Bog'lanish

Telefon
+998 72 221 50 50

Elektron manzil
jizzax@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni1008

Yangiliklar

11
“Sun’iy intellekt davrida huquq: imkoniyatlar va muammolar” mavzusida Xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o‘tkaziladi.

Adliya vazirligi huzuridagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazida 2025-yil 25-noyabr kuni “Sun’iy intellekt davrida huquq: imkoniyatlar va muammolar” mavzusida Xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o‘tkaziladi.

Konferensiya quyidagi yo‘nalishlarda olib boriladi:
▪️1. Sun’iy intellekt va huquqiy mas’uliyat;
▪️2. Sun’iy intellektni tartibga soluvchi xalqaro huquqiy normalar;
▪️3. Sud tizimida sun’iy intellekt: adolatni ta’minlash yoki xavf ostiga qo‘yish?;
▪️4. Sun’iy intellekt asosida ishlovchi huquqiy xizmatlar: yuridik sohaning kelajagi;
▪️5. Sun’iy intellekt va mehnat huquqi: avtomatlashtirishning ishchi huquqlariga ta’siri;
▪️6. Sun’iy intellekt mualliflik huquqi va intellektual mulk masalalari;
▪️7. Sun’iy intellektdan foydalanishda etik va huquqiy muvozanat.

Axborot xati (https://t.me/law_ai_conference/6)
Информационное письмо  (https://t.me/law_ai_conference/7)
Information letter (https://t.me/law_ai_conference/8)

Anjumanda ishtirok etishni xohlovchilar maqolalarni 2025-yil 20-noyabr kuniga qadar ushbu manzilga (https://adolatmarkazi.uz/conferences/pending/8) yuborishingiz so‘raladi.

Manzil: Toshkent shahri, Mirobod tumani, Amir Temur shoh ko‘chasi, 19-uy

10
Fuqaro adliya bo‘limining aralashuvi bilan yoshga doir pensiyaga chiqadigan bo‘ldi!

Jizzax viloyati, Sh.Rashidov tuman adliya bo‘limi tomonidan fuqaro A.Aning  Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi Sharof Rashidov tuman bo‘limi tomonidan pensiya tayinlashda mehnat daftarchasida qayd etilgan 2005—2009-yillarda ishlagan davri uchun jamg‘arib boriladigan pensiya tizimiga mablag‘lar o‘tkazilmaganligi sababli hisobga olinmayotganligidan norozi bo‘lib yo‘llagan murojaati o‘rganib chiqildi.

Aniqlanishicha, fuqaroning mehnat daftarchasida qayd etilgan “Matluba-NK” MChJga 1989-yil 15-mayda ishga qabul qilinib, 2009-yil 24-dekabrga qadar ushbu vazifada ishlab kelgan, biroq, Pensiya jamg‘armasi tomonidan mehnat daftarchasida qayd qilingan “Matluba-NK” MChJda 2005—2009-yillarda ishlagan ish stajlari jamg‘arib boriladigan pensiya tizimiga mablag‘lar o‘tkazilmaganligi sababli inobatga olinmagan.

Vaholanki, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 125-moddasida va “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi qonunining 42-moddasida mehnat daftarchasi xodimning mehnat stajini tasdiqlovchi asosiy hujjat hisoblanishi ta’kidlangan.

Yuqoridagilarga ko‘ra, aniqlangan qonunbuzilishi holati yuzasidan fuqaro manfaatida Jizzax tumanlararo ma’muriy sudiga shikoyat arizasi kiritildi hamda sudning hal qiluv qaroriga ko‘ra fuqaroning 01.01.2005-yildan 24.12.2009-yilgacha “Matluba-NK” MChJda ishlagan davrlarini ish staji hisobiga olib javobgarga pensiyani tayinlashni ko‘rib chiqish majburiyati yuklatildi.

07
“Huquqiy darsxona” radio eshittirishida huquqiy yangiliklar

Jizzax shahar adliya bo'limi yuridik xizmat ko'rsatish markazi bosh yuriskonsulti M.Yokubjonova tomonidan Jizzax MTRK Jizzax radio kanali FM 105.5 FM 106.2 to'lqinlarida jonli efirda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 03.11.2025-yildagi “Oliy ta'lim tashkilotlari bitiruvchilarining ishga joylashishiga ko'maklashish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi PQ–61 son qaroriga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish to’g’risida”gi 328-son Qarorining mazmun-mohiyati yuzasidan suhbat o’tkazildi.

Suhbat davomida tinglovchilar tomonidan yo’llangan savollarga javob berildi.

06
Adliyadan yangi tashabbus!

Hozirda eng ko‘p fuqarolar tashrif buyuradigan davlat organlari va tashkilotlari tahlil qilinganda davlat xizmatlari markazlari va FHDY organlari yetakchi o‘rinlarda qayd etiladi. Zomin tuman adliya bo'limiga bir kunda o‘rtacha 500 nafardan ortiq fuqarolar tashrifi kuzatiladi.

Adliya bo‘limi tomonidan Davlat xizmatlari markazlari va FHDYga tashrif buyurgan fuqarolarning huquqiy bilimlarini oshirish maqsadida huquqiy viktorinalar o‘tkazish amaliyoti yo‘lga qo‘yildi.

Navbatdagi o‘tkazilgan viktorinada fuqaro Qaraboyeva Muhabbat g‘oliblikni qo‘lgan kiritdi va “Ziyo ulash” aksiyasi doirasida esdalik sovg‘asi bilan taqdirlandi.

Bu kabi tashabbuslardan ko‘zlangan asosiy maqsad fuqarolarimizning huquqiy ong va huquqiy madaniyatini oshirish, huquqiy bilimlarini kuchaytirish hisoblanadi.

05
6 oylik qayta tayyorlash kurslariga hujjat topshirish muddati uzaytirildi!

Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti qayta tayyorlav kursi talabgorlariga keng imkoniyat yaratish maqsadida, hujjatlarni elektron tarzda qabul qilishning so‘nggi muddati joriy yilning 20-noyabr kuniga qadar uzaytirildi.

An’anaviy ta’lim shaklida tashkil etiladigan, oliy ma’lumotga ega bo‘lgan shaxslar uchun yuridik mutaxassislik bo‘yicha qayta tayyorlash kurslariga qabul davom etmoqda.

Kurslarga barcha oliy ma’lumotli shaxslar hujjat topshirishlari mumkin.
Hujjatlar qabul.centertsul.uz (https://qabul.centertsul.uz/) sayti orqali elektron shaklda topshiriladi.
Talabgorlar quyidagi hujjatlarni ilova qiladilar:

ID-karta (pasport) nusxasi

Oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplom (elektron shaklda)

Qabul kvotasi: 100 nafar (faqat o‘zbek guruhi uchun)
To‘lov-kontrakt miqdori: 16 713 604 so‘m

04
PF-160-sonli Farmon va Qo‘shma qaror talablari tushuntirildi!

Bugun viloyat adliya boshqarmasi sho‘ba boshlig‘i Sh.Sulaymonov tomonidan viloyat kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi bilan hamkorlikda viloyatda mavjud 304 ta mahalla hokim yordamchilariga vebinar tashkil etildi.

Tadbirda PF-160-son Farmon bo‘yicha “Raqamli mahalla” yagona platformasi orqali “respublika-viloyat-tuman-mahalla” tamoyili asosida barcha MFYlarga yuborilish amaliyoti yo'lga qo'yilayotgani, huquqiy axborotni yetkazishning zamonaviy usullarini keng joriy qilish masalalari tushuntirildi.

Shu bilan birga, Adliya vazirligi, O‘zbekiston mahallalar uyushmasi hamda Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligining 2024-yil 14-avgustdagi Qo‘shma qaroriga muvofiq “mahalla yettiligi”ga qonunchilikdagi yangiliklarni yetkazishda mahalla hokim yordamchilarining vazifalari ijrochilarga yetkazildi.

03
Hurmatli fuqarolar!

Endilikda “Bilasizmi” dasturi orqali aholi o‘rtasida eng ko‘p uchraydigan savollarga o‘sha soha mutaxassislarini jalb etgan xolda javob berish amaliyoti yo‘lga qo‘yildi.

O’zingizni qiziqtirgan savollarga soha egalaridan javob oling va qonunchilikdagi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

Barcha ma'lumorlar https://t.me/jizzax_adliya_boshqarmasi telagram messenjerdagi rasmiy kanalimizga joylab borilmoqda!

03
“Huquqiy mahalla” loyihasi doirasida targ'ibot tadbiri

Jizzax shahar adliya bo’limi yuridik xizmat ko'rsatish markazi va “Madad” NNT Jizzax shahar huquqiy maslahat byurosi mas'ul xodimlari tomonidan “Ravalliq” MFY hududida joylashgan xonadonlarda uyma-uy yurish va “Huquqiy ko‘mak” aksiyalarini o‘tkazish orqali fuqarolarga bepul birlamchi yuridik yordam ko‘rsatilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-80-sonli Farmonida belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida Jizzax shahar “Ravalliq” MFY “Huquqiy mahalla” deb etirof etilganligi hamda noyabr oyi davomida ushbu mahallada istiqomat qiluvchi aholining huquq va manfaatlarini ta‘minlashga qaratilgan normalar va standartlarning ishlashini monitoring qilish hamda aholining huquqiy muammolarini aniqlash va bartaraf etish yuzasidan  uyma-uy yurish va “Huquqiy ko‘mak” aksiyalarini o‘tkazish orqali “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” hamda “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimiga kiritilgan fuqarolarga bepul birlamchi yuridik yordam ko‘rsatilishini ta’minlash, yoshlar, xotin-qizlar, ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarni, shuningdek tadbirkorlik subyektlarini qonunchilik hujjatlarida belgilangan imtiyozlar, preferensiyalar, subsidiyalar, grantlar va davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning boshqa turlari hamda ulardan foydalanish tartibi haqida tushuntirishlar berildi.

31
“Huquqiy mahalla” loyihasi doirasida targ'ibot tadbiri

Jizzax shahar adliya bo’limi yuridik xizmat ko'rsatish markazi va “Madad” NNT Jizzax shahar huquqiy maslahat byurosi mas'ul xodimlari tomonidan “Ravalliq” MFY hududida joylashgan xonadonlarda uyma-uy yurish va “Huquqiy ko‘mak” aksiyalarini o‘tkazish orqali fuqarolarga bepul birlamchi yuridik yordam ko‘rsatilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-80-sonli Farmonida belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida Jizzax shahar “Ravalliq” MFY “Huquqiy mahalla” deb etirof etilganligi hamda noyabr oyi davomida ushbu mahallada istiqomat qiluvchi aholining huquq va manfaatlarini ta‘minlashga qaratilgan normalar va standartlarning ishlashini monitoring qilish hamda aholining huquqiy muammolarini aniqlash va bartaraf etish yuzasidan  uyma-uy yurish va “Huquqiy ko‘mak” aksiyalarini o‘tkazish orqali “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” hamda “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimiga kiritilgan fuqarolarga bepul birlamchi yuridik yordam ko‘rsatilishini ta’minlash, yoshlar, xotin-qizlar, ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarni, shuningdek tadbirkorlik subyektlarini qonunchilik hujjatlarida belgilangan imtiyozlar, preferensiyalar, subsidiyalar, grantlar va davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning boshqa turlari hamda ulardan foydalanish tartibi haqida tushuntirishlar berildi.

30
Korrupsiyaga qarshi kurashish, ularga imkon beruvchi sabab va shart sharoitlarni bartaraf etish

Hurmatli Prezidentimiz joriy yilning 5-mart kuni Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha Milliy kengashning kengaytirilgan yig‘ilishi o‘tkazilganligini, unda yurtimizda korrupsiyadan holi muhit yaratish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlarga baho berib, kelgusidagi vazifalarni aniq belgilab berganligni, unga ko‘ra, ya’ni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha ishlar natijadorligi va kelgusidagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan kengaytirilgan yig‘ilishda davlatimiz rahbari so‘zining avvalida islohotlar hal qiluvchi bosqichga kirayotgan hozirgi vaqtda yurtimizda korrupsiyadan xoli muhit yaratish bo‘yicha ishlarga baho berib, kelgusi vazifalarni aniq belgilab olish zarurligini ta’kidlab, “Islohotlar yo‘lidagi eng katta to‘siq va g‘ov – bu korrupsiyadir. Buni dunyo tajribasi ham to‘liq tasdiqlashligi, Korrupsiya oqibatida jahon iqtisodiyoti yiliga 3 trillion dollar zarar ko‘rayotgani bu global xavf ekanidan dalolat berishligi, Korrupsiya shunday yovuz illatki, u xalqning davlatga, Konstitutsiya va qonunlarga ishonchiga putur yetkazadi, barqaror rivojlanish va xavfsizlik uchun jiddiy tahdidga aylanishi” to‘g‘risida fikr yuritib o‘tganligi alohida ta’kidlab o‘tdi.
Yurtimizda korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish bo‘yicha aniq tizim yaratildi, alohida qonunlar qabul qilindi.
Parlament palatalarida mas’ul qo‘mitalar, Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha milliy kengash va agentlik tashkil qilindi.
Eng muhimi, jamiyatda korrupsiya muammosini jamoatchilik muhokamasiga olib chiqadigan ochiq tizim, ochiq muhit yaratilgani, ayniqsa, ommaviy axborot vositalarining bu boradagi o‘rni va ta’siri ortib borayotgani qayd etildi.
Ilgari bu mavzu jurnalistlar uchun mutlaqo yopiq edi. Hozirgi vaqtda mavjud holat ochiqlik va shaffoflik tomonga butunlay o‘zgardi.
Ochiqlik bo‘yicha xalqaro reytinglardagi mamlakatimizning o‘rni                    138 pog‘onaga yaxshilanib, Markaziy Osiyoda birinchi, dunyoda 30-o‘ringa ko‘tarilganligini ta’kidlab o‘tdilar.
O’zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz uch yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbirda ham hurmatli Prezidentimiz Yangi O’zbekistonni barpo etishda asosiy e’tiborni beshta ustuvor yo‘nalishga qaratib, ulardan biri sifatida korrupsiyadan xoli, adolatli sud tizimini yaratish masalasini davlat siyosati darajasida mustahkamlab qo‘ygandilar.
Davlatimiz rahbari nutqida jamoatchilikka murojaat qilib, korrupsiyaga qarshi kurashish umummilliy vazifa, har bir vatanparvar yurtdoshimizning vijdon ishi ekanini ta’kidladi.
– Hammamiz yagona kuch bo‘lib harakat qilsak, albatta, katta ijobiy samaraga erishamiz. Shu bois mahalla faollari, nuroniylar, ziyolilar, yozuvchi va shoirlar, san’at va madaniyat xodimlari, tadbirkorlar, taniqli shaxslar, rahbarlar, deputat va senatorlar – umuman butun jamoatchilik birlashib, korrupsiyaga “jamiyat tanasidagi saraton” sifatida qarashi kerak, – dedi Shavkat Mirziyoyev.
Shu o‘rinda, sudyalarning chinakam mustaqilligini ta’minlash, fuqarolarning odil sudlovga bo‘lgan ishonchini yanada oshirish hamda sud hokimiyati tizimida korrupsiyani oldini olish va unga qarshi kurashishni samarali yo‘lga qo‘yish bo‘yicha “inson-jamiyat-davlat” tamoyili asosida izchil ishlar olib borilmoqda.
Fuqarolarning odil sudlovga bo‘lgan ishonchini yanada mustahkamlash, sud hokimiyatining nufuzi va ta’sirchanligini kuchaytirishda sud hujjatlari ijrosining samaradorligi muhim hisoblanadi.


Baybekov A’zam Abdurashitovich
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Jizzax tumanlararo sudi sudyasi