Bog'lanish

Telefon
+998 72 221 50 50

Elektron manzil
jizzax@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni1008

Yangiliklar

28
Insonning oliy maqsadi ruhiy barqarorlikka erishish

Davlat xizmatchisi xalq oldidagi vazifasini to'laqonli bajarishi uchun uning aqliy salohiyati, ishga bo'lgan muhabbati, tajribasi bilan birga ruhiy holati ham barqaror bo'lishi kerak. Shu ma'noda ayni kunlarda Jizzax viloyat adliya boshqarmasi tashabbusi bilan adliya bo'limlari va ularning barcha tarkibiy tuzilma xodimlari ishtirokida psixologik treninglar tashkil etib borilmoqda.

Mirzacho'l va Paxtakor tumanlarida o'tkazilgan tadbirlardan ko'zlargan asosiy maqsad xodimlarning ishga, mehnat qilishga bo'lgan ishtiyoqini oshirish, maqsad qo'yish, ish vaqtini taqsimlash, o'ziga bo'lgan ishonchni oshirish, mativatsiya berish orqali kayfiyatini ko'tarish, fuqarolar bilan ishlash jarayonida chiroyli muomala qilish orqali ularni rozi qilish kabi ko'nikmalarni shakllantirishdan iboratdir.

Turli psixologik mashqlar bajarish orqali jamoadagi birdamlik, do'stona muhit, xodimlarning bir-biriga bo'lgan ijobiy munosabatlari sezilarli darajada o'zgaradi. Inson o'z ustida ishlashi, o'zini rivojlantirish orqali har tomonlama yutuqlarga erishishi va yon-atrofidagilarni ham mana shunday ezguliklarga undashga qodir. Shunday ekan mehnat faoliyati davomida mana shunday shijoat va faollikka yunaltiruvchi interaktiv treninglar ish samarasiga juda katta tasir ko'rsata olishi isbotlangan.

Hududlarda tashkil etilayotgan psixologik seminarlar 3 yo'nalishni o'z ichiga oladi.
1⃣ ishchanlik kayfiyatini oshirish, taym menejment
2⃣ aholi bilan uchrashuvlar, targ'ibot tadbirlari o'tkazish jarayonida ular bilan samlarali muloqotga kirishish
3⃣ yoshlar bilan suhbatlar tashkil qilish jarayonidagi psixologik yondashuvlar

Treninglar davomida qiziqarli mashqlar bajarish orqali har bir xodim uz shaxsiyati haqida psixologlar tomonidan tariflanmoqda. Ishning samaradorligi ularning kayfiyati va ruhiy holatiga chambarchas bog'liq ekanligini to'la anglab yetishmoqda. Bu kabi tadbirlar barcha tumanlarda tashkil etilishi rejalashtirilgan.

25
Zomin tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbarlarining ommaviy sayyor qabuli tashkil etildi.

Mazkur yuzma-yuz muloqotlar aholining shu yo'nalishdagi muammolarini o'rganish, murojaatlarni tinglash asnosida uning echimini hamkorlikda ijobiy hal etish borasidagi amaliyotni yo'lga qo'yishdan iboratdir.

Sayyor qabulda adliya boshqarmasi boshlig'ining birinchi o'rinbosari B.Ikromov ishtirok etib sohaga oid murojaatlarni qabul qildi. Muammolarning aksariyatiga huquqiy tushuntirishlar berildi, to'g'ri yo'l-yo'riq ko'rsatildi. Yechimi o'rganish talab etadigan masalalar ish yurituviga olindi.

Shu bilan birga, fuqarolarga davlat xizmatlaridan sayyor tartibda foydalanish imkoniyati yaratildi.

23
"Adliya kuni" doirasida manzilli targʻibot tadbirlari davom etmoqda

Adliya organlari oldida turgan asosiy vazifalardan biri xalqning huquqiy savodxonligini oshirish bilan birga ularga birlamchi huquqiy yordam berish ham sanaladi. Bugun aholi orasiga tobora yaqin kirib borish orqali muammolarni aniqlash hamda ularning huquqiy yechimlarini tez va sifatli amalga oshirish imkoni yaratilmoqda. Mazkur jarayonlarga FHDY xodimlari ham munosib hissa qoʻshib kelmoqda.

Zomin tumani FXDY boʻlimi xodimlari tomonidan tumanning “Nurlikent” mahallasida “Adliya kuni” munosabati bilan uyma-uy yurgan holda muammolar oʻrganildi. Sohaga aloqador boʻlgan 10 ga yaqin muammolar aniqlanib, onlayn platformaga kiritildi. Bundan tashqari xotin-qizlar bilan yuzma-yuz muloqotlar davomida qonunchilikdagi yangiliklar, ayollar va yoshlarga yaratilgan imtiyozlar haqida ham tushunchalar berildi.

22
“Mamlakat kelajagi — qonunga itoatkor va huquqbuzarlikka toqatsiz yoshlar bilan”

Jizzax shahar adliya bo’limi Yuridik xizmat ko’rsatish markazi xodimlari tomonidan Bobur MFY hududidagi 21-sonli umumta’lim maktabida “Tengdoshimga huquqiy yordam” tadbiri tashkil etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida”gi farmonida belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida yoshlarning huquqiy bilimlarini yuksaltirishga qaratilgan “Siz huquqni bilasizmi?” mavzusida o’quv seminar tashkil qilindi. Tadbir davomida maktab o’quvchilari qonunchilik tizimidagi so'nggi o'zgarishlardan xabardor qilindi.

Shu bilan birga, ochiq muloqot davomida maktab o‘quvchilari uchun qonunchilikda belgilangan imtiyozlar, shuningdek ularning yuridik ta'limni davom ettirish hamda kelajakda adliya organlarida ishlashga qiziqishini orttirish maqsadida xodimlar tomonidan taqdimotlar ham qilindi.

21
Manzilli targ'ibot olis manzillarda

Forish tuman adliya bo‘limi xodimlari tomonidan Navoiy viloyati bilan chegaradosh bo‘lgan olis hudud "Do'stlik" MFY ''Adliya kuni'' tadbiri o'tkazildi.

Shu bilan birga, uzoq hududda yashayotgan qishloq ayollariga huquqiy yordam ko‘rsatish maqsadida tuman Xalq qabulxonasi bilan hamkorlikda sayyor  qabul tashkil etildi.

Sayyor qabylda 4 nafar xotin-qizlarning murojaatlariga joyida huquqiy tushintirish berilgan bolsa, 2 nafar xotin-qizlarning shuningdek 4 nafar boshqa fuqarolarning murojaatlari  ish yurituvga olindi.

Adliya kuni tadbirlarida 4 nafar fuqarolarga sayyor davlat xizmati ko'rsatildi. Suningdek,  bir vaqtning o‘zida ijtimoiy soha ob'ektlari hamda saylov ucastkasi ko‘zdan kechirilib tegishli tushuntiris,  tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Shu bilan birga, uyma-uy yurgan holda aholi honadonlariga kirib muammolarni o'rganish asnosida ular holidan xabar olindi.

18
Arnasoyda “Adliya kuni” tadbiri o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida” 2024-yil 24-maydagi PF–80-son farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Arnasoy tuman adliya bo‘limi, yuridik xizmat ko‘rsatish markazi va davlat xizmatlari markazi xodimlari tomonidan "Bobur" MFY hududida “Adliya kuni” tadbiri o‘tkazildi.

Tadbirda aholi tomonidan ko‘tarilayotgan dolzarb muammolarni ko‘rib chiqish va hal etish uchun uyma-uy yurgan holda murojaatlar tinglandi. Shu bilan birga, aholiga sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatilib, tadbir davomida aholi orasida ko'p uchraydigan muammolarning huquqiy echimlari aks etgan tarqatma materiallari tarqatildi.

Bu kabi manzilli targ'ibot tadbirlari tumandagi barcha mahallalarda navbatma-navbat davom etmoqda.

16
Men_donorman

Har kuni dunyo boʻyicha yuz minglab odam donor qoniga ehtiyoj sezadi. Ayniqsa, onkologik, gematologik kasalliklarga chalingan insonlar, baxtsiz hodisa tufayli ogʻir tan jarohati olgan va murakkab operatsiyalarga muhtoj bemorlar hayotini saqlab qolishda qon muhim vosita sanaladi.

Donorlik esa qon va uning komponentlariga muhtoj insonlar uchun begʻaraz koʻmakdir.

2005-yil may oyida Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining Xalqaro Assambleyasida dunyo davlatlari sogʻliqni saqlash vazirlari yakdillik bilan begʻaraz qon donorligini qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisidagi taklifni maʼqullagan. Shundan buyon butun jahon miqyosida har yili anʼanaviy tarzda “Men donorman” aksiyasi oʻtkazib kelinadi.

Jizzax viloyat adliya boshqarmasi xodimlari ham ushbu aksiyada faol ishtirok etdilar.

Donorlik — bu hurmatga sazovor ish, donor esa, juda ham oliyjanob insondir.

15
"Huquq maktabi” mobil ilovasining afzalliklari

Jizzax viloyati yuridik texnikumida Toshkent davlat yuridik universiteti tomonidan yaratilgan “Huquq maktabi” mobil ilovasini yuklab olish, foydalanish tartibi, afzalliklari yuzasidan targ’ibot tadbirlari tashkil etilmoqda.

Ilovada murakkab huquqiy masalalar sodda tilda tushuntirilgan va undan istalgan vaqtda hamda joyda foydalanish mumkin bo’lib, eng asosiy maqsadi aholining huquqiy savodxonligini oshirishga qaratilgan. Mazkur ilovadan yuqori malakali ustoz va ekspertlar tomonidan tayyorlangan huquqiy o‘quv materiallari o‘rin olgan.

Mobil ilovaning muvaffaqiyatli foydalanuvchilari Adliya vazirligi va TDYU tomonidan maxsus sertifikat bilan taqdirlanishadi.

14
Huquqiy targ'ibot

Sh.Rashidov tuman adliya bo’lim,i Davlat xizmatlari markazi  hamda yuridik xizmat ko'rsatish markazi tomonidan tuman markazidan 15 km uzoq hududda joylashgan "Xayrobod" MFY fuqarolariga sayyor tartibda xizmat ko'rsatildi. 

Jumladan, Mobile ID tizimidan ro'yxatdan o'tkazish  va boshqa sohalarga oid 10 ga yaqin  xizmatlar ko’rsatildi.

Shuningdek Vazirlar Mahkamasining -204 sonli qarori bo'yicha fuqarolarga tushuntirish berildi va mavzu yuzasidan tarqatma materiallar tarqatildi.

11
ADLIYA KUNI DOIRASIDA MANZILLI TARG'IBOT TADBIRLARI O'TKAZILMOQDA

Jizzax shahar adliya  boʻlimi tomonidan “Hamid Olimjon” hamda "Uchariq" mahallasida “Adliya kuni” tadbiri tashkil etildi.

Uyma-uy yurishlar davomida fuqarolar bilan yuzma-yuz muloqotlar amalga oshirilib, oʻzaro muammolarni faqat huquqiy vositalar yordamida hal etish, oʻzboshimchalik bilan oʻzgalarning huquq va erkinliklariga daxl qilmaslik yuzasidan tushunchalar berilmoqda.

Shuningdek, tadbir davomida yoshlar, xotin-qizlar uchun qonunchilikda belgilangan imtiyozlar, moddiy yordam, nafaqa tayinlash, vaqtincha bir martalaik ish bilan band boʻlish, ijtimoiy yordam olish kabi masalalar yuzasidan berilgan savollarga huquqiy maslahatlar berilmoqda.

Shu bilan birga, aholini turli huquqbuzarliklar, xususan, firibgarlik, tovlamachilik, oʻgʻirlikning jabrlanuvchisi boʻlib qolishining oldini olishga qaratilgan profilaktik suhbatlar ham o'tkazib borilmoqda.