Yangiliklar
Adliya boshqarmasi boshlig'i A.Ergashevning "Adliya kuni" doirasida Arnasoy tumanidagi "Cho'lquvar" MFYda sayyor qabuli tashkil etildi. Sektor rahbarlari, ichki ishlar bo'limi, mahalla, xotin-qizlar va yoshlar masalalari bo'yicha mas'ullar hamda davlat organlari va tashkilotlari vakillari ishtirokida bo'lib o'tgan qabul davomida hudud aholisi bilan suhbatlashildi.
Aksariyat murojaatlarga huquqiy maslahat berish orqali masalaning echimiga to'g'ri yo'nalish ko'rsatilgan bo'lsa, bevosita sohaga aloqador murojaatlar ish yurituviga qabul qilindi.
Shu bilan birga, uyma-uy yurgan holda ham aholi muammolari o'rganildi. Muloqotlar jarayonida fuqarolarning huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida qoninchilikdagi yangiliklar bilan tanishtirildi. Mahallalarda aholi orasidagi turli muammoli masalalar, xususan, migratsiya, moddiy yordam, yer olish, uy-joy olish, kommunal masalalar, imtiyozlar, aliment, ishga joylashish, taʼlim olish va boshqalar boʻyicha ham huquqiy tushunchalar berildi.
Shu bilan birga hudud aholisiga sayyor davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyati yaratildi.
Zarbdor tumani "Yangihayot" mahallasida adliya boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari B.Pirxalov ishtirokida sayyor qabul tashkil etildi. Unda 30 nafar fuqarolarning murojaatlari tinglandi.
Aksariyat muammolarga huquqiy tushuntirish berildi. Sohaga aloqador bo'lmagan murojaatlar ham yo'nalish bo'yicha nazoratga olinishi ta'minlandi.
Profilaktika inspektori, xotin-qizlar faoli, yoshlar yetakchisi va bir qator mutasaddi idora vakillari ishtirok etgan mazkur tadbir davomida dastlab yig'ilganlarga aholini tadbirkorlikka keng jalb qilish, bu boradagi davlat dasturlari, yoshlar tadbirkorligi, tadbirkorlik faoliyati uchun qonunchilikda belgilangan imtiyozlar boʻyicha tushunchalar berildi, shundan so'ng muammolarni aniqlash va hal etishning samarali va zamonaviy usuli bo'lgan Online-mahalla” platformasi orqali huquqiy muammolarni tegishli adliya bo‘limiga yuborish jarayonlari tushuntirildi.
Sharof Rashidov tuman adliya bo‘limiga fuqaro M.Mning kuyovi A.S va bank o‘rtasida “uy-joy sotib olishga ipoteka krediti ajratish to‘g‘risida”gi shartnomasi tuzganligini, ushbu shartnomada kafillik beruvchi sifatida jalb qilinganligini, biroq bundan xabardor emasligi va shartnoma bilan tanishmaganligini ma’lum qilib, mazkur shartnomani haqiqiy emas deb topishda amaliy yordam so‘rab murojaat qilgan.
Aniqlanishicha, rostdan ham fuqaro A.S va bank o‘rtasida “uy-joy sotib olishga ipoteka krediti ajratish to‘g‘risida”gi shartnomasi tuzganligi, ushbu shartnomaga ko‘ra, fuqaro M.M kafillik beruvchi sifatida jalb qilingan. Biroq, fuqaro M.M ushbu shartnoma tuzilganligidan habardor emasligi ma’lum bo‘ldi.
Mazkur holat bo‘yicha shartnomani haqiqiy emas deb topish yuzasidan fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlaraaro sudiga da’vo ariza kiritildi. Sudning hal qiluv qaroriga asosan kafillik beruvchi M.M oid qismi qanoatlantirilib, ushbu shartnoma haqiqiy emas deb topildi.
Adliya organlarining asosiy vazifalaridan biri boʻlgan jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni oshirish yurt ravnaqi uchun masʼul boʻlgan yoshlarning bu boradagi bilimlarini mustahkamlash bilan chambarchas bogʻliqdir.
Shunga koʻra, taʼlim muassasalarida oʻquvchi yoshlar uchun davlat ramzlarini eʼzozlash, yoshga mos huquq va burchlarni tushuntirish mavzularida ochiq darslar, oʻquv mashgʻulotlarini tizimli va uzluksiz tashkil qilish belgilangan boʻlib, bugunda barcha hududlarda mazkur yoʻnalishdagi targʻibot tadbirlari amalga oshirib kelinmoqda.
Doʻstlik tumanidagi 2-sonli umumtaʼlim maktabida boʻlib oʻtgan targʻibot tadbiri aynan shu mavzuga bagʻishlandi. Mazkur sinf xonasi adliya boʻlimi hamda ichki ishlar boʻlimi tashabbusi bilan huquqiy jihozlangan. Tadbir davomida oʻquvchi yoshlarga qonunchilikdagi yangiliklar, yoshlarga berilgan imtiyoz va imkoniyatlar ham tushuntirib oʻtildi. Berilgan savollarga atroflicha javoblar qaytarildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 23-sentabrdagi “Kambag‘allikni qisqartirish va aholi turmush farovonligini oshirish borasidagi chora-tadbirlarni yangi bosqichga olib chiqish to‘g‘risida”gi PF-143-son Farmonining ijrosini ta'minlash yuzasidan Sharof Rashidov tuman adliya boʻlimi xodimlari o'zlariga biriktirilgan ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar bilan uchrashdilar.
Uchrashuvdan ko'zlangan maqsad ijtimoiy himoyaga muxtoj oilalar bilan muntazam va toʻgʻridan-toʻgʻri aloqa oʻrnatishdir.
Har bir oila bilan olib borilgan alohida suhbat jarayonida oilada yuzaga kelayotgan muammolar atroflicha o'rganilib, yechimi yuzasidan zarur choralar ko'rish, oilaning mehnatga layoqatli a'zolarini daromadli mehnat faoliyati bilan band qilish va tadbirkorlikka jalb qilish vazifa etib belgilab olindi.
Mazkur yuzma-yuz muloqotlar aholining shu yo'nalishdagi muammolarini o'rganish, murojaatlarni tinglash asnosida uning echimini hamkorlikda ijobiy hal etish borasidagi amaliyotni yo'lga qo'yishdan iboratdir.
Adliya boshqarmasi boshlig'i A.Ergashev tomonidan sohaga oid murojaatlar qabul qilinib, aksariyatiga huquqiy tushuntirishlar berildi, to'g'ri yo'l-yo'riq ko'rsatildi. Yechimi o'rganish talab etadigan masalalar ish yurituviga olindi.
Shu bilan birga, fuqarolarga davlat xizmatlaridan sayyor tartibda foydalanish imkoniyati yaratildi.
G'allaorol tumani "Alamli" mahallasida adliya boshqarmasi boshlig'ining birinchi o'rinbosari B.Ikromov ishtirokida sayyor qabul tashkil etildi. Unda 20 nafar fuqarolarning murojaatlari tinglandi.
Aksariyat muammolarga huquqiy tushuntirish berildi. Sohaga aloqador bo'lmagan murojaatlar ham yo'nalish bo'yicha nazoratga olinishi ta'minlandi.
Profilaktika inspektori, xotin-qizlar faoli, yoshlar yetakchisi va bir qator mutasaddi idora vakillari ishtirok etgan mazkur tadbir davomida muammolarni aniqlash va hal etishning samarali va zamonaviy usuli bo'lgan Online-mahalla” platformasi orqali huquqiy muammolarni tegishli adliya bo‘limiga yuborish jarayonlari tushuntirildi.
Adliya vazirligi tashabbusi bilan davlat xizmatlaridan samarali foydalanishni taʼminlash maqsadida aholi gavjum joylarda, mahalla binolarida infokioskalar oʻrnatilib, bugunda mazkur qurilma orqali fuqarolar 44 turdagi davlat xizmatlarini olish imkoniyatiga ega.
Jizzax viloyatida 16 ta mana shunday infokioskalar faoliyat olib bormoqda. Mahalla binolariga qoʻyilgan qurilmalardan foydalanish tartibi dastlab mahalla raislariga oʻrgatilgan edi, xozirda ular orqali oʻsha hudud aholisi ham bu xizmatlardan erkin foydalanish kunikmalariga ega boʻlishganini koʻrish mumkin.
Mazkur tashabbusdan koʻzlangan asosiy maqsad, olis hududlarda yashayotgan yurtdoshlarimizning davlat xizmatlaridan foydalanish darajasini oshirish, ularning vaqti va mablagʻlarini tejash, kerakli xizmatlarni tez va sifatli olishlariga koʻmaklashishdan iboratdir.
"Tengdoshimga huquqiy yordam" loyihasi doirasida "Tengdosh-tengdoshga" tamoyili asosida o‘tkazilgan targ‘ibot tadbiri Sharof Rashidov tuman 6-sonli maktabda Sharof Rashidov tuman adliya bo‘limi bilan hamkorlikda tashkil etildi.
Targ‘ibot tadbiri davomida adliya tizimi, mazkur soha vakillarining vazifa va funksiyalari, jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni oshirish borasidagi sa'y-harakatlari alohida ta'kidlandi.
Tadbir davomida huquqiy savol-javoblardan iborat viktorina o‘tkazildi. Tadbir so‘ngida o‘quvchilarga estalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 23-sentabrdagi “Kambag‘allikni qisqartirish va aholi turmush farovonligini oshirish borasidagi chora-tadbirlarni yangi bosqichga olib chiqish to‘g‘risida”gi PF-143-son Farmonining ijrosini ta'minlash yuzasidan adliya boshqarmasi boshlig'i A.Ergashev o'ziga biriktirilgan Jizzax shahar "Qassoblik" mahallasida yashovchi ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar bilan uchrashdi.
Uchrashuvdan ko'zlangan maqsad ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar bilan muntazam va toʻgʻridan-toʻgʻri aloqa oʻrnatishdir.
Har bir oila bilan olib borilgan alohida suhbat jarayonida yuzaga kelayotgan muammolar atroflicha o'rganilib, yechimi bo'yicha zarur choralar ko'rish, oilaning mehnatga layoqatli a'zolarini daromadli ish faoliyati bilan band qilish va tadbirkorlikka jalb qilish bo'yicha aniq rejalar belgilab olindi.