Bog'lanish

Telefon
+998 72 221 50 50

Elektron manzil
jizzax@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni1008

Yangiliklar

30
#targibot_tadbiri_

Gʻallaorol tumani, "Mulkush" QFY hudidagi 19-maktab binosida tuman adliya bo‘limi boshlig‘i tomonidan mahalla raisi, hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi,  xotin qizlar faoli bilan birgalikda seminar tashkil etildi.                                                                                      

Seminarda, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining  16.05.2022 yildagi  2022-2023 yillarda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash to‘g‘risidagi 259-son qarori ijrosi yuzasidan jinoyatchilik va huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘yicha, ularning oldini olish yuzasidan zarur choralar ko‘rish tartibi, uni bartaraf etish mexanizmlari tushuntirildi.                                                                                                                                                                

Shuningdek tadbirda joriy yilning yanvar oyida mahalla hududida sodir etilgan jinoyatlar muhokama qilindi.

30
Gazeta biz haqimizda

"Jizzax ovozi" gazetasining 28-yanvar sonida adliya boshqarmasi tomonidan "Yangi O'zbekistonda ma'muriy islohotlar jarayoni" mavzusida o'tkazilgan matbuot anjumani tafsilotlari yorotilgan maqola chop etildi.

30
#Bosma_nashrlarda_huquqiy_targ'ibot

"Jizzax ovozi " gazetasining 2023-yil 28-yanvardagi 5-sonida Jizzax shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsuli Nargiza Fayziyevaning "Mehnat kodeksida nimalar o'zgardi?" nomli maqolasi chop etildi.

27
O'zimiz keldik...

Arnasoy tuman аdliya bo'limi DXM hodimlari tomonidan qishning sovuq kunlarida fuqarolarga yanada qulay bo'lishi uchun davlat xizmatlari joylarga chiqqan xolda sayyor tartibda ko'rsatilmoqda.

Bunda asosiy e'tibor markazga kelishga imkoniyati cheklangan hamda nogironligi bo'lgan insonlarga qaratilmoqda. Aholining uzog'ini yaqin, og'irini engil qilishga qaratilgan bunday loyihalar xalq roziligiga sabab bo'lmoqda.

26
#Bosma_nashrlarda_huquqiy_targ'ibot

Zarbdor tuman adliya bo'limi yuridik xizmat ko’rsatish  markazi bosh yuriskonsulti A.Abduvaitovning “Bahmal hayoti” gazetasida "Nogironlik nafaqasidagi o'zgarishlar", “XXI asr “ gazetasida esa  “Job offer yohud ishga marhamat !” nomli maqolalari chop  etildi.

26
Adliya aralashgach...

Yangiobod tuman adliya bo’limiga H.Mamarasulov va I.Mamurboyev murojaat qilib, 2021-yil aprel oyidan buyon Yangiobod tuman maktabgacha ta’lim bo’limiga qarashli 7-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida qorovul bo’lib ishlab kelayotganligini, 2022-yil dekabr oyida esa boshqa xodimning mehnatga layoqatsizlik ta’tiliga chiqishi munosabati bilan uning vazifasi bu ikki xodimga yuklanganligi va ushbu qo’shimcha ish uchun ish haqi to’lab berilmaganligini ta’kidlab, amaliy yordam so’ragan.

Adliya bo’limi tomonidan murojaat yuzasidan tuman maktabgacha ta’lim bo’limida o’rganish o’tkazildi.

Tuman adliya bo’limi maktabgacha ta’lim bo’limiga taqdimnoma kiritdi va xodimlarga jami 920 000 so’m ish haqlari to’lab berilishi ta’minlandi.

26
O'zimiz keldik...

G'allaorol tuman adliya bo'limi DXM hodimlari tomonidan tuman markazidan 60 km uzoqlikdagi "Jiydali" va "Gulchambar" QFY fuqarolariga qishning sovuq kunlarida yanada qulay bo'lishi uchun hududlardagi mahalla binolarida sayyor tartibda xizmatlar ko'rsatildi. Xalq ishonchi va roziligiga erishish ish unumini belgilaydi.

26
#ADLIYA_ARALASHGACH...

Sharof Rashidov tuman adliya bo‘limi tomonidan fuqaro K.Olimovning tuman gaz ta’minoti bo‘limi xodimlari tomonidan noreal qarzdorlik hisoblanganligi va ushbu qarzdorlikni olib tashlashda amaliy yordam berishni so‘rab, qilgan murojaati o‘rganib chiqildi.

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 26-maydagi 132-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Tabiiy gaz iste’molchilari va gaz bilan ta’minlovchi tashkilotlar o‘rtasidagi o‘zaro hisobkitoblar tartibi to‘g‘risida”gi Nizomda hisob-kitob davri – kalendar oyi ekanligi va uning doirasida gaz yetkazish hajmi belgilanishi hamda yetkazib berilgan gaz uchun yetkazib beruvchi bilan tabiiy gaz iste’molchisi o‘rtasida o‘zaro hisob-kitob qilinishi kerakligi ko‘rsatilgan.

Biroq, “Sharof Rashidovtumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi xodimlari tomonidan fuqaro K.Olimovning shaxsiy hisob raqamiga “Billingaz” dasturi orqali 12.794 m3 yani, 4 mln 861ming 932 so‘m asossiz qarzdorlik kiritganligi ma’lum bo‘ldi. Vaholanki, O’rganish davomida, fuqaro K.Olimov tomonidan foydalanilgan tabiiy gaz uchun amalga oshirilgan to‘lovlari qayta hisob-kitob qilinganda 432 ming 880 so‘m qarzdorlik mavjud ekanligi aniqlandi.

Tuman adliya bo’limi aralashuvi bilan tuman “Sharof Rashidovtumangaz” tomonidan fuqaroga nibatan ortiqcha hisoblangan qarzdorlik bekor qilindi.

26
#Bosma_nashrlarda_huquqiy_targ'ibot

Zarbdor tuman adliya bo'limi yuridik xizmat ko’rsatish  markazi bosh yuriskonsulti A.Abduvaitovning “Bahmal hayoti” gazetasida "Nogironlik nafaqasidagi o'zgarishlar", “XXI asr “ gazetasida esa  “Job offer yohud ishga marhamat !” nomli maqolalari chop  etildi.

25
#mamuriy _islohot

Yangiobod tuman adliya bo‘limi tomonidan tumandagi 12-sonli umumta’lim maktab binosida Yangiobod SHFY hududida yashovchi fuqarolar ishtirokida davra suhbati o‘tkazildi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-dekabrdagi “Yangi O‘zbekiston ma’muriy islohotlarni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 269-sonli Farmoni va “Yangi O‘zbekiston ma’muriy islohotlari doirasida respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi  
447-sonli Qarorining mazmun mohiyati va ahamiyati ishtirokchilarga to‘liq yetkazildi.

Shuningdek, seminarda odam savdosi va majburiy mehnatga qarshi kurashish hamda O'zbekiston Respublikasi Mehnat kodekisining yangi tahriri yuzasidan ham fuqarolarga ma'ruzalar qilindi.  

Tadbir yakunida ishtirokchilarning qiziqtirgan savollari yuzasidan huquqiy tushuntirishlar va maslahatlar berildi.