Yangiliklar
Jizzax viloyati yuridik texnikumida “Sifatli ta’lim va malakali mutaxassis-barqaror iqtisodiyotning asosi” shiori ostida 4-sho’ba yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
✅4-sho`ba yig‘ilishini DO'IBBO' S.Saydiyev ochib berdi. Xususiy-huquqiy fanlar kafedrasi mudiri G.Mamatqulova “Yuridik texnikumlarda ta’limning kredit-modul tizimida o‘quv jarayonini tashkil etish”, Ommaviy-huquqiy fanlar kafedrasi mudiri X.Muxamadiyev "Yangilangan Konstitutsiya", mavzularida tahliliy ma’ruzalar qilishdilar. Mavzular yuzasidan savol-javoblar, fikr mulohazalar bildirildi.
✅Sho'ba yig‘ilish yakunida 2023-2024 o‘quv yili uchun boshqarma sho’ba mudiri T.Boynazarov tomonidan professional ta’lim tizimida o'qtuvchi va o'quvchilarni hamkorlikda ishlashi, o'quvchilarni mustaqil ta'lim olishiga va ijodiy o'zlashtirishga qaratilgan ko'nikmalarini rivojlantirish haqida bir qancha tavsiyalar berib o'tildi.
Jizzax viloyat adliya boshqarmasi tomonidan viloyatda qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosining tashkil etilganlik holati yuzasidan “Jamoatchilik monitoringi va eshituvi” tashkil etilmoqda. Ushbu tadbirga fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalari xodimlari, faoli yoshlarni va jamiyat rivoji uchun oʻzini dahldor deb bilgan yurtdoshlarimizni taklif etamiz.
30-avgust soat 11:00 - Jizzax shahar adliya boʻlimi (Davlat xizmatlari markazi)
Jamoatchilik nazorati qonuniylikni taʼminlashning eng samarali usulidir!
Bugungi kunda adliya organlari tomonidan murojaatlar bilan ishlash hamda ularning ijobiy hal etilishiga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Jizzax viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘i A. Ergashev tomonidan Mirzacho‘l tumani “Toshkent” QFYda tashkil etilgan navbatdagi sayyor qabul huddi shu maqsadlarni ko'zda tutadi.
Tadbirda tuman hokimi Sh.Axmedov, tumandagi barcha sektor rahbarlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Mirzacho‘l tumanidagi Xalq qabulxonasi mudiri I.Nurmanov, faollar, tumandagi korxona, tashkilot, muassasalar rahbarlari aholi va yoshlar muammolarini o'rganish va echim topish maqsadida yuzma-yuz muloqotlarga kirishishdi.
Sayyor qabul davomida 40 nafarga yaqin fuqarolarning murojaatlari tinglandi. Aksariyatiga huquqiy tushuntirishlar berilib, masalaning ijobiy echm topishi uchun to'g'ri yo'l ko'rsatildi. Yechimi vaqt talab etadigan muammolar nazoratga olindi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligida joriy yilning 11-aprel kuni o‘tkazilgan yig‘ilishning 18-son topshiriqlar bayonida har bir vazirlik va idora rahbarlari, ularning o‘rinbosarlariga e’tiborga muhtoj yoshlar biriktirilib, har oyda kamida ikki marotaba ular bilan uchrashish va muammolarini hal etish vazifasi belgilangan.
Jizzax viloyat adliya boshqarmasi tizimiga 319 nafar yoshlar biriktirilgan bo'lib, ular bilan yaqin aloqa o'rnatilgan. Muammolari o'rganilib, ularni hal qilish borasida samarali mexanizm yaratildi.
Bugun adliya boshqarmasi tomonidan "Biz bir oilamiz" shiori ostida yoshlar bilan uchrashuv tashkil etilgan bo'lib, 100 nafar yoshlar dastlab adliya bo'limi binosiga yig'ilishdi.
Keyingi besh yil ichida mamlakatimizda xalq bilan muloqotning samarali mexanizmi yaratildi. "Har bir uyga bepul huquqiy maslahat bilan" aksiyasi doirasida Jizzax viloyat adliya boshqarmasi boshlig'i A.Ergashevning Sharof Rashidov tumani "Katta kishloq" MFYda sayyor qabuli o'tkazildi. Qabul davomida 80 nafardan ziyod fuqarolar bilan suhbatlashildi. Aksariyat murojaatlarga huquqiy maslahat berish orqali masalaning echimiga to'g'ri yo'nalish ko'rsatilgan bo'lsa, bevosita sohaga aloqador murojaatlar ish yurituviga qabul qilindi. Shu bilan birga hudud aholisiga sayyor davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyati yaratildi.
Zafarobod tuman hokimligi majlislar zalida tuman hokimligi oila va xotin-qizlar boʻlimi hamda tuman adliya boʻlimi bilan hamkorlikda Oʻzbekiston Respublikasining “Xotin-qizlar va erkaklarning teng huquqlari hamda imkoniyatlari kafolatlari” toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuninig mazmun-mohiyatini keng jamoatchilik oʻrtasida targʻib etish maqsadida targ'ibot guruhlarini o'qitishga qaratilgan seminar tashkil etildi. Tadbirni tuman Oila va xotin-qizlar boʻlimi yetakchi mutaxassis Nilufar Quvvatova ochib berib, hududdagi oilaviy nizolar, ajrimlar va mamlakatimizda xotin-qizlarga berilayotgan imkoniyatlar haqida alohida toʻxtalib oʻtdi. Shundan soʻng tuman Adliya boʻlimi boshligʻi Sherzod Ermatov “Xotin-qizlar va erkaklarning teng huquqlari hamda imkoniyatlari kafolatlari” toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni hamda Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 11-apreldagi “Xotin-qizlar va bolalar huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-829-son qonuni haqida yigʻilish qatnashchilariga batafsil tushuntirdi. Tadbirda tuman IIBning xotin-qizlar masalalari boʻyicha katta inspektori Farzona Alimova soʻzga chiqib, hududdagi xotin-qizlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar, huquqbuzarliklar va boshqa salbiy holatlar va ularning oldini olish masalalariga alohida toʻxtalib oʻtdi.
Vazirlar Mahkamasining 2022 yilning 16 may kungi 259-sonli qarori bilan tasdiqlangan "2022-2023 yillarda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha CHORA-TADBIRLAR DASTURI" ning tegishli bandlari ijrosini ta’minlash hamda jinoyatchilik holatini chuqur tahlil qilish natijalari asosida jamiyatda huquqbuzarliklarning oldini olish, aholi orasida qonunga hurmat qilish madaniyatini shakllantirish, aholini qiziqtiradigan huquqiy masalalar yuzasidan manzilli va predmetli targ‘ibot tadbirlarini o‘tkazish maqsadida adliya bo‘limi xodimlari tomonidan 2023 yilning 17 avgust kuni tumanning "Mustaqillik" va "Tinchlik" mahallarida huquqiy targ‘ibot tadbirlari amalga oshirildi.
Shuningdek, aholini qiynaydigan mavzularda huquqiy tushuntirishlar berish hamda ularning murojaatlarini o‘rganish maqsadida tumanning Cho‘lquvar mahallasida sayyor qabul tashkil etildi.
Ushbu tadbirda aholi va tadbirkorlik sub’yektlariga huquqiy, qonunchilikdagi o‘zgartirishlar bo‘yicha yechim beruvchi huquqiy mavzudagi materiallar tarqatildi.
Tadbirda adliya bo‘limi DXM tomonidan 10 ta davlat xizmatlari ko‘rsatilib, 21 ta murojaatning 14 tasiga joyida huquqiy tushuntirish berildi, 7 ta murojaat qo‘shimcha o‘rganish talab etganligi sababli ish yurituvga qabul qilindi.
Jizzax viloyat yuridik texnikumi yuridik klinika rahbari Sh.Qarshiboyeva FM 105,5 hamda 106.2 toʻlqinlarida "Huquqiy darsxona" radio loyihasining navbatdagi soni mehmoni bo'ldi.
Jonli muloqot davomida "Har bir uyga bepul huquqiy maslahat bilan" aksiyasi doirasida viktorina tashkil etildi. Unda fuqarolar uchun kerakli va dolzarb mavzularda savol-javoblar o'tkazildi. G'oliblar radioloyihaning kelgusi safariga mehmon sifatida taklif etildi.
"Har bir uyga bepul huquqiy maslahat bilan" aksiyasi doirasida Jizzax viloyat adliya boshqarmasi boshlig'i birinchi o'rinbosari E.Maxammadiyev va tuman adliya bo'limi tomonidan Zomin tumani "Turkman" MFYda sayyor qabul tashkil etildi.
Qabulda 12 murojaat ro'yhatga olinib, 10 ta murojaatga joyida huquqiy tushuntirish berildi.
Shu bilan birga uyma-uy yurgan holda aholi muammolari o`rganildi. Eng ko'p uchrayotgan masalalarning huquqiy yechimi yuzasidan ma'lumotlar berildi.
Jizzax shahar adliya bo’limi yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti A.Raxmatov tomonidan Jizzax viloyat ichki ishlar boshqarmasida “Yangi O’zbekiston konstitutsiyasi amalda” mavzusida targ’ibot tadbiri tashkil etildi.
Unda, Yangi tahrirda qabul qilingan konstitutsiya davlatimizning mustaqil, demokratik, suveren davlat sifatidagi maqomini mustahkamlovchi yangi tamoyillarni oʻz ichiga olishi hamda Konstitutsiyaviy islohot davlat va jamiyat boshqaruvi tizimidagi yondashuvni va faoliyat tamoyillarini tubdan o‘zgartirishga, Yangi O‘zbekistonda o‘zaro munosabatlarning asosi sifatida “davlat-jamiyat-inson” tamoyili o‘rniga “inson-jamiyat-davlat” ğoyasini asos qilib qóyishga qaratilganligi kabi jihatlari tóğrisida batafsil tushunchalar berilishi bilan bir qatorda Konstitutsiyamiz kuchga kirgandan so’ng qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar to’g’risida ham ma’lumotlar berib o’tildi.
Ma’ruza so’ngida yig’ilish ishtirokchilari tomonidan berilgan savollarga javob berildi.