Bog'lanish

Telefon
+998 72 221 50 50

Elektron manzil
jizzax@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni1008

Yangiliklar

19
"Adliya kunlari" tizimli tashkil etilmoqda

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakillantirish to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosi doirasida Baxmal tumani “Saroy” QFYda “Adliya kuni” tadbiri o’tkazildi.

O’tkazilgan sayyor qabul davomida 23 nafar fuqarolarning ishga joylashish, ijtimoiy himoya, mehnat munosabatlari, tibbiyot, kommunal soha, davlat xizmatlari, mulkiy huquqlarga oid hamda boshqa masalalar yuzasidan murojaatlari mas'ullar ishtirokida koʻrib chiqildi.

Sayyor qabulda 2 ta murojaat ish yurituviga olinib, 5 ta murojaat joyida qanoatlantirildi va 13 ta murojaatga huquqiy tushuntirish berildi.

18
Adliya_aralashgach...

Sharof Rashidov tumani adliya bo‘limiga fuqaro I.Tning Sharof Rashidov tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi tomonidan yakuniy xisob-kitob qilinmayotganligidan norozi bo‘lib qilgan murojaati o‘rganib chiqildi.

Aniqlanishicha, fuqaro I.T tumandagi mahalla fuqarolar yig‘inlarida xarbiy hisobchi vazifasida ishlab kelgan, unga 2021-yilning noyabr oyidan boshlab tuman mahalla bo‘limi va 2023-yil aprel oyidan tuman bandlik bo‘limiga o‘tkazilgan va tegishli to‘lovlar amalga oshirilgan.

Biroq, xarbiy xisobchi vazifasida ishlagan I.Tga tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limining 2024-yil 1-iyuldagi 13-son buyrug‘iga asosan mehnat shartnomasi bekor qilinishi munosabati bilan ishlagan davri uchun mehnat tatiliga chiqmaganligi sababli jami 15 923 502 so‘m foydalanilmagan mehnat tatillari uchun oxirgi hisob-kitob amalga oshirilmaganligi ma’lum bo‘ldi.

Mazkur holat bo‘yicha sudga da’vo ariza kiritilib, qanoatlantirilishi ta’minlandi.

17
Intellektual mulk haftaligi doirasida targ'ibot tadbirlari tashkil etilmoqda

Jizzax viloyat adliya boshqarmasi va Savdo sanoat palatasi Jizzax viloyat hududiy boshqarmasi bilan hamkorlikda joriy yilning 18-dekabr kuni Jizzax maxsus iqtisodiy zonasida va viloyatning boshqa hududlarida joylashgan yirik tadbirkorlik subyektlari uchun davra suhbati tashkil etildi.

Davra suhbati davomida adliya boshqarmasi mas’ul xodimi Sh.Sulaymonov tomonidan tadbirkorlarga intellektual mulk huquqi bo‘yicha o‘z tovar belgisini yaratish va uni ro‘yxatdan o‘tkazishning afzalliklari hamda kontrafakt mahsulotlar ishlab chiqarish va savdosi bilan shug‘ullanishning huquqiy oqibatlari to‘g‘risida tushunchalar berildi.

Shuningdek, o‘z tovar belgilarini ro‘yxatdan o‘tkazmoqchi bo‘lgan tadbirkorlik subyektlariga maxsus qo‘llanmalar tarqatildi.

16
Tadbirkor manfaati himoya qilindi

Mirzacho‘l tuman adliya bo‘limi tomonidan “TURGUNBOYEVA SEVINCH UROZBOY QIZI” Yakka tartibdagi tadbirkor Mirzacho‘l tuman maktabgacha va maktab ta’lim bo‘limidan shartnomaga asosan to‘lanmay kelayotgan qarzdorlikni undirishda amaliy yordam berishni so‘rab yo'llagan murojaati o‘rganib chiqildi.

Aniqlanishicha, “TURGUNBOYEVA SEVINCH UROZBOY QIZI” YTT va Mirzacho‘l tuman maktabgacha va maktab ta’lim bo‘limi o‘rtasida 2024-yil 26-noyabrda “mahsulot yetkazib berish” shartnomasi tuzilgan. Biroq shartnoma shartlari tadbirkor tomonidan o'z vaqtida bajarilgan bo'lsada,  buyurtmachi Mirzacho‘l tuman maktabgacha va maktab ta’lim bo‘limi tomonidan shartnoma shartlari bajarilmasdan tadbirkorga 133.028.000 (bir yuz o‘ttiz uch million yigirma sakkiz ming) so‘mlik yetkazib berilgan mahsulot uchun to'lov amalga oshirilmagan.

Tuman adliya bo'limi tomonidan tadbirkorning huquqlari himoya qilinib, Do'stlik tumanlararo iqtisodiy sudiga davo ariza kiritilishi ta'minlandi.

13
Tanlov g'oliblari taqdirlandi

An'anaviy tarzda o'tkazib kelinadigan o‘quvchilar va talabalar o‘rtasida korrupsiyaga qarshi murosasizlik tuyg‘usini shakllantirishga qaratilgan insholar tanlovi bu yil ham Jizzax viloyatida keng qamrovda tashkil etildi.

Tanlov natijasiga ko‘ra saralash bosqichlaridan o'tgan Jizzax politexnika instituti talabasi Jalolova Parizod 1-o‘rinni, Arnasoy tumani 13-umumta’lim maktabi o‘quvchisi Ibbayeva Ruxsora 2-o‘rinni, Paxtakor tumani 2-maktab o‘quvchisi Holosova Mehribon 3-o‘rinni egalladi va boshqarma tomonidan esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Xuddi shuningdek, konstitutsiya kuniga bag'ishlab o'tkazilgan diktant va insholar tanlovi g'oliblari ham aniqlanib, g'oliblar munosib taqdirlandi

12
“Mening Konstitutsiyam va davlat tilim”

Jizzax viloyat adliya boshqarmasi xodimlari o'rtasida “Mening Konstitutsiyam 32 yoshda” shiori ostida “Mening Konstitutsiyam va davlat tilim” mavzusida ommaviy umumrespublika diktantini tashkil etildi.

Ushbu tadbirda g'olib bo'lgan ishtirokchi esdalik sovg'alari bilan taqdirlanadi!

11
Targʻibot poezdi loyihasi Sharof Rashidov tumani yoshlari orasida

Yoshlarning intellektual salohiyatlari, bilim va ko‘nikmalarini oshirish, ularning Vataniga bo‘lgan muhabbatini, yurtga sadoqat tuyg‘ularini oshirish maqsadida tashkil etilgan tengdosh-tengdoshga tamoyili asosidagi “Targ'ibot poezdi” keng qamrovli loyihasi tuman yoshlarni birlashtirmoqda.

Sharof Rashidov tumani 12-son umumiy o'rta ta'lim maktabida tashkil etilgan targ'ibot tadbirlari davomida O'zbekiston Respublikadi Konstututsiyasining mazmun-mohiyati yuzasidan tushuntirish olib borilmoqda.

Bundan tashqari “Huquqiy viktorina" o'yinlari tashkil etilib, faol ishtirokchilarga estalik sovg'alari taqdim etilmoqda.

10
Yuridik xizmat xodimlarini kelishish va attestatsiyadan o'tkazishda tushishi mumkin bo'lgan savollar ro'yxati!

Yuridik xizmat xodimlarini kelishish va attestatsiyadan o'tkazishda tushishi mumkin bo'lgan savollar ro'yxati elon qilindi!.
Batafsil: https://adliya.uz/adliya-ochiq-malumotlar

06
BRIFING TASHKIL ETILDI

Jizzax viloyat teleradiokomapaniyasi bilan hakmkorlikda O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 32 yilligi munosabati bilan bosh qomusimiz mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan hamda Korrupsiyaning huquqiy oqibatlari mavzusida brifing tashkil etildi.

28
Oʻzbekiston Respublikasi Kostitutsiyasi moddalari sharxi

Yoshlar huquqlariga oid eng muhim 5 ta kafolat