yengil qilayotgan bu kabi saʼyi-harakatlar fuqarolarning roziligiga sabab boʻlmoqda.

09
Zafarobod tumani “Uzun” mahallasida sayyor qabul o'tkazildi

Ichki ishlar vaziri general-leytenant Po‘lat Bobojonov boshchiligidagi idoralararo ishchi guruh tomonidan Jizzax viloyatida o‘rganish ishlari davom etmoqda. Ishchi guruh tarkibida Adliya vaziri o‘rinbosari M.Ikramov boshchiligidagi mas’ullar tomonidan joylarda aholi bilan muloqotlar tashkil etilmoqda. Navbatdagi manzil Zafarobod tumanining “Uzun” mahallasi bo'ldi.
Tadbirda viloyat adliya boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari B.Pirxalov tomonidan ishtirokchilarga keng aholi qatlamiga tegishli boʻlgan yangi qabul qilingan qonun hujjatlarining mazmun-mohiyati yuzasidan maʼlumotlar berib oʻtdi. Shu bilan birga fuqarolarga yaratilayotgan imkoniyatlar va qonunchilikdagi imtiyozlar boʻyicha tushunchalar berildi.
Huquqbuzarliklar va jinoyatchilikni oldini olish, qilmish uchun jazo muqarrarligi, ajrim yoqasidagi oilalar bilan ishlash boʻyicha ham huquqni muhofaza qiluvchi organ vakillari tomonidan alohida tushunchalar berildi.Shundan soʻng, aholi oʻrtasida ularning qiynab kelayotgan masalalarni hal etish va ularga huquqiy koʻmak berish maqsadida “Sayyor qabul” oʻtkazilib, aholining muammolari tinglandi. Huquqiy tushuntirishlar berish orqali ham toʻgʻri yoʻl koʻrsatish va muammoning dastlabki yechimini topish mumkin. Oʻrganish va yechimi vaqt talab etadigan murojaatlar ish yurituviga olindi.
Tadbir davomida aholiga DXM, FXDYO hamda notarial sayyor xizmatlar koʻrsatildi. Xususan, 13 ta holatda fuqarolarga davlat xizmatlari koʻrsatilgan boʻlsa, FXDY tomonidan 7 ta, notarius tomonidan 2 ta sayyor xizmatlar koʻrsatildi.
Xususan, fuqaro Z.Muxammaliyevning notarial harakat boʻyicha murojaati koʻrib chiqilib, qonuniy hal etilishi taʼminlandi. 2 nafar yoshlarning qonuniy nikohi qayd etildi.

08
Murojaatlar bilan ishlash tartibi bo'yicha amaliy hamkorlik davom etmoqda

So‘nggi yillarda davlat organlarining xalq bilan muloqot qilish, murojaatlar bilan ishlash faoliyatiga samarali mexanizmlar tatbiq etib kelinmoqda. Habaringiz bor Jizzax viloyat adliya boshqarmasi ham barcha davlat tashkilotlarida murojaatlar bilan ishlash yo'nalishiga alohida e'tibor qaratib, ular bilan doimiy hamkorlikni amalga oshirib bormoqda. Reja asosida davlat tashkilotlarining murojaatlar bilan ishlash uchun mas'ul bo'lgan xodimlari bilan uchrashuvlar tashkil etilib, sohada uchrayotgan muammolarni o'rganish orqali bu yo'nalishdagi ishlar samaradorligini oshirish choralari ko'rilmoqda.
Huddi shunday uchrashuv markaziy va tijorat banklarining murojaatlar bilan ishlashga masʼul boʻlgan xodimlari ishtirokida bo'lib o'tdi. Ushbu seminarda Jizzax viloyat adliya boshqarmasi Inson huquqlarini himoya qilish bo'limi boshlig'i M.Raximova tomonidan murojaatni taqdim etish, ularni ko'rib chiqish va javob xatini jo'natish, murojaatlarni ko'rib chiqishga oid normativ-huquqiy hujjatlar bo'yicha ishtirokchilarga tushunchalar berildi.
Ishtirokchilar tomonidan berilgan barcha savollarga asoslantirilgan javoblar qaytarildi.

07
Kontrafakt mahsulotni aslidan ajrata olasizmi?

Paxtakor tumanidagi “EKO BOZOR” hududida viloyat adliya boshqarmasi vakillari, tuman adliya boʻlimi va hamkor tashkilotlar bilan birgalikda tuman aholisi hamda tadbirkorlariga sayyor targʻibot tadbirlari tashkil etildi. Kontrafakt mahsulotlardan fuqarolarning va tadbirkorlarning xabardorligini oshirish, ularni ajrata olish koʻnikmalarini shakillantirish maqsadida oʻtkazilgan tadbirda asl mahsulot bilan kontrafakt mahsulotning farqli jihatlari misollar orqali tushuntirib oʻtildi.

Kichik bir jihati bilan ajralib turadigan kontrafakt mahsulotlarini asl tovardan ajratib olish uchun ham yetarli tushuncha kerak boʻladi. Shu sabab targʻibot tadbirlarini koʻproq tashkil etish maqsadga muvofiqdir.

06
Adliyaga raxmat!

Har bir insonning  tug'ilganlik guvohnomasi  bu uning kelajakda o'z shaxsini tasdiqlovchi ko'plab hujjatlarni olishiga asos hisoblanadi. Shu sababli har bir chaqaloq dunyoga kelishi bilan u uchun shaxsini tasdiqlovchi dastlabki hujjati tug'ilganlik tog'risidagi guvohnomasi tegishli idoralar tomonidan rasmiylashtiriladi.

Afsuski Qozog'iston Respublikasida dunyoga kelgan Allabayeva Gulnoza tug'ilganlik tog'risidagi guvohnomasi bo'lmaganligi sababli O'zbekiston Respublikasi hududida shaxsini tasdiqlovchi hujjat ham ololmagan.

So'ngi umid bilan G'allaorol tuman adliya bo'limiga murojaat qilgan fuqaroning murojaatini o'rganib  FHDY bo'limi hodimlari ushbu fuqaroga tug'ilganlik guvohnomasini topshirdi.

04
Adliya organlari xalq xizmatida!

Xalq orasiga yaqinroq kirib borish va ularga beminnat xizmat ko'rsatish bugun eng samarali tizim hisoblanadi.
Jizzax viloyat adliya boshqarmasi, G'allaorol tuman adliya bo'limi bilan birgalikda G'allaorol tumanidagi dehqon bozorida "Huquqiy profilaktika" tadbiri amalga oshirildi.
Shuningdek,  xalqning uzog'ini yaqin qilish, mablag'i va vaqtini tejash maqsadida tadbir davomida davlat xizmatlari markazi xodimlari tomonidan fuqarolarga sayyor davlat xizmatlari ko'rsatildi. Olis hududlarda bunday loyihalarning amalga oshirilishi aholi uchun ayni muddao.

03
O'zimiz keldik...

Do'stlik tuman аdliya bo'limi DXM hodimlari tomonidan "Saritepa" MFY da sayyor tartibda jami 37 ta dehqon xo'jaliklari davlat ro'yxatidan otkazildi.

Aholining uzog'ini yaqin, og'irini yengil qilishga qaratilgan bunday loyihalar xalq roziligiga sabab bo'lmoqda.

02
Odillik va shaffoflik sud huquq tizimining asosi

Jizzax viloyat adliya boshqarmasi, viloyat sudi va O'zbekiston Respublikasi Oliy Sudi vakillari bilan hamkorlikda Jizzax shahar davlat xizmatlari markazi binosida viloyatdagi yuridik xizmat xodimlari, huquqshunoslar, talabalar, yosh yuristlar ishtirokida seminar tashkil etildi. Tadbirda sud faoliyatida amalga oshirilayotgan yangiliklar, yoshlarni ushbu sohaga jalb qilish, sohaning murakkab tomonlari va afzalliklari yuzasidan iliq suhbat qurildi. Oliy sud vakili tomonidan sud faoliyati to'g'risida berilgan ma'lumotlar yosh huquqshunoslar ongida bir kun kelib sudyalik lavozimini egallash qanchalik murakkab va masuliyatli kasb ekanligi to'g'risida tushuncha hosil qildi.
Shuningdek seminarda, Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi qoshida Sudyalar oliy maktabi tashkil etilganligi, Davlatimiz rahbarining “Sudyalik lavozimlariga nomzodlarni tayyorlash, sudyalar va sudlar apparati xodimlarini qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori ijrosi doirasida ochilgan ushbu maktab sohaga yuqori malakali kadrlarni tayyorlashda katta ahamiyat kasb etayotganligi hamda ushbu maktabda o'qish tartibi, kirish imtihonlari to'g'risida ma'lumot berildi.

01
"Kantrfaktsiz oy" oyligi davom etmoqda

Har bir istemolchi albatta harid qilgan mahsulotini sifatli bo'lishini hohlaydi. Ammo vaholangki hozirgi kunda savdo rastalarida kantrafakt mahsulotlar ko'plab uchramoqda.

Har bir istemolchi huquqini himoya qilishni ko'zlab ayni paytda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Soliq qo‘mitasi hamda Bojxona qo‘mitasi hamkorligida "Kontrafaktiz oy" oyligi davom etmoqda.

Ushbu oylik doirasida mahalliy tadbirkorlik subyektlariga tegishli tovar belgisiga ega mahsulotlarning kontrafakt nusxalari xorijdan respublika hududiga kirib kelishini oldini olish maqsadida,  Jizzax viloyat adliya boshqarmasi hamda Jizzax viloyati Bojxona boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda “Kontrafakt mahsulotlarga qarshi kurashishda bojxona xizmatining o‘rni” mavzusida seminar tashkil etildi.

28
"Zomin tandir go'shti" geografik ko'rsatkich sifatida ro'yxatga olindi

Geografik ko'rsatkich ma'lum bir geografik hududda paydo bo'lgan va ularning kelib chiqish joyi bilan bog'liq xususiyatlarga ega bo'lgan tovarlarda paydo bo'ladigan belgidir.
Belgilanish faqatgina ma'lum hududga nisbatan mahsulotning kelib chiqishini ko'rsatsagina geologik ko'rsatgich sifatida hizmat qilishi mumkin.

Mamlakatimiz bo'ylab bunday mahsulotlar juda ko'p uchraydi va Zomin tandiri kabobi ham aynan mana shunday mahsulotlar sirasiga kiradi desak hato bo'lmaydi.

"Zomin tandiri go'shti" brendi O'zbekiston Respublikasida birinchilardan bo'lib, geografik ko'rsatkichidan foydalanish huquqi bilan Zomin tuman hokimligi mulki sifatida davlat ro'yhatidan o'tkazildi.