Bog'lanish

Telefon
+998 72 221 50 50

Elektron manzil
jizzax@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni1008

Yangiliklar

10
"MUNOZARA MAYDONI"

Jizzax viloyat teleradiokanalining "Munozara maydoni" tok shousida adliya boshqarmasi bosh maslahatchisi Iroda Ablakulova ishtirok etdi.

Unda O'zbekiston Respublikasining “Kiberxavfsizlikni ta'minlash sohasidagi qonunchilik takomillashtirilishi munosabati bilan O'zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish to'g'risida” gi Qonuni ijrosi, fuqarolarni kiberxavfsizlikdan ogohlikka undash, internetdagi huquqbuzarliklarning oldini olish, kibermakonda sodir etiladigan jinoyatlarga qarshi kurashish, uni oldini olish, fuqarolarning ogohligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar ijrosi va bu boradagi boshqa muhim vazifalarga e'tibor qaratildi.

09
O'zimiz keldik...

Jizzax viloyat adliya boshqarmasi, Forish tumani adliya bo'limi xodimlari hamda intellektual mulk huquqini himoya qilish yo'nalishi mas'ullari hamkorligida tuman dehqon bozori va unga yondosh savdo do'konlarida tadbirkorlar bilan uchrashuvlar tashkil etildi.

Suhbat davomida fuqarolar va tadbirkorlarning qonuniy huquq va manfaatlari tushuntirildi. Muammolar o'rganilib echimi bo'yicha maslahatlar berildi.

Davlat xizmatlari markazi xodimlari tomonidan talabga ko'ra davlat xizmatlari ko'rsatish uchun sharoit yaratildi.

06
Adliya aralashgach...

Do‘stlik tumanida yashovchi R.Xusanovning tuman soliq inspeksiyasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tekshirish natijalaridan norozi bo‘lib, tuman adliya bo‘limiga yo‘llagan murojaatlari ko‘rib chiqildi.

Aniqlanishicha, tuman soliq inspeksiyasi boshlig‘ining 24.11.2025-yildagi  buyrug‘i asosida YaTT R.Xusanovning faoliyatida o‘tkazilgan sayyor soliq tekshiruvida, xaridor tomonidan sotib olingan mevalar uchun xarid cheki yoki unga tenglashtirilgan kvitansiya berilmaganligi sababli tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgan.
Muallifning murojaati asosida viloyat soliq boshqarmasi tomonidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilib, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklari to'liq o'rganildi. Murojaatlarda keltirilgan vajlarni o‘rganish natijasiga ko‘ra, YaTT R.Xusanovga nisbatan qo‘llanilgan ma’muriy va moliyaviy jarimalarni bekor qilish xususida tuman adliya bo‘limi tomonidan 07.01.2026-yilda viloyat soliq boshqarmasiga taqdimnoma kiritilib, vajlari qanoatlantirildi.

04
Adliya aralashgach...

G‘allaorol tuman adliya bo‘limiga tumanda yashovchi J.Rasulov murojaat qilib yashaganlik faktini belgilashda amaliy yordam berishini so‘ragan. Mazkur murojaat adliya bo‘limining ish yurituviga olinib, tezda o‘rganish ishlari boshlab yuborildi. Aniqlanishicha J.Rasulov 1965-yil 15-iyunda G‘allaorol tumanida tug‘ilgan. U hujjat talab qiladigan ishda ishlamaganligi sababli fuqarolik pastorti zarur bo‘lmaganligi, shu bois e’tiborsiz bo‘lib shu kunga qadar pasport olmaganligi ma’lum bo‘ldi.

Unga muqaddam sobiq SSSR fuqaroligi rasmiylashtirilgan bo‘lsada, biroq ushbu ma’lumotlar saqlanmaganligi, bo‘limda uning doimiy ro‘yxatda turganligi to‘g‘risida ma’lumotlar ham mavjud emasligi ishning chigallashishiga sabab bo‘lgan. Adliya ko‘magi bilan fuqaro manfaatida sudga da’vo arizasi kiritildi. Da’vo arizasi qanoatlantirilishi uchun barcha kerakli hujjatlarni to‘plash borasida ham fuqaroga amaliy ko‘mak berildi. Barcha ma’lumotlar va hujjatlarga asosolangan xolda fuqarolik ishlari bo‘yicha G‘allaorol tumanlararo sudining hal qiluv qarori qabul qilindi.

Unda arizachi G‘allaorol tuman adliya bo‘limining fuqaro manfaatida yashaganlik faktini belgilash haqidagi arizasi qanoatlantirilsin. 1965-yil 15-iyunda G‘allaorol tumanida tug‘ilgan J.Rasulov 1991-yil 1-sentabrdan boshlab O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashab kelganlik fakti belgilansin deb bayon etilgan. Adliya aralashuvi bilan yana bir insonning taqdirida yangi burilish, ijobiy natija namoyon bo‘ldi.

03
Harbiy xizmat – yoshlar kelajagining muvaffaqiyatlar yo‘li

Gʻallaorol tuman hokimligida muddatli harbiy xizmatni o‘tash uchun ketgan harbiy xizmatchilarning ota-onalari bilan ochiq muloqat o‘tkazildi.

Mazkur tadbirda Gʻallaorol tuman hokimi Jalolitdin Oqboyev, Jizzax viloyati Adliya boshqarmasi boshlig‘i Akmal Ergashev, muddatli harbiy xizmatchilarning ota-onalari hamda tuman Mudofaa bo‘limi xodimlari ishtirok etdilar.

Ochiq muloqat davomida ota-onalarga harbiy xizmatchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, xizmatdan qaytib kelgan yoshlarning jamiyatda munosib o‘rin egallashlari uchun davlatimiz rahbari tomonidan yaratib berilayotgan imkoniyatlar to‘g‘risida suhbatlashildi.
Tadbir davomida maxsus tayyorlangan muddatli harbiy xizmatchilarning O‘zbekiston Qurolli Kuchlari safidagi xizmat sharoitlari, Vatanga bo‘lgan sadoqati, shuningdek, ota-onalariga yo‘llagan samimiy tabrik va minnatdorlik so‘zlari aks ettirilgan video rolik namoyish etildi.

Tadbirda tuman hokimi vatanparvar, fidoyi va sadoqatli o‘g‘illarni tarbiyalab voyaga yetkazgan ota-onalarga o‘zining chuqur minnatdorchiligini izhor etdi.

02
#Adliya_bosma_nashrlarda

"Forish tongi" gazetasining navbatdagi sonida Jizzax shahar adliya bo'limi yuridik xizmat ko'rsatish markazi yuriskonsultlari J.Esanov, Z.Abdurasulov hamda Forish tuman adliya bo'limi FHDY inspektori G.Shaharovalarning huquqiy mavzular yuzasidan maqolalari e'lon qilindi.

30
#Bilasizmi?

Fuqarolik Kodeksi 187-modda:
Egalik qilish orqali mulk huquqi

Agar odam mol-mulk egasi bo'lmasa ham, uni o'z mulkidek uzoq vaqt halol ishlatib kelgan bo'lsa - u mulkdor bo'lib qolishi mumkin.

Batafsil infografikada

29
2026_yil_1_fevraldan

Qonunchilikka ko'ra, tashabbusli byudjet jarayonlarida ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalarni aholi va davlat o'rtasida sheriklik asosida moliyalashtirish amaliyoti joriy etiladi.

Tashabbuskor aholi tomonidan loyihalar qiymatining 50 foizi ixtiyoriy ravishda moliyalashtirilganda loyihalar g'olib deb topiladi va qolgan 50 foizi respublika byudjetidan moliyalashtiriladi. (https://t.me/huquqiyaxborot_lotin/9855)

29
E'lon

Adliya vazirligi tomonidan huquqiy savodxonlikni oshirishga qaratilgan startap loyihalar 50 mln so'mgacha moliyalashtiriladi.

Tanlov uchun hujjatlarni qabul qilish davom etmoqda.

Tanlov shartlari bilan ushbu havola  (https://drive.google.com/file/d/1tSv_S_GQBsbAQc5zRAt_6NMOtjZPTC3O/view?usp=sharing)orqali tanishib chiqishingiz mumkin.

28
HUQUQIY AKSIYA

Zarbdor tuman adliya bo’lim boshlig‘i tomonidan tasdiqlangan reja-grafikka asosan Yangi hayot MFY da joylashgan 8-sonli umumiy oʻrta ta’lim maktabida keng jamoatchilikni ishtirokini tashkil qilgan holda joriy yilning 22-yanvaridan 22-fevraliga qadar "Mulk huquqi kafolatlari" huquqiy oyligi doirasida 28.01.2026-yilda sayyor qabul tashkil etildi.

Sayyor qabul davomida fuqarolarning koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan mulk huquqini davlat roʻyhatidan oʻtkazish boʻyicha OʻRQ-937-sonli Qonunining mazmun-mohiyati tushuntirilib, fuqarolarning bu borada savollariga javoblar berildi.

Adliya bo‘limi tomonidan sohaga oid murojaatlar qabul qilinib, ayrim murojaatlar yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi, o‘rganish talab qilingan murojaatlar ish yurituviga qabul qilindi.

Shu bilan bir qatorda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 05.01.2026-yildagi PQ-1-son va 05.01.2026-yildagi PQ-2-son qarorlari ijrosi yuzasidan huquqiy targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.