Bog'lanish

Telefon
+998 72 221 50 50

Elektron manzil
jizzax@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni1008

Yangiliklar

15
Odob-axloq qoidalari tushuntirib o`tildi!

G‘allaorol tumanida Vazirlar Mahkamasining 14.10.2022 yildagi "Davlat fuqarolik xizmatchilari tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etilishini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 595-son qarori  mazmun-mohiyatini tushuntirish yuzasidan o‘quv seminarlar davom etib, tuman madaniyat markazida O‘simliklar karantini, Melioratsiya ekspeditsiya,  sport,  madaniyat, Mahalla va Nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash, Oila va xotin-qizlar, O‘rmon xo‘jaligi, Qishloq xo‘jaligi, kadastr idoralari, Veterinariya bo‘limlari  xodimlari ishtirokida  seminar tashkil etildi va unda qaror mazmun-mohiyati ishtirokchilarga tushuntirib berildi.                                                                                

15
O'zbekiston Respublikasi bayrog'i qabul qilingan kun munosabati bilan marafon tashkil etildi!

Xabaringiz bor, Adliya vazirligi tomonidan “Biz birgamiz!” ijtimoiy loyihasi doirasida O'zbekiston yengil atletika federasiyasi  bilan  hamkorlikda “Yangi nafas” shiori ostida, iyun oyida 5 ta viloyatda yugurish marafoni o'tkazilgan edi.

O'zbekiston Respublikasi bayrog'i qabul qilingan kun munosabati bilan mazkur marafon endilikda butun respulikamiz bo'ylab o'tkazilmoqda. Jizzax viloyatida ham tadbir nihoyatda ko'tarinki kayfiyatda nishonlandi.

Viloyat hamda shahar hokimligi va boshqa hamkor tashkilotlar bilan birgalikda tashkil etilgan mazkur marafonda imkoniyati cheklangan yurtdoshlarimiz 3 kilometr masofani bosib o'tdilar.

Iroda va matonatni o'zlariga do'st bilgan bu insonlar g'alabasi barchaga o'rnak bo'lmog'i lozim. Bunday sport musobaqalari insonlarni bir-biriga yaqinlashtiradi, mehr-oqibat tuyg'ularini mustahkamlaydi.

14
Konstitutsiya - bosh qomusimiz!

Davlat, uning organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalari, fuqarolar Konstitutsiya va qonunlarga muvofiq ish koʻradilar.

Konstitutsiyaning birorta qoidasi Oʻzbekiston huquq va manfaatlariga zarar yetkazadigan tarzda talqin etilishi mumkin emas.

Birorta ham qonun yoki boshqa normativ-huquqiy hujjat Konstitutsiya normalari va qoidalariga zid kelishi mumkin emas.

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, 15–16-moddalar

13
Sharof Rashidov tuman adliya bo'limi yuridik xizmat ko'rsatish markazi tomonidan navbatdagi targ'ibot tadbiri tashkil etildi.

Joriy yilning 11 noyabr kuni Sharof Rashidov tuman adliya bo'limi yuridik xizmat ko'rsatish markazi xodimlari tomonidan Sharof Rashidov tuman madaniyat bo‘lumida O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonuni, Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 16-maydagi 259-son Qarori, “Huquqiy axborot kuni” doirasida qonunchilikdagi yangiliklar, o‘zgartirishlar, fuqarolarga yaratilayotgan yengilliklar, imtiyozlar, aholining huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish, huquqiy savodxonolikni oshirish, “Giyohvandlik” moddasi bilan bog‘liq jinoyatning oldini olish, Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-oktabrda “Davlat fuqarolik xizmatchilari tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etilishini taʼminlash boʼyicha qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi 595-sonli qarorlarning mazmun-mohiyati referendum bo‘yicha targ‘ibot tadbirlari dasturi yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi.
O‘tkazilgan targibot tadbiri davomida Sharof Rashidov tuman adliya bo‘limi xodimlari tomonidan ishtirokchilarning savollariga huquqiy asoslantirilgan holda javoblar berildi.


12
Fuqarolar murojaati ijobiy hal etilmoqda!

Jizzax viloyat adliya boshqarmasiga L. Turayeva o'ziga tegishli bo‘lgan yer uchastkasi davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilishi natijasida yetkazilgan zararni undirishda amaliy yordam berishni so‘rab murojaat yo'llagan. Mazkur murojaat o'rganilib, natijasi bo'yicha fuqaro manfaatida fuqarolik ishlari bo‘yicha Jizzax tumanlararo sudiga moddiy zarar undirish to‘g‘risida da’vo ariza kiritildi.                                                
Shunga asosan, FIB Jizzax tumanlararo sudining 2022-yil 13-oktabrdagi hal qiluv qarori bilan fuqaro L. To‘rayeva foydasiga Jizzax shahar hokimligidan 269 800 000 so`m moddiy zarar undirib berilishi ta'minlandi.                                                                                                                              

11
Bosma nashrlarda huquqiy targ'ibot

"Jizzax ovozi" gazetasidan o'rin olgan "Adliya dasrxonasi" rukni ostida viloyat adliya boshqarmasi xodimi Muzaffar Abdualimov hamda viloyat adliya boshqarmasi yetakchi maslahatchisi Iroda Ablakulovaning qonunchilikdagi yangiliklar mazmun-mohiyatiga bag'ishlangan maqolalari chop etildi.                                                                                                    

10
Huquqiy ma'naviyat soati tashkil etildi

Seminar davomida xodimlarga Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-oktabrdagi 595-son qarori bilan tasdiqlangan "Davlat fuqarolik xizmatchilari odob-axloqi"ning Namunaviy qoidalari mazmun-mohiyati va ahamiyati tushuntirildi. Xususan, seminarda boshqarma xodimlariga odob-axloq qoidalari bo'yicha kasbiy madaniyatga oid, xizmat faoliyatiga oid, xizmatdan tashqari, jamoatchilik, ommaviy axborot vositalari vakillari bilan munosabatlarga oid, xizmat faoliyatidagi tashqi ko‘rinish va kiyinish uslubiga oid odob-axloq qoidalari qarorda alohida takidlab o'tilganligi tushuntirib o'tildi.    

09
Murojaatlar bilan ishlash tartibi bo'yicha amaliy hamkorlik

Jizzax viloyat adliya boshqarmasi barcha davlat tashkilotlarida murojaatlar bilan ishlash yo'nalishiga alohida e'tibor qaratib, ular bilan doimiy hamkorlikni amalga oshirib bormoqda. Reja asosida davlat tashkilotlarining murojaatlar bilan ishlash uchun mas'ul bo'lgan xodimlari bilan uchrashuvlar tashkil etilib, sohada uchrayotgan muammolarni o'rganish orqali bu yo'nalishdagi ishlar samaradorligini oshirish choralari ko'rilmoqda. Bu galgi seminar mashg'ulotlari onlayn tarzda o'tkazildi. Unda “Jizzax hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ va tuman (shahar) elektr ta`minoti korxonalari xodimlari ishtirok etishdi. Seminarda Jizzax viloyat adliya boshqarmasi Inson huquqlarini himoya qilish bo'limi bosh maslahatchisi J.Karimov tomonidan murojaatni taqdim etish, ularni ko'rib chiqish va javob xatini jo'natish, murojaatlarni ko'rib chiqishga oid normativ-huquqiy hujjatlar bo'yicha ishtirokchilarga tushunchalar berildi. Savol-javob tarzida olib borilgan onlayn uchrashuv davomida ishtirokchilarning takliflari ham tinglandi. Fikr-mulohazalar almashinildi.

08
#Adliyaga_rahmat

Inson tug'ilganidan to umrini oxirigacha ehtiyoji bor bo'lgan soha FHDY organi hisoblanadi. Yurtdoshlarimizning eng mamnun qiyofalarini, hayotdan xursand yoshlarni aynan FHDY idorasida uchratish mumkin. Buning sababi esa barchaga ma'lum, tug'ilish va nikoh guvohnomalarini topshirilish jarayonidagi quvonch va hayajon...

Zomin tuman adliya bo'limi FHDY organi tomonidan hudud aholisini sohadagi yangiliklardan xabardor qilish maqsadida davra suhbati tashkil etildi. Fuqarolarning huquqiy bilimi oshsa tushunmovchiliklar va muammolar ham shuncha kam bo'ladi. Eng asosiysi imtiyoz va imkoniyatlardan o'rinli foydalana oladilar. Ochiq muloqot tarzida tashkil etilgan tadbirda sohaga oid barcha savollarga batafsil tushuntirishlar berib o'tildi.

FHDY bo'limi boshlig'i Sanobar Bobobekova bu sohada uzoq yillik tajribaga ega. Faoliyati davomida juda ko'p yurtdoshlarimizning xursandchiligiga sherik bo'lgan, muammolarini hal qilishda yordamini ayamay kelmoqda.

Bugun ham Turkiya davlati fuqarosi bo'lgan Ishkoruksoylu Mehmetalining cheksiz quvonchiga sababchi bo'ldi. Sababi bo'lim tomonidan farzandiga otalik belgilanib, baxtli juftlikka  guvohnoma topshirildi.

07
Davlat fuqarolik xizmatchisi – qonunlar nigohida

Bugun 7-noyabr kuni Jizzax viloyat Avtomobil yo'llari bosh boshqarmasida O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-oktabrdagi 595-son qarori bilan tasdiqlangan "Davlat fuqarolik xizmatchilari odob-axloqi"ning Namunaviy qoidalarini tushintirish yuzasidan targ'ibot o‘quv-seminari o'tkazildi. Ushbu Qarorning mazmun mohiyatini Davlat xizmatchilari o‘rtasida keng targ‘ib qilish maqsadida, Jizzax viloyat adliya boshqarmasi ma'sul xodimi Sh. Sulaymonov hamda Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Jizzax viloyati filiali xodimlari tomonidan davlat xizmatchisi faoliyatidagi odob-axloq qoidalari, davlat xizmatchilarining ishda va ishdan tashqari vaqti hamda davlat xizmatchilarining jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari vakillari bilan munosabatlarga oid odob-axloq qoidalari to‘g‘risida batafsil ma’lumot berildi.Seminarda «Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida»gi Qonuning 12 va 13-moddalarida davlat fuqarolik xizmatchisining asosiy majburiyatlari hamda cheklovlar to‘g‘risida tushuntirildi.