Bog'lanish

Telefon
+998 72 221 50 50

Elektron manzil
jizzax@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni1008

Yangiliklar

12
ADLIYAGA RAHMAT

O'z vaqtida olinmagan tug'ilganlik tog'risidagi guvohnomasi, bir qancha  muammolarni keltirib chiqarishi aniq. Sababi har birimizning shaxsimizni tasdiqlovchi dastlabki hujjat bu tug'ilganlik tog'risidagi guvohnoma hisoblanadi.

Ammo yurtdoshlarimizning orasida o'z vaqtida tug'ilganlik tog'risidagi guvohnomani rasmiylashtirmay keyinchalik muammolarga duch kelayotganlar ham yo'q emas.

Huddi shunday fuqarolardan biri Paxtakor tuman adliya bo'limiga murojaat bilan kelgan. Tuman adliya bo'limi hodimlari tomonidan tegishli tartibda murojaat o'rganib chiqilib, fuqaroning murojaati ijobiy hal etildi va 1 yildan ko'proq vaqtga kechikkan tug'ilganlik tog'risidagi guvohnoma o'z egasiga topshirildi.

11
Jizzax viloyati yuridik texnikumi bitiruvchilariga diplom topshirish marosimi  bo‘lib o‘tdi.

Jizzax viloyati yuridik texnikumi bitiruvchilariga diplom topshirish marosimi  bo‘lib o‘tdi.
Joriy yilda Jizzax viloyati yuridik texnikumining 125 nafar bitiruvchi-o‘quvchilariga texnikumni tamomlaganligi bo‘yicha davlat namunasidagi diplom taqdim etildi.
Tadbirda Jizzax viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i A.Ergashev ishtirok etib, bitiruvchi yoshlarga egallagan kasbi bo‘yicha yetuk kadr bo‘lib  doimo xalq xizmatiga tayyor, vatanparvar, fidoyi inson sifatida faoliyat yuritishni va yuksak natijalar, muvaffaqiyatlar hamroh bo‘lishini tiladi.
Tadbirda o‘quvchilarning ota-onalari, sud va huquqni muhofaza qiluvchi organ vakillari ham ishtirok etdi.

11
Bosma nashrlarda huquqiy targ'ibot

"Jizzax ovozi" gazetasining novbatdagi sonida "Adliya maslahatxonasi" ruknida Jizzax viloyat adliya boshqarmasi xodimlarining maqolalari chop etildi.

11
Биласизми?

Қонунчиликка  (https://lex.uz/docs/97664)кўра, (https://lex.uz/docs/97664#5451032) қуйидаги ҳаракатлар жисмоний ва юридик шахсларнинг мурожаатлари тўғрисидаги қонун ҳужжатларини бузиш ҳисобланади:

➖ мурожаатларни қабул қилиш ва кўриб чиқишни қонунга хилоф равишда рад этиш;
➖ мурожаатларни кўриб чиқиш муддатларини узрли сабабларсиз бузиш;
➖ мурожаатларга ёзма ёхуд электрон шаклда жавоб юбормаслик;
➖ мурожаатлар тўғрисидаги қонун ҳужжатларига зид қарор қабул қилиш;
➖ жисмоний ва юридик шахсларнинг бузилган ҳуқуқлари тикланишини, мурожаат муносабати билан қабул қилинган қарорнинг бажарилишини таъминламаганлик.

Ушбу ҳаракатларни содир этиш мансабдор шахсларга 300 минг сўмдан 900 минг сўмгача миқдорда жарима солишга сабаб бўлади.

11
Oʻzimiz keldik...

Adliya boshqarmasi hamda Zarbdor tuman adliya boʻlimi hamkorligida tuman dehqon bozorida sayyor davlat xizmatlari koʻrsatildi. Mazkur tadbir jarayonida tadbirkorlar bilan uchrashib muommalari oʻraganildi, 20 dan ortiq davlat xizmatlari koʻrsatilidi.

10
ZAKOVAT

Hodimlarning mantiqiy bilimlarini oshirish, intellektual o‘yinlarga keng jalb qilish shuningdek,  intellektual salohiyatini yuksaltirish maqsadida Jizzax viloyat adliya boshqarmasi hodimlari uchun zakovat intellektual o'yini o'tkazildi

Qizg'in bo'lib o'tgan bahsda eng kam bal to'plagan jamoa o'yinni tark etdi, yuqori balga ega bo'lgan 4 ta jamoa o'yinning keyingi bosqichiga o'tdi.

08
“Konstitutsiya – kelajagimiz kafolati” shiori ostidagi huquqiy aksiya Jizzaxda

Jizzax viloyat adliya boshqarmasi hamda Zafarobod tuman hokimligi bilan hamkorlikda "Alisher Navoiy" hiyobonida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan konstitutsiyaviy islohotlar tog‘risidagi qonunchilik hujjatlari mazmun-mohiyati hamda ahamiyatini keng aholiga etkazish, shuningdek fuqarolarga bepul huquqiy maslahatlar berish maqsadida “Konstitutsiya – kelajagimiz  kafolati” shiori ostida huquqiy aksiya tashkil etildi.

Mazkur aksiya doirasida:
-fuqarolarga huquqiy maslahatlar berish,
-ularning ijtimoiy va siyosiy huquqlari tushuntirish,
-aholi muammolari oʻrganish,
-sayyor qabullarni tashkil qilish,
-sayyor xizmatlar ko'rsatish,
-aholiga yangilanayotgan konstitutsiya mazmun-mohiyati boʻyicha ma'lumotlar berish ishlari olib borildi.
Shu bilan birga viktorina o'yinlari ham tashkil etildi.

07
Targ'ibot poyezdi Jizzaxda

Adliya vazirligi tashabbusi bilan referendum qonunchligi, uning o'tkazilish tartibi bo'yicha yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida tashkil etilgan "Targ'ibot poyezdi" Jizzaxga yetib keldi. Toshkent davlat yuridik universiteti o'qituvchi va talabalaridan tashkil topgan targ'ibot guruhi joylardagi uchrashuvlarda ishtirok etishmoqda. Dastlab Jizzax jamoat salomatligi texnikumida o'quvchilar bilan uchrashuv tashkil etildi.  
3 kun davomida targʻibot guruhi tomonidan Jizzax shahrida joylashgan 5 ta oliy taʼlim muassasalarida 2000 dan ortik talaba yoshlar bilan uchrashuvlar, yuzma-yuz muloqotlar olib borildi.

06
"Eng yaxshi kitobxon" aniqlandi

Jizzax viloyat adliya boshqarmasi tomonidan tizim hodimlari o'rtasida o'tkazilgan “Eng yaxshi kitobxon” tanlovida boshqarma bosh maslahatchisi Shuhrat Sulaymonov g'olib deb topildi.

05
Yangilanayotgan Konstitutsiya farovon hayotimiz kafolati

O'zbekiston Respublikasi Milliy Gvardiyasi Jizzax viloyat qo'riqlash boshqarmasida boʻlib oʻtgan tadbirda Jizzax viloyati yuridik texnikumi yuridik klinika rahbari Sh.Qarshiboyeva va texnikum kefеdra mudiri X.Muhammadiyev ishtirok etib, xodimlarga “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbeksiton Respublikasi konstitutsiyaviy qonuni loyihasi mazmun-mohiyati hamda Referendum o‘tkazish tartibi to'g'risida tushuntirildi.

Shu bilan birga, Konstitutsiyaga kiritilayotgan yangiliklar to‘g‘risida, inson huquq va erkinliklari sezilarli darajada kengaytirilayotganligi ta'kidlandi.