Bog'lanish

Telefon
+998 72 221 50 50

Elektron manzil
jizzax@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni1008

Yangiliklar

20
#mamuriy _islohot

#mamuriy _islohot

Jizzax viloyat teleradiokompaniyasi

Dastur: "Bilasizmi?"

Zafarobod tuman adliya bo'limi xodimi.

Yangi O'zbekistonda ma'muriy islohotlar

20
#mamuriy _islohot

#mamuriy _islohot

Jizzax viloyat teleradiokompaniyasi "Jizzax" radiokanali

Dastur: "E'tiboringiz markazida" tok shousi

Jonli efir FM 105.5 to'lqinlarida

Jizzax viloyat adliya boshqarmasi xodimlari

Yangi O'zbekistonda ma'muriy islohotlar

19
FORISH TUMAN HOKIMLIGIDA PREZIDENTIMIZ FARMON VA QARORLARI IJROSI YUZASIDAN O'QUV-SEMINAR TASHKIL ETILDI

Forish tuman hokimligi katta majlislar zalida Forish tuman Adliya bo'limi tomonidan O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 21 dekabrdagi “Yangi O'zbekiston ma'muriy islohotlarni amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PF-269-sonli Farmoni va  “O'zbekiston ma'muriy islohotlari doirasida respublika ijro etuvchi hokimyat organlari faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PQ-447-son qarorlari mazmun-mohiyati va ahamiyatini aholi va ijrochilarga tushintirish yuzasidan o'quv-seminar tashkil etildi.

Seminarni tuman hokimligi tashkiliy kadrlar guruhi rahbari Temur Bozorbekov kirish so'zi bilan ochib berdi.

Seminarga tuman hokimligi mutaxassislari, tumandagi korxona, tashkilot, muassasalar rahbarlari taklif etildi. Seminarda tuman adliya bo'limi bosh maslahatchisi Begzod Turopov O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 21 dekabrdagi “Yangi O'zbekiston ma'muriy islohotlarni amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PF-269-sonli Farmoni va  “O'zbekiston ma'muriy islohotlari doirasida respublika ijro etuvchi hokimyat organlari faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PQ 447-son qarorlari mazmun-mohiyati va ahamiyati haqida batafsil so'z yuritdi.

19
Yangi O'zbekistonda inson qadri ulug'

Baxmal tuman Davlat xizmatlari markazi xodimlari tomonidan 2023-yil 19-yanvar kuni "Siz kelmang biz boramiz" loyihasi doirasida Baxmal tumani "Qutlug‘obod" MFY Yo‘ldoshboy qishlog‘ida yashovchi 43 yildan buyon I gurux nogironi bo‘lgan fuqaro Sayfullayeva Ra’no G’aybullayevna xonadoniga borgan holda xizmat ko'rsatildi.

Fuqaro hunarmandchilik yo‘nalishida milliy liboslar tayyorlash faoliyat turi bo‘yicha yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat ro‘yhatidan o‘tkazildi.

18
"E-qaror" tizimi amalda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 21.12.2022-yildagi “Yangi O‘zbekiston ma’muriy islohotlari doirasida respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-447-son qaroriga asosan Davlat boshqaruvida ochiqlik darajasini yanada oshirish, raqamli texnologiyalarni joriy etish, raqamlashtirilgan davlat boshqaruvi modeliga o‘tish maqsadida 2023-yil 1-yanvardan boshlab, sinov tariqasida, Adliya vazirligi tizimida idoraviy buyruq, qaror va farmoyishlarni “E-qaror” elektron tizimi orqali qabul qilish va e’lon qilish amaliyotini yo‘lga qo‘yish belgilangan.
Shunga asosan, mazkur qaror ijrosini targ‘ib qilish maqsadida joriy yilning 17-yanvar kuni ZOOM platformasi orqali hujjatlarni “E-qaror” elektron tizimida e’lon qilinishi bo‘yicha tizimdagi idoralar va keng jamoatchilikka (tashkilot xodimlari, jurnalist va blogerlar) tushuntirish yuzasidan seminar o‘tkazildi.
Seminar davomida ishtirokchilarga Jizzax viloyat adliya boshqarmasi xodimi J.Karimov hujjatlarni “E-qaror” elektron tizimida e’lon qilinish tartibini batafsil tushuntirib berish bilan birga davlat boshqaruvida ochiqlik darajasini yanada oshirish, raqamli texnologiyalarni joriy etish va raqamlashtirilgan davlat boshqaruvi modeliga o‘tish uchun qilinayotgan say-harakatlar haqida ham ma'lumot berdi.

18
#E_qaror_amalda

#E_qaror_amalda

Jizzax viloyat adliya boshqarmasida ma'muriy hujjatlarni jamoatchilik uchun ochiq tarzda qabul qilish amaliyoti yo'lga qo'yildi

Xabaringiz bor, joriy yilning 1 yanvaridan boshlab Prezident qaroriga   asosan sinov tariqasida Adliya vazirligining buyruqlari ham “E-qaror” tizimi orqali qabul qilinishi belgilangan.

16
QAYNOQ MEHR ULASHIB...

Yurtimizdagi mana shunday sovuq kunlarda Davlat xizmatlari markaziga biror bir yumush yuzasidan kelayotgan fuqarolarga markaz tomonidan qulay sharoitlar yaratilmoqda. Shuningdek,  bugun barcha Davlat xizmatlari markazlarida fuqarolarga xodimlar tomonidan mana shunday sovuq ob-havoda bir piyola issiq choy uzatilmoqda. Insonlar orasidagi mehr va boshqa xislatlar shu kabi ijobiy munosabatlar orqali shakillanadi. Bugun davlat xizmatlari markazlariga tashrif buyurgan yurtdoshlarimizning barchasi ajoyib kayfiyatda qaytishlari uchun xodimlar astoydil harakat qilishmoqda.   Davlat xizmatlari markazlari xodimlari tomonidan fuqarolarga Mobil ID tizimi orqali ro'yhatdan o'tish orqali onlayn tartibda davlat xizmatlaridan foydalanish mumkinligi, bunda vaqt va mablag'ning tejalishi haqida tushuntirishlar ham berilmoqda.  

Davlat xizmatlari markazlari xodimlari tomonidan fuqarolarga Mobil ID tizimi orqali ro'yhatdan o'tish orqali onlayn tartibda davlat xizmatlaridan foydalanish mumkinligi, bunda vaqt va mablag'ning tejalishi haqida tushuntirishlar ham berilmoqda.


16
Radiodan_gapiramiz

Jizzax radiokanali to'lqinlarida yangi qabul qilingan qonun hujjatlarining sharxiga bag'ishlangan alohida efir soatlari mavjud.
Shulardan biri "Huquqiy darsxona" loyihasidir.

Bugungi mavzu: Yangi O'zbekistonda ma'muriy islohotlar

Bugungi mehmon: Adliya boshqarmasi yetakchi maslahatchisi I.Ablakulova

14
Harbiy xizmatchilarga imtiyozlar

Baxmal tumani Adlyai bo‘limi xodimlari tomonidan 9255-sonli harbiy qismda 14-yanvar “Vatan himoyachilari kuni” O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil topganining 31 yilligi munosabati bilan “Harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolariga qanday imtiyozlar bor?” mavzusida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

Mazkur muhim sana oldidan yurt tinchligi yo‘lida sharafli xizmatni ado etayotgan harbiy xizmatchilar bayram bilan tabriklanib, ular uchun qonunchilikda belgilangan ayrim imtiyozlar xaqida to‘xtalib o‘tildi.

Targ‘ibot davomida harbiy xizmatchilarga “Oliy ta’limga beriladigan tavsiyalar”, “Oilasiga imtiyozlar”, “Ko‘p muddat xizmat qilganlik uchun ta’tillar imtiyozlar”, “Bepul tibbiy ta’minot”, “Boshlang‘ich badalsiz ipoteka krediti” va boshqa imtiyozlar to‘g‘risida huquqiy tushunchalar berildi. 


Targ‘ibot tadbiri davomida harbiy xizmatchilarning vaqtincha yashash uchun ijara shartlari, farzandarini bog‘chalarga navbatsiz qabul qilish, farzandarining o‘qishini ko‘chirish kabi va boshqa qonun hujjatlari mazmun-mohiyati bo'yicha savol-javoblar o'tkazildi.


    Baxmal tumani Adliya bo‘limi 

14
Ijtimoiy moslashuv maslaxatxonasi

Bugungi kunda og‘ir ijtimoiy ahvolda qolgan, jumladan, oilaviy muammolar va turmushida zo‘ravonlikka ishlatilishiga duch kelgan ayollargaga ruhiy, ijtimoiy,  huquqiy va boshqa yordamlarni ko‘rsatish maqsadida Gʻallaorol tumani adliya bo‘limi FHDY mudirasi tomonidan tuman oila va xotin-qizlar bo‘limi ma’sullari bilan hamkorlikda "Ijtimoiy moslashuv maslaxatxonasi" tashkil etildi.                                                

Ish faoliyatining birinchi kunidayoq 3 nafar fuqarolarga mutaxassislar tomonidan huquqiy maslahatlar berildi.