Bog'lanish

Telefon
+998 72 221 50 50

Elektron manzil
jizzax@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni1008

Yangiliklar

03
#Sayyor_qabul

Sharof Rashidov tumanidagi "Qahramon" va "Istiqlol" MFYlarda Adliya boshqarmasi boshlig‘i birinchi o‘rinbosari E.Muxammadiyevning sayyor qabuli tashkil etildi.
Qabulda tuman hokimi M.Xolbutayev va tegishli soha vakillari ham ishtirok etishdi. Qabul davomida 50 dan ortiq fuqarolarning murojaatlari tinglandi.
Murojaatlarning aksariyati mavsumga mos holda suv, gaz, elektr energiyasi va yo‘l ta’miriga oid masalalar. Mazkur masalalar yuzasidan tegishli tushuntirishlar va huquqiy maslahatlar berildi. Murojaatlarning ijobiy yechim topishi nazoratga olindi.
Shu bilan birga, fuqarolarga turli yo'nalishlarda sayyor tartibda davlat xizmatlari ko‘rsatildi.

03
Huquqiy_axborot_kunlari

Forish tumanining "Garasha" MFY hududida tuman adliya bo'limi xodimlari tomonidan targ'ibot tadbiri o'tkazildi. Uyma-uy kirgan holda aholi bilan suhbatlar olib borildi. Huquqiy maslahatlar berildi. Shuningdek, targ'ibot tadbiri davomida O‘zbekiston fuqarosining chet davlatlarning harbiy xizmatiga, xavfsizlik, polisiya, harbiy adliya organlari yoki shunga o‘xshash boshqa organlariga xizmatga yollanishi 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkinligi togrisida ham tushuntirishlar berib otildi. Targ'ibot tadbiri davomida Vazirlar Mahkamasining 16.05.2022 yildagi 259-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash hamda tumandagi sodir etilgan va aniqlangan jinoyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish yuzasidan ham ma'lumotlar berib otildi.

02
#Sayyor_qabul

Haftaning har dushanba kuni Do'stlik tumani Xalq qabulxonasida tuman hokimi, sektor rahbarlari va boshqa mutasaddilar ishtirokida aholi murojaatlari qabul qilinadi.
Bu galgi qabul kunida viloyat adliya boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari Begzod Pirxalov ham ishtirok etdi.
Shu kuni 24 nafar fuqarolarning murojaatlari tinglandi.
Murojaatlar shu yerning o'zida tegishli mutasaddilar bilan birgalikda o'rganildi. Aksariyati ijobiy yechimini topdi. Yechimi vaqt talab etadigan masalalar nazoratga olindi.                                                                                                                                                                                 Shu bilan birga turli yo'nalishdagi muammolar echimi uchun huquqiy tushuntirishlar berib o'tildi.                                                                          

01
Qonunlar amaliyotda qo'llangandagina o'z kuchiga ega bo'ladi

Arnasoy tuman "Bobur" MFYda tuman adliya bo'limi tomonidan sayyor qabul tashkil etilli. Jizzax viloyati adliya boshqarmasi ma'sul xodimlari ishtirok etgan mazkur uchrashuvda fuqarolarga keng aholi qatlamiga tegishli bo'lgan yangi qabul qilingan qonun hujjatlarining mazmun-mohiyati  tushuntirib o'tildi.
Tadbir davomida fuqarolarning murojaatlari tinglandi. Hududdagi muammolarni bartaraf etishda ular tomonidan berilgan takliflar ham inobatga olindi. Yo'llangan murojatlarning 2 tasi joyida xal qilindi, qolganlariga huquqiy tushunchalar berildi.
Muddat talab etiladigan 3 ta murojat ijobiy hal etish yuzasidan tegishli mas'ullar zimmasiga yuklatildi.

31
#O'zimiz_keldik

Zarbdor tuman adliya bo'limi davlat xizmatlari markazi xodimlari tomonidan tuman markazidan olisda joylashgan "Adirobod" MFYda sayor tartibda  davlat xizmatlari ko'rsatildi.
40 dan oshiq fuqarolar dehqon xo'jaligi sifatida ro'yxatdan o'tkazildi. Shu bilan birga 30 dan oshiq fuqarolar "Mobil ID" tizimidan ro'yhatdan o'tkazildi hamda fuqarolarga davlat xizmatlari sohasiga oid huquqiy tushunchalar berildi.

28
Xalq ishonchi va roziligi yo'lida harakatdamiz

Forish tuman adliya bo`limiga fuqaro X.Ro`ziqulovaning tuman kasb-hunar maktabi tomonidan martabda kutubxonachi vazifasida ishlasada qo‘shimcha haq to`lab berilmayotganidan norozi bo`lib yo`llagan murojaati o`rganib chiqildi. Aniqlanishicha, Forish tuman kasb-hunar maktabi tomonidan 2022-yil 16-sentyabr holatiga O‘zbekitson Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 29 sentyabrdagi 490-sonli “Xalq taʼlimi xodimlari mehnatiga haq to‘lash shartlarini tartibga solish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq 1 991 291 (bir million to`qqiz yuz to`qson bir ming ikki yuz to`qson bir) so'm qo`simcha haqi to'lab berilmagan. Mazkur masala yuzasidan fuqaro manfaatida adliya bo'limi tomonidan fuqarolik ishlari bo'yicha Forish tuman sudiga da'vo arizasi kiritilib, ijobiy qanoatlantirilishi ta'minlandi.

27
#Adliya_tanlov

Avval xabar berilganidek, Adliya vazirligi tizimidagi ta’lim muassasalarida o‘qiyotgan talaba-o‘quvchilar uchun ta’sis etilgan  “Jadid tafakkuri” stipendiyasi uchun tanlovning hududiy bosqichlari bugun bo'lib o'tdi.
Tanlovning Jizzax viloyat hududiy bosqichida quyidagicha natija ko'rinish oldi:
1-o‘rin Farxotova Dilzoda Farxot qiz 224 ball
2-o‘rin Nasimova Sevinch Umid qizi 216 ball
3-o‘rin Normuratova Muxlisa 198 ball

Jizzax viloyat adliya boshqarmasi jamoasi barcha g'olib ishtirokchilarni muborakbod etib, tanlovning respublika bosqichida omad tilaydi!

Ma'lumot uchun: Tanlovning respublika bosqichiga faqatgina 1-o'rinni egallaganlar ishtirok etadi!

27
Ish beruvchining adolati xodimlarning roziligi bilan o'lchanadi

Sharof Rashidov tuman adliya bo‘limi tomonidan fuqaro L.Muzaffarovaning qilgan murojaati o‘rganib chiqildi.

Aniqlanishicha, fuqaro L.Muzapparova bilan tuzilgan mehnat shartnomasi Maktabgacha ta’lim boshqarmasining 2020 yil 21 avgustdagi 223-sonli buyrug‘iga asosan Mehnat kodeksining 99-moddasi bilan bekor qilingan.

Biroq, fuqaro L.Muzaffarova bilan o‘z vaqtida (2022 yilning 16 sentyabr kuniga qadar 4 103 261 so‘m miqdorda) hisob-kitob qilinmaganligi aniqlandi.

Vaholanki, O’zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining

99-moddasiga asosan xodim nomuayyan muddatga tuzilgan mehnat shartnomasini ham, muddati tugagunga qadar muddatli mehnat shartnomasini ham, ikki hafta oldin ish beruvchini yozma ravishda ogohlantirib, bekor qilishga haqli ekanligi, ogohlantirish muddati tugagandan so‘ng xodim ishni to‘xtatishga haqli, ish beruvchi esa, xodimga mehnat daftarchasini berishi va u bilan hisob-kitob qilishi shartligi ko‘rsatilgan. Yuqoridagilarni inobatga olgan holda Sharof Rashidov tuman adliya bo'limi tomonidan Maktabgacha ta’lim bo‘limiga taqdimnoma tasir chorasi kiritilib, to'lanmay qolingan ish haqi undirib berilishi ta'minlandi.

27
"Chang" puli to'lab berildi

Vazirlar Mahkamasining 29.09.1994 yildagi “Xalq taʼlimi xodimlari mehnatiga haq toʼlash shartlarini tartibga solish toʼgʼrisida” 490-son qarorining 23-bandiga asosan maktablar, barcha tur va nomdagi maktab-internatlar kutubxonachilariga yoki boshqa xodimlarga darsliklarning kutubxona fondi bilan shugʼullanganliklari uchun mehnatga haq toʼlashning eng kam miqdorining 3,6 foizi miqdorida qoʼshimcha haq toʼlanishi hamda keyingi har bir 1500 nusxa darsliklar uchun 5 foiz, biroq mehnatga haq toʼlashning eng kam miqdorining 10,6 foizidan koʼp boʼlmagan qoʼshimcha haq toʼlanishi belgilangan.

Yuqoridagilarga asosan, Yangiobod tuman adliya boʼlimi tomonidan tuman xalq taʼlimi boʼlimiga qarashli 19 ta umumtaʼlim maktablarida ushbu qaror ijrosi taʼminlanganlik darajasi monitoring asosida oʼrganildi. Monitoring natijalariga koʼra tuman Xalq taʼlimi boʼlimi tomonidan kutubxonachilarga jami 80.734.171 soʼm qoʼshimcha haq toʼlanmaganligi aniqlandi va ushbu kutubxonachilarga toʼlanmasdan kelingan qoʼshimcha ish haqlari sud tartibida undirib berildi.

26
Murojaatlar bilan ishlash tartibi bo'yicha amaliy hamkorlik

Jizzax viloyat adliya boshqarmasi barcha davlat tashkilotlarida murojaatlar bilan ishlash yo'nalishiga alohida e'tibor qaratib, ular bilan doimiy hamkorlikni amalga oshirib bormoqda. Reja asosida davlat tashkilotlarining murojaatlar bilan ishlash uchun mas'ul bo'lgan xodimlari bilan uchrashuvlar tashkil etilib, sohada uchrayotgan muammolarni o'rganish orqali bu yo'nalishdagi ishlar samaradorligini oshirish choralari ko'rilmoqda.
Bu galgi seminar mashg'ulotlari onlayn tarzda o'tkazildi, unda "Jizzaxsuvta'minoti" MCHJнинг tuman(shahar) bo’limlari jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash bo'yicha mas'ul xodimlari ishtirok etdi. Seminarda Jizzax viloyat adliya boshqarmasi Inson huquqlarini himoya qilish bo'limi boshlig'i M.Raximova tomonidan murojaatni taqdim etish, ularni ko'rib chiqish va javob xatini jo'natish, murojaatlarni ko'rib chiqishga oid normativ-huquqiy hujjatlar bo'yicha ishtirokchilarga tushunchalar berildi. Savol-javob tarzida olib borilgan onlayn uchrashuv davomida,  ishtirokchilarning takliflari ham tinglandi. Fikr-mulohazalar almashindi.
Shu bilan birga boshqarmaning Davlat xizmatlarini ko'rsatilishi ustidan nazorat qilish bo'limi bosh maslahatchisi S.Abdualimov tomonidan "Yuridik va jismoniy shaxslarni suv ta’minoti va suvni chiqarib tashlash tarmoqlariga ulash bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma'muriy regalmentiga asosan ko'rsatiladigan davlat xizmatlar to'g'risida"gi Nizom yuzasidan ham to'liq tushuntirishlar berib o'tildi.
Bundan tashqari tizimda yuzaga kelayotgan muammolar va ularning yechimi bo'yicha amaliy chora-tadbirlar olib borishga ham kelishib olindi.