Yangiliklar
Baxmal tuman Musiqa maktadi binosida tuman prokurori oʻrinbosari Sh.Sh.Abrayev, tuman adliya boʻlimi bosh maslahatchisi S.Mamatov, viloyat FVB maʼsuli M.Atabekov, tuman FVB boshligʻi O.Boymurodov hamda tumanbosh imom hatibi R.Mamatqulov bilan xamkorlikda tuman FVB xodimlari tuman faollari hamda oʻquvchi yoshlar ishtirokida “Korrupsiya – taraqqiyot kushandasi” mavzusida targʻibot tadbiri tashkil etildi. Shuningdek tadbir davomida yangi qabul qilingan va mavzuga taʼluqli boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlar, ularning mazmun-mohiyati va ahamiyati tushuntirib oʻtildi.
Joriy yilning 17-iyun kuni Jizzax viloyat adliya boshqarmasi binosida Jizzax viloyat sudi, viloyat prokuraturasi, viloyat ichki ishlar boshqarmasi va viloyat adliya boshqarmasi hamkorligida “Oiladagi zoʻravonlikning oldini olish va oiladagi zoʻravonlikdan jabrlanganlarga amaliy yordam koʻrsatish” shiori ostida davra suhbati oʻtkazildi.
Taʼkidlab oʻtish joizki, mazkur tadbir Respublika xotin-qizlar jamoatchilik Kengashining 2021-yil 27-apreldagi majlisi bayonnomasiga koʻra tasdiqlangan oiladagi zoʻravonlikning oldini olish, bunday qilmishlardan jabrlanganlarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha ishlarni yoritish media-rejasining tegishli bandlarining ijrosini taʼminlash maqsadida hamkor tashkilotlar bilan belgilangan chora-tadbirlarni muhokama qilish uchun tashkillashtirildi.
.png)
Davra suhbatida dastlab Jizzax viloyat sudi sudʼyasi Sh.Hudayarov Jizzax viloyat sudi jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼati, jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudlari tomonidan 2020-yil va 2021-yilning 1-choragida “Ayollarga nisbatan oilaviy nizolar negizida zoʻravonlik va tazyiq oʻtkazish” bilan bogʻliq koʻrilgan jinoyat ishlari boʻyicha sud amaliyotini oʻrganish natijalari yuzasidan maʼlumot berib oʻtdi.
Shuningdek, Jizzax viloyat ichki ishlar boshqarmasi hodimi katta leytenant D.Jumanova tomonidan ham oilaviy zoʻravonlikka qarshi kurashish boʻyicha olib borilayotgan ishlar va tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlangan xotin-qizlarga berilgan “Himoya order”lari haqida maʼlumotlar keltirildi.
Binobarin, Prezidentimizning 2017-yil 10-apreldagi “Ichki ishlar organlarining faoliyati samaradorligini tubdan oshirish, jamoat tartibini, fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishni taʼminlashda ularning masʼuliyatini kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmonida zoʻravonlik va shafqatsizlik gʻoyalaridan himoya qilishga qaratilgan tizimni rivojlantirish ichki ishlar organlari tizimini isloh qilishning eng muhim yoʻnalishlaridan biri deb belgilangan.
Viloyat adliya boshqarmasi boʻlim boshligʻi J.Ishonkulov va tadbirning boshqa ishtirokchilari tomonidan ushbu yoʻnalishda olib borilayotgan islohotlar haqida aytib oʻtildi.
Davra suhbati davomida ishtirokchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob olishdi. Hamkor tashkilotlar oʻz vazifalarini sidqidildan, belgilangan chora-tadbirlarning talablariga qatʼiy amal qilgan holda bajarishlarini va ushbu yoʻnalishdagi berilgan topshiriqlarning ijrosini hamkorlikda davom ettirishga kelishib olindi.
Tadbir davomida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yer munosabatlarida tenglik va shaffoflikni taʼminlash yerga boʻlgan huquqlarni ishonchli himoya qilish va ularni bozor aktiviga aylantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 6243-sonli Farmoni mazmun mohiyati tushuntirildi.
Shuningdek, aksiya doirasida tashkil etilgan “Fermer va adliya” guruxiga aʼzo boʻlish tavsiya etiladi va soxaga oid qonunchilikdagi yangiliklardan xabardor boʻlishlari, murojaat yoʻllashlari mumkinligi tushuntirildi. Tadbir yakunida fermer xoʻjaliklari tomonidan berilgan savollarga batafsil javob berildi
Fermer bilan mulоqоt chоg`ida fermerlarning huquq va majburiyatlari, yer, sоliq, mehnat, shartnоmaviy huquqiy va bоshqa munоsabatlar bo`yicha qоnunchilik talablari tushuntirildi. Bundan tashqari, “Fermerga madad” telegram bоt @fermermadadbot tashkil etilganligi, bоt оrqali fermer xo`jaligi rahbarlari va ishchilarining murоjaatlari yozma, оg`zaki va elektrоn shaklda qabul qilinib, ular o`rganilishi, natijalari bo`yicha buzilgan huquqlarini tiklash chоralari ko`rilishi yuzasidan ma`lumоtlar berildi.
Uchrashuvda ikki nafar fermer xo`jaliklari raxbarlariga muammоli masalalari yuzasidan tegishli tavsiya va xuquqiy maslahatlar berildi.
Жорий йилнинг 15 июнь куни Жиззах вилоят Адлия бошқармасида Жиззах Политехника институти талабалари учун «Ватан тақдири менинг тақдиримда» мавзусида семинар-тренинг ташкил этилди.
Seminar yoshlarga oid davlat siyosatining mazmun-mohiyati, yoshlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash borasida olib borayotgan izchil islohotlar haqidagi fikrlari bilan Jizzax viloyat adliya boshqarmasi boʻlim boshligʻi J.Ishonkulov tomonidan ochib berildi.
Shuningdek seminarda yoshlar huquqlarini himoya qilish, yoshlarga berilayotgan imtiyozli kreditlar, shu jumladan tadbirkorlik faoliyati uchun qulay sharoitlar, hozirgi kunda fuqarolarning huquqlarini himoya qilish boʻyicha yangiliklar haqida Yoshlar ishlari agentligi boshqarmasi bosh mutaxassisi O.Danayev hamda Jizzax viloyat prokuraturasi boʻlim prokurori N.Fayzullayevlar tomonidan batafsil maʼlumotlar berib oʻtildi.
Seminar-trening davomida Jizzax viloyat adliya boshqarmasi tomonidan talaba yoshlarning huquqiy bilimlarini oshirish maqsadida tashkil etilgan “Talabalar huquqshunosi” klubi faoliyati yuzasidan maʼlumotlar berib oʻtildi va talabalar tomonidan berilgan savollarga batafsil javob berildi.
Muammolarni tumanlar kesimida chuqur oʻrganish kerak
Shavkat Mirziyoyev
Jizzax viloyati Arnasoy tumanida joriy yilning 15-iyun kuni faoliyat yuritayotgan nodavlat notijoran tashkilotlar uchun Jizzax viloyat adliya boshqarmasi tomonidan maxsus seminar - trening tashkil qilindi. Ushbu seminar - trening nodavlat notijorat tashkilotlarning adliya organlari bilan yozishmalar uchun maxsus yaratilgan “e-ngo.uz” elektron portalidan foydalanish tartib - qoidalari hamda, nodavlat notijorat tashkilotlarining muammolarini oʻrganish, ularga huquqiy maslahatlar berish shuningdek, ularning faoliyatini tartibga soluvchi qonun hujjatlari mazmun mohiyatini yetkazish maqsadida tashkil etildi .
Umumjamoaviy ruhni oshirish va oʻzaro munosabatlarini yanada yaxshilash maqsadida joriy yilning 14-iyun kunida psixolog bilan seminar-trening tashkil etildi.
.png)
“Fermerga madad” huquqiy aksiyasi doirasida Forish tumanda xududda faoliyat yuritayotgan fermer hoʻjaliklari rahbarlari bilan uchrashuv tashkil qilindi. Tadbir davomida yigʻilganlar dastlab sohaga oid qonun xujjatlarining mazmuni bilan tanishtirildi.
Aksiya doirasida fermerlarga adliya boshqarmasi tomonidan tashkil etilgan telegram messenjeridagi “Fermer va adliya” guruxiga aʼzo boʻlishlari tavsiya etildi va bu bilan qonunchilikdagi yangiliklardan xabardor boʻlishlari, mazkur ijtimoiy tarmoq ooqali murojaat yoʻllashlari ham mumkinligi tushuntirildi.
Uchrashuvda ikki nafar fermer xoʻjaliklari rahbarlariga muammoli masalalari yuzasidan tegishli tavsiya va huquqiy maslahatlar berilgan boʻlsa, ikki nafar fermer xoʻjaliklarining murojaatlari ish yurituviga qabul qilindi.
Har bir tashabbus zamirida inson manfaati, yurt tinligi va xalq roziligi mujassam boʻlsagina uning koʻlami oʻz-oʻzidan kengayib boraveradi. “Fermerga madad” huquqiy aksiyasi doirasida amalga oshirilayotgan turli yoʻnalishdagi tadbirlar ham barcha fermerlarga yaqindan yordam berish, ular faoliyatida yuzaga kelayotgan toʻsiq va kamchiliklarni aniqlash, shu orqali maqsadli va samarali koʻmak koʻrsatish, bu bilan esa yurt farovonligi, insonlarning yashash sifati darajasini oshishiga erishishni maqsad qilgan. Bu borada ular bilan yuzma-yuz muloqat oʻrnatish, yaqindan tanishish, barcha muammolarni ularning oʻzidan tinglash eng yaxshi natijani berishga qodir. Shu maqsadda tashkil etilayotgan uchrashuvlar Jizzax viloyatining barcha tumanlarida davom etmoqda. Paxtakor tumanida oʻtkazilgan uchrashuvda ham fermerlar murojaatlariga quloq tutildi.
12 nafar fermer hoʻjaligi rahbarlari ishtirok etgan uchrashuvda 4 nafar fermerlarning murojaatlari ish yurituviga qabul qilinib, muammolarni vaqtida hal etish choralari oʻrganildi.
Jizzax viloyat adliya boshqarmasi tomonidan “Fermerga madad” huquqiy aksiyasi doirasida hududlardagi fermerlar bilan davra suhbatlari tashkil etilmoqda. Yuzma-yuz muloqatlar jarayonida ular faoliyatini amalga oshirishda duch kelayotgan toʻsiq va muammoli holatlarni bartaraf etish maqsad qidib olingan.
Shu bilan birga, fermerlarning murojaatlarini oʻrganishning alohida tartibi joriy etildi.
Jizzax viloyat adliya boshqarmasi boshligʻi Sh.Saidov tomonidan joriy yilning 9-iyun kuni Arnasoy va Sh.Rashidov tumanlarida ana shunday uchrashuv tashkil etildi.
Shuningdek, mazkur hududdagi fermer xoʻjaligi rahbarlariga sohaga oid normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati tushuntirildi hamda tadbirda ishtirok etgan 3 nafar fermer xoʻjaliklarining muammolari eshitilib, tegishli tashkilotlar bilan birgalikda amaliy yordam koʻrsatilishi taʼminlandi. Bu kabi ishlar adliya boshqarmasi tomonidan muntazam davom ettirib boriladi.