Bog'lanish

Telefon
+998 72 221 50 50

Elektron manzil
jizzax@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni1008

Yangiliklar

14
Hushyorlik va ogohlik davr talabi

Jizzax viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasi "Hayot faoliyati xavfsizligi" o‘quv markazi xodimlari tomonidan adliya boshqarmasi “tabiiy hamda texnogen hususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish va fuqaro muhofazasi” oyligi doirasida favqulodda vaziyatlarda  havfsizlikni ta’minlash bo‘yicha amaliy o‘quv seminar o‘tkazildi.

O’tkazilgan tadbirda texnogen, tabiiy, ekalogik ofatlarning kelib chiqish sabablari bunday vaziyatlarda to'g'ri harakat qilish va boshqalarga ham yordam bera olish kerakligini xodimlarga batafsil tushuntirdi.  Bu borada ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga batafsil javob berildi.

Mavzu yuzasidan video rolik namoyish etildi, shuningdek eslatma va bukletlar tarqatildi.

13
Saylov_qonunchiligini_o’rganamiz

Ayni kunlarda joylarda Yangi tahrirdagi O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi hamda saylov qonunchiligini tushuntirish bo‘yicha targ‘ibot tadbirlari olib borilmoqda. Adliya bo‘limlari tomonidan bu boradagi vazifalarga alohida e’tibor qaratilmoqda. Aholining huquqiy savodxonligini oshirish, Konstitutsiyaning mazmun-mohiyatini teran anglab yetishlari uchun turli yo‘nalishda va turli sohalar ishtirokida tadbirlar tashkil etilmoqda. Viloyatimizdagi harbiy qismlarda bo‘lib o‘tayotgan uchrashuvlar ana shular jumlasidandir.

Sharof Rashidov tumani hamda Jizzax shahri hududida joylashgan harbiy qismlarda bo‘lib o‘tgan davra suhbatlari davomida ofitser va harbiy xizmatchilarga mavzu yuzasidan atroflicha tushuntirishlar berib o‘tildi. Asosiy Qonunimiz mamlakatimizda yangi hayot, yangi jamiyat barpo etish yo‘lida qo‘lga kiritilayotgan barcha yutuq va marralarimizning xuquqiy poydevori – kelajagimizning ishonchli kafolati ekanligi ta’kidlandi.

12
Inson huquqlari oliy qadriyat

Jizzax viloyati adliya boshqarmasi boshlig'ining birinchi o'rinbosari E.Maxammadiyev Mirzacho'l tumani "Paxtazor" ShFYda fuqarolar bilan “Inson huquqlari oliy qadriyat” huquqiy aksiya doirasida sayyor qabul oʻtkazdi. Mamlakatimizda inson manfaatlari oliy qadriyat darajasiga koʻtarildi. Bugun barcha davlat idoralari faoliyatida aholining murojaatlari bilan ishlash boʻyicha sifat jihatidan mutlaqo yangi tizim yaratildi. Joylarda oʻtayotgan sayyor qabullar xalqning dardini eshitish, ularning muammolarini hal etishda, shak-shubhasiz, kutilgan natijalarni bermoqda. Zero, Davlatimiz rahbari taʼkidlaganidek, xalq davlat organlariga emas, balki davlat organlari xalqimizga xizmat qilishi kerak.Shu maʼnoda, Jizzax viloyati adliya boshqarmasi boshlig'ining birinchi o'rinbosari E.Maxammadiyev Mirzacho'l tumani "Paxtazor" ShFYda fuqarolar bilan “Inson huquqlari oliy qadriyat” huquqiy aksiya doirasida sayyor qabuli oʻtkazdi. Qabul davomida 12 nafar fuqarolarning murojaatlari qabul qilinib nazoratga olindi. Shuningdek "Paxtazor" ShFY aholisi o'rtasida sportning shaxmat turi bo'yicha o'tkazilayotgan musobaqani tantanali ravishda ochib berdi.

09
Sifatsiz mahsulotni ajrata olasizmi?

Jizzax viloyat adliya boshqarmasi xodimlari Intellektual mulk yo‘nalishi bo‘yicha viloyatimizning barcha hududlarida targ‘ibot ishlarini olib bormoqda. Ijodiy aqliy faoliyat mahsuli hisoblangan intelleketual mulk sohasi avvalo huquqiy asoslarni mustahkamlash orqali rivojlanadi.

Shu bilan birga intellektual mulk iqtisodiyot rivojlanishining tarkibiy qismlaridan biridir. Iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarning deyarli barchasida intellektual mulk rivojiga katta e’tibor qaratilgani sababli, ularning investitsiyaviy jozibadorligi yaxshilangan, intellektual mulkning ichki yalpi mahsulotdagi ulushi keskin ortgan. Misol uchun, intellektual mulk Yevropada yalpi ichki mahsulotning 45 foizini, Xitoyda 12, Rossiyada esa 7 foizni tashkil etadi.

Bugungi kunda O’zbekistonda ham intellektual mulkni rivojlantirish va uni huquqiy himoya qilish borasida bir qator ishlar amalga oshirilib kelinmoqda. Intellektual mulk agentligi 2019 yilda Adliya vazirligi tizimiga o‘tkazilgani natijasida ushbu sohani takomillashtirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi. Adliya vazirligi tashabbusi bilan intellektual mulk sohasini rivojlantirish maqsadida tizimli islohotlar amalga oshirib kelinmoqda.

Jumladan, ushbu sohaga korrupsiyaga qarshi kurashish mexanizmlari joriy etildi. Agentlik amaliy tajribaga ega bo‘lgan kadrlar bilan to‘ldirildi va ularni moddiy rag‘batlantirish choralari kuchaytirildi. Intellektual mulk huquqlarini himoya qilish jarayoniga ilk marotaba 200 dan ortiq hududiy adliya organi jalb qilindi. Shuningdek, ochiqlik va shaffoflik prinsipini ta’minlash maqsadida intellektual mulkni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda talabnomalarni qabul qilish jarayoni to‘liq elektron shaklga o‘tkazildi.

Bundan tashqari,intellektual mulk ob’ektlarining huquqiy muhofazasini yanada kuchaytirish maqsadida Adliya vazirligi tomonidan kiritilgan takliflarga asosan, intellektual mulk sohasida sodir etilgan ma’muriy huquqbuzarliklarga belgilangan ma’muriy jarimalar miqdori 3-4 baravar oshirildi.

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga mualliflik huquqini va turdosh huquqlarni buzish hamda ixtiroga, foydali modelga va sanoat namunasiga bo‘lgan huquqlarning buzilishi yuzasidan yangi normalar kiritildi.

Adliya vazirligi tomonidan qisqa muddat ichida qilingan ushbu ishlar intellektual mulk sohasini har tomonlama rivojlantirish va ob’ektlarining ishonchli huquqiy himoya qilishga xizmat qilmoqda.

Arnasoy tumani hamda Jizzax shahrida o‘tkazilgan targ‘ibot tadbirlari davomida dehqon bozorlari, savdo markazlarida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar bilan yuzma-yuz uchrashuvlar tashkil etildi. Sifatsiz mahsulotlarni qanday ajratib olish, sifatlisini qanday tanlash, sifatsiz mahsulot sotishning huquqiy oqibatlari yuzasidan to‘liq tushuntirishlar olib borildi. Shu bilan birga ishlab chiqarish jarayonida brend yaratish, unga egalik huquqi, kimdir uni o‘zlashtirganda mulk huquqini qonuniy talab qilish borasida ma’lumotlar berildi.

Joyiga chiqqan xolda olib borilayotgan mazkur tadbirlar davomida tadbirkorlar uchun zarur bo‘lgan davlat xizmatlari ham ko‘rsatilmoqda.

08
Jizzax viloyat adliya boshqarmasi tomonidan “Inson huquqlari oliy qadriyat” huquqiy aksiyasi doirasida ommaviy sayyor qabullar tashkil etilmoqda.

Sayyor qabuldan ko‘zlangan asosiy maqsad fuqarolarning muammolarini joyida hal etish, o‘rganilishi talab etiladigan murojaatlarni nazorat tartibida ko‘rib chiqish uchun qabul qilish, aniqlangan qonunbuzilish holatlari yuzasidan tegishli ta’sir choralari qo‘llash, sayyor xizmatlar (notarius, davlat xizmatlari, FHDY va boshqalar) tashkil etishdan iboratdir.

Arnasoy tumani "Chinobod" MFYda tashkil etilgan sayyor qabulda adliya boshqarmasi boshlig'i A. Ergashev ishtirok etdi. Tuman hokimligi bilan hamkorlikda tashkil etilgan mazkur uchrashuvda sektor rahbarlari va mutasaddi tashkilotlar vakillari tegishliligi bo'yicha murojaatlarni qabul qilushdi.

Sayyor qabulda ishtirok etgan aholi ichimlik suvi etkazib berish, uy-joy bilan ta’minlashda subsidiya olish bo'yicha ko‘maklashish, elektr tarmoqlaridagi past kuchlanishni bartaraf etish, ish bilan ta’minlash va boshqa masalalarda huquqiy maslahatlar berish yuzasidan murojaatlar qildilar. Aksariyat murojaatlarni qabul davomida hal etish choralari ko‘rildi.

Shu bilan birga sayyor qabulga kelish imkoniyatiga ega bo'lmagan fuqarolarning honadonlariga borildi. Ular bilan yuzma-yuz muloqot davomida muammolari o'rganildi. Shu erning o'zida davlat xizmatlari ko'rsatish orqali muammolar hal etildi.

07
Bu_muhim

Jizzax viloyatida biometrik pasportni ID kartaga qayerda almashtirish mumkin?

Bugungi kunda biometrik pasportlaringizni ID-kartaga almashtirish uchun istalgan Ichki ishlar organlari yoki tegishli Davlat xizmatlari markazlariga murojaat qilishingiz mumkin.

Batafsil yuqoridagi infografikada☝️☝️

06
Adliya vazirligi tomonidan “Inson huquqlari oliy qadriyat” huquqiy aksiyasiga start berildi

Аksiyani o'tkazishdan asosiy maqsad:
- fuqarolarning qonunchilikda belgilangan huquq va manfaatlarini
ro‘yobga chiqarilishini ta’minlash;
- tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ommaviy sayyor qabullar
o‘tkazish orqali fuqarolarni uzoq vaqtlar davomida qiynab kelayotgan
muammolariga yechim topish;
- fuqarolarning buzilgan huquqlarini tiklashga doir chora-tadbirlar
ko‘rish;
- hududlarda eng ko‘p qonunbuzilish holatlariga yo‘l qo‘yilayotgan
sohalarni aniqlash maqsadida hududlar kesimida aholi orasida onlayn
so‘rovnomalar tashkil etish;
- fuqarolarning jamiyatdagi huquqiy ongi va madaniyatini yanada
yuksaltirish.

Jizzax viloaytida ham mazkur aksiya doirasida turli uchrashuvlar, sayyor qabullar tashkil etish rejalashtirilgan.
Batafsil malumotni ????72.2235200 raqamidan olishingiz mumkin.

Inson huquqlari tiklangan joyda adolat qaror topadi!

05
Matbuot anjumani

Jizzax viloyat adliya boshqarmasi tomonidan OAV xodimlari, jurnalist va blogerlar uchun  “Xotin-qizlar va bolalar huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonunning mazmun-mohiyati va ahamiyatiga bag'ishlangan matbuot anjumani tashkil etilimoqda.

7-iyun kuni soat 11:00 da Zoom platformasi orqali bo'lib o'tadigan online matbuot anjumanida ishtirok eting! Mavzu yuzasidan barcha savollarga malakali mutaxassislardan javob olishingiz mumkin.

02
O'qituvchilarning huquqlari adliya himoyasida

Paxtakor tumani "Olmazor" MFYda yashovchi K.Q, "Toshkentlik" MFYda D.O' va "Olmazor" MFYda yashovchi D.K ish beruvchi o'rtasidagi yakuniy hisob kitoblar qilinmaganligidan norozi bo'lib tuman adliya bo'limiga murojaat qildi.

Murojaatlar tuman adliya bo'limi tomonidan o'rganib chiqilib, haqiqatan ham 8 322 000 so'm miqdordagi yakuniy hisob kitoblar o'qituvchilarga to'lab berilmaganligi aniqlandi va tuman maktab va maktabgacha ta’limi bo‘limi tomonidan yakuniy hisob-kitobni to‘liq amalga oshirilishi ta'minlandi.

#Kostitutsiyani_o'rganamiz

Eslatib o'tamiz Konstitutsiyaning 52-moddasi

O‘zbekiston Respublikasida o‘qituvchining mehnati jamiyat va davlatni rivojlantirish, sog‘lom, barkamol avlodni shakllantirish hamda tarbiyalash, xalqning ma’naviy va madaniy salohiyatini saqlash hamda boyitishning asosi sifatida e’tirof etiladi.

Davlat o‘qituvchilarning sha’ni va qadr-qimmatini himoya qilish, ularning ijtimoiy va moddiy farovonligi, kasbiy jihatdan o‘sishi to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qiladi .

01
SAMARALI HAMKORLIK

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, BMT Taraqqiyot dasturi va Yevropa Ittifoqining “O‘zbekning qishloq hududlarida davlat xizmatlarini taqdim etishni takomillashtirish va boshqaruv darajasini oshirish” qo‘shma loyihasi doirasida seminar trening tashkil etildi.  Jizzax viloyati mezbonlik qilgan mazkur tadbirga mamlakatimizning yana 7 ta hududidan tinglovchilar taklif etilgan. Ayollarga davlat xizmatlarini ko'rsatishda Ayollar maslahat guruhining faoliyati va barqarorligini yaxshilash mavzusida tashkil etilgan tadbirda tajribali xalqaro ekspertlar Latviya va Yevropa Ittifoqining eng yaxshi amaliyotlarini o'zaro tajriba almashish yo'li orqali ishtirokchilarga tushuntirib berishdi.

O’zaro fikr almashish, qiziqarli o‘yinlar, savol-javoblar tarzida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda yurtimizda xotin-qizlarga yaratilayotgan keng imkoniyatlar, imtiyoz va yangiliklar haqida ham e’tirof etib o‘tildi. Joylarda faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar faollari faoliyatida yuzaga kelayotgan muammolar, ularni bartaraf etishda asosan nimalarga e’tibor qaratish kerakligi yuzasidan har bir ishtirokchi o‘z fikr-mulohazalarini bildirib o‘tdi. Mana shunday hamkorlik natijasida xotin-qizlarning jamiyatda, oilada mavqeini oshirish borasida samarali natijalarga erishish mumkinligi ta’kidlab o‘tildi.