Yangiliklar
Jizzax shahar adliya bo'limi Yuridik xizmat ko'rsatish markazi boshlig'i N.Fayziyeva tomonidan Jizzax shahar Shodlik MFYda joylashgan 15-sonli maktabning 10-sinf o'quvchilari bilan davra suhbati tashkil etildi.
Tadbirda yosh avlodni Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash, yoshlarda vatanparvarlik hissini shakllantirishga oid tushuntirishlar hamda yoshlarning huquqiy savodxonlik darajasini oshirish maqsadida, O’zbekiston Respublikasining 2016-yil 14-sentabrdagi 406-sonli Qonuni hamda O’zbekistonda yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar va boshqa qonunchilik hujjatlari doirasida tushuntirishlar berildi.
Tadbir so'nggida, o'quvchilarning savollariga atroflicha javob berildi.
Milliyligimizning goʻzal jilosi atlasu adraslarimizda oʻz aksini topgan. Oʻzining koʻp yillik tarixi va oʻtmishiga ega boʻlgan bu matolar xalqimizning anʼanalariga hamohang tarzda hali-hanuz ehtiromda.
“Xon atlas” milliy matolar festivali bugun mamlakatimizdagi minglab xotin-qizlarni milliylik targʻibotchisi sifatida birlashtirmoqda. Jizzax viloyat adliya tizimida faoliyat yuritayotgan ayollar bugun har doimgidanda goʻzalroq, sababi ular atlasu adraslarda oʻz faoliyatlarini olib borishmoqda.
Bu kabi ezgu tashabbuslar har bir ayol siymosida jamiyatda va oilada oʻz oʻrnini topgan davr qahramonlarini yaratadi.
Bugunda adliya tizimiga biriktirilgan yoshlar bilan ishlash, ularning muammolarini oʻrganish va yechim topish maqsadida olib borilayotgan amaliy harakatlar boʻyicha suhbatlashdi.
Baxmal tumanida 4 mingga yaqin yoshlar bilan tizimli ishlar olib borilayotgani eʼtirof etildi. “Fayzobod” mahallasida tashkil etilgan 500 ga yaqin kitoblar bilan taʼminlangan kutubxona faoliyati haqida maʼlumot berildi.
Shu bilan birga Jizzax shahar adliya boʻlimi davlat xizmatlari markazi faoliyati bilan tanishdi. Markazda bir kunda 400-500 nafar fuqaroga davlat xizmati koʻrsatiladi. Ayni paytda xizmat turlari 335 dan ortiqni tashkil etmoqda. Adliya vaziri tomonidan DXM binosida fuqarolarga qoʻshimcha qulaylik yaratish maqsadida binoda “VIP zona” tashkil etish yuzasidan topshiriq berildi.
Shu bilan birga, yuridik xizmat koʻrsatish markazi xodimlari, Madad NNT, Xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariuslar faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Ularning tizim faoliyatini samarali tashkil etish boʻyicha fikr-mulohazalari tinglandi.
Adliya vaziri jizzaxlik tadbirkorlar, oʻzini-oʻzi band qilgan fuqarolar bilan uchrashdi
Adliya vaziri Akbar Toshqulov Jizzax viloyatiga xizmat safari davomida mahallalarda tashkil etilgan tadbirkorlik subyektlari, oʻzini-oʻzi band qilgan aholi bilan uchrashmoqda. Jizzax shahridining “Nurliobod” mahallasida 1568 nafar aholi istoqomat qiladi.
Mahallada joylashgan “LUKS TURON SAVDO” MCHJ rahbari Sanjar Ergashev kasanachilikning “Rotang mebel” yoʻnalishida 1.5 milliard soʻmlik loyihani amalga oshirdi. 30 nafar hudud aholisi ish bilan taʼminlangan mazkur loyiha orqali 30 ta xonadonga mebel toʻqishni amalga oshiruvchi texnikalar yetkazib berildi.
Shu bilan birga 50 ta xonadonni ish bilan taʼminlashga hissa koʻshgan gul koʻchatlarini yetishtirish loyihasi orqali 50 ming dona koʻchatlar yetishtirish maqsad qilingan.
Yana bir ajoyib loyiha sifatida faoliyat olib borayotgan vanna ishlab chiqarish tashabbusi orqali ustoz-shogird anʼanasi yoʻlga qoʻyilgan boʻlib, bu tizim dastlabki bosqichlardanoq oʻzining samarali natijalarini koʻrsatmoqda. Loyiha doirasida mahallaning 50 nafar yoshlari ish bilan taʼminlandi.
Uchrashuv davomida adliya vaziri tadbirkorlik subyektlari, oʻzini-oʻzi band qilganlarga qonunchilikda belgilangan imtiyozlar va imkoniyatlar haqida tushuntirish berdi. Ularni qiynayotgan muammolarni bartaraf etish boʻyicha huquqiy tavsiyalar berildi.
“Yoshlarga yer ajratish orqali ularning daromadlarini oshirish va bandligini ta'minlash, shuningdek, yangi yer maydonlarini o'zlashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident Qarori (PQ-153-son, 05.04.2024 y.) qabul qilindi
Qarorga ko'ra, tuman hokimliklari zaxirasidagi 60 ming gektar yer maydoni elektron onlayn auksion savdolariga qo'yilib, yoshlarga ijaraga beriladi hamda qishloq xo'jaligi mahsulotlarini yetishtirishdan sotishgacha bo'lgan zanjirni qamrab oluvchi quyidagi yangi tizim joriy etiladi:
✅ 60 ming gektar yer maydonini ijaraga berish bo'yicha elektron onlayn auksion savdolari “E-auksion” elektron savdo platformasi orqali “mahalla yettiligi”ning tavsiyasi bilan shakllantiriladigan ro'yxatga kiritilgan yoshlar (talabgorlar) o'rtasida o'tkaziladi.
Bunda:
yer maydonlarini ijaraga berish bo'yicha elektron onlayn auksion savdolari g'oliblariga yer uchastkasi narxini 10 yil muddatga teng ulushlarda foizsiz bo'lib-bo'lib to'lashga ruxsat beriladi;
zakalat puli BHMning 1 baravari (340 ming so'm) miqdorida belgilanadi.
“Mehnat migratsiyasi jarayonlarini takomillashtirish hamda xorijda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan shaxslarni qo'llab-quvvatlashga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi Prezident Farmoni (PF-59-son, 04.04.2024 y.) qabul qilindi
Farmonga ko'ra, quyidagilar tashkil etiladi:
Kambag'allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi (Agentlik);
Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasida 4 shtat birligidan iborat bo'lgan Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari bo'limi (Bo'lim);
Shuningdek, quyidagilar kiritiladi:
kambag'allikni qisqartirish va bandlik vazirining o'rinbosari – Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi direktori lavozimi;
O'zbekistonning Buyuk Britaniya, BAA, Vengriya, Germaniya, Latviya, Polsha hamda Yaponiya davlatlaridagi diplomatik va konsullik muassasalari shtat jadvaliga qo'shimcha ravishda 1 ta shtat birligidan iborat mehnat migratsiyasi masalalari bo'yicha attashe lavozimi.
"Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida aholining biznes tashabbuslarini moliyalashtirishni takomillashtirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi Prezident Qarori (PQ-149-son, 02.04.2024 y.) qabul qilindi
Qarorga ko'ra, 2024-yil 1-apreldan 2024-yilda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida kreditlar o'zini o'zi band qilgan jismoniy shaxslarga (asosiy ish joyiga ega shaxslar bundan mustasno) quyidagicha ajratiladi:
33 million so'mgacha, bir yildan so'ng ushbu qarz oluvchining tadbirkorlik faoliyati samaradorligi, qarzning maqsadli ishlatilganligi hamda zaruratga qarab guruh kafilligi (kamida 3 nafar fuqaro) bilan qo'shimcha 50 mln so'mgacha revolver asosida;
ushbu kreditlardan tomorqani rivojlantirishning bir nechta yo'nalishlarida (parrandachilik, quyonchilik, chorvachilik, asalarichilik, baliqchilik va ixcham issiqxona) foydalanishi uchun;
yer maydoni 10 sotixdan ortiq bo'lgan tomorqa yer egalariga va ijarachilarga 50 mln so'mgacha garovsiz;
10 sotixli ixcham issiqxonalarni barpo etish va baliqchilik faoliyatini tashkil etish uchun 100 mln so'mgacha garovsiz.
Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi vakolatli banklar bilan birgalikda 2024-yil 1-iyuldan mahallalarda dasturlar doirasida ajratilgan kreditlardan maqsadli foydalanilishi monitoringini va ularning samaradorligini baholash mexanizmini joriy etadi.
Jizzax viloyat direktorlar kengashi tomonidan "Zamonaviy taʼlim-rahbarlar nigohida" shiori ostida oʻquv seminar trening oʻtkazildi!
Sayyor qabul tashkil etildi!
Jizzax shahar adliya bo'limi hamda Jizzax shahar ichki ishlar boshqarmasi tomonidan Jizzax shahar Ravalliq mahallasida xotin-qizlarning muammolarini aniqlash hamda ularning huquqlarini tushuntirish, zarur hujjatlarni rasmiylashtirishga qaratilgan sayyor qabul tashkil etildi.
✅Sayyor qabulga mahallaning mas'ul xodimlari jalb etildi. Qabul davomida xotin-qizlarning huquqlari, davlatimizda ularga yaratilgan imkoniyatlar hamda qonunchiligimizdagi ohirgi o'zgarishlar to'g'risida batafsil ma'lumot berildi.
✅Mahalla xotin-qizlari tomonidan berilgan huquqiy masalalarga oid savollariga huquqiy tushuntirishlar berildi.
Prezident tomonidan imzolangan Qonun (O'RQ-921-son, 15.03.2024 y.) bilan ayrim kodekslarga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritildi
Jinoyat kodeksiga kiritilgan o'zgartirishga ko'ra:
Uchuvchisiz uchadigan apparatlarni, ularning butlovchi va ehtiyot qismlarini qonunga xilof ravishda olib kirish, o'tkazish, olish, saqlash yoki ulardan foydalanish, shunday harakatlar uchun ma'muriy jazo qo'llanilganidan keyin sodir etilgan bo'lsa, quyidagicha jazolanadi:
BHMning 25 baravaridan 50 baravarigacha (8 mln 500 ming so'mdan 17 mln so'mgacha) miqdorda jarima;
3 yilgacha axloq tuzatish ishlari;
3 yilgacha ozodlikni cheklash;
3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish.
✅ Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksiga quyidagi qo'shimchalar kiritildi:
Uchuvchisiz uchadigan apparatlarni, ularning butlovchi va ehtiyot qismlarini qonunga xilof ravishda olib kirish, o'tkazish, olish, saqlash yoki ulardan foydalanish, uchuvchisiz uchadigan apparatlarni, ularning butlovchi va ehtiyot qismlarini musodara qilib, BHMning 10 baravaridan 20 baravarigacha (3 mln 400 ming so'mdan 6 mln 800 ming so'mgacha) miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.
Mazkur harakatlarni sodir etgan shaxs, agar u uchuvchisiz uchadigan apparatlarni, ularning butlovchi va ehtiyot qismlarini o'z ixtiyori bilan topshirsa, ma'muriy javobgarlikdan ozod qilinadi.
Ilgari bu norma mavjud emas edi.
Bunda, uchuvchisiz uchadigan apparatlarni qonunga xilof ravishda olib kirish, o'tkazish, olish, saqlash yoki ulardan foydalanish uchun avval ma'muriy keyin jinoyat javobgarlik belgilandi.
❗️Avval to'g'ridan-to'g'ri jinoiy javobgarlik belgilangan edi.
Qonun rasmiy e'lon qilingan kundan e'tiboran 3 oy o'tgach kuchga kiradi.