Yangiliklar
Forish tuman adliya bo`limi tomonidan Jizzax viloyati adliya boshqarmasining 2022-yil 4-avgustdagi 1-05/02-8//3889-sonli sonli topshiriq xati ijrosi yuzasidan tuman ishchi guruhi tuzilib, targ`ibot dasturi bo`yicha joylarda manzilli targ`ibot tadbirlari o`tkazilmoqda.
Xususan, Osmonsoy, O`xum, Egizbuloq, Nurak, Bog`don, Uchma, Qo`lba mahallalarida hamda tumandagi maktabgacha ta’lim tashkilotlariga tuman adliya bo`limi binosida, tumandagi maktab menejerlariga 1-maktab binosida, tuman budjetdan tashqari pensiya jamg`armasida, tuman Tibbiyot birlashmasida, aholi gavjum hisoblangan Osmonsoy MFY dagi Farhod dehqon bozorida va boshqa joylarda referendum qonunchiligiga oid huquqiy savodxonligini oshirish bo’yicha hamda “Konstitutsiyaning yagona manbai va muallifi-xalqdir” mavzusi doirasida barcha tumanlarda targ’ibot tadbiri tashkil etilmoqda.
Shuningdek “Forish tongi” gazetasida konstitutsiyaga kirtilayotgan o`zgarishlar va referendumga bag`ishlangan maqolalar chop etildi. Bundan tashqari, Forish tuman adliya bo‘limining “FORISH ADLIYA VA FUQARO” telegram guruhiga konstitutsiyaga kirtilayotgan o`zgarishlar va referendum haqida yangilik va ma’lumotlar joylashtirilib borilmoqda.
Adliya vazirining 25.05.2022 yildagi 106-um-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 16-maydagi 259-son “2022-2023 yillarda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Qarorda belgilangan vazifa va tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha nazorat rejasining 12.13-bandi ijrosi bo‘yicha tuman adliya bo‘limi tomonidan hududlarda va tashkilotlarda tushuntirish targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi.
Xususan, tuman adliya bo‘limi tomonidan joylarda ya’ni tuman Davlat soliq inspeksiyasi, madaniyat bo‘limi, budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasida, “Yoshlar ishlari agentligi” Zafarobod tuman bo‘limi, budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi tuman bo‘limi, Moliya bo‘limida targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi. Tadbir davomida mavzuga oid targ‘ibot materiallari to‘plami, jumladan, annotatsiya, slayd, infografika, qo‘llanmalardan foydalanilgan holda huquqiy targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi.
Bundan tashqari tuman adliya bo‘limi tomonidan aholining referendum qonunchiligiga oid huquqiy savodxonligini oshirish bo‘yicha belgilangan ko‘rsatma asosida targ‘ibot tadbirlari o‘tkazib kelinmoqda. Xususan, hududlarda “Konstitutsiyaning yagona manbai va muallifi-xalqdir” shiori ostida, qo‘llanma, annotatsiya, slayd va infografikalardan samarali foydalangan holda targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda. Targ‘ibot tadbirlariga tuman adliya bo‘limi, yuridik markaz xodimlari hamda davlat xizmatlari markazi xodimlari jalb etilib, “Yoshlar ishlari agentligi” tuman bo‘limi xodimlari hamda madaniyat markazi binosida yoshlar o‘rtasida seminar mashg‘uloti o‘tkazildi. Shuningdek, “Adliya Fuqaro Zafarobod” hamda Zafarobod tumani hokimligi | Rasmiy kanalida (https://t.me/zafarobod_tuman_hokimligi) chiqishlar qilindi.
Bundan tashqari, tuman tibbiyot birlashmasida, budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi Zafarobod tuman bo‘limi hamda “Samarqand” mahalla fuqarolar yig‘inida o‘quv seminar mashg‘ulotlari o‘tkazilib, tadbir davomida annotatsiya, slayd va infografikalardan samarali foydalanildi.
Bugungi kunda aholining referendum qonunchiligiga oid huquqiy savodxonligini oshirish bo‘yicha targ‘ibot tadbirlari davom etmoqda.
Joriy yilning 6-avgust kuni Yangiobod tumani hokimligi binosida Yangiobod tuman adliya bo‘limi, tumani hokimligi, tuman IIB, tuman Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash bo‘limi, Oila va xotin-qizlar bo‘limi bilan hamkorlikda ajrim yoqasiga kelib qolgan va doimiy ravishda nizolashib kelayotgan oilalarning oilaviy munosabatlarini yaxshilashga qaratilgan tushintirish ishlari olib borildi.
Jumladan: Yangiobod tumani Yangiobod ShFY, Tinchlik ko‘chasida yashovchi, 2000- yilda Yangiobod tumanida tug‘ilgan, millati o‘zbek, ma’lumoti o‘rta-maxsus oilali 1 nafar farzandi bor, muqaddam sudlanmagan, mavsumiy ishchi, Beknazarova Matluba bilan olib borilgan profilaktik suhbat jarayonida, u 2019-yilda fuqaro Beknazarov Nizom bilan qonuniy nikoh asosida turmush qurganligini, turmushlari davomida 1 nafar farzandlari borligini, turmush o‘rtog‘i doimiy ravishda tazyiq o‘tkazib kelayotganligi ma'lum bo‘lib, tuman adliya bo‘limi, tuman ichki ishlar bo‘limi, hokim o‘rinbosari, imom xatib, otinoyilar ishtirokida muhokama etilib, yarashtirish choralari ko‘rildi. N.Beknazarov va M.Beknazarovalarning muammolari va kelishmovchiliklarining sabablari o‘rganilishi uchun mahalla faollariga 1 oy muddat berildi va shu muddat o‘tgandan so‘ng oilaviy masalalari qaytadan ko‘rib chiqilib, qonuniy chora ko‘rilishi yuzasidan ularga tushuntirish ishlari olib borildi.
Yangiobod tumani Do‘stlik MFY, Nurli yo‘l ko‘chasida yashovchi, 1987-yilda Sirdaryo viloyati Xovos tumanida tug‘ilgan, millati o‘zbek, ma’lumoti o‘rta, oilali 1 nafar farzandi bor, muqaddam sudlanmagan, fuqaro Sultonova Xadicha bilan olib borilgan suhbat jarayonida, u 2018-yilda Sirdaryo viloyatining Xovos tumani Xovotog‘ QFYda 1976- yilda tug‘ilgan Azimov Asad bilan qonuniy nikoh asosida turmush qurganligini, turmushlari davomida bir nafar farzandlari borligini, turmush o‘rtog‘i bilan turli masalalarda kelisholmasdan otasining uyiga qaytib kelganligiga 1 oydan oshganligini otasi va onasi bilan olib borilgan suhbatlar davomida qizi X.Sultonova yarashishiga qarshi emasliklarini, ammo qizi X.Sultonova qaynonasi bilan oralari yaxshimasligini, turli masalalarda kelisholmasdan yurganligini, arzimagan narsalarga janjallar bo‘lib kelayotganligi malum qildi, muhokama etilib A.Azimov bilan imom xatib, adliya bo‘limi va tuman IIB boshlig‘i tushuntirish ishlari olib borishdi, oila yarashtirilib, nazoratga olindi.
Yangiobod tumani Shodlik MFY, Meliobod qishlog‘ida yashovchi, 1978-yilda Yangiobod tumanida tug‘ilgan, millati o‘zbek, ma’lumoti o‘rta, oilali 3 nafar farzandi bor, mavsumiy ishchi, nizo oilalar ro‘yxatida turuvchi fuqaro Nazarov Rasul va Nazarova Fazilat bilan olib borilgan profilaktik suhbat jarayonida shu narsa ma’lum bo‘ldiki, turmush o‘rtog‘i F.Nazarovaga jismoniy va ruxiy tazyiq o‘tkazib kelayotganligi oilaviy nizolar tufayli kelisholmay qolganligini, F.Nazarova va R.Nazarov turli masalalar janjallar kelib chiqqanligini malum qilishdi, ularning muammolari atroflicha o‘rganish jarayonida ularning janjallashishiga yetarlicha asos mavjudmasligini va arzimagan masalalarda janjallashib ajrimga qaror qilganliklarini tushuntirishib, ularga mahalladan murabbiy biriktirib nizolari o‘rganilishi uchun muhlat berildi.
Yangiobod tumani Do‘stlik MFY, Nurli yo‘l qishlog‘ida yashovchi, 1998-yilda Yangiobod tumanida tug‘ilgan, millati o‘zbek, ma’lumoti o‘rta-maxsus, oilali 1 nafar farzandi bor, mavsumiy ishchi, nizoli oilalar ro‘yxatida turuvchi fuqaro Raxmatov Jasur va Raxmatova Zarnigor bilan olib borilgan profilaktik suhbat jarayonida, Z.Raxmatova oila qurgandan so‘ng xastalanib qolganligini, 1 nafar farzandiga qarash uchun imkoniyati yo‘qligi tufayli turmush o‘rtog‘i J.Raxmatov va farzandini tashlab otasining uyiga ketganligini, ajrashish niyati yo‘qligini turmush o‘rtog‘i va farzanidini davolatishini malum qildi va mahalla xotin-qizlar faoli va raisiga ularni yarashtirish va doimiy nazoratga olish vazifasi yuklatildi.
Sodir etilgan va aniqlangan jinoyatlar soni ko‘rsatgichi bo‘yicha "qizil" hududga kiritilgan G’allaorol tumanidagi "Madaniyat" MFYida tuman adliya bo‘limi, tuman IIB, tuman DSI, MIB tuman bo‘limi, tuman aholi Bandligiga ko‘maklashish markazi, Mahalla va Nuroniylarni qo‘llab - quvvatlash bo‘limi tomonidan hamkorlikda jinoyatlarning oldini olish, aniqlash va ularni bartaraf etish hamda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 29.11.2021 yildagi PF-27-son farmoni bilan tasdiqlangan "O’zbekiston Respublikasi jamoat xavfsizligi" Konsepsiyasi yuzasidan zarur choralar belgilash yuzasidan davra suhbati tashkil etildi.
Shuningdek, boshqarma boshlig‘i tomonidan 28.07.2022 yilda tasdiqlangan sayyor qabul jadvaliga asosan Madaniyat MFYda sayyor qabul tashkil etilib, unda MIB tuman bo‘limi, tuman DXM, DSI, bandlikka ko‘maklashish markazi, Mahalla va Nuroniylar bo‘limi ma’sul xodimlari ishtirok etib, fuqarolarning murojaatlari tinglanib, 8 ta murojaatlar belgilangan tartibda ko‘rib chiqish uchun bayonlashtirildi, 3 ta murojaat yuzasidan tushuntirishlar berildi.
"O'zbekiston Respublikasi adliya organlari va muassasalarida faoliyat yurituvchi xotin-qizlar o'rtasida "Adliya ayoli" tanlovini tashkil etish to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi Adliya Vazirining 74 um-son buyrug'iga asosan, Adliya organlari va muassasalarida faoliyat yurituvchi xotin-qizlarni qo'llab-quvvatlash va rag'batlantirish, ularning ijtimoiy-siyosiy faolligini yuksaltirish hamda faoliyatda tashabbuskorlik va yuqori natijalarga erishishga intilish samaradorligini oshirish maqsadida "Adliya ayoli " tanlovi tashkil etildi.
Joriy yilning 4-avgust kuni Jizzax viloyat adliya boshqarmasi binosida hamkor tashkilotlar bilan birgalikda "Adliya ayoli" tanlovining viloyat bosqichi yakuniga yetdi. Mazkur tanlov 3 bosqichda o'tkazilib, barcha tumanlardan jami 10 nafar nomzodlar bellashdilar. Birinchi shartda ishtirokchilarga bilim va tajribalarini sinovdan o'tkazish maqsadida huquqiy mavzulardan shakllantirilgan 30 ta test savollari taqdim etildi. Test savollarini bajarish uchun 30 daqiqa vaqt ajratildi. Har bir to'g'ri javob uchun bir ball berildi. Ishtirokchilarimiz ushbu bosqichni muvaffaqiyatli yakunlashdi.
Ikkinchi shartda ishtirokchilar ish faoliyatida duch keladigan hozirgi vaqtdagi dolzarb masalalarni inobatga olgan holda qonunchilikka o'z taklif va g'oyalarini bildirishdi. Ushbu shart uchun har bir ishtirokchiga 5 daqiqa vaqt ajratildi. Hakamlar hay'ati ishtirokchilar tomonidan ko'tarilayotgan muammoning dolzarbligi, berilayotgan taklif muammoni hal etish uchun maqsadga muvofiq yechim ekanligi hamda yangiligiga ko'ra baholashdi.
Uchinchi shartda ishtirokchilarning uy yumushlaridagi bekalik qobilyati sinovdan o'tkazildi. Ishtirokchilarning barchasiga bir xil turdagi xamir yoyish, chuchvara tugish vazifasi yuklatildi. Hakamlar hay'ati berilgan vazifaning turiga muvofiq ishtirokchilarni shartni qisqa muddatlarda hamda sifatli bajarilishiga ko'ra baholashdi.
Tanlov natijasiga ko'ra, 1-o'rinni Jizzax viloyati adliya boshqarmasi "Inson huquqlarini himoya qilish" bo'lim boshlig'i Rahimova Mohinur, 2-o'rinni Jizzax shahar adliya bo'limi "Yuridik xizmat ko'rsatish markazi" bosh yuriskonsulti Fayziyeva Nargiza, 3-o'rinni esa Yuridik texnikum o'qituvchisi Rasulova Tursunoy qo'lga kiritdilar. Tadbir so'ngida ishtirokchilar adliya boshqarmasi tomonidan diplom va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandilar.
Tadbirni tashkil etishda yaqindan yordam bergan Jizzax viloyat Oila va Xotin-qizlar boshqarmasi bosh yuristi Hakimova Rano, Jizzax Politexnika instituti Tillar kafedrasi mudiri Hamdamova Xanifa, "Bir qizga bir hunar" Jizzax viloyat Jamoat birlashmasi rahbari Adilova Farzona hamda viloyat Monomarkazi mutaxassislariga o'z minnatdorchiligimizni bildiramiz.
Adliya vazirining buyrug‘i bilan Saidov Shakir Kamalovich Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazi direktorining o‘quv-uslubiy va ilmiy ishlar bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Sh. Saidov 1965 yilda Sirdaryo viloyatida tug‘ilgan, ma’lumoti oliy, 1991 yilda Toshkent davlat universitetini tamomlagan, mutaxassisligi huquqshunos.
U mehnat faoliyatini 1991 yilda Sirdaryo tumani Xalq deputatlari kengashining huquqiy maslahatchisi lavozimidan boshlagan. Adliya organlaridagi mehnat faoliyatini 1997 yilda Sirdaryo tumani davlat notarial idorasi notarius-stajyori lavozimidan boshlab, 2000-2017 yillar oralig‘ida vazirlik tizimida turli rahbar lavozimlarda, 2017-2019 yillarda Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i bo‘lib ishlagan.
Sh. Saidov shu kunga qadar Jizzax viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritib kelgan.
U 25 yil davomida adliya organlarida samarali mehnat qilib, oldiga qo‘yilgan vazifalarni bajarishda o‘zining ilg‘or fikr, tashabbus va sadoqati bilan katta hissa qo‘shib kelmoqda.
Tizimdagi xodimlarga ustoz sifatida o‘z tajribasi bilan o‘rtoqlashib, ko‘plab shogirdlarni yetishtirdi.
Adliya vazirligi hamda Jizzax viloyat adliya boshqarmasi jamoasi Saidov Shakir Kamalovichni ushbu tayinlov bilan mubor
Joriy yilning 3 avgust kuni Zafarobod tumani Madaniyat markazida, tuman ''Adliya bo'limi'' tashabbusi bilan "CHEKSIZ RIVOJ" nomli psixologik trening bo'lib o'tdi. Tadbirda ishtirokchilarni ruhiy holatini yaxshilash, sogʼlom fikrlash, shaxslararo munosabatlarda ijobiy xislatlarni shakllantirish, turli xil nizolarning oldini olish, oʼzini namoyon etish, sharoitlarini yaratish hamda oʼziga boʼlgan ishonchni yuksaltirish, ijtimoiy moslashuv darajasini, notiqlik, oʼz fikrini oʼzgalarga yetkaza bilish qobiliyatini va muzokara yuritish madaniyatini shakllantirishga asosiy eʼtibor qaratildi.
Ruhiy va tabiiy erkinlikni his etish, oʼzaro munosabatlarda aloqa oʼrnata olishini shakllantirish borasida ham ishtirokchilarga tushunchalar berildi. Treningda psixolog tomonidan tuzilgan savollarga ishtirokchilar tomonidan javoblar berildi.
Mashgʼulotlar yakunida ishtirokchilarga minnatdorchilik hissi – bizning oldimizda cheksiz quvvat va ichki boylik manbaiga yoʼl ochuvchi kuch hisoblanishi, yuragimizni nafratdan xalos qilib – kimdan xafa boʼlsak, barchani kechirish, oddiy hayot tarzini yuritish va nimaga ega boʼlsak, shuning qadriga yetish haqida tushuncha berilib, ularda bu hissiyotni uygʼotishga qaratilgan suhbat olib borildi.
Zarbdor tumani hokimi, tuman xalq qabulxonasi mudiri, tuman prokurori, Adliya bo‘limi mudiri va tegishli tashkilot rahbarlari bilan tumandagi "Andijon" va "Adirobod" MFYlarda "Obod kishloq" dasturining borishi bilan tanishdi hamda ishlarni sifatli bajarilishi bo‘yicha tegishli tashkilotlarga ko‘rsatma va topshiriqlar berildi. Topshiriqlar ijrosi nazoratga olindi
Joriy yilning 28-iyul kuni Paxtakor tuman yuridik xizmat ko`rsatish markazi xodimlari tominidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 18-martdagi “Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari faoliyatini yanada kengaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 173-sonli qarori ijrosi yuzasidan tumandagi tizimga yangi ulangan tashkilotlar jumladan davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari mas'ul xodimlarining “e-huquqshunos” tizimida ishlash ko`nikmalarini oshirish yuzasidan amaliy seminar tashkil qilindi.
Ma'lumki mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko'lamli islohotlar doirasida aholining tinch va osoyishta hayotini ta'minlash hamda jamiyatimizda qonunga itoatkorlik va jamoat xavfsizligi madaniyatini shakillantirishga alohida e'tibor qaratimoqda.
Xususan, jamoat xavfsizligini taʼminlash yoʻnalishidagi ishlarni «Xalq manfaatlariga xizmat qilish» tamoyili asosida tashkil etishning mutlaqo yangi mexanizm va tartiblari joriy etilib, davlat organlarining jamoatchilik tuzilmalari bilan oʻzaro maqsadli hamkorligi yoʻlga qoʻyildi.
Shu bilan birga, jahonda kuchayib borayotgan turli xavf-xatar va ziddiyatlar, el-yurt tinchligi va osoyishtaligiga tahdidlar, pandemiya, tabiiy va texnogen ofatlar masʼul davlat tuzilmalariga oʻz faoliyatini «Barcha saʼy-harakatlar inson qadri uchun» degan ustuvor gʻoya asosida yanada takomillashtirish vazifasini yuklamoqda.
Tahlillarga koʻra, tumanda tinchlik va osoyishtalikni taʼminlash maqsadida olib borilgan ishlarni aynan shunday yondashuvda tashkil etish natijasida, 2022 yilning 6 oyida oʻtgan yilning shu davriga qadar sodir etilgan ayrim turdagi jinoyatlar yaʼni, qotillik va nomusga tegish kabi jinoyatlar umuman sodir etilmadi, qolaversa oʻgʻirlik va tan jaroxati yetkazish, oʻzlashtirish jinoyatlari kamayishiga erishilgan.
Natijada, joriy yilning 4 oyida qizil hududga tushgan mahallalar “Buyuk Ipak yoʻli”, “Paxtakor”, “Doʻstlik” va “Oltinkoʻl” MFYlarni tashkil qilsa, 5 oyda “Buyuk Ipak yoʻli”, “Doʻstlik” va “Oltinkoʻl” MFYlar, 6 oyida “Buyuk Ipak yoʻli” , “Doʻstlik” va Oltinkoʻl” MFYlar qizil hududga tushgan. Ushbu hududlarda tuman adliya boʻlimi tomonidan tuman IIB, mahalla va boshqa mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda 3 marta tushuntirish va targʻibot tadbirlari oʻtkazilgan.