Bog'lanish

Telefon
(372) 223-53-58

Elektron manzil
jizzax@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni1008

Yangiliklar

06
Xalqning huquqlari ta'minlansa davlatga bo'lgan ishonchi ortadi

Fuqaro X.Jonizakova 22-sentabr kuni Paxtakor tuman adliya bo'limiga “Sport targ‘ibotchisi” vazifasida ishlagan davrida tuman hokimligi madaniyat bo‘limi tomonidan qo‘shimcha ustama haqi to‘lab berilmaganligidan norozi bo‘lib, amaliy yordam so'rab murojaat qilgan. O'rganishlar natijasiga ko'ra haqiqatan ham fuqaroga tuman hokimligi madaniyat bo‘limining 2021-yil 5-yanvardagi 1-sonli buyrug‘i bilan 2021-yil 5-yanvardan boshlab “Sport targ‘ibotchisi” qo‘shimcha vazifasi yuklatilib, oylik lavozim maoshiga 20 foiz miqdorida jami 1577803 so‘m miqdorida qo‘shimcha ustama haqi to‘lab berilmaganligi ma’lum bo‘ldi. Adliya bo'limi aralashuvi bilan holat bartaraf etilib, bugungi kunga qadar to'lanmagan jami 1577803 (bir million besh yuz yetmish yetti ming sakkiz yuz uch) so‘m qo‘shimcha ustama haqi pullari to'liq to'lab berilishi ta'minlandi.          


Xosilmurod Kushmatov

Paxtakor tuman adliya bo'limi boshlig'i

05
Viloyat Adliya boshqarmasi jamoatchilikka 9 oylik faoliyati yakunlari yuzasidan ma'lumot berdi

Jizzax viloyat adliya boshqarmasi tomonidan hududdagi OAV vakillari, jurnalist va blogerlarga matbuot anjumani tashkil etildi. Unda Adliya vazirligi jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi boshlig'i S.Urinbaeva ishtirok etdi. Huquq sohasining qamrovi keng, shu sabab adliya faoliyati boshqa yo'nalishlar bilan ham chambarchas bog'liq. Bu jarayonda hamkorlikni mustahkam yo'lga qo'yish, xalqni rozi qilishdek ezgu maqsad yo'lida birlashmoq o'ta muhim.                                                                                                                                                                                                                                          

Tadbir davomida S.Urinbaeva tomonidan Adliya vazirligi: ochiqlik va shaffoflik mavzusida ma'lumotlar berildi. Ochiqlik va shaffoflik har qanday korrupsiya alomatlarining oldini olishga xizmat qiladi. Adliya tizimi ham mana shunday prinsiplarga asoslanganligi, adolatli mehnat faoliyati yaratilganligi, buning natijasida xodimlarning o'z vazifalarini sitqidildan bajarishi va kasbidan rozi ekanligi ta'kidlab o'tildi.                                                                                                                                                                                                    

Shu bilan birga viloyat adliya boshqarmasi boshlig'i A.Ergashev tomonidan jurnalist va blogerlarga Jizzax viloyat adliya boshqarmasining 9 oylik faoliyati haqida ham ma'lumot berib o'tildi. Unda yaratilgan sharoitlardan kelib chiqib har bir yo'nalish bo'yicha sifat va samaradorlikni oshirish yuzasidan qilingan ishlar ko'rsatib o'tildi.                                                                                                                                                                                                                                          

Tadbirning davomi sifatida Jizzax shahar adliya bo'limiga press tur tashkil etildi. Ishtirokchilarda Prezidentimiz farmoni bilan adliya sohasidagi islohotlar samarasi o'laroq tashkil etilgan adliya uylari, ya'ni adliya bo'limlari, DXM, FHDY, yuridik xizmat ko'rsatish markazlaridan tashkil topgan katta jamoaning bir tom ostida birlashishi, aholigi va davlat tashkilotlariga ko'rsatilayotgan samarali faoliyatlari bilan yaqindan tanishish imkoniyati paydo bo'ldi.                                                                                                

Shu bilan birga viloyatning olis hududlaridagi adliya bo'limlari faoliyati bilan ham tanishildi. Muammolar tinglandi, takliflar o'rganildi.

04
Adliya aralashgach...

Fuqaro O'.Pirnazarov 29-avgustda Mirzacho'l tuman adliya bo'limiga Mirzacho’l MTP Agroservis MCHJdan oylik ish haqini undirib berishni so’rab murojaat qilgan. O'rganishlar natijasiga ko'ra haqiqattan ham fuqaroga oylik ish haqqi to'lab berilmaganligi ma'lum bo'ldi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 154-moddasiga asosan ish beruvchi o‘zining moliyaviy holatidan qat’iy nazar xodimga bajargan ishi uchun haqni belgilangan mehnat haqi shartlariga muvofiq berishi va Mehnat kodeksi 161-moddasida belgilangan tartibda mehnatga haq to‘lash muddatlari har yarim oyda bir martadan kam bo‘lishi mumkin emasligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 19-martdagi 88-sonli qaroriga ko‘ra mulkchilik shakllaridan qat’iy nazar korxonalar va tashkilotlar rahbarlari xodimlarga ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar o‘z vaqtida va to‘liq to‘lanishi uchun shaxsan javob berishi, ish haqi o‘z vaqtida to‘lanmaganligi uchun ish beruvchining moddiy javobgarligi belgilab qo‘yilgan.                                                                    Shunga ko'ra, adliya bo'limi aralashuvi bilan holat bartaraf etilib, bugungi kunga qadar to'lanmagan jami 8 853 224  (sakkiz million sakkiz yuz ellik uch ming ikki yuzi yigirma to'rt) so‘m qo‘shimcha ustama haqi pullari to'liq to'lab berilishi ta'minlandi.


Aziz Aminov

Mirzacho'l tuman adliya bo'limi boshlig'i


03
Huquqlarimiz kafolati qonunchilik bilan mustahkamlangan

Fuqaro A.A tomonidan Jizzax viloyat adliya boshqarmasiga ochiq elektron tanlov orqali yutib olgan qishloq xo'jaligiga mo'ljallangan yer maydoniga ijara shartnomasi tuzilmayotganidan norozi bo'lib yo'llangan murojaati kelib tushdi.

Aniqlanishicha, Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-noyabrdagi 709-son qarori bilan tasdiqlangan "Yuridik shaxslarga qishloq xo'jaligi maqsadlari yer uchastkalarini ijaraga berishning ma'muriy reglamenti"ga asosan Zafarabod tumanining Beruniy massividan paxta va g'allachilik faoliyati uchun 99,5 ga yer maydoniga nisbatan o'tkazilgan tanlovda 2022-yil 20-aprelda 423,6 ball bilan tanlov g'olibi deb topilib, belgilangan muddatda yer ijara shartnomasi tasdiqlangan.

Biroq, Zafarobod tuman hokimligi tomonidan mazkur shartnoma hukumat qaroriga zid ravishda tasdiqlanmasdan kelgan.

Yer ijara shartnomasi tasdiqlanmayotganligi holati adliya organlari aralashuvi bilan bartaraf etilib, 262416-123/22-sonli yer ijara ijara shartnomasi rasmiylashtirilishi ta’minlandi.

30
“Sirli mijoz” – davlat xizmatlarini sifatli rivojlantirishga xizmat qiladi”

Joriy yilning sentyabr oylarida Jizzax viloyat adliya boshqarmasi tomonidan maʼsul idoralar bilan hamkorlikda  tuman (shahar) kadastr idoralarida “sirli mijoz” tadbirlari oʼtkazildi.
Tadbir davomida Jizzax shahar, Zafarobod, Arnasoy, G‘allaorol tuman kadastr idoralarida jismoniy va yuridik shaxslarga xizmat koʻrsatish jarayonida yetarli shart-sharoit yaratilmaganligi, davlat xizmatlarini koʻrsatishga oid ma’lumotlarning yoki axborot stendlarining mavjud emasligi, xodimlarning soha boʻyicha bilimi darajasi yetarli emasligi xodimlar tomonidan xizmat koʻrsatish jarayonida tegishli normativ-huquqiy hujjatlarga toʻliq rioya etilmayotganlik holatlari aniqlandi.
Jumladan, “Sirli mijoz” ning yer uchaskasini xususiylashtirish bo`yicha Davlat kadastrlar palatasining Jizzax shahar filialiga qilgan murojaatiga, xodim tomonidan reglamentga muvofiq tushuntirish bermasdan, tegishli hujjat (hokim qarori)larni olib kelishi aytilgan.
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-fevraldagi 71-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va yuridik shaxslariga doimiy foydalanish (egalik qilish), ijara va meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi asosida tegishli bo‘lgan yer uchastkalarini xususiylashtirish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishga doir ma’muriy reglament 6-bandiga muvofiq, yer uchastkalarini xususiylashtirish uchun ariza beruvchilar yer uchastkasi joylashgan tegishli hududdagi Davlat xizmatlari markazlariga o‘zlari kelgan holda murojaat qiladilar yoki davlat xizmatidan elektron tarzda foydalanish uchun YIDXPda ro‘yxatdan o‘tadilar.
Shuningdek, Fuqarolik kodeksining 212-moddasiga asosan, o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratlarga mulk huquqi sud tomonidan belgilanishi ko‘rsatilgan bo‘lsa-da, Palataning Zafarabod tuman filiali xodim tomonidan “Sirli mijoz”ga o‘zboshimchalik bilan qurilgan uy-joyiga kadastr hujjatlarini tayorlash bo`yicha qilgan murojaatiga shaxsni tasdiqlovchi hujjat bilan kelishi, shunga asosan ro`yxatga kiritilishi, oktyabr oyida qaror chiqqanidan keyin ko`rib chiqilishi ma’lum qilingan.
“Sirli mijoz” tadbirlarini o‘tkazish davom etmoqda.

29
Ishonch va samimiyat jamoa bilan ishlashning muhim qoidasi

Kadrlar bilimi va salohiyatiga to'g'ri baho berish, ish sifati va samaradorligini oshiruvchi tashabbuslarni rag'batlantirish, xodimlarga munosib mehnat sharoitlarini yaratish, shu bilan birga jamoada ahillikni shakllantira olish, bir so'z bilan aytganda avvalo ichki kommunikasiyani mustahkamlash har qanday rahbardan kuchli salohiyatni va tajribani talab etadi.
Xodimlar uchun esa rahbarning unga bildirgan ishonchi va samimiyati juda muhim. Jizzax viloyat adliya boshqarmasi boshlig'i Akmal Ergashevning Jizzax viloyat yuridik texnikumi jamoasi va o'quvchilari bilan bo'lib o'tgan uchrashuvi ana shunday ochiq, do'stona va samimiy ruxda o'tkazildi.
Jizzax viloyat yuridik texnikumi katta jamoadan iborat. Xozirda bu yerda 40 nafarga yaqin pedagog xodimlar faoliyat yuritmoqda. Uchrashuv davomida o'qituvchilarning ta'lim sifati va samaradorligini yanada oshirish borasidagi takliflari tinglandi. Talim jarayonidagi muammolar va kamchiliklarni bartaraf etish borasida A.Ergashev tomonidan aniq tavsiyalar va topshiriqlar berildi.
Texnikumda ayni paytda 158 nafar o'quvchilar tahsil olishmoqda. Yoshlarning har birida bir dunyo orzu-umid. Ular kelajakka ishonch bilan o'z bilimlarini mustahkamlab bormoqda. Samimiy suhbat jarayonida o'quvchilar o'z qiziqishlari, g'oyalari va kelajak rejalari haqida gapirib berishdi. Ularning har qanday ijobiy tashabbuslari rahbariyat tomonidan qo'llab-quvvatlanishi bildirildi.
Shu bilan birga texnikumdagi sharoitlar, o'quvchilarning bilim olishi va sport bilan shug'ullanishlari uchun yaratilgan imkoniyatlar bilan batafsil tanishib chiqildi.

28
Huquqiy axborotni tarqatish va mulk qonunchiligi yuzasidan ochiq muloqot tashkil etildi!

Jizzax viloyat adliya boshqarmasi tomonidan Jizzax shahar adliya bo'limida Mulk qonunchiligi bo`yicha kiritilgan o`zgartirishlar, Huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanish hamda ularning mohiyati va ahamiyatini aholi o‘rtasida tushuntirish bo`yicha tuman hokimliklari yuridik xizmat xodimlariga  seminar trening tashkil etildi. Seminar treningda viloyat adliya boshqarmasi Huquqiy xizmatlar bo`limi boshlig'i A.Shermatov, bo'lim yetakchi maslaxatchisi Sh.Sherqulov, Huquqiy targ'ibot va ma'rifat bo'limi yetakchi maslaxatchisi Sh.Sulaymonov, viloyat ma'muriy sudi sudyasi, viloyat hokimligi yuridik xizmat xodimi P.Tojiyev hamda tuman shahar hokimliklari yuridik xizmat xodimlari ishtirok etishdi.                                                                                                                                                                                                
Ushbu seminar-trening qizg`in savol-javoblarga boy bo`ldi. Seminar davomida normativ-huquqiy hujjatlarni huquqiy targ‘ibot yo‘li bilan tarqatish barcha davlat organlari va tashkilotlar, shuningdek xo‘jalik boshqaruvi organlari tomonidan amalga oshirilishi, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni ta’minlash sohasidagi maxsus vakolatli davlat organi ekanligi, shuning uchun davlat organlari va tashkilotlarning huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni ta’minlash sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirishi, bu faoliyatga uslubiy rahbarlik qilish hamda uni nazorat qilishi takidlandi.

27
Seminar tashkil etildi.

Baxmal tuman Adliya bo`limi yuridik xizmat ko`rsatish markazi tomonidan hujjatlarni qonuniy, sifatli va puxta ishlab chiqish hamda tezkor huquqiy xulosa olish mavzusida amaliy seminar tashkil etildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 18.03.2022-yildagi "Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari faoliyatini yanada kengaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida" PQ-173-son qaroriga asosanb 022-yil 1-avgustdan boshlab bosqichma-bosqich Markazlar tomonidan respublikaning barcha tuman va shaharlarida yuridik xizmat bilan ta’minlanmagan davlat organlari va tashkilotlarining quyidagi tuman (shahar) bo‘linmalariga yuridik xizmat ko‘rsatilishini ta’minlash vazifasi belgilangan. Shunga ko`ra Baxmal tuman Adliya bo`limi Yuridik xizmat ko`rsatish markazi ham mazkur qaror ijrosi yuzasidan amaliy tadbirlarni amalga oshirib kelmoqda.
Shunday amaliy targ`ibot tadbirlaridan navbatdagisi Baxmal tumani 60-son umumiy o`rta ta'lim maktabida o`tkazildi. Targ`ibot tadbirida tumanning 14-15-16-17-19-21-22-23-52-55-60-62-66-72-80-82-85-sonli umumiy o`rta ta'lim maktablari, 15-18-sonli maktabgacha ta'lim tashkiloti rahbarlari hamda ma'sul hodimlari ishtirok etishdi.
Joriy yilning 1-avgustidan boshlab Baxmal tuman Yuridik xizmat ko`rsatish markazi tomonidan tumandagi barcha 86 ta umumiy o`rta ta'lim maktablari, 19 ta maktabgacha ta'lim tashkilotlariga ham yuridik xizmat ko`rsatib kelinayotgan edi. O`tgan bir yarim oy davomida ushbu tashkilotlar tomonidan mingdan ortiq turli mazmundagi hujjatlar yuborilgan. Lekin yuborilgan hujjatlarning katta qismi amaldagi qonun hujjatlariga zid ravishda hamda yuridik texnika talablariga javob bermaydigan holatda ishlab chiqilgan hamda yuborilgan. Ushbu holat tufayli qonuniy, sifatli va puxta ishlab chiqilmagan hujjatlarga salbiy xulosalar berish, kamchiliklarni bartaraf etish holatlari juda ko`paygan. Buning natijasida tashkilotlar ish samaradorligi tushib ketgan.
Yuqoridagi umumiy xato va kamchiliklarni hisobga olgan holda huquqiy seminar mashg`uloti barcha tashkilotlarda uchrayotgan xato va kamchiliklarni sanab o`tish hamda kelgusida bunday holatlarga boshqa yo`l qo`ymaslik yuzasidan batafsil texnik hamda huquqiy tushuntirishlar berib o`tishdan boshlandi.

Shundan so`ng har bir tashkilotlarni qiynayotgan individual masalalarga birma-bir batafsil to`xtalib o`tildi hamda birgalikda muhokama qilinib zarur tushuntirishlar berildi. Bu bilan hali bu muammalarga duch kelmagan tashkilotlarga ham kelajakda duch kelinganda nima qilishlari kerakligi bo`yicha bilim va ko`nikmalar shakllandi.
Bundan tashqari, mahnat qonunchiligi bo`yicha yangi xodimlarni ishga olish, mavjudlarini bo`shatish, xodimlarni ta'tillarga chiqarish, rag`batlantirish, moddiy yordam ko`rsatish, maktab va maktabgacha ta'lim tashkilotlariga o`quvchilar hamda tarbiyalanuvchilarni qabul qilish, chiqarish masalalari yuzasidan rasmiylashtiriladigan hujjatlarni yaratish hamda markazdan tezkor xulosa olish bo`yicha batafsil har biri huajjatga alohida to`xtalgan holda huquqiy tushuntirishlar berildi. Shu bilan birgalikda ayni kunlarda yoki yaqin kunlarda tashkilotlar duch kelishi mumkin bo`lgan masalalar yuzasidan ham zarury ko`rsatmalar berib o`tildi.
Seminar mashg`uloti so`ngida tashkilotlar o`z faoliyatida mumtazam foydalanadigan hamda foydalanishi zarur bo`lgan normativ huquqiy hujjatlar reestri barcha tadbir qanashchilariga tanshtirilib kelgusida o`z faoliyatlari davomida muntazam foydalaib borishlari hamda ularda belgilangan normalarga amal qilishlari lozimligi tushuntirildi.

26
Boquvchisi yo‘q, uch nafar voyaga yetmagan farzandi bor ayolning mehnat qilish huquqi ta’minlandi

Baxmal tuman adliya bo‘limiga fuqaro M.B ning tuman aholi bandligiga ko‘maklashish markazi tomonidan taqdim qilingan tuman tibbiyot birlashmasiga “Ishga joylashtirishga doir yo‘llanma”si ijrosi ta’manlanmayotganligidan norozi bo‘lib qilgan murojaati tegishli tartibda o‘rganib chiqildi. O'rganish jarayonida, murojaat muallifi boquvchisini yo‘qotganligi sababli uch nafar voyaga yetmagan farzandlarini yolg‘iz tarbiya qilayotganligi, tuman aholi bandligiga ko‘maklashish markaziga ish qidirib murojaat qilganligi, markaz tomonidan uning “Akusherlik ishi yo‘nalishi” bo‘yicha o‘rta maxsus ma’lumotga ega ekanligi va oilaviy holatini inobatga olgan holda O’zbekiston Respublikasi “Aholi bandligi to‘g‘risida”gi qonun hamda tuman hokmining 16.11.2021 yildagi “Baxmal tumanidagi ijtimoiy muhofazaga muxtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni 2022 yilda ishga joylashtirish uchun ish o‘rinlarini band qilib qo‘yish to‘g‘risida”gi qarori asosida tuman tibbiyot birlashmasiga ishga joylashtirishga doir 23.06.2022 yil kuni 1708204-2-12111-son yo‘llanma rasmiylashtirilib, yuborilishi ta’minlanganligi, biroq tuman tibbiyot birlashmasi tomonidan assosiz ravishda murojaat muallifini o‘rganish kuniga qadar ishga joylashtirilishi ta’minlanmaganligi holati aniqlanib, bo‘lim aralashuvi bilan murojaat muallifi va tuman tibbiyot birlashmasi o‘rtasida mehnat shartnomasi rasmiylashtirildi, birlashma mansabdor shaxslariga nisbatan O’zbekiston Respublikasi MJtKning tegishli moddasiga asosan ma’muriy javobgarlikka tortish bo‘yicha taklif kiritilib ma’muriy javobgarlikka tortildi, birlashma aybdor mas’ul shaxslarga nisbatan intizomiy chora ko‘rilishini so‘rab taqdimnoma ta’sir chorasi kiritilib intizomiy jazo chorasi qo‘llanildi.


24
Hisoblanmay qolingan ish staji qo'shib berildi

Zomin tumani "Bunyodkor" mahalla fuqarolar yig’inida yashovchi fuqaro Otakulova Matlyuba Alibekovnaning Pensiya tayinlashda mehnat daftarchasida ko’rsatilgan ish staji to’liq hisobga olinmaganligidan norozi bo’lib qilgan murojaati Zomin tuman adliya boʼlimi tomonidan o’rganib chiqildi.

Аniqlanishicha, Byudjetdan tashqari pensiya jamgʼarmasi Zomin tuman boʼlimi pensiya va nafaqalarni tayinlash komissiyasining 2022-yil 21-iyuldagi № 707-sonli qarori bilan fuqaro Otakulova Matlyuba Alibekovnaning 04.01.2002-yildan 30.07.2012-yilgacha Kara-kas fermer xo’jaligida ishlagan oylik ish haqlari va INPS to’lovlari mavjud bo’lmaganligi sababli ish stajiga qo’shib hisobga olmagan.

Vaholanki, Oʼzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 81-moddasida hamda “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʼgʼrisida”gi Qonunning 42-moddasida mehnat daftarchasi ish stajini tasdiqlovchi asosiy hujjat hisoblanishi belgilangan.

Shu bois, Byudjetdan tashqari pensiya jamgʼarmasi fuqaro Otakulova Matlyuba Alibekovna mehnat daftarchasida qayd etilgan 04.01.2002-yildan 30.07.2012-yilgacha ishlagan ish stajlarini hisobga oligan holda pensiya tayinlashi lozim bo’ladi.

Mazkur asoslarga ko'ra, Zomin tuman adliya bo'limi tomonidan fuqaro manfaatida sudga kiritilgan da'vo arizasi to'liq qanoatlantirilib, hisoblanmay qolingan ish staji qo'shib berilishi ta'minlandi.


Valijon Omonov

Zomin tuman adliya bo'limi boshlig'i.