Bog'lanish

Telefon
+998 72 221 50 50

Elektron manzil
jizzax@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni1008

Yangiliklar

15
Til — millatning ma’naviy boyligi

O‘zbek tilining xalqimiz ijtimoiy hayotida va xalqaro miqyosdagi obro‘-e’tiborini tubdan oshirish, unib-o‘sib kelayotgan yoshlarimizni vatanparvarlik, milliy an’ana va qadriyatlarga sadoqat ruhida tarbiyalash, mamlakatimizda davlat tilini to‘laqonli joriy etishni ta’minlash, O‘zbekistondagi millat va elatlarning tillarini saqlash va rivojlantirish, davlat tili sifatida o‘zbek tilini o‘rganish uchun shart-sharoitlar yaratish, o‘zbek tili va til siyosatini rivojlantirishning strategik maqsadlari, ustuvor yo‘nalish va vazifalarini hamda istiqboldagi bosqichlarini belgilash hukumatimiz oldida turgan bosh maqsadlardan biri desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

Barchamizga ma’lumki, “O‘zbekiston Respublikasining Davlat tili to‘g‘risida“gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi Qonunda 21 oktyabr sanasi O‘zbek tili bayrami kuni haqidagi norma o‘z ifodasini topgan. Qayd etish kerak, huquqiy sohada hamda milliy qonunchilikda amalga oshirilayotgan islohotlarni to‘liq aks ettirish va «Davlat tili haqida"gi Qonunning to‘g‘ridan-to‘g‘ri amal qilishini ta’minlash maqsadida ushbu Qonun yangi tahrirda ishlab chiqildi.

Shu ma’noda, 21 oktyabr - O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan viloyat adliya boshqarmasida Til soati doirasida “Til - jamiyat tayanchi” mavzusida seminar tashkil etildi. Tadbirda Jizzax pedagogika instituti pedagoglari hamda yuridik texnikumi o‘quvchilari ishtirok etdi.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar davlat organlari va tashkilotlari faoliyatida davlat tilining qo‘llanilishi, ish yuritish tili, davlat organlari va tashkilotlari tomonidan o‘tkaziladigan tadbirlarda davlat tilining qo‘llanilishi, normativ-huquqiy va boshqa hujjatlar, shuningdek, ularning loyihalarida foydalaniladigan til, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarida ishlatiladigan til masalalari haqida batafsil ma’lumotlar berishdi.

Tadbir davomida Jizzax yuridik texnikumi o‘quvchilari o‘z ijodlaridan namunalar - she’rlar, hikoyalarini ishtirokchilarga havola etishdi.

Huquqiy targ‘ibot va ma’rifat bo‘limi

15
Markazlar-davlat organlari va tashkilotlariga sifatli yuridik xizmat ko‘rsatishga qaratilgan yana bir qadam

1-oktyabrdan boshlab, respublikamizning barcha tuman va shaharlarida hududiy adliya boshqarmalari huzurida ish olib boradigan yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari faoliyat boshladi. Ushbu Markazlar o‘z faoliyatini “E-huquqshunos” elektron tizimi orqali amalga oshiradi. Shuni inobatga olgan holda, viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i Shokir Saidov joylarda tizimdan foydalanish hamda Markazlar ishini samarali tashkil qilish bo‘yicha amaliy seminarlar o‘tkazmoqda.

Zafarobod tumanida tashkil etilgan ana shunday seminarda, avvalo, yuridik xizmat ko‘rsatish markazi xodimlari uchun qanday ofis sharoiti yaratilgani, kompyuter texnikalari, moddiy-texnik bazasi atroflicha ko‘zdan kechirildi.

So‘ngra, tuman hokimligi binosida tegishli mutaxassislarga “E-huquqshunos” elektron tizimidan foydalanish bo‘yicha tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Bu kabi amaliy seminarlar viloyatning barcha tumanlarida ham o‘tkazilmoqda.



Huquqiy targ‘ibot va ma’rifat bo‘limi

14
Yoshlarning siyosiy bilimlari yuksalmoqda

Har bir mamlakatda demokratik jarayonlar darajasi avvalo, saylovlar qanchalik ochiq, oshkora, adolatli o‘tishi va albatta, fuqarolar ayniqsa, yoshlar faolligi bilan belgilanadi. Bu tamoyillar esa saylovchilarning siyosiy bilimi, huquqiy madaniyatiga bog‘liq. Saylovda ilk bor ovoz beradigan yoshlar saylov qonunchiligidan xabardormi? Ular saylov nima ekani, o‘z ovozlari mamlakat taraqqiyotida qanday ahamiyatga egaligini qanchalik tushunib yetmoqda? Viloyat adliya boshqarmasi tashabbusi bilan  Jizzax davlat pedagogika institutida tashkil etilgan “Saylov-2021: Kelajaging uchun ovoz ber!” targ‘ibot tadbirining bosh g‘oyasi yuqoridagi savollarga javob bo‘ldi.

Tadbirda viloyatdagi barcha oliy ta’lim muassasalari talabalari ishtirok etdi.

Tadbirda Jizzax shahar adliya bo‘limi boshlig‘i Sh.Ermatov  Yangi O‘zbekistonning zamonaviy saylov tizimi yaratilishi ko‘p yillik evolyutsion jarayon va har tomonlama ­siyosiy muloqot mahsuli ekanligini, saylov qonunchiligiga saylov jarayonini takomillashtirishga qaratilgan ko‘plab o‘zgartishlar hamda qonunchilik hujjatlarini yosh saylovchilarga tushuntirib  berdi.

Tadbir yakunida yoshlarni qiziqtirgan savollarga qonunchilik hujjatlari asosida javoblar berildi.



Huquqiy targ‘ibot va ma’rifat bo‘limi

13
Huquqiy targ‘ibot tadbirlari davom etmoqda

Yaqin kunlarda bo‘lib o‘tadigan saylov jarayonlari har birimizdan siyosiy faollikni, tashabuskorlikni talab etadi. Ayniqsa, bugungi zamon yoshlarining oldida turgan muhim vazifalardan biri ushbu siyosiy jarayonda faol ishtirok etishdan iboratdir. G‘allaorol tuman adliya bo‘limi tomonidan “Saylovda yoshlarning o‘rni” mavzusida tadbir tashkil etildi. Unda tumandagi barcha yoshlar ishtirok etishdi. Yoshlarning huquqiy va siyosiy bilimlarini oshirish, saylov qonunchiligi bo‘yicha keng ma’lumotlar berishga qaratilgan mazkur tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining mazmun-mohiyati, saylov qonunchiligiga kiritilgan o‘zgartirishlar xususida so‘z bordi.

Tadbirda G‘allaorol tuman adliya bo‘limi boshlig‘i Shukrullo G‘oziyev saylovda yoshlarning faol ishtirokini ta’minlash, ularning siyosiy savodxonligini oshirish borasida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.
Tadbir davomida bu yilgi saylovda ilk marotaba ovoz beradigan yigit-qizlarning ushbu muhim siyosiy jarayon haqidagi tasavvur va qarashlari bilan o‘zaro fikr almashildi.


Huquqiy targ‘ibot va ma’rifat bo‘limi

12
TV-SHARH

4-oktyabr kuni Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritish haqida Qonun Prezident tomonidan imzolandi. Unga koʻra, Kodeksning bir qator moddalarida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklarni sodir etgan shaxs, agar u oʻz aybiga iqror boʻlsa, jabrlanuvchi bilan yarashsa va yetkazilgan zararni bartaraf etsa, maʼmuriy javobgarlikdan ozod etilishi mumkin.
Viloyat adliya boshqarmasi tashabbusi bilan ushbu Qonunning mazmun-mohiyati yuzasidan Jizzax teleradiokompaniyasining “TV Sharh” koʻrsatuvida davra suhbati tashkil etildi.

Suhbatda Arnasoy tuman adliya boʻlimi boshligʻi Hosilmurod Kushmatov va jinoyat ishlari boʻyicha Jizzax shahar sudi sudyasi Ergash Qarshiyev.

11
Huquqiy targ‘ibot tadbirlari davom etmoqda

Viloyat adliya boshqarmasi, shahar va barcha tuman adliya bo‘limlari tomonidan saylov qonunchiligi targ‘ibotiga bag‘ishlangan davra suhbatlari, tadbirlari o‘tkazilmoqda. Tadbirlarda asosiy e’tibor, muhim siyosiy jarayon Prezident sayloviga ko‘rilayotgan tayyorgarlik, Saylov kodeksi, saylov qonunchiligi bo‘yicha tushuntirish ishlarini olib borishdan iborat. Tadbirda Milliy gvardiya Jizzax viloyati qo‘riqlash boshqarmasi xodimlari ishtirok etdi.

Ana shunday targ‘ibot tadbirlaridan biri Jizzax shahar adliya bo‘limi tomonidan o‘tkazildi. Tadbirda so‘zga chiqqan Jizzax shahar adliya bo‘limi boshlig‘i Sherzod Ermatov bu yilgi Prezident saylovi, yangilangan milliy saylov qonunchiligi, umume’tirof etilgan xalqaro standartlarga mos, demokratik tamoyillar asosida ochiq va oshkora o‘tkazilishi haqida ma’lumotlar berdi.

Tadbir erkin savol-javob shaklida yakunlandi.



Huquqiy targ‘ibot va ma’rifat bo‘limi

09
Saylovoldi targ‘ibot tadbirlari

Bo‘lajak saylov jarayonini yuqori saviyada tashkil etish, umume’tirof etilgan xalqaro tamoyillar, ilg‘or milliy va xorijiy tajriba asosida o‘tkazishda uchastka saylov komissiya a’zolarining bilimi va saviyasi muhim ahamiyat kasb etadi. Shu boisdan, Forish va Yangiobod tuman adliya bo‘limlari tomonidan uchastka saylov komissiya a’zolarining milliy saylov qonunchiligi va amaliyoti xalqaro saylov standartlari bo‘yicha bilim va amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlashga qaratilgan saylovoldi targ‘ibot tadbirlari tashkil etildi.

Mahalla raisi va xodimlari saylov kuniga qadar aholi o‘rtasida nimalarni tushuntirishi va targ‘ib etishi lozim? Covid-19 bilan kasallangan bemor saylov kuni qay tartibda ishtirok etadi? Tadbir davomida shu kabi savollarga Yangiobod tuman adliya bo‘limi xodimlari tomonidan batafsil ma’lumotlar berildi.
Tadbir davomida saylovning tashkiliy huquqqiy asoslari barobarida mazkur ijtimoiy-siyosiy tadbirga tayyorgarlik bosqichi bilan bog‘liq dolzarb vazifalar xususida ham atroflicha tushunchalar berildi. Tadbir davomida saylovni o‘tkazish jarayonlarida mahalla raislari va xodimlarining O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksida belgilangan huquq va majburiyatlari haqida so‘z bordi.

Bu kabi saylov oldi targ‘ibot tadbirlari barcha tuman adliya bo‘limlari tomonidan o‘tkazilmoqda.


Huquqiy targ‘ibot va ma’rifat bo‘limi

08
“TV Sharh”

Hukumat qarori (605-son, 24.09.2021 y.) bilan Davlat oliy ta’lim muassasalarining ijara huquqi asosida yashayotgan talabalariga oylik ijara to‘lovining bir qismini Davlat byudjeti hisobidan qoplab berish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. 
Ushbu Qarorning mazmun-mohiyati yuzasidan Jizzax viloyat teleradiokompaniyasining “TV Sharh” ko‘rsatuvida viloyat adliya boshqarmasi mas’ul xodimlari Sherzod Ermatov va Ilg‘orjon Rashidov o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.

07
NNT sohasida hamkorlik va tajriba-yuksak natija

Bugun mamlakatimizning ijtimoiy-siyosiy hayotida tobora o‘z o‘rniga ega bo‘lib borayotgan NNT sohasi jamiyat rivoji yo‘lida samarali tizim sifatida tan olinmoqda. Shu sabab ularning ishlash tizimi, faoliyatida yuzaga kelayotgan muammo va tusiqlarni bartaraf etishga ko‘maklashish adliya organlari oldida turgan asosiy fazifalardan biri sanaladi. Jizzax viloyat adliya boshqarmasi tashabbusi bilan tuzilgan ishchi guruhi tomonidan tasdiqlangan reja-grafikka asosan 2021 yilning 25 sentyabr kuni Jizzax viloyat “Istiqlol avlodi” ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy qo‘llab-quvvatlash markazida Sharof Rashidov tumani va Jizzax shahrida faoliyat olib boruvchi nodavlat notijorat tashkilotlari sayyor qabul qilindi.



Qabul qilish vaqtida murojaat qiluvchilarni qiziqtirgan masalalarga to‘liq javob qaytarish uchun sharoit yaratilib, muammolarni xal qilish choralari ko‘rildi. Shuningdek, 3 ta NNT tomonidan yo‘llangan shikoyat arizalari qabul qilinib, har tomonlama holisona ko‘rib chiqilishi nazoratga olindi.