Bog'lanish

Telefon
+998 72 221 50 50

Elektron manzil
jizzax@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni1008

Yangiliklar

29
Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkasini bo'lish va uning yangi chegaralarini belgilash bo'yicha davlat xizmati joriy etiladi.

Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkasini bo'lish va uning yangi chegaralarini belgilash bo'yicha davlat xizmati joriy etiladi.

Arizalar Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) (https://my.gov.uz/uz) orqali qabul qilinadi.

Xizmatdan foydalanuvchilar: ijara huquqi asosida berilgan qishloq xo'jaligiga mo'ljallangan yerlarda mahsulot yetishtirish (ishlab chiqarish) bilan shug'ullanuvchi tadbirkorlik subyektlari.

Vakolatli organ: Qishloq xo'jaligi vazirligi.

Arizani ko'rib chiqqanlik uchun yer uchastkasining maydoniga qarab BHMning 1-6 baravari miqdorida yig'im undiriladi.

Asos: Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-oktabrdagi  662-son qarori (https://lex.uz/uz/docs/-7782935).

28
Men_donorman

Har kuni dunyo boʻyicha yuz minglab odam donor qoniga ehtiyoj sezadi. Ayniqsa, onkologik, gematologik kasalliklarga chalingan insonlar, baxtsiz hodisa tufayli ogʻir tan jarohati olgan va murakkab operatsiyalarga muhtoj bemorlar hayotini saqlab qolishda qon muhim vosita sanaladi.

Donorlik esa qon va uning komponentlariga muhtoj insonlar uchun begʻaraz koʻmakdir.

2005-yil may oyida Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining Xalqaro Assambleyasida dunyo davlatlari sogʻliqni saqlash vazirlari yakdillik bilan begʻaraz qon donorligini qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisidagi taklifni maʼqullagan. Shundan buyon butun jahon miqyosida har yili anʼanaviy tarzda “Men donorman” aksiyasi oʻtkazib kelinadi.

Jizzax viloyat adliya boshqarmasi va Jizzax shahar adliya bo'limi xodimlari joriy yilning 24-oktabr kuni ushbu aksiyada faol ishtirok etdilar.

Donorlik — bu hurmatga sazovor ish, donor esa, juda ham oliyjanob insondir.

27
"Ochiq eshiklar kuni" munosabati bilan yoshlar bilan uchrashuv

Jizzax shahar adliya bo'limi yuridik xizmat ko'rsatish markazi mas'ullari va "Madad" NNT Jizzax shahar huquqiy maslahat byurosi bosh mutaxassisi tomonidan Jizzax shahri hududida joylashgan umumta'lim maktabi o'quvchilari uchun “Ochiq eshiklar” kuni tashkil etildi.

Yoshlar dastlab bo'limda  xodimlarga yaratilgan sharoitlar bilan tanishdilar. Shu bilan birga adliya organlari faoliyati haqida batafsil tushunchaga ega boʻldilar.

Shundan so‘ng o'quvchi yoshlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi. Unda yoshlar uchun qonunchilikda belgilangan imtiyozlar, preferensiyalar, grantlar va davlat tomonidan qo'llab-quvvatlashning boshqa turlari  hamda adliya bo'limlari, DXM, FHDY, YXKM ish faoliyati yuzasidan berilgan savollarga javob berildi.

24
“Mualliflik va turdosh huquqlariga nisbatan hurmat hissini uyg‘otish va yanada rivojlantirish" yuzasidan targ'ibot tadbiri

Adliya vazirli tashabbusi bilan o'tkazilayotgan “San’at va ijod himoyasi” oyligi doirasida targ'ibot tadbirlari davom etmoqda

Jizzax viloyat bojxona boshqarmasi xodimlari uchun mualliflik va turdosh huquqlarni himoya qilish yuzasidan seminar-treninglar tashkil etildi.

Tadbir davomida:
O'zbekiston Respublikasining 2025-yil 8-avgustdagi O'RQ-1080-son Qonuni;
Mualliflik va turdosh huquqlariga nisbatan hurmat hissini uyg‘otish yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi.

23
Jizzax shahrida huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbarlarining ommaviy sayyor qabuli tashkil etildi

Mazkur yuzma-yuz muloqotlar aholining shu yo'nalishdagi muammolarini o'rganish, murojaatlarni tinglash asnosida uning echimini aniqlashdan iboratdir.

Sayyor qabul davomida adliya boshqarmasi boshlig'i A.Ergashev tomonidan sohaga oid murojaatlar qabul qilinib, aksariyatiga huquqiy tushuntirishlar berildi, to'g'ri yo'l-yo'riq ko'rsatildi. Yechimi o'rganish talab etadigan murojaatlar ish yurituviga olindi.

Shu bilan birga, fuqarolarga davlat xizmatlaridan va notarius xizmatidan sayyor tartibda foydalanish imkoniyati yaratildi.

22
Otaliqqa olingan maktab o'quvchilari o'rtasida sport musobaqalari tashkil qilindi

Adliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan “O‘zbek tili bayrami” kunini munosib nishonlashga qaratilgan madaniy-ma’rifiy va tashkiliy tadbirlar Dasturi hamda Adliya boshqarmasi tomonidan tasdiqlangan Jizzax viloyatidagi otaliqqa olingan maktablarning o‘quvchilari uchun 2025-yil sentabr-dekabr oylarida amalga oshiriladigan Chora-tadbirlar dasturining 4-bandida belgilangan “Street law”, “Tengdoshimga huquqiy yordam”,“Vatanparvarlik va milliy qadriyat”, “Huquqiy bilimlar” tadbirlarini o‘tkazish maqsadida, Adliya vazirligi tomonidan otaliqqa olingan Jizzax shahar maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli 2-son umumta’lim maktabida Jizzax shahar adliya bo'limi Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi, davlat notarial arxiv, “Madad” Jizzax shahar huquqiy maslahat byurosi hamda shahar maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi mas’ullari bilan hamkorlikda “O‘zbek tili bayrami” kuni keng nishonlandi.

Bundan tashqari, bayram tadbirlarining ko‘taringgi kayfiyati o'quvchi yoshlar o'rtasida tashkil etilgan stol tennisi, shaxmat va shashka, mini futbol sport musobaqalari tadbirlariga ulanib ketdi.

Tadbir so‘nggida sport musobaqasi g‘oliblari va tadbir ishtirokchilari Adliya bo‘limining esladik sovg‘alari va faxriy yorliqlari bilan taqdirlandi.

21
Mirzacho'l tuman adliya bo‘limi FHDY bo‘limi tomonidan fuqaro murojaati o‘zining ijobiy yechimini topdi

Mirzadala mahallasida yashovchi fuqaro G.Q 2009 yilda tug'ilgan farzandi 2 oy yashab vafot etganligi, uning o'limi xech qaerda qayd etilmaganligi bois oila tarkibida mavjud turganligi bois ushba masalada yordam so'ragan. Adliya bo'limi tomonidan ushbu masala o'rganilib, ijobiy yechim topishi uchun yordam ko'rsatildi.

Xususan, tuman FHDY bo'limining ma'lumotiga ko'ra, farzandingizning vafot etganligini tasdiqlovchi tibbiyot birlashmasi tomonidan beriladigan o'lim haqida tibbiy guvohnomasi mavjud bo'lmaganligi sababli fuqarolik ishlari bo'yicha Do'stlik tumanlararo sudiga o'lim faktini belgilash to'g'risida ariza kiritildi. Sud qaroriga ko'ra o'lim fakti belgilanib, shunga ko'ra fuqaroning vafot etgan farzandi oila tarkibidan chiqarildi.

20
Adliya_aralashgach...

Zomin tumani adliya bo‘limi tomonidan fuqaro S.Zning  Zomin tumani, Qo‘rg‘on MFYda  joylashgan savdo do‘koni davlat va jamoat ehtiyojlari uchun buzilganligi, biroq hokimlik tomonidan kompensatsiya to'lovlari to‘lab berilmaganidan norozi bo'lib yo‘llagan murojaati o‘rganib chiqildi.

Aniqlanishicha, fuqaro S.Zga tegishli bo‘lgan savdo do‘koni hokimning 15.10.2011-yildagi 686-sonli qaroriga asosan buzib tashlangan, biroq kompensatsiya to‘lovlari bugungi kunga qadar to‘lab berilmagan.

Vaholanki, Fuqarolik kodeksining 163-moddasida mulkdorning yoki boshqa egalik qiluvchining oʻz huquqini har qanday buzishlarni bartaraf etish haqidagi talablariga nisbatan da'vo muddati joriy qilinmaydi.

Yuqoridagilarga ko‘ra, Fuqarolik ishlari bo‘yicha Zarbdor tumanlararo sudiga fuqaro manfaatida 163.688.934 so‘m zararni undirishni so‘rab da’vo ariza kiritildi va sudning hal qiluv qaroriga asosan qanoatlantirildi.

17
"Huquqshunoslik" fan olimpiadasining Jizzax viloyat bosqichi o'tkazildi

"Huquqshunoslik" fan olimpiadasining Jizzax viloyat bosqichi o'tkazildi

Adliya vazirligi hamda Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligining qo'shma qaroriga asosan bu yil birinchi marta "Huquqshunoslik" fan olimpiadasi tashkil etilmoqda. Mazkur olimpiada adliya tizimiga biriktirilgan umumta'lim maktablarining 8-11-sinf o'quvchilari o'rtasida o'tkazilishi belgilangan. Jizzax viloyati bo'yicha 13 ta umumta'lim maktablaridan 2 mingdan ortiq o'quvchilar tanlovning tuman bosqichlarida ishtirok etishdi. Olimpiada nizomiga ko'ra ular orasida sinflar kesimida 1-o'rinni olgan 4 nafardan jami 52 nafar yoshlar bugun olimpiadaning viloyat bosqichida o'z bilimlarini sinovdan o'tkazishdi.

Hududiy bosqich 3 ta shart asosida o'tkazildi. Olimpiadani sifatli va samarali o'tkazish maqsadida barcha tashkiliy masalalarga alohida e'tibor qaratildi. 8-9-10-11-sinflar alohida xonalarga joylashtirilib nazoratchilar ishtirokida 3 ta yo'nalish bo'yicha o'zaro bellashdilar.

Olimpiadani shaffof va adolatli o'tkazish asosiy maqsad bo'lganligi uchun sinf nazoratchilari, baholash komissiya tarkibi va apelyatsiya komissiyalari tuzilgan bo'lib, ular tarkibiga malakali mutaxassislar va pedagoglar jalb qilingan.

Olimpiada yakuniga ko'ra sinflar kesimida 3 ta shartda umumiy hisobda eng ko'p ball to'plagan 4 nafar o'quvchilarga respublika bosqichi uchun yo'llanmalar topshirildi. Shu bilan birga barcha ishtirokchilarga adliya boshqarmasining estalik sovg'alari tantanali ravishda taqdim etildi. Yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish, ularni qonunlarga hurmat ruhida tarbiyalashga qaratilgan bu kabi tadbirlar o'qishga va o'z ustida ishlashga undashi tabiiy.

Olimpiadaning respublika bosqichida viloyatimiz sha'nini Paxtakor tumanidan 8-sinf o'quvchisi Kamol Norboev,
Yangiobod tumanidan 9-sinf o'quvchisi Shabbona Berdikulova,
Zarbdor tumanidan 10-sinf o'quvchisi Bahora Jumaboeva,
Zafarobod tumanidan
11-sinf o'quvchisi Xosila Shodieva himoya qiladi.

Jizzax viloyat adliya boshqarmasi va Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi barcha ishtirokchilarga respublika bosqichida ham omad tilaydi!

17
Til millat ko'zgusi

1989-yil 21-oktabr kuni “Davlat tili to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilingan bo‘lib, unga muvofiq o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan.

Til-millatning yuragi, uni asrash burchimiz! Jamiyki ezgu fazilatlar inson qalbiga,eng avvalo,ona tilining betakror jozibasi bilan singadi. Ona tili bu millat ruhidir.

Bu yil ushbu tarixiy sana — Davlat tilining 36 yilligi nishonlanmoqda!        

Jizzax shahar Adliya bo'limi jamoasi barcha yurtdoshlarimizni O'zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun bilan  samimiy tabriklaydi. Ona tili-millatningruhi, uning or-nomusi,ma'naviy qiyofasi, orzu-umidlarning namunasidir.

Barcha yurtdoshlarimizga til bayrami kuni muborak bo'lsin!