Yangiliklar
Jizzax viloyat adliya boshqarmasi hamda Jizzax viloyat yuridik texnikumi hamkorligida “Tegdoshimga huquqiy yordam” loyihasi doirasida tengdosh-tengdoshga tamoyili asosida tashkil etilgan targ'ibot guruhlari barcha hududlardagi umumta'lim maktablarida b'lishib, o'quvchilar bilan davra suhbatlari tashkil etishmoqda. Bu orqali ularni huquqshunoslik kasbiga hamda ushbu sohaga qiziqishlari oshib borayotganligi yuridik texnikum o'quvchilarini o'z tengdoshlari bilan bevosita muloqotlarida yaqqol namoyon bo'lmoqda.
Jizzax tajribasi hisoblangan Zomin va Yangiobod tumanlarida tashkil etilgan targ'ibot tadbirlari davomida adliya tizimi, mazkur soha vakillarining vazifa va funksiyalari, jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni oshirish borasidagi sayi-harakatlari alohida ta'kidlandi.
Bundan tashkari, o'quvchilarning savollaridan kelib chiqib yuridik texnikumda va yurisprudensiya yunalishida o'qish uchun qanday fanlarni puhta o'rganishi kerakligi, qabul jarayonlari, huquqshunos mutaxassiligi bilan qaysi davlat organlarida ishlashi haqida batafsil tushunchalar berildi.
Viktorina o'yinlari orqali o'quvchilarning bilimlari sinovdan o'tkazilib, eng faol yoshlarga esdalik sovgali taqdim etildi.
Adliya vazirligi tashabbusi bilan “Tegdoshimga huquqiy yordam” loyihasi amalga oshirilishi belgilangan bo'lib, bundan ko'zlangan maqsad tengdosh-tengdoshga tamoyili asosida yoshlarning huquqiy bilimlarini mustahkamlash, yoshlarni qonunlarga itoatkor va ularga hurmat ruhida tarbiyalashga ko'maklashish, asosiysi mamlakatimizda sodir bo'layotgan voqea xodisalardan xabardor bo'lishlari va yangi qabul qilinayotgan qonun hujjatlari mazmun-mohiyatini anglab yetishlari uchun yuzma-yuz uchrashuvlar tashkil etishdan iboratdir.
Jizzax viloyat adliya boshqarmasi hamda Jizzax viloyat yuridik texnikumi hamkorligida tashkil etilgan targ'ibot guruhlari barcha hududlardagi umumta'lim maktablarida b'lishib, o'quvchilar bilan davra suhbatlari tashkil etishmoqda. Bu orqali ularni huquqshunoslik kasbiga hamda ushbu sohaga qiziqishlari oshib borayotganligi yuridik texnikum o'quvchilarini o'z tengdoshlari bilan bevosita muloqotlarida yaqqol namoyon bo'lmoqda.
Baxmal va G'allaorol tumanlarida tashkil etilgan viloyatdagi tuman (shahar) maktabgacha va maktab ta'lim bo'limlariga qarashli umumiy o'rta ta'lim maktablarida tashkil etilgan "Huquq sinf"laridagi targ'ibot tadbirlari davomida adliya tizimi, mazkur soha vakillarining vazifa va funksiyalari, jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni oshirish borasidagi sayi-harakatlari alohida ta'kidlandi.
Bundan tashkari, o'quvchilarning savollaridan kelib chiqib yuridik texnikumda va yurisprudensiya yunalishida o'qish uchun qanday fanlarni puhta o'rganishi kerakligi, qabul jarayonlari, huquqshunos mutaxassiligi bilan qaysi davlat organlarida ishlashi haqida batafsil tushunchalar berildi.
Viktorina o'yinlari orqali o'quvchilarning bilimlari sinovdan o'tkazilib, eng faol yoshlarga esdalik sovgali taqdim etildi.
Mamlakatimiz taraqqiyoti har tomonlama o‘sib kelayotgan navqiron avlodning ta’lim tarbiyasi, ma’naviyati va madaniyati bilan chambarchas bog‘liq. Shu bois yoshlarning tarixiy va madaniy merosimiz bilan tanishtirish muhim ahamiyatga ega.
Zafarobod tumani prokurori va tuman Adliya bo'limi boshlig'i hamkorligida, bir guruh otaliqqa olingan yoshlarni bo'sh vaqtini mazmunli o'tkazish maqsadida, Samarqand shahrining tarixiy obidalari va diqqatga sazovor joylariga sayohat tashkil etildi.
Ushbu sayohat yoshlarimizning bilim va tajribalarini boyitish, ularni Vatanimiz tarixi va madaniyatiga bo‘lgan qiziqishlarini oshirishga xizmat qiladi.
Yangi tayinlangan tuman (shahar) hokimlarining lavozimga kirishish (adaptatsiya) jarayonini jadallashtirish, hokim va uning jamoasini yagona maqsad yo‘lida o‘zaro birlashtirish, hokimlik va sektor rahbarining samarali faoliyat yuritishi uchun zarur bo‘lgan bilim va ko‘nikmalarni berish maqsadida navbatdagi ekspress-trening Mirzacho‘l tumanida o‘tkazildi.
Trening ishtirokchilariga davlat fuqarolik xizmati sohasidagi yangiliklar, sektor rahbarlari faoliyati samaradorligini baholash mexanizmi, vazifalar, reja va amaldagi ko‘rsatkichlar bo‘yicha ma’lumotlarning shakllanishi, baholash tartibi tushuntirildi, sektorlar faoliyatining 2024 yilning birinchi yarim yillik natijalari muhokama qilindi.
Murojaatlar bilan ishlash, ijro intizomi, aholi salomatligini muhofaza qilish, bandligini ta’minlash, kambag‘allikni qisqartirish, qurilish, investisiya yo‘nalishlaridagi ustuvor vazifalar yuzasidan fikr-mulohazalar almashildi.
Shuningdek, adliya boshqarmasi mas'ul xodimi tomonidan "Manfaatlar to'qnqshuvi to'g'risida"gi Qonun mazmum-mohiyati batafsil tushuntirib o'tildi.
Shu bilan birga, korrupsiyaga oid islohotlarni birdek ta’minlanishiga barcha mas’ul ekanligi ta’kidlanib, manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida xabar bermaganlik uchun belgilangan jazo choralari haqida to‘xtalib o‘tildi.
Mazkur yuzma-yuz muloqotlar aholining shu yo'nalishdagi muammolarini o'rganish, murojaatlarni tinglash asnosida uning echimini hamkorlikda ijobiy hal etish boradidagi amalliyatni yo'lga qo'yishdan iboratdir.
Adliya boshqarmasi boshlig'i A.Ergashev tomonidan sohaga oid murojaatlar qabul qilinib, aksariyatiga huquqiy tushuntirisglar berildi, to'g'ri yo'l-yo'riq ko'rsatildi. Yechimi o'rganish talab etadigan murojaatlar ish yurituviga olindi.
Kasb-hunar o'rganib tikuvchilik bilan shug'ullanish istagida bo'lgan xotin-qizlarga imtiyozli kredit asosida taqdim etilgan tikuv mashinalari tantanali tarzda topshirildi.
Shu bilan birga, fuqarolarga davlat xizmatlaridan sayyor tartibda foydalanish imkoniyati yaratildi.
“Maʻmuriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining masʻuliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish toʻgʻrisida”gi farmonida belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsaadida adliya organlari tizimiga biriktirilgan maktablarda “Huquq sinf”lari tashkil etildi. Shu sabab, mazkur maktablarda 2024-2025-oʻquv yili boshlanish munosabati bilan boʻlib oʻtayotgan bayram tadbirlarida barcha tuman, shahar adliya boʻlimi xodimlari ishtirok etishmoqda.
Tadbir davomida mamlaktimizda amalga oshirilayotgan yoshlar siyosati, ularga koʻrsatilayotgan eʼtibor va imtiyozlar haqida alohida tushunchalar berib o'tildi. Adliya vakillari 1-sinfga oʻqishga kelgan jajji bolajonlarga Prezident sovgʻalari topshirish marosimlarida ham ishtirok etishdi.
Shu bilan birga, “Huquq sinfi” bilan oʻquvchilar tanishtirildi va huquq fanlari chuqurlashtirilgan holda oʻqitilishini tashkil etish orqali yuridik kadrlarni tayyorlashda “maktab — litsey — texnikum — universitet” tizimi toʻgʻrisida batafsil tushuntirish berildi.
“Maʻmuriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining masʻuliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish toʻgʻrisida”gi farmonida belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsaadida adliya organlari tizimiga biriktirilgan maktablarda “Huquq sinf”lari tashkil etildi. Shu sabab, mazkur maktablarda 2024-2025-oʻquv yili boshlanish munosabati bilan boʻlib oʻtayotgan bayram tadbirlarida barcha tuman, shahar adliya boʻlimi xodimlari ishtirok etishmoqda.
Tadbir davomida mamlaktimizda amalga oshirilayotgan yoshlar siyosati, ularga koʻrsatilayotgan eʼtibor va imtiyozlar haqida alohida tushunchalar berib o'tildi. Adliya vakillari 1-sinfga oʻqishga kelgan jajji bolajonlarga Prezident sovgʻalari topshirish marosimlarida ham ishtirok etishdi.
Shu bilan birga, “Huquq sinfi” bilan oʻquvchilar tanishtirildi va huquq fanlari chuqurlashtirilgan holda oʻqitilishini tashkil etish orqali yuridik kadrlarni tayyorlashda “maktab — litsey — texnikum — universitet” tizimi toʻgʻrisida batafsil tushuntirish berildi.
Unda viloyat hokimi Ergash Saliyev soʻzga chiqib, Markazning faoliyatiga toʻxtalar ekan, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamiga sifatli xizmatlar koʻrsatish, ularni rozi qilishdek sharafli ishlarga omadlar tiladi.
Shuningdek, ushbu tashkil etilgan yangi binoga, aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini shakllantirish, ijtimoiy himoya reyestirida turuvchi fuqarolarga qonunchilikdagi yangiliklarni yetkazish boʻyicha “Adliya burchagi” tashkil etildi.
Shu bilan birga, Oila markazining ham ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. Binoda yosh nikohlanuvchilarni oilaga tayyorlash kurslarini tashkil etish boʻyicha barcha sharoitlarga ega xonalarning yaratilganligi quvonarli hol. Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatini rivojlantirish yoʻlidagi olib borilayotgan bu kabi islohotlar oʻz samarasini berishi shubhasizdir.
Jizzax viloyat adliya boshqarmasi tomonidan eng ulug‘, eng aziz bayram “Bir bo‘lsak yagona xalqmiz, birlashsak Vatanmiz” shiori ostidagi O’zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 33 yilligiga bag‘ishlangan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Unda o‘z kasbiga bo‘lgan sadoqati, tizim faoliyatiga qo‘shgan munosib hissasi, topshiriqlarni o‘z vaqtida va sifatli bajarishdagi mas’uliyati uchun bir gurux xodimlar adliya vazirligining faxriy yorlik va esdalik qo‘l soati, viloyat adliya boshqarmasining faxriy yorliqlari bilan taqdirlanishdi.
Oliy ta’lim muassasasiga suhbat asosida o‘qishga qabul qilish uchun berilgan adliya vazirining tavsiyanomalari ham o‘z egalariga tantanali ravishda topshirildi.
Bunday ishonch va e’tibor tizim xodimlariga katta kuch hamda shijoat baxsh etadi. Soha rivoji yo‘lida yanada mas’uliyat va sadoqat bilan mehnat qilishga chorlaydi.
Viloyat adliya boshqarmasi jamoasi barcha tizim xodimlarini O’zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 33 yilligi bilan samimiy muborakbod etadi. Go‘zal yurtimizda tinchlik va osoyishtalik bardavom bo‘lsin!
Jizzax viloyat adliya boshqarmasi tashabbusi bilan Paxtakor tuman adliya boʻlimiga biriktirilgan 15 nafardan ortiq yoshlar ishtirokida ekskursiya tashkil etildi.
Unda yoshlar tuman adliya boʻlimi, yuridik xizmat koʻrsatish markazi, davlat xizmatlari markazi va FXDY organlari fa'oliyati bilan hamda tizim xodimlariga va fuqarolarga yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.
Shuningdek, yoshlarga mamlakatimizda olib borilayotgan yoshlarga oid davlat siyosati, yoshlar ishlariga doir qonunchilik va ulardagi yangiliklar mazmun-mohiyati tushuntirib berildi.
Yoshlar ekskursiya yakunida oʻzlarining adliya organlarida ishlashga boʻlgan qiziqishlari paydo boʻlganligini bildirib, viloyat adliya boshqarmasi va tuman adliya boʻlimi rahbariyatiga oʻz minnatdorchiligini bildirdi.