Yangiliklar
Jizzax viloyat "Barkamol avlod" bolalar maktabida yangi tahrirdagi Oʼzbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksini oʼrganish yuzasidan o'quv- seminar o'tkazildi.
O'quv - seminarda viloyatdagi barcha "Barkamol avlod" bolalar maktablari direktorlari hamda xodimlar bilan ishlash bo'yicha mutaxassislari ishtirok etdilar.
Seminarda Jizzax shahar adliya bo'limi YXKM bosh yuriskonsulti Nargiza Fayziyeva ishtirok etib, yangi Mehnat Kodeksining mazmun- mohiyati va ahamiyatini tushuntirib o'tdi va ishtirokchilarning savollariga javob berdi.
“Obod va fayzli mahalla – yurt ko‘rki” shiori ostida o‘tkazilayotgan umumxalq xayriya hashari Jizzax viloyat adliya tizimida ham tashkil etilib, ayni damda qizg'in davom etmoqda. Boshqarma va tuman, shahar adliya bo'limlarida bahorgi yumushlar xodimlar tomonidan hamjihatlikda olib borilmoqda. Hashar — bu xalqimizning qadimiy va azaliy qadriyatlaridan biridir. Uning zamirida obodlik, hamjihatlik, mehr-oqibat, xayr-sahovat va bunyodkorlik mujassam.
Shu bilan birga adliya boshqarmasi xodimlari Jizzax shahri boʻylab olib borilayotga obodlik va bunyodkorlik ishlarida faol ishtirok etishmoqda. Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumani “Oqtosh ota” MFY hududidagi 41.3 gektar yer maydonida barpo etilayotgan “Yangi Oʻzbekiston” massivida boʻlib oʻtayotgan hashar tadbirlarida archa koʻchatlarini ekish ishlariga yordam berishmoqda. Bunday tadbirlar yumushlarni birgalikda, jamoaviy tarzda bajarish orqali xodimlar orasida birdamlik, bir-birini qoʻllab-quvvatlash, mehr-oqibat tuygʻularini oshirishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.
Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasining Jizzax viloyati boshqarmalarida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2023-yilda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etishni jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hamda “Nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorlari mazmun-mohiyati va ahamiyatini xodimlar o‘rtasida keng targ‘ib qilish maqsadida o‘quv seminari tashkil etildi.
O‘quv seminarida Jizzax shahar adliya bo’limi xodimi D.Nizomov ishtirok etib, qarorlar bilan qayta tiklanuvchi energiya manbalarini keng joriy etish hamda nogironligi bo‘lgan fuqarolarimiz huquqlarining kafolatlarini yanada mustahkamlash yo‘nalishida joriy etilayotgan yangiliklar haqida maʼlumot berdi.
Tadbir davomida mavzuga oid Jizzax TV 2 teliekanalida ham namoyish etildi.
G'allaorol tuman xalq ta'limi bo'limi tasarrufidagi umumiy o'rta ta'lim maktablarida faoliyot olib borayotgan kadrlar bo'yicha menedjerlar ishtirokida targ'ibot tadbirlari o'tkazildi.
G'allaorol tuman Adliya bo‘limi Yuridik xizmat ko`rsatish markazi tomonidan G'allaorol tumani xalq ta'limi bo'limi tasarrufidagi barcha umumiy o'rta ta’lim maktablarining kadrlar bo'yicha menedjerlari ishtirokida huquqiy targ'ibot tadbirlari o‘tkazildi. Targ'ibot tadbirlarida tizim orqali yuborilgan huquqiy tusdagi hujjatlarga hulosa berishda yuzaga kelayotgan kamchiliklar hamda ularni bartaraf etish chora tadbirlari va ularning yechimi masalalari yig'ilganlarga atroflicha tushunchalar berildi.
Shuningdek, ushbu targ'ibot tadbirida, O'zbekiston Respublikasining yangi Mehnat kodeksining mazmun-mohiyati hamda O'zbekiston Respublikasining amaldagi Mehnat kodeksidan yangi tahrirda qabul qilingan Mehnat kodeksi o'rtasidagi farqlar xususan, Mehnat kodeksida 2 ta qism ya'ni umumiy va maxsus qism hamda 15 ta bob va 294 ta modda mavjud bo‘lib, Mehnat munosabatlariga oid ishlar boshqa normativ-huquqiy hujjatlar bilan tartibga solinar edi. Yangi tahrirdagi Mehnat kodeksida 2 qism, 7 bo'lim, 34 ta bob va 581 moddadan iborat bo‘lib, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar bilan tartibga solinadigan normalar kiritilib, amaliyotda bir hilda qo‘llash uchun mukammalashtirilib, qabul qilinganligini aytib o‘tildi.
Targ'ibot tadbiri yakunida ishtirokchilar tomonidan o'zlarini qiziqtirgan savollarga atorflicha javoblar berildi. Kelgusida e-huquqshunos elektron tizimida to'g'ri faoliyotni yo'lga qo'yishga kelishildi.
Jizzax shahar adliya bo'limida Jizzax shahar maktab va maktabgacha ta'lim bo'limi rahbar xodimlari ishtirokida, Adliya bo'limining tashabbusi bilan o'quv seminar tadbiri tashkil etildi. Tadbirda Jizzax shahar adliya bo'limi boshlig'i M.Asatullayev hamda Jizzax shahar xalq qabulxonasi boshlig'i I.Hazratqulovlar tomonidan qonun talablari to'laqonli tushuntirilib, maktab va maktabgacha ta'lim tashkilotlari tomonidan yo'l qo'yilgan xato va kamchiliklar yuzasidan taklif va tavfsiyalar berildi.
O‘zbekiston Respublikasining 11.09.2017 yildagi "Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida" O‘RQ-445-sonli Qonuni yuzasidan olib borilgan o'rganishlar natijasida Jizzax shahrida sodir etilgan huquqbuzarliklar aynan maktab va maktabgacha ta'lim tashkilotlari tomonidan sodir etilganligi alohida qayd etidi. Har bir murojaat orqasida kimningdir huquqi, erkinligi hamda qonuniy manfaati yotishi to'g'risida yig'ilish ishtirokchilariga tushuntirildi.
Murojaatlar to‘g‘risidagi qonunchilik Qonun va boshqa qonunosti hujjatlari to'g'risida yig'ilish ishtirokchilariga alohida tushuntirishlar va tavfsiyalar berilganidan so'ng. Jizzax shahar adliya bo'limi yuridik xizmat ko'rsatish markazi boshlig'i F.Ataboyev hamda bosh yuriskonsulti N.Fayziyevalar tomonidan tizimdagi muammo va kamchiliklar bilan bir qatorda maktab va maktabgacha ta'lim tashkilotlarining huquqiy masalalariga atroflicha tushuntirishlar berildi.
Adliya boshqarmasi tomonidan tizim xodimlari uchun tashkil etilgan “Adliya kitobxoni” tanloviga yuborilgan taqrizlar mutaxassislar tomonidan baholanmoqda.
Natijalarga ko'ra g'oliblarga boshqarma tomonidan qimmatbaho sovg'alar taqdim etiladi.
Sh.Rashidov tuman adliya FHDY bo'limi hodimlari tomonidan tuman tibbiyot birlashmasida sayyor xizmatlar tashkil etilib, dunyoga kelgan chaqaloqlarga rasmiylashtirilgan tug'ilganlik tog'risidagi guvohnomalari onalariga tantanali ravishda topshirildi.
Mamlakatimizda inson manfaatlari oliy qadriyat darajasiga koʻtarildi. Bugun barcha davlat idoralari faoliyatida aholining murojaatlari bilan ishlash boʻyicha sifat jihatidan mutlaqo yangi tizim yaratildi. Joylarda oʻtayotgan sayyor qabullar xalqning dardini eshitish, ularning muammolarini hal etishda, shak-shubhasiz, kutilgan natijalarni bermoqda.
Jizzax viloyat adliyta boshqarmasi ham bugunga qadar ko'plab chekka hududlarda sayyor qabullar o'tkazib, fuqarolarning muammolarini o'rganib turli hil murojaatlarga yechim topib kelmoqda.
Shunday sayyor qabullarning biri joriy yili 10-mart kuni Zarbdor tuman adliya bo'limi tomonidan "Ravot" MFY hududida tashkil etildi. Ushbu sayyor qabulda aholining huquqiy va hujjatlar bilan bog'liq bo'lgan muammolarii o'rganildi. Shuningdek fuqarolarga sayyor tarzda notarial harakatlar hamda davlat xizmatlari ko'rsatildi.
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Soliq qo‘mitasi hamda Bojxona qo‘mitasi hamkorligida "Kontrafaktiz oy" oyligi davom etmoqda.
Ushbu oylik doirasida Jizzax viloyat adliya boshqarmasi hamda Jizzax viloyat bojxona boshqarmasi mas'ul xodimlari bilan hamkorlikda, hududdagi bojxona chegara postlarida mualliflik huquqi va turdosh huquqlar obyektlarini bojxona chegara postlari orqali olib o‘tishda, bojxona organlari tomonidan huquqiy himoya amalga oshirilishi toʻgʻrisida muallif va boshqa huquq egalari oʻrtasida targ‘ibot ishlarini amalga oshirildi.
"Darakchi" gazetasining 2-mart sonida adliya boshqarmasi bosh maslahatchisi I.Qayumovning “Ota ishlamasa bolalar nafaqasi berilmaydimi?” nomli maqolasi chop etildi.