Bog'lanish

Telefon
+998 72 221 50 50

Elektron manzil
jizzax@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni1008

Yangiliklar

12
“Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi” huquqiy aksiyasi oʻtkazilmoqda

Adliya organlarining bevosita aholi muammolarini hal etish va ularga amaliy yordam koʻrsatish borasidagi faoliyatini samaradorligi oshirish maqsadida joriy yilning 3-martidan “Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi” huquqiy aksiyasiga start berilgan.

Ushbu loyiha doirasida Arnasoy tuman FHDY boʻlimi tomonidan qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, 2014 yildan buyon sha'riy nikoh asosida yashab kelayotgan fuqarolarga bugun 13.08.2025 yilda nikoh tuzilganligi haqida guvohnoma tantanali topshirildi.

11
Hech_bir_shaxs_hujjatsiz_qolmaydi

Zomin tuman adliya bo'limi FHDY bo'limi tomonidan "Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi" huquqiy aksiyasi doirasida besh nafar farzandining tugilganlik haqidagi guvohnomasi va nikoh guvohnomasini yo'qotgan D.Gaybullaevga takroriy guvohnomalar rasmiylashtirilib berildi.

Yangiobod tuman FHDY bo'limi tomonidan fuqaro O.Xoliqovaning oila tarkibi to'liq shakllantirilib, vafot etgan turmush o'rtog'iga JSHSHIR shakllantirib berildi.

G'allaorol tuman FHDY bulimi tomonidan aksiya doirasida fuqaro S.Dustkulovaning oila tarkibi to'liq shakllantirib berildi

Barcha tuman FHDY bo'limlari tomonidan xizmat ko'rsatilayotgan fuqarolarga hamda uyma-uy yurgan holda mazkur sohada onlayn xizmatlardan foydalanish mumkinligi, bunda turli ovoragarchiliksiz, uydan turib ham ma'lum bir xizmat turlari bo'yicha yechim olish mumkinligi bo'yicha aniq tushunchalar berilmoqda

08
Jizzaxda 44 nafar fuqarolarning uy-joylariga bo'lgan huquqlari e'tirof etildi

Joriy yilning 30-iyul kuni Xalq deputatlari Jizzax viloyat Kengashining VII-13-176-3-0-K/25-sonli qaroriga ko'ra viloyat bo'yicha jami 44 nafar fuqaroning  uy-joylariga bo'lgan huquqlari  ularning yer maydoni uchun ijara huquqi va unda qurilgan binolar va inshootlar uchun mulk huquqi e'tirof etildi.

Jumladan Jizzax shahar va G'allaorol tumanida 1 nafardan,  Arnasoy tumanida 2 nafar, Baxmal tumanida 11 nafar, Zarbdor tumanida 7 nafar, Sh.Rashidov tumanida 13 nafar, Zomin tumanida 2 nafar va Forish tumanida 7 nafar fuqarolarning o'zboshimchalik bilan egallab olingan yer-uchastkalari hamda ularda qurilgan bino va inshoatlariga bo'lgan mulk huquqlarini e'tirof etildi.  bo‘yicha xalq deputatlari Jizzax viloyat Kengashining qarori qabul qilindi.

08
Adliya_aralashgach

Forish tuman adliya bo‘limiga tuman hududida joylashgan 66 ta umumta’lim maktablari CHQBT (Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik rahbari) lavozimida ishlab kelayotgan o‘qituvchilar bilan shtat qisqarganligi tufayli 2025-may oyining oxirida va iyun oyining 5-sanasiga qadar mehnat shatnomalari bekor qilinganligi, biroq hozirgi kunga qadar ishdan bo‘shatish nafaqasi to‘lab berilmaganligidan norozi bo‘lib undirishda amaliy yordam berishni so‘rab qilgan murojaatlari ish yurituvga qabul qilinib o‘rganib chiqildi.

Mazkur holat yuzasidan Forish tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qonunbuzilish holati yuzasidan, 2025-yil 21-iyul 4024/1-508/10-sonli taqdimnoma kiritilib, natijasi yuzasidan 2025-yil 4 avgust kuni tumandagi 58 nafar CHQBT rahbarlariga (o‘qituvchilariga) 188 365 036 so‘m  miqdorda ishdan bo‘shatish nafaqa pullari to‘lab berildi.

07
“Mening mahallamda jinoyat boʻlmaydi” dasturi doirasida huquqiy targʻibot tadbiri o‘tkazilib, aholiga "Sayyor davlat xizmatlari" ko‘rsatildi

Forish tumani adliya bo‘limi YXKM hamda DXM tomonidan mahalla yettiligi bilan hamkorlikda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 03.01.2025-yildagi PQ-1 son qarori mazmun-mohiyatini tushuntirish hamda huquqbuzarliklarning oldini olish yuzasidan boshqarma boshlig'i tomonidan tasdiqlangan "Chora-tadbirlar dasturi" asosida 08.08.2025-yilda tumandagi “UCHMA” MFYda mahalla aholisi uchun huquqiy targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi va sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatildi.

Firibgarlik jinoyati qurboniga aylanishini oldini olish maqsadida bu kabi jinoyatlarning yangi turlari va sodir etish usullari haqida tushunchalar berildi.

06
HUQUQIY TARG'IBOT

Jizzax shahar adliya bo’limi yuridik xizmat ko’rsatish markazi xodimlari tomonidan Jizzax viloyat ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi Jizzax shahar bo'limi bilan hamkorlikda “Ekologik madaniyatni yuksaltirish - bugungi kun talabi” mavzusida o’quv seminar o’tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 15.05.2025-yildagi “2030-yilgacha bo‘lgan davrda aholining ekologik madaniyatini yuksaltirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PQ-184-son hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 18.05.2018-yildagi “Maishiy chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish
tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3730-son Qarorlarining mazmun-mohiyatini jamotchilikka yetkazish, suvdan oqilona va tejamkorlik bilan foydalanish, jamiyatda yuksak ekologik madaniyatni shakllantirish, ekologiya sohasidagi huquqbuzarliklarga qarshi kurashishda jamoatchilik nazorati mexanizmlarini mazmun-mohiyati yuzasidan o'quv seminari tashkil qilindi.

Tadbir davomida ishtirokchilar qonunchilik tizimidagi so'nggi o'zgarishlardan xabardor qilindi.

06
O‘quv-amaliy semin tashkil etildi

O’zbekston Respublikasi Prezidentining “Davlat organlari va tashkilotlarda ijro intizomini yanada mustahkamlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” Farmoni mazmun-mohiyatini tushuntirish hamda ijro intizomini mustahkamlash masalalari yuzasidan joylarda o‘quv-amaliy seminarlar tashkil etib borilmoqda.

Jizzax shahrida O’zbekiston Respublikasi Hisob palatasi va Adliya vazirligi xodimlari tomonidan tashkil etilgan seminarda davlat organlari va tashkilotlarining mazkur sohaga mas’ul xodimlari ishtirok etdi.  

Tadbirda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti topshiriqlari ijrosini nazorat qilishning yangi mexanizmi va Vazirlar Mahkamasi topshiriqlari ijrosini “Ijro.gov.uz” elektron tizimi orqali nazorat qilishni tashkil etish to‘g‘risida taqdimot qilindi.

Tadbir ishtirokchilari ijro intizomidagi mavjud nazorat tizimi va unda yechimini kutayotgan yo‘nalishlar, endilikda integratsiya qilinadigan axborot tizimlari, sohaga sun’iy intellektni joriy qilish va shu kabi yangi ma’lumotlarga ega bo‘ldilar. Bunday yangi mexanizmlarni ishlatish natijasida topshiriqlarning bajarilmaslik xavfini oldindan aniqlash hamda barvaqt choralarni qo‘rish imkoniyati yaratiladi, muddatidan kech bajarish 23 foizdan 5 foizgacha kamaytiriladi.

Bunday uchrashuvlar soha mutaxassislarining kerakli bilimlarni egallashlariga va yangiliklardan xabardor bo‘lishiga zamin yaratadi hamda ulardan olingan takliflardan kelib chiqib ishlarni yanada samaraliroq tashkil etish imkoniyati yaratiladi.

05
Intellektual mulk huquqini himoya qilish boʼyicha tadbirkorlar va davlat organlari ishtirokida uchrashuvlar tashkil etilmoqda

Jizzax viloyatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlar huquqlari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq tadbirkorlarga intellektual mulk huquqiga rioya qilish va uning huquqiy oqibatlari yuzasidan xabardorligini oshirishga oid seminar-treninglar tashkil etib borilmoqda. Navbatdagi uchrashuv Adliya vazirligi va Jizzax viloyati adliya boshqarmasi xodimlari hamda Jizzax maxsus iqtisodiy zonasida joylashgan “Deya” tovar belgisi ostida faoliyat ko‘rsatayotgan “Iruskon” MChJ rahbariyati o'rtasida bo'lib o'tdi. Unda intellektual mulk obyektlarini himoya qilish uchun tegishli davlat organlariga murojaat qilish, tovar belgilariga nisbatan huquqbuzarlik uchun javobgarlik choralari to‘g‘risida qonunchilikka kiritilgan o‘zgartirishlar haqida batafsil ma’lumot berildi.

Vazirlik ishchi guruhi tomonidan viloyatdagi vaziyat batafsil o'rganildi. Milliy tovar belgilarini ro'yxatdan o'tkazishda tadbirkorlarga amaliy yordam berish yuzasidan aniq tavsiyalar berilib, kelgusida amalga oshirilishi lozim bo'lgan ishlar kelishib olindi.

04
#Hech_bir_shaxs_hujjatsiz_qolmaydi

Zomin tumani adliya bo’limi FXDY bo‘limi tomonidan “Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi” huquqiy aksiyasi doirasida sha’riy nikohda yashab kelayotgan Xaydaraliev Umidjon va Qo‘shboqova Saodatlarning nikoxi qonuniy rasmiylashtirilib berildi.

Shuningdek, 25.07.2025-yil tug‘ilgan Abdug‘afforova Xadichaxoning tug‘ilganlik haqida guvohnomasi sayyor ravishda tuman tibbiyot birlashmasi tug‘ruq bo‘limida tantanali topshirildi.

01
OCHIQ DAVRA SUHBATI

Yangiobod tumani adliya boʻlimi hamda Fuqarolik ishlari boʻyicha Zomin tumanlararo sudi bilan hamkorlikda, "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazida ochiq davra suhbati tashkil etildi.
Ochiq davra suhbati davomida, adliya boʻlimi boshligʻi J.Abduxoliqov tomonidan xodimlarga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 484-sonli Qarori va boshqa normativ- huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati tushuntirildi.
Shuningdek, ishtirokchilarga Fuqarolik ishlari boʻyicha Zomin tumanlararo sudi sudyasi A.Poʻlatov tomonidan, FHDY organlarida va Fuqarolik ishlari boʻyicha sudlarda nikohdan sud tartibida ajratish hamda sudlarga daʼvo kiritish tartibi boʻyicha huquqiy tavsiya va tushuntirishlar berildi.