Yangiliklar
Jizzax viloyat adliya boshqarmasi tashabbusi bilan Arnasoy tuman adliya bo'limida ochiq eshiklar kuni tashkil etildi.
Unda tumandagi umumta'lim maktablari o'quvchilari yahlit adliya uyi negizida birlashgan Arnasoy tuman adliya bo'limi, davlat xizmatlari markazi, yuridik xizmat ko'rsatish markazi hamda FHDY bo'limi ish faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.
Bevosita jonli jarayonlarni kuzatish asnosida o'quvchilar xizmat ko'rsatishda aholiga yaratilgan qulaylik hamda raqamlashgan ish uslubining afzalliklariga ham guvoh bo'lishdi.
Ushbu ochiq eshiklar kuni davomida adliya sohasiga qiziqqan o'quvchilar bu erda faoliyat olib borishi uchun qanday bilimlarga ega bo'lish lozimligi haqidagi savollariga batafsil javob olishdi.
Viloyatimizning barcha hududlarida aksiya doirasidagi huquqiy tushintirish va xatlov ishlari jadal suratlarda olib borilmoqda.
✅Xususan, Jizzax shahridagi "Sayhon" , Zomin tumanidagi "Mustaqillik" va "Qo'shtol" , Sh.Rashidov tumanidagi "Sharilloq" mahallarida uyma-uy yurgan holda fuqarolarning murojaatlari o'rganilib, xatlov ishlari o'tkazildai.
♻️Aksiya boshlangandan buyon, ya'ni 26-yanvar kuniga qadar 10 dan ortiq tugʻilganlik, 5 ta oʻlim haqidagi guvoxnomalar berildi. 15 ta davlat roʻyhatidan oʻtmagan ko'chmas mulk obyektlari davlat roʻyhatidan oʻtkazildi. 11 ta tadbirkorlik subyektlari roʻyxatdan oʻtkazildi. 147 ta sayyor tartibda xizmatlar koʻrsatildi. 100 dan ortiq elektron kalitlar olib berildi.
Jizzax viloyat teleradiokompaniyasining "Subhidam" tongi dasturi orqali Adliya vazirligi tashabbusi bilan o'tkazilayotgan “Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi” huquqiy aksiyasi haqida tizim hodimlari tomonidan ma'lumotlar berildi.
Adliya tizimida start olgan “Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi” huquqiy aksiyasi fuqarolarning bu boradagi huquqiy muammolariga yechimdir. Aksiya davomida tug‘ilish, yaqin qarindoshining o‘limi qayd etilmagan shaxslar, nikoh, ajrim, shuningdek, tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish hamda ko‘chmas mulklarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda qiyinchiliklarga duch kelayotgan shaxslarga huquqiy ko‘maklashish maqsad qilingan.
Sharof Rashidov tumanining barcha mahallalarida xatlov ishlari olib birilmoqda. Shu bilan birga rasmiylashtirilgan hujjatlar fuqarolarga topshirilmoqda.
Jizzax yuridik texnikumida oʻqituvchilar va talabalar ishtirokida “Adolatning 100-yilligi” mavzusida davra suhbati boʻlib oʻtdi. Unda mamlakatimizda sud-huquq sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, xususan, protsessual qonunchilikka kiritilgan oʻzgarish va qoʻshimchalarning mazmun-mohiyati tushuntirildi.
Tadbir ishtirokchilari mavzu yuzasidan, Jizzax viloyat sudi raisi Akram Shukurov hamda Jizzax viloyat sudi raisining oʻrinbosari - fuqarolik ishlari boʻyicha sudlov hayʼati raisi Nodirjon Rasulovning maʼruzalarini katta qiziqish bilan tingladi.
Jonli muloqot tarzida oʻtgan davra suhbati jarayonida ishtirokchilar mavzu yuzasidan oʻz fikr-mulohazalarini bildirdi va oʻzlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldi.
Adliya vazirligi tomonidan “Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi” huquqiy aksiyasi bo‘lib o‘tmoqda.
Mazkur aksiya 2024 yil 20 martgacha davom etadi.
Huquqiy aksiya doirasida:
tegishli hujjatlarga ega bo‘lmagan shaxslar respublika miqyosida xatlovdan o‘tkaziladi;
fuqarolarning ushbu turdagi murojaatlari joylarda tashkil etilgan maxsus shtablar yoki “1148” ishonch telefoni orqali tezkorlik bilan qabul qilinadi;
sayyor qabullar tashkil etiladi;
kelib tushgan barcha murojaatlar o‘rganib chiqilib, muammolarni qonuniy hal etishga ko‘maklashiladi.
Jizzax viloyat yuridik texnikumida “Rahbar va yoshlar” loyihasi doirasida “Yuridik kasb va yoshlar” mavzusida ochiq muloqot oʻtkazildi.
Tadbirda mamlakatimizda yoshlarning huquq va erkinliklarini taʼminlash, orzu-umidlarini roʻyobga chiqarish masalasiga davlat siyosati darajasida eʼtibor qaratilayotgani, oʻz iqtidor va salohiyatlarini yuzaga chiqarishlari uchun keng imkoniyatlar yaratib berilayotganligi taʼkidlandi.
Uchrashuvda boshqarma boshlig'i tomonidan huquqshunos mas'uliyati, adliya organlari va muassasalari faoliyat turi va maqsadlari hamda tizimdagi raqamlashtirish jarayonlari bo'yicha batafsil ma'lumot berib o'tildi.
Rasmiyatchilikdan xoli, erkin muloqot shaklida oʻtgan uchrashuvda yoshlar o'zlarini qiziqtirgan savollariga boshqarmasi boshlig'idan aniq javoblar olishdi. Qonunchilikda yoshlarga berilgan imtiyozlar haqida batafsil tushunchalar berildi.
Ochiq muloqot davomida yoshlarning muammolari, taklif va mulohazalari tinglandi.
O'zNNTMA Jizzax viloyat hududiy bo'linmasi tashabbusi bilan Davlat tashkilotlari bilan NNTlar o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni yanada yaxshilash hamda adliya organlariga hisobotlar topshirish tartibini tushuntirishga bag‘ishlangan #Siz_hisobot_topshirdingizmi aksiyasi doirasida tadbir tashkil etildi.
Tadbirda nodavlat notijorat tashkilotlarning 2023 yildagi faoliyati to‘g‘risidagi hisobotlarni www.e-ngo.uz portali orqali elektron shaklda taqdim qilish tartibi va ularning muddatlari bo‘yicha ishtirokchilarga batafsil maʼlumot berildi.
Shuningdek, hisobotlarni vaqtida topshirmaganlik uchun qonunda belgilangan meʼyoriy choralar to‘g‘risida NNTlar xabardor qilindi.
Jizzax viloyati yuridik texnikumida “Yilning eng yaxshi o‘qituvchisi" tanlovi g‘olibi aniqlandi.
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirining buyrug‘iga muvofiq, har yili ta'lim sifatini oshirish va o‘qituvchilar salohiyatini yanada rivojlantirish maqsadida adliya tizimidagi taʼlim muassasalarida “Yilning eng yaxshi oʻqituvchisi" tanlovi o‘tkazib boriladi.
Shu munosabat bilan Jizzax viloyati yuridik texnikumida tanlovning viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Tanlovni adolatli va shaffof bo‘lishini ta'minlash maqsadida hakamlar hay'ati tarkibiga
Jizzax viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari B.Pirxalov va boshqarma vakillari ham jalb qilindi.
Tanlovning yakuniy natijalariga koʻra:
1️⃣-oʻrinni Muxamadiyev Xojiakbar
2️⃣-oʻrinni Abdunazarova Mahliyo
3️⃣-oʻrinni Mamatqulova Gulzoda egallashdi.
Tanlov hududiy bosqichi g‘olibi X.Muxamadiyev respublika bosqichida ishtirok etishi huquqini qo‘lga kiritdi.
Қонунчиликка кўра, транспорт воситасини бошқариш ҳуқуқига эга бўлиши учун ўрганувчи ўқув муддати якунида қуйидаги ёшга тўлган бўлиши керак. (https://lex.uz/docs/5953883#5955995)
➖"А" тоифаси учун — 16 ёшга;
➖"B" ва "C" тоифалари учун — 18 ёшга;
➖"BE" ва "CE" тоифалари учун — 19 ёшга;
➖"D" ва "DE" тоифалари ҳамда трамвай ва троллейбуслар учун 21 ёшга.