Bog'lanish

Telefon
+998 72 221 50 50

Elektron manzil
jizzax@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni1008

Yangiliklar

06
"Eng yaxshi kitobxon" aniqlandi

Jizzax viloyat adliya boshqarmasi tomonidan tizim hodimlari o'rtasida o'tkazilgan “Eng yaxshi kitobxon” tanlovida boshqarma bosh maslahatchisi Shuhrat Sulaymonov g'olib deb topildi.

05
Yangilanayotgan Konstitutsiya farovon hayotimiz kafolati

O'zbekiston Respublikasi Milliy Gvardiyasi Jizzax viloyat qo'riqlash boshqarmasida boʻlib oʻtgan tadbirda Jizzax viloyati yuridik texnikumi yuridik klinika rahbari Sh.Qarshiboyeva va texnikum kefеdra mudiri X.Muhammadiyev ishtirok etib, xodimlarga “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbeksiton Respublikasi konstitutsiyaviy qonuni loyihasi mazmun-mohiyati hamda Referendum o‘tkazish tartibi to'g'risida tushuntirildi.

Shu bilan birga, Konstitutsiyaga kiritilayotgan yangiliklar to‘g‘risida, inson huquq va erkinliklari sezilarli darajada kengaytirilayotganligi ta'kidlandi.

04
Adliya aralashgach...

Forish tumani "Xonbandi" MFY Bodomzor ko’chasida yashovchi fuqaro S.Islomov bolalikdan nogiron qizi B.Amirova tumandagi 7-sonli MTT da tarbiyalanishi, buning uchun har oylik to’lovlar undirib kelinayotganidan shikoyat qilib tuman adliya bo'limiga murojaat yo'llagan.

Forish tuman adliya bo’limi aralashuvi bilan fuqaro S.Islomovdan nogiron qizi uchun MTT tomonidan noto’g’ri undirilgan to’lovlar qaytarib to’lab berilihi ta'minlandi. Shuningdek fuqaro Amirova Bonuni endilikda maktabgacha ta’lim tashkilotida imtiyoz asosida bepul tarbiyalanadi.

03
Eski namunadagi barcha milliy haydovchilik guvohnomalarini Jizzax viloyati boʻyicha quyidagi joylarda almashtirishingiz mumkin:

Eski namunadagi barcha milliy haydovchilik guvohnomalarini Jizzax viloyati boʻyicha quyidagi joylarda almashtirishingiz mumkin:

Jizzax viloyati IIB YHXB RIB ➡️ Jizzax shahar "Bog'ishamol" MFY Tog'ishamol ko'chasi

Jizzax viloyat IIB YHXB TRIB ➡️ Do'stlik tuman "Sanoatchilar" MFY 1-uy

Jizzax viloyat IIB YHXB TRIB ➡️ Zomin tumani " Mustaqillik" ko'chasi 117-uy

Jizzax viloyat IIB YHXB TRIB ➡️ G'allaorol tumani "Madaniyam" QFY M-39 yo'lining 1013- kmda joylashgan "Sangzor 15" Blok posti binosi

31
Yangilanayotgan Konstitutsiya - Xalq Konstitutsiyasi

Yangilanayotgan Konstitutsiya adolatli jamiyat qurish yoʻlidagi ulkan qadamdir.

Yangilanayotgan Konstitutsiyaning mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikga yetkazish, referendum jarayonlarida xalq ishtirokini ta'minlashda katta ahamiyat kasb etadi.

Shu maqsadni ko'zlab Jizzax viloyat adliya boshqarmasi hodimlari tomonidan targ'ibot tadbirlari tashkil qilib kelinmoqda. Navbatdagi tadbirning manzili Jizzax viloyat Bojxona boshqarmasi bo'ldi.

Ushbu tadbirda Jizzax viloyat adliya boshqarmasi hodimi Sh.Sulaymonov tomonidan yangilanayotgan Konstitutsiyaning mazmun-mohiyati yuzasidan maruza qilind

30
TARG‘IBOT TADBIRLARI DAVOM ETMOQDA

2023-yil 27-mart kuni Jizzax shahar hokimligi, sektor rahbarlari, mahalla fuqarolar yig'inlari raislari, hokim yordamchilari, xotin qizlar faollari va yoshlar yetakchilari va boshqa tashkilot xodimlari uchun Konstitutsiya islohotlarini umumxalq referendumi orqali amalga oshirilishida aholining huquqiy va siyosiy savodxonligini oshirishga qaratilgan targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Mehnat va ijtimoiy masala qo‘mitasi a’zosi O‘ral Kamolovich, Jizzax shahar hokimi Komil Athamovich hamda Jizzax shahar Adliya bo‘limi bosh yuriskonsulti Abdulaziz Raxmatov ishtirok etishdi.

Amalga oshirilishi kutilayotgan konstitutsiya islohatlari, referendum o‘tkazish maqsadi va vazifalari, bugungi kunda qabul qilinayotgan qonunlar mazmun va mohiyati hamda boshqa huquqiy masalalar yuzasidan tushuntirishlar berildi.

29
Yangilanayotgan Konstitutsiya farovon hayotimiz kafolati

Mudofaa vazirligi huzuridagi jamoatchilik kengashi Jizzax viloyati mintaqaviy bólinmasi ishchi organi bilan hamkorlikda yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ma'naviy, huquqiy savodxonligini oshirish hamda mafkuraviy immunitetni mustahkamlash maqsadida Jizzax viloyati mudofaa  ishlari boshqarmasi huzuridagi chaqiriluvchilarni harbiy-texnika mutaxassisliklari bo‘yicha tayyorlash markazi chaqiriluvchilari bilan ma'naviyat soati tashkil etildi.

Tadbirda adliya boshqarmasi bosh maslahatchisi Sh.Sulaymonov tomonidan yangilanayotgan Konstitutsiyamiz xalqimiz xohish-irodasi bilan amalga oshirilayotgani, undan koʻzlangan maqsad yurtimiz farovonligi va axolining yashash sharoitlarini yanada yaxshilashga qaratilganligini taʼkidlab oʻtdi.

28
RADIO MULOQOT

Jizzax viloyat adliya boshqarmasi hodimi Sh.Sulaymonov va Jizzax viloyati yuridik texnikumi kafedra mudiri X.Muxammadiyev FM 105,5 hamda 106.2 toʻlqinlarida "Yoshlar vaqti" radio loyihasining navbatdagi soni mehmoni bo'ldi.
Jonli muloqot davomida 30-aprelda bo'lib o'tadigan Referendum jarayonlari hamda yangilanayotgan Konstitutsiyaning mazmun mohiyati haqida tinglovchilarga ma'lumotlar berildi

27
YANGILANAYOTGAN KONSTITUTSIYA – CHINAKAM XALQ KONSTITUTSIYASI, YANGI O‘ZBEKISTONNI BARPO ETISHNING HUQUQIY POYDEVORI

Malumki joriy yilda davlatimizning bosh qomusi Konstitutsiyamizni  o‘zgartirish bo‘yicha xalq saylovi — Referendum 30-aprel kuni bo‘lib o‘tadi. Hozirgi kunda adliya hodimlari tomonidan yangilanayotgan konstitutsiyamizning mazmun-mohiyatini aholiga yetkazish maqsadida turli targ'ibot tadbirlari amalga oshirib kelinmoqda va mazkur tadbirlar yurtdoshlarimiz tomonidan ko'tarinki kayfiyatda qabul qilinmoqda.

Shunday tadbirlarning biri bugun G'allaorol tuman madaniyat saroyida bo'lib o'tdi. Unda adliya hodimlari tomonidan ishtirokchilarga “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi toʻgʻrisida”gi Konstitutsiyaviy Qonun mazmun-mohiyati yuzasidan tushunchalar berildi.

24
Yangilanayotgan Konstitutsiya - yurtimiz va xalqimizning farovon hayoti uchun mustahkam huquqiy asos boʻladi

Yangilanayotgan Konstitutsiya O’zbekiston jamiyatining evolyutsion rivojlanishidan kelib chiqayotgan hayotiy zarurat bo‘lib, bu ish mamlakat, millat va xalq sifatida keyingi qadamlarimizni aniqlab olishimiz uchun g‘oyat ahamiyatli masala, adolatli jamiyat qurish yo‘lidagi ulkan qadamdir.

E’tibor bersak, mamlakatimiz har jihatdan katta davlatga aylanmoqda. Aholimiz 2040 yilga borib 50 millionga yetadi, jamiyatning yarmidan ko‘pini yoshlar tashkil qiladi. Ularga munosib hayot sharoiti yaratish uchun esa barqaror iqtisodiyot, xavfsiz davlat, samarali boshqaruv, ijtimoiy kafolatlar bo‘lishi lozim.
Yangilanayotgan Konstitutsiyamizning ahamiyati, uning hayotimizdagi o‘rnini xalq orasida keng tushuntirish, fuqarolarga yetkazish borasida adliya organlari tomonidan joylarda targ‘ibot tadbirlari samarali tashkil etib borilmoqda.
Do‘stlik tuman adliya bo‘limi hamda oila va xotin-qizlar bo‘limi hamkorligida tumandagi mavjud 12 ta fuqarolar yig‘inlari xotin-qizlar faollari uchun "O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida"gi Konstitutsiyaviy Qonuni loyihasi bo‘yicha o‘quv seminari tashkil etildi.

G’allaorol tuman adliya bo‘limi hamda oila va xotin-qizlar bo‘limi hamkorligida 35 ta fuqarolar yig‘inlari xotin-qizlar faollari ishtirokida bo‘lib o‘tgan tadbir “Men o‘zimni, o‘z oilamni kelajagi uchun ovoz beraman” shiori ostida, ko‘tarinki kayfiyatda tashkil etildi.

Zarbdor tuman adliya bo'limi tomonidan xotin-qizlar faollari bilan tashkil etilgan tadbirda ham Yangilanayotgan Konstitutsiya, Referendum o‘tkazish tartibi haqida batafsil tushunchalar berib o‘tildi.
Shuningdek, Referendumda muddatidan oldin ovoz berish jarayoni 19-26 aprelda bo‘lib o‘tishi, Referendum kuni o‘z turar joyida bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘lmagan fuqarolar muddatidan oldin ovoz berishi va tartiblari haqida ham ma’lumot berildi.
Targ‘ibot tadbirlari barcha joylarda sohalar va mahallalar kesimida keng ko‘lamda olib borilmoqda.