Yangiliklar
Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash nafaqat ota-onaning balki jamiyatning ham vazifasi. Shu sabab joylardagi xotin-qizlar faolari bilan FHDY xodimlari oʻrtasida samarali hamkorlik oʻrnatilgan boʻlib, nikohlanuvchilarni oilaviy hayotga tayyorlash boʻyicha uchrashuvlar muntazam ravishda oʻtkazib boriladi.
G'allaorol, Yangiobod tuman FHDY boʻlimi hamda tuman hokimligi, oila va xotin-qizlar boʻlimi tomonidan yoshlarni oilaga tayorlash boʻyicha o'quv kursi oʻtkazildi. Yoshlarni qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar qaytarildi.
O'quv kursi yakunida ishtirokchilarga sertifikatlar topshirildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida”gi farmonida belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida tuman, shahar adliya bo'limlari tomonidan uyma-uy yurish tadbirlari amalga oshirilmoqda.
Barcha joylarda bo'lgani kabi Forish, Sharof Rashidov, Arnasoy, Yangiobod tumanlarida fuqarolarga birlamchi huquqiy yordam va maslahatlar berilib, aholi muammolari ham o'rganilmoqda. Yuridik xizmat ko'rsatish markazi, FHDY, davlat xizmatlari markazi, "Madad" NNT xodimlari birgalikda mahalla ettiligi bilan hamkorlikda targ'ibot tadbirlarini ham o'tkazib borishmoqda.
Bu jarayonlarda davlat organlari va tashkilotlarining ham ishtiroki fuqarolarga yanada qulaylik yaratmoqda. Murojaatlar tegishliligi bo'yicha o'z sohalariga etib bormoqda.
Aholiga sayyor davlat xizmatlari ham ko'rsatilmoqda.
Yoshlarni kitobga qiziqtirish, ular oʻrtasida kitobxonlik madaniyatini yanada oshirish maqsadida tashkil etilgan “Zukko kitobxon” tanlovi adliya vazirligining ezgu tashabbusi sifatida kitobxon yoshlarni bir davraga jam qilmoqda. Mazkur tanlovning tuman, shahar bosqichlarida Jizzax viloyati boʻyicha adliya organlariga biriktirilgan 4-sektor hududida istiqomat qiluvchi 14 yoshdan 30 yoshgacha boʻlgan jami 130 nafarga yaqin yoshlar ishtirok etishgan edi. Ulardan 1-oʻrinni qoʻlga kiritgan kitobxonlar viloyat bosqichida ishtirok etish uchun yoʻllanma olishgan.
Tanlovning viloyat bosqichida ana shu gʻoliblar yana bir bora sinovdan oʻtkazildi. 2 bosqichdan iborat boʻlgan tanlov natijalariga koʻra:
1-oʻrinni Davron Adanov
2-oʻrinni Diyorbek Jabborov
3-oʻrinni Goʻzal Akramova egallashdi.
Gʻoliblar adliya vazirligi tomonidan taqdim etilgan diplom va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlanishdi.
“Zukko kitobxon” tanlovining Respublika bosqichida Jizzax viloyati shaʼnini himoya qiladigan gʻolib kitobxonga omad va zafarlar tilaymiz!
Arnasoy tumani “Boʻston” mahallasidagi “Adliya kuni” tadbirlari davomida sayyor qabul tashkil etildi. Unda adliya boshqarmasi boshligʻining birinchi oʻrinbosari B.Ikromov ishtirok etib, hudud aholisi bilan suhbatladhildi. Fuqarolarning 3 ta murojaati joyida hal etildi, 3 nafar fuqaroning 4 ta huquqiy muammosi ish yurituvga olindi.
Shu bilan birga, aholiga qonunchilikdagi imtiyozlar boʻyicha tushuntirishlar berildi. Sohada qabul qilingan soʻngi qonunchilik hujjati PF-80-sonli Farmon mazmun-mohiyati tushuntirildi.
Fuqarolarning talab va istaklaridan kelib chiqib, ularning huquqiy muammolarini oʻrganish boʻyicha alohida suhbat tashkil etildi. Bir vaqtning oʻzida sayyor davlat xizmatlari koʻrsatildi. Uyma-uy yurish orqali aholi xonadonlariga borilib, huquqiy muammolari oʻrganildi. Mahalla yettiligiga oʻz faoliyatlari doirasida huquqiy tushuntirishlar berilib, yagona amaliyotni yoʻlga qoʻyish boʻyicha tegishli tavsiyalar berildi.
Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash nafaqat ota-onaning balki jamiyatning ham vazifasi. Shu sabab joylardagi xotin-qizlar faolari bilan FHDY xodimlari oʻrtasida samarali hamkorlik oʻrnatilgan boʻlib, nikohlanuvchilarni oilaviy hayotga tayyorlash boʻyicha uchrashuvlar muntazam ravishda oʻtkazib boriladi.
Zarbdor tuman FHDY boʻlimi hamda oila va xotin-qizlar boʻlimi tomonidan yoshlarni oilaga tayorlash boʻyicha uquv kursi oʻtkazildi. Yoshlarni qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar qaytarildi.
O'quv kursi yakunida ishtirokchilarga sertifikatlar topshirildi.
“Maʼmuriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining masʼuliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni bilan adliya organlariga bir qancha qoʻshimcha vaziva va funksiyalar belgilangan edi, shulardan biri davlat organlari va tashkilotlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarida yagona huquqni qoʻllash amaliyotini shakllantirishda ularga metodik yordam koʻrsatib borishdir.
Adliya boshqarmasi tashabbusi bilan mahalla fuqarolar yigʻinlarida oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash komissiyasi tomonidan oilaviy nizolarni koʻrib chiqilishi monitoring qilinganda “Oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash” komissiyasi tomonidan oilaviy ajrimlarni koʻrib chiqish va yakuniy xulosaga kelish boʻyicha yagona amaliyot mavjud emasligi aniqlandi.
Shunga koʻra, “Oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash” komissiyasi tomonidan qabul qilinadigan qarorning namunaviy shakli ishlab chiqilib, mazkur tashabbus muhokamasi uchun masʼullar ishtirokida davra suhbati tashkil qilindi. Endilikda mazkur amaliyot viloyat boʻyicha bir xilda olib borilishi, bunda nimalarga alohida ahamiyat qaratilishi yuzasidan maʼlumot berildi. Joylardagi xotin-qizlar faollarining faoliyati doirasida yuzaga kelayotgan turli xil savollarning huquqiy yechimlari yuzasidan viloyat adliya boshqarmasi xodimlari tomonidan tushunchalar berildi.
Jizzax shahar adliya bo‘limi tomonidan shaharning "Olmazor" mahallasida aholi uchun eng dolzarb masalalarni aniqlash orqali ular yuzasidan huquqiy tushuntirish va maslahatlar berish maqsadida "Huquqiy targ'ibot kuni" tadbiri tashkil etildi.
Adliya organlari vakolatlari doirasida hal etiladigan masalalar bo‘yicha huquqiy muammolarni joyida hal etish choralari ko‘rildi.
Aholiga “my.gov.uz”, “yurxizmat.uz”, “advice.uz” portallaridan foydalanish tartibi tushuntirilib, qonunchilikdagi yangiliklar va imtiyozlar haqida targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borildi.
Mahalladagi aniqlangan tizimli muammolardan kelib chiqib, ushbu yo‘nalishlarda aholiga keng qamrovli huquqiy tushuntirish ishlari olib borildi.
Aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yanada oshirishga qaratilgan targ‘ibot materiallari tarqatildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida”gi farmonida belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida tuman, shahar adliya bo'limlari tomonidan uyma-uy yurish tadbirlari amalga oshirilmoqda.
Fuqarolarga birlamchi huquqiy yordam va maslahatlar berilib, aholi muammolari ham o'rganilmoqda. Yuridik xizmat ko'rsatish markazi, FHDY, davlat xizmatlari markazi, "Madad" NNT xodimlari birgalikda mahalla ettiligi bilan hamkorlikda targ'ibot tadbirlarini ham o'tkazib borishmoqda.
Bu jarayonlarda davlat organlari va tashkilotlarining ham ishtiroki fuqarolarga yanada qulaylik yaratmoqda. Murojaatlar tegishliligi bo'yicha o'z sohalariga etib bormoqda.
Jizzax viloyatining shahar va tumanlarida “Ziyo ulash” aksiyasi doirasida 14 yoshdan 30 yoshgacha bo'lgan yoshlar o‘rtasida “Zukko kitobxon” tanlovining tuman (shahar) bosqichi bo'lib o'tdi.
Tanlov g‘olibi bo‘lgan o‘quvchilar viloyat bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdilar.
G‘olib bo‘lgan zukko kitobxonlarga esdalik sovg‘alari bilan diplomlar topshirildi.
Qonunchilikka koʻra, nodavlat notijorat tashkilotlari (shu jumladan, diniy tashkilotlar) har yili 1-fevralga qadar oʻtgan yildagi faoliyati yuzasidan adliya organiga hisobot taqdim etadi.
Hisobot shakllari bilan quyidagi havolalar orqali tanishish mumkin:
Nodavlat notijorat tashkilotlari uchun: https://lex.uz/docs/3796969
Diniy tashkilotlar uchun: https://lex.uz/docs/4089832
Hisobotni qulay va sifatli topshirish uchun https://www.e-ngo.uz/ portali ishga tushirilgan.
Hisobot nodavlat notijorat tashkilotining shaxsiy kabinetida toʻldiriladi.
Hisobot topshirish davomida adliya organi xodimi yoki har qanday shaxs tomonidan korrupsiyaga oid xatti-harakatlar sodir etilsa yoki uning alomatlari haqida maʼlumotga ega boʻlsangiz, quyidagilar orqali Adliya vazirligiga xabar berishingiz soʻraladi:
– @antikorbot telegram kanali;
– “1008” ishonch telefoni;
– (71) 207 04 39;
– info@adliya.uz;
– minjust@exat.uz.
Unutmang: hisobot adliya organiga 1 yilda faqat bir marta elektron tizim orqali topshiriladi. Qogʻoz shaklda hisobot taqdim etish talab qilinmaydi.