Bog'lanish

Telefon
+998 72 221 50 50

Elektron manzil
jizzax@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni1008

Yangiliklar

17
Yangi konstitutsiya mahalla institutining yangi bosqichga olib chiqish asosi bo‘lishi lozim

Mahalla instituti Yangi O’zbekistonda qanday vazifalarni amalga oshira olishi lozim?
2023 yil 30 aprel kuni o‘tkazilgan O’zbekiston Respublikasi referendumida umumxalq ovoz berishi orqali qabul qilingan yangi tahrirdagi O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiq o‘zini o‘zi boshqarish organlari o‘z vazifa va vakolatlarini qonunga muvofiq mustaqil ravishda hal etishga haqli  ekanligi belgilandi.
Mahalla instituti yanada aniqroq aytadigan bo‘lsak fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qadim tariximizdan shu kunga qadar milliy urf-odat va an’analarimizni o‘zida mujassam etgan  ezgulik, ta’lim-tarbiya hamda boshqaruvning o‘ziga xos o‘zaro ishonchga asoslangan nodavlat shakli bo‘lib, davlat tomonidan qo‘llab quvvatlanishi natijasida aholining ishonch va e’tiborining yuksalishi o‘laroq asrab-avaylanib, kelgusi  avlodlarga yetkazilishi lozim bo‘lgan boyligidir.
Ushbu institut fuqarolarni o‘zida birlashtirish asnosida mahalla fuqarolarining o‘zini o‘zi boshqarish organi sifatida aholining huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash, aholining dolzarb masalalarini hal qilishda, muayyan normativ-huquqiy hujjatlarning u yoki bu qoidalarini amalga oshirishda fuqarolar va davlat tuzilmalarining vakillari o‘rtasida o‘ziga xos "ko‘prik" sanalib, aholining bandligini ta’minlashda, jamiyatda oila poydevori va barqarorligini mustahkamlashda muhim o‘rin tutadi.
Mahalla va uning raisi hamda vakolatli shaxslar ushbu hududda yashovchi fuqarolarga tadbirkorlik faoliyatini tashkil etishda ko‘maklashishi, voyaga yetmaganlar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha jamoat ishlarini tashkil etishi, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar va kam ta’minlangan oilalarni qo‘llab-quvvatlash, ayniqsa oilalar, yoshlar, ayollar, keksa fuqarolarni qo‘llab-quvvatlashi, barcha turdagi yordamni, jumladan, aholining kam ta’minlangan va ijtimoiy zaif qatlamlariga moddiy yordam ko‘rsatilishida be’vosita ishtirok etishi lozim.
Shuningdek, bayramlar va muhim sanalar bilan bog‘liq ommaviy tadbirlarni tashkil etishi hamda aholining dolzarb muammolarini va ularni hal etish yo‘llarini muhokama qilish maydoni  sifatida fuqarolarni davlat boshqaruvida o‘z vakillari orqali ishtirokini amalga oshirish natijasida hukumat bilan jamiyat o‘rtasida to‘laqonli muloqotni ta’minlashi kerak.
  Bu boradagi huquqiy islohotlar.
2021 yil 3 dekabr kuni aholining tadbirkorlik tashabbuslarini amalga oshirishga moliyaviy ko‘maklashish, ularning daromadli mehnat bilan bandligini ta’minlash mexanizmlarini yanada takomillashtirish, mahallabay ishlash tizimini yangi bosqichga olib chiqish orqali kambag‘allikni qisqartirish, respublika, viloyat, tuman va shaharlarda ko‘rsatiladigan davlat xizmatlari va manzilli moliyaviy qo‘llab-quvvatlash instrumentlarini bevosita mahalla darajasiga tushirish maqsadida PF-29-sonli “Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari to‘g‘risida” farmon qabul qilindi.
Ushbu farmon bilan mahalladagi ijtimoiy-iqtisodiy holatni xonadonbay o‘rganish, jumladan aholining bandlik darajasini, oilalarning daromad manbalarini, tomorqa yerlaridan foydalanish holatini hamda daromadli mehnatga bo‘lgan intilishi va ehtiyojlarini tahlil qilish,  mahallada tadbirkorlikni rivojlantirishning ichki imkoniyatlari, tadbirkorlik bo‘yicha ixtisoslashuv va mehnat resurslarini inobatga olgan holda, uni rivojlantirishga turtki beradigan omillar va yo‘nalishlarni belgilash, ularni ishga solish orqali mahallaning iqtisodiy rivojlanishini ta’minlash, doimiy daromad manbaiga ega bo‘lmagan va ishsiz aholining, ayniqsa, yoshlar va xotin-qizlarning qiziqishlarini o‘rganish orqali ularni kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘rgatuvchi o‘quv markazlariga yo‘naltirish hamda o‘qishni tamomlagan bitiruvchilarning bandligini ta’minlashga yordam berish, aholi tomorqalaridan samarali foydalanishni tashkil etish, uy sharoitida dehqonchilik, chorvachilik, parrandachilik, quyonchilik, asalarichilik, urug‘chilik, ko‘chatchilik, gulchilik kabi faoliyat turlarini yo‘lga qo‘yishga ko‘maklashish,  mahalladagi ish bilan band bo‘lmagan aholining tadbirkorlik va doimiy daromad keltiruvchi faoliyat bilan shug‘ullanishini yo‘lga qo‘yish maqsadida ularga issiqxona qurish, tomorqasini sug‘orish uchun vertikal sug‘orish quduqlarini burg‘ilash, qishloq xo‘jaligi kooperativiga a’zo bo‘lish, asbob-uskuna va mehnat qurollarini xarid qilish, bino va inshootning ijara to‘lovi hamda kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qishi uchun subsidiyalar olishda ko‘maklashish kabi vazifalar belgilandi.
Yangi O’zbekistonning taraqqiyot strategiyasida qo‘yilgan vazifalarning ijrosini ta’minlash maqsadida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 26 dekabr kunidagi “Mahalla budjeti» tizimini joriy etish orqali mahallalarning moliyaviy imkoniyatini yanada kengaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarori bilan mahallalar tomonidan jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘i va yer solig‘ini aholining soliq to‘lash savodxonligini oshirish orqali undirishga ko‘maklashish va har bir mahalla o‘zining muammosini mustaqil hal etishi uchun 2023 yil 1 yanvardan boshlab Respublikadagi soliqlarni undirish ko‘rsatkichi past bo‘lgan 14 ta tumanida «Mahalla budjeti» tizimi huquqiy eksperiment tariqasida joriy etilib, fuqarolar yig‘inlari faoliyatida mahalliy ahamiyatga molik masalalarni hal etishda va o‘zlarining faoliyatini moliyaviy jihatdan ta’minlashda muhim vakolatlarni berdi hamda mahallaning moliyaviy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish uchun qulay sharoit yaratib berdi.
2022 yil 19 yanvarda yoshlar bilan ishlashning yangicha boshqaruv mexanizmlarini joriy etish, ular bilan ishlashning vertikal tizimini yaratish, yoshlar muammolarini bevosita mahallalarda hal etish, ta’lim muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlarning samaradorligini yanada oshirish maqsadida PQ-92-sonli  “Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bilan har bir shaharcha, qishloq, ovulda, shuningdek, shaharlar, shaharchalar, qishloqlar hamda ovullardagi har bir mahallada (keyingi o‘rinlarda — mahalla) yoshlar yetakchisi lavozimi joriy etilib, ularning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilandi:
«Yoshlar balansi»ni shakllantirish, yoshlar to‘g‘risidagi zarur ma’lumotlarni «Yoshlar daftari» va «Yoshlar portali» elektron platformalariga kiritib borish, ular bilan samarali ish tashkil qilish, mahallalarda yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, milliy xalq o‘yinlari va sport turlarini yoshlar orasida ommalashtirish, Besh muhim tashabbus loyihalari, yoshlar festivallari va boshqa madaniy-ma’rifiy tadbirlarni amalga oshirish, yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish, iqtidori, iste’dodi va tashabbuslarini rag‘batlantirish hamda hayotda o‘z o‘rnini topishlariga ko‘maklashish, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda ularning intellektual jihatdan kamol topishini va ma’naviy rivojlanishini ta’minlash, huquqbuzarlik sodir etishga moyilligi bo‘lgan yoshlar bilan tizimli ishlash, jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan, ixtisoslashtirilgan o‘quv-tarbiya muassasalaridan qaytib kelgan yoshlarning ijtimoiy-pedagogik reabilitatsiya qilinishi va moslashuviga ko‘maklashish.
Shuningdek, mahalladagi bo‘sh bino va yer maydonlarini aniqlab, ularni belgilangan tartibda tadbirkorlik sub’ektlariga ajratish bo‘yicha tegishli tashkilotlarga takliflar kiritish, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishga to‘siq bo‘layotgan muammolarning (muhandislik-kommunikatsiya tizimlariga ulanish va ulardan foydalanish, turli xil faoliyatni yo‘lga qo‘yish uchun ruxsatnomalar va litsenziyalar olish, bo‘sh bino va yer maydonlarini tadbirkorlik bilan shug‘ullanish uchun ajratish va boshqalar) tegishli tashkilotlar tomonidan hal etilishini tashkil etish.
Bu borada amalga oshirilayotgan huquqiy islohotlarning eng muhimi va kelgusidagi islohotlarning fundamental asosi sifatida aytib o‘tish kerakki, ishlarning 2023 yil 30 aprel kuni o‘tkazilgan O’zbekiston Respublikasi referendumida umumxalq ovoz berish orqali qabul qilingan yangi tahrirdagi O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 127-moddasida shaharchalar, qishloqlar va ovullarda, shuningdek shaharlar, shaharchalar, qishloqlar va ovullardagi mahallalarda fuqarolarning yig‘inlari o‘zini o‘zi boshqarish organlari bo‘lib, ular raisni saylaydi. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari davlat hokimiyati organlari tizimiga kirmaydi hamda mahalliy ahamiyatga molik masalalarni fuqarolarning manfaatlaridan, rivojlanishning tarixiy o‘ziga xos xususiyatlaridan, shuningdek milliy qadriyatlardan, mahalliy urf-odatlar va an’analardan kelib chiqqan holda, qonunga muvofiq mustaqil ravishda hal etishga haqli ekanligi haqidagi normaning belgilanishi davlat tomonidan o‘zini o‘zi boshqarish organlari o‘z vazifa va vakolatlarini amalga oshirishda davlat organlaridan mustaqil ekanligi hamda ularning faoliyatiga noqonuniy aralashuvni oldini olish konstitutsiyaviy darajada mustahkamlandi.
Shuningdek, har bir mahalla o‘z faoliyatini rivojlanishining o‘ziga hos tarixiy xususiyatlari, shart-sharoitlari, milliy va ma’naviy qadriyatlari urf-odatlari hamda an’analariga tayanib amalga oshirishi belgilandi.
Yana bir muhim yangi mexanizm belgilandiki, konstitutsiyamizning 40-moddasiga muvofiq, endilikda har kim bevosita o‘zi va boshqalar bilan birgalikda davlat organlariga hamda tashkilotlariga, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga, mansabdor shaxslarga yoki xalq vakillariga arizalar, takliflar va shikoyatlar bilan murojaat qilish huquqiga ega ekanligi belgilandi.
Erishilgan va kutilayotgan natijalar
Amalga oshirilgan ishlar natijasida mahalla tizimida amalga qilinishi lozim bo‘lgan ishlarning tizimliligi, tezkorligi aniqliligi bilan birga har bir vazifaning rejalashtirilishidan tortib toki bajarilishigacha bo‘lgan holatlar jamoatchilik nazorati ostida bo‘lishligi va bunda har bir fuqaroning faol ishtirokini ta’minlash imkoniyati vujudga keldi.
Xulosa sifatida aytish lozimki mahalla institutini rivojlantirish, uning yangi zamon talablariga javob bera oladigan bosqichga olib chiqish, unda istiqomat qilayotgan har bir fuqaroning jinsi, millati, yoshi, ijtimoiy mansubligidan qat’iy nazar huquq va erkinliklarini ta’minlash, ular uchun eng zaruriy shart-sharoitlarni yaratish, ijtimoiy himoyaga ehtiyojmand oilalarni moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlash, ularga munosib turmush sharoitlarini yaratishning eng maqbul usuli bu Yurtboshimiz ta’kidlaganidek eng quyi tizimga tushib mavjud muammolarga o‘z o‘rnida amaliy yechim topish borasida amalga oshirilayotgan huquqiy islohotlar albatta bugun ijobiy o‘zgarishlar va yangilanishlar bilan o‘zini oqlamoqda. Buni har bir mahalla misolida ko‘rishimiz mumkin.
Endilikda yil sayin emas mavjud muamolarning kun sayin hal etish mexanizmlari amalda ishlayotganligini, mahaldla fuqarolar yig‘ini raislari o‘z faollari bilan birgalikda davlat organlari oldiga mavjud muammolarni hal etishning qulay usul va vositalaridan, ayniqsa ommaviy axborot vositalari ko‘magidan foydalanayotganligi konstitutsiyaviy normalarning amalda aholi turmush darajasini oshirish yo‘lida ishlayotganligini bildiradi.

Xamidullo Quchqarov
Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazi dotsenti

17
Sayyor qabul: murojaatlar yechimiga xizmat qiladi

O’zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi qonuni ijrosini ta’minlash maqsadida Jizzax viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘i birinchi o’rinbosari E.Maxammadiyev tomonidan 2023-yil 16-may kuni Arnasoy tumani "G‘.G‘ulom" MFYda fuqarolarning murojaatlari tinglandi.

Qabul vaqtida Jizzax viloyati adliya boshqarmasi, tuman adliya bo‘limi hamda tuman hokimining o‘rinbosari G.Xaydarova va mutasaddi tashkilotlar rahbarlari ishtiroki ta’minlanib, murojaat qiluvchilarni qiziqtirgan masalalarga to‘liq javob qaytarish uchun sharoit yaratildi va muammolarni hal qilib berish choralari ko‘rildi. Jumladan:

Arnasoy tumani "G‘oliblar" ShFY, "Samarqand" ko‘chasida yashovchi fuqaro B.A tomonidan uyining kadastr hujjatini rasmiylashtirish hamda uyining tom qismini ta`mirlashda moddiy yordam berilishini so’rab qilgan murojati vakolatli tashkilotlar bilan birgalikda o'rganish uchun ish yurituviga olindi.

Shuningdek fuqaro  O'.O ham  subsidiya asosida tikuv mashina olishda amaliy yordam berilishini so'rab murojaat qildi . Murojaat bo‘yicha tuman adliya bo‘limiga vakolatli tashkilotlar (tuman hokimining o‘rinbosari, oila va xotin-qizlar bo‘limi) bilan birgalikda ko‘rib chiqish yuzasidan ko‘rsatma berildi.

16
Sayyor qabullar aholi bilan muloqotning samarili usuli

Viloyat adliya boshqarmasi boshlig'i A.Ergashevning Forish tumani markazidan qariyb 180 km uzoqlikda joylashgan, Qozog'iston respublikasi bilan chegaradosh bo'lgan “Darboza” MFYda sayyor qabuli tashkil etildi. Olis hududlar aholisi xolidan muntazam xabardor bo'lish, ularning muammolarini o'rganish va yechim topish, dardiga malham bo'lishdek oliyjanob ishlar bugun har bir rahbar xodim uchun asosiy vazifaga aylandi. Shu sabab viloyatimizning eng chekka hududlaridan bo'lgan mazkur qishloq aholisi bilan yuzma-yuz muloqot olib borilib, dastlab ularning murojaatlari tinglandi. Muammolarning yechimi borasida huquqiy tushuntirishlar berildi.

Murojaatlarda bayon etilgan holatlar joyiga chiqqan xolda ham o'rganildi. Bu esa muammoning sabablarini aniq tushunishga va to'g'ri echim topishga zamin yaratadi. Shu bilan birga sayyor qabul davomida tibbiy ko'rik ham tashkil etildi. Oila-ro'zg'or, ish va turli tashvishlar bilan bo'lib o'z sog'ligiga etarlicha e'tibor qarata olmayotgan hudud aholisi, ayniqsa ayollar uchun bu tadbir ayni muddao bo'ldi.

15
Zakovat

Avval habar qilganimizdek hodimlarning mantiqiy bilimlarini oshirish, intellektual o‘yinlarga keng jalb qilish shuningdek, intellektual salohiyatini yuksaltirish maqsadida Jizzax viloyat adliya boshqarmasi hodimlari uchun  "Zakovat" intellektual o'yini o'tkazib kelinmoqda.

Bugun o'yinning novbatdagi bosqichi bo'lib o'tdi va qizg'in kechgan bahsda eng kam ball to'plagan "Senator" jamoasi o'yinni tark etdi, yuqori balga ega bo'lgan 3 ta jamoa o'yinning keyingi bosqichiga o'tdi. Ma'lumot o'rnida ta'kidlash joizki, eng yuqori ballni "Union" jamoasi qayd etdi.

12
Ish stajlari qo'shilib pensiya qayta tayinlandi

Mirzacho’l tumani "Do’stlik" MFY  yashovchi fuqaro 1991-yildan 2016 yilga qadar Mirzacho’l tumanidagi “Nuroniy Begmat hoji” fermer xo’jaligida ishchi bo’lib ishlagan. Mazkur qaydlar fuqaroning mehnat daftarchasida to’liq qayd etilgan. Lekin Budjetdan tashqari pensiya jamg’armasi fermer xo’jaligida ishlagan davr uchun jamg’arib boriladigan majburiy pensiya badallari to’lanmaganligi vaji bilan  mazkur yillar pensiya tayinlash uchun zarur ish stajiga qo’shilmagan va pensiya tayinlash rad etilgan.

Ushbu fuqaro mehnat daftarchasida ko'rsatilgan ish staji to'liq hisobga olinishida amaliy yordam so'rab tuman adliya bo'limiga murojaat qildi.

Taqdim etilgan hujjatlar asosida murojaat o'rganib chiqilib, fuqaroning mehnat daftarchasida ko’rsatilgan ish stajlarini qoʼshib pensiya tayinlashga erishildi.

11
Mirzachoʻl tuman dehqon bozoirida sayyor davlat xizmati koʻrsatildi

Xalq orasiga yaqinroq kirib borish va ularga beminnat xizmat ko‘rsatish borasida adliya tizimi turli tashabbuslarni amalga oshirib kelmoqda. Ayniqsa davlat xizmatlari markazlari tomonidan olis hududlarda bunday loyihalarning amalga oshirilishi aholi uchun ayni muddao. “O’zimiz keldik” loyihasini ham xalqning uzog‘ini yaqin qilish, mablag‘i va vaqtini tejash maqsadida amalga oshirilayotgan eng samarali tadbirlardan biri deb ayta olamiz.  
“O’zimiz keldik” loyihasining bu galgi manzili Mirzacho'l tumani  dehqon bozorida sayyor davlat xizmati koʻrsatildi. Ish, oila tashvishlaridan ortib ehtiyoji bo‘lsada davlat xizmatlari markazlariga borishga vaqt topa olmayotgan xodimlarga juda katta qulaylik yaratildi. Bunday imkoniyat fuqarolarning roziligiga hamda minnatdorligiga sabab bo‘ladi albatta. Xizmat koʻrsatish jarayonida 15 fuqaroga davlat xizmati koʻrsatilib 60 dan ortiq fuqarolarga tushuntirishlar berildi.

Tuman markazidan olis hududlarda istiqomat qilayotgan aholiga davlat xizmatlarini ko‘rsatish bilan bog‘liq bu kabi sayyor xizmat ko‘rsatish jarayonlarlari aholiga qulaylik va yengillik yaratish maqsadida viloyatning barcha xududlarida davom etmoqda.

10
Ish stajlari qo'shilib pensiya qayta tayinlandi.

Zomin tumani "Qo'rg'on" MFYda istiqomat qiluvchi bir nechta fuqarolar pensiya tayinlashda mehnat daftarchasida ko’rsatilgan ish staji to’liq hisobga olinmaganligidan norozi bo’lib tuman adliya boʼlimiga murojaat qildi.

Taqdim etilgan hujjatlar asosida murojaat o'rganib chiqilib, fuqarolarning mehnat daftarchasida ko’rsatilgan ish stajlarini qoʼshib pensiya tayinlashga erishildi.

Kostitutsiyani_o'rganamiz
Eslatib o'tamiz  Konstitutsiyaning 46-moddasiga ko'ra

Har kim qariganda, mehnat qobiliyatini yoʻqotganda, ishsizlikda, shuningdek boquvchisini yoʻqotganda va qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda ijtimoiy taʼminot huquqiga ega. Qonunda belgilangan pensiyalar, nafaqalar va boshqa turdagi ijtimoiy yordamning miqdorlari rasman belgilangan eng kam isteʼmol xarajatlaridan oz boʻlishi mumkin emas.

09
Adliya faxriylari e'zozda

Xotira va qadrlash – xalqimizning asriy qadriyatlari, ulug‘ fazilatlaridan. Umri dovamida ko‘plab xayrli ishlarni qilib hozirda qarilik yoshiga yetgan nuroniy otaxonlarimizni, aziz momolarimizni qancha ulug‘lab, e’zozlasakda oz.

Shu sababli Jizzax viloyat adliya boshqarmasi va tizimdagi hodimlar 9-may Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan adliya mehnat faxriylarining holidan habar olib ularga sovg'a salomlar ulashdi.

08
Zafarobod tuman adliya boʻlimi tomonidan Yoshlar yetakchilariga oʻquv-seminar tashkil etildi

Zafarobod tumani Adliya boʻlimi tomonidan viloyat hokimining 23.03.2023-yil tasdiqlangan “Jizzax viloyatida 2023-yilda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga doir chora-tadbirlar” Dasturi asosida tumandagi yoshlar yetakchilariga oʻquv-seminar tashkil etildi.

Oʻquv-seminar mashgʻulotida yoshlar yetakchilariga ularning huquqiy savodxonligini oshirish, sohaga tegishli normativ hujjatlarning mazmun mohiyatini yetkazish bilan birga, kasbiga sadoqat va fidoyilik bilan ishlash, yoshlar bilan ishlashda natijadorlikka alohida etibor qaratish masalalariga alohida eʼtibor qaratilib, tegishli yoʻnalishlar berildi.

05
"Street law" loyihasi davom etmoqda

Jizzax viloyati yuridik texnikumining "Street law" loyihasi volontyorlari  D.Farxotova va S.Ibragimova  kordinator X.Muxamadiyevalar  Jizzax shahridagi 29-18-umumiy o'rta ta'lim maktablarida mashg‘ulot olib bordi.

Mashg‘ulot davomida o‘quvchilar Iste'molchilar huquqlarini himoya qilishga qaratilgan  "Agarda siz nuqsonli tovar sotib olsangiz, nima qilish kerak?" mavzusida tashkil etilgan iste'molchilar huquqlarini himoya qilishga oid bir qancha muammolarni o‘quvchilar bilan interaktiv o‘yinlar orqali muhokama qilishdi.