Bog'lanish

Telefon
+998 72 221 50 50

Elektron manzil
jizzax@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni1008

Yangiliklar

22
Bolajonlar uchun qiziqarli huquqiy multfilmlarni tomosha qilishni istaysizmi?

Bola huquqlariga oid ishonchli ma'lumotlarni qayerdan olish mumkinligini bilasizmi?

✅Quyida Sizlar uchun manfaatli bo'lgan manbalarni taqdim etamiz:

???? Qiziqarli animatsion videolar va multfilmlarni shu yerda tomosha qilishingiz mumkin????
https://www.youtube.com/@bola_huquqlari/featured

???? Bolalar va ota-onalar uchun huquqni o'rgatuvchi interaktiv portal ????
https://bolahuquqlari.uz

???? Bolalar va ota-onalar uchun telegram kanal????
@bolahuquqlariuz

21
Jizzaxda to‘lovga qobiliyatsizlik jarayonidagi korxonalar holati o‘rganildi

Adliya vazirligi huzuridagi To‘lovga qobiliyatsizlik ishlari agentligining ishchi guruhi tomonidan Jizzax viloyatidagi to‘lovga qobiliyatsizlik jarayonida bo‘lgan bir qator korxonalar — “KARBONAT” AJ, “GOLDFIBER PRO” MCHJ, “JIZZAX YO‘L QURISH-TA’MIRLASH” MCHJ hamda “GOLD FISH AGRO EXPORT” MCHJ faoliyati joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

✅ O‘rganishlar davomida:
???? Korxonalarning joriy moliyaviy holati va mol-mulklarining saqlanishi;
???? To‘lovga qobiliyatsizlik tartib-taomillarining qonuniy yuritilayotgani;
???? Ishlab chiqarish salohiyatini tiklash, ish o‘rinlarini saqlab qolish hamda kreditorlar manfaatlarini ta’minlash imkoniyatlari atroflicha tahlil qilindi.

19
"Rahbar va yoshlar" uchrashuvlari doirasida muzeyga sayohat tashkil etildi

Jamiyat va davlat hayotida o'zining beqiyos o'rniga ega, mamlakatimizning rivoji yo'lida mashaqqatli mehnati va yorqin iste'dodi bilan barchaga mashxur bo'lgan siymolar Sharof Rashidov hamda Hamid Olimjon va Zulfiya muzeylarining tashkil etilgani ularga bo'lgan cheksiz hurmat va e'tibor ramzidir. Mazkur muzeylarga sayohat davomida Jizzax shahridagi otaliqqa olingan 2-sonli umamta'lim maktabi o'quvchi yoshlari mashxur siymolarning hayoti va ijodi bilan yaqindan tanishish, usha davr ruhi, ichki kechinmalari, qiziqarli voqea xodisalar tasvirlangan qo'lyozmalar va suratlarni tomosha qilish imkoniyatiga ega bo'lishdi.  

Bunday madaniy tadbirlar insonga tariximizni ulug'lash, ajdodlarimiz bilan faxrlanish tuyg'usini baxsh etish bilan birga, jamoada birdamlik, ahillik va do'stona muhitning yanada mustahkamlanishiga zamin yaratadi.

16
“BAXMAL OLMASI” GEOGRAFIK KO‘RSATKICH SIFATIDA DAVLAT REYESTRIGA KIRITILDI

Mazkur ro‘yxatga olish 2026-yil 9-oktabr sanasi bilan qayd etilgan. Geografik ko‘rsatkichdan foydalanish huquqi egasi — Baxmal tumani hokimligi.  

Baxmal tumani hokimligida Jizzax viloyati Adliya boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari Bekzod Choliyev mazkur ro‘yxatdan o‘tkazilganlikni tasdiqlovchi guvohnamani tuman hokimi Aziz Ergashevga topshirdi.

BAXMAL OLMASINING O‘ZIGA XOS JIHATLARI NIMADA?
Baxmal olmasining o‘ziga xos ta’mi, yirikligi, shiradorligi va sifat ko‘rsatkichlari, avvalo, hududning tabiiy sharoitlari bilan chambarchas bog‘liq.
Tuman dengiz sathidan 600–1800 metr balandlikda joylashgan bo‘lib, olma bog‘larining asosiy qismi 1200–1600 metr balandlikdagi vodiylar va tog‘ yonbag‘irlarida barpo etilgan. Tog‘li hududga xos harorat tafovutlari, tabiiy havo oqimlari va boshqa iqlim omillari mevalarning ta’mi hamda sifat xususiyatlari shakllanishiga ta’sir ko‘rsatadi.

BOG‘DORCHILIK — BAXMAL IQTISODIYOTINING MUHIM TARMOG‘I
Bugungi kunda tumanda qariyb 7 ming gektar maydonda olma bog‘lari mavjud. Taxminan 9 300 ta xonadonda olmachilik asosiy mashg‘ulotlardan biri hisoblanadi. Hududda olmaning 10 ga yaqin navi yetishtiriladi.
Bu ko‘rsatkichlar olmachilik Baxmal aholisi turmushida, bandlikni ta’minlashda va hududning iqtisodiy salohiyatini oshirishda muhim o‘rin tutishini ko‘rsatadi.

YANGI IMKONIYATLAR SARI
“Baxmal olmasi”ning geografik ko‘rsatkich sifatida davlat reyestriga kiritilishi hududning o‘ziga xos qishloq xo‘jaligi mahsulotini tanitish, uning hudud bilan bog‘liq xususiyatlarini e’tirof etish va bozorlardagi nufuzini mustahkamlash uchun muhim ahamiyatga ega.
Bu e’tirof Baxmal bog‘bonlarining ko‘p yillik mehnati, avlodlardan-avlodlarga o‘tib kelayotgan dehqonchilik tajribasi va tumanning tabiiy imkoniyatlariga bo‘lgan e’tiborning muhim natijasidir.

Baxmal olmasi — hududning tabiiy boyligi, bog‘bonlar mehnatining samarasi va tuman salohiyatini namoyon etuvchi o‘ziga xos mahsulot!

14
JIZZAX VILOYATIDA "NAMUNALI ADLIYA BO‘LIMI" LOYIHASI DOIRASIDA TIZIMLI ISHLAR AMALGA OSHIRILMOQDA

Zarbdor tuman adliya bo‘limi tomonidan “Namunali adliya bo‘limi” loyihasi doirasida so'rovnomalar orqali jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni rivojlantirish, o'z sohasida yangi qaubl qilinayotgan qonun hujjatlarining mazmun-mohiyatini keng aholi va tizim xodimlariga yetkazishda faollik ko'rsatgan 4 ta eng namunali tashkilotlar tanlab olindi.

???? “Eng na'munali mahalla fuqarolar yig’ini” - "Lalmikor" MFY,
???? “Eng na'munali davlat organi va tashkiloti” - Tuman tibbiyot birlashmasi,
???? “Eng na'munali umumna’lim maktabi” - 3-sonli umumta'lim maktabi,
???? “Eng na'munali maktabgacha ta’lim tashkiloti” nominasiyasiga - 1-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti sazovor bo'ldi.

Tuman adliya bo'limi tomonildan g'oliblarga tashakkurnoma va estalik sovg'alari topshirildi.

09
Jizzax viloyat adliya boshqarmasi tashabbusi bilan intellektual mulk huquqlari tarhiboti davom etmoqda.

Jizzax viloyat madaniyat boshqarmasi tarkibidagi tashkilotlar xodimlari, ijodkorlar, shoirlar va qo'shiqchilar o'rtasida intellektual mulk huquqlarini himoya qilish sohasidagi so'ngi yangiliklar, imtiyoz va qulayliklar haqida tushunchalar berish ishlari muntazam amalga oshirib borilmoqda.

Mazkur sohada duch keladigan qonun buzilish holatlarini oldini olish, mualliflik huquqlarini himoya qilishga aloqador bo'lgan masalalar yuzasidan aniq ko'rsatmalar va yo'nalishlar berib kelinmoqda.

06
Xabar ber - adolatni ta'minla!

Hurmatli fuqarolar, Adliya vazirligi va uning tizimidagi idoralar, jumladan:

▪️adliya boshqarmalari va bo‘limlari;
▪️yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari;
▪️FHDY organlari;
▪️davlat xizmatlari markazlari;
▪️"O‘zarxiv" agentligi va uning hududiy tuzilmalari;
▪️To'lovga qobiliyatsizlik ishlari agentligi va uning hududiy tuzilmalari;
▪️Qonunchilikni tahlil qilish va tartibga solish ta'sirini baholash instituti
▪️Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti;
▪️X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud-ekspertiza markazi va uning hududiy bo‘linmalari;
▪️“Adolat” milliy huquqiy axborot markazi;
▪️Adliya organlari va muassasalarida axborot-kommunikatsiya  texnologiyalarini rivojlantirish markazi;
▪️Intellektual mulk markazi;
▪️Toshkent davlat yuridik universiteti;
▪️davlat notarial idoralari va arxivlari;
▪️TDYU qoshidagi akademik litseydagi korrupsiya holatlariga duch kelsangiz telegramdagi @antikorbot botiga, (71) 207-04-64 (1321 yoki 1323) telefon raqamiga yoki vazirlik rasmiy veb-sayti (https://gov.uz/oz/adliya/news/news)dagi maxsus platformaga tegishli ma'lumotlarni yuborishingiz mumkin.

Yuborilgan xabarlar belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi hamda murojaat qiluvchining shaxsi sir saqlanishi kafolatlanadi.

01
«FАROVONLIK GURUHLАRI» LOYIHАSIGА STАRT BERILDI

Viloyatimizning 3 ta hududida ijtimoiy himoyaga muhtoj aholining bandligini taʼminlash va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratilgan yangi loyiha taqdim etildi.

Loyiha «Istiqlol avlodi» markazi tomonidan, Jizzax viloyati hokimligining ijtimoiy buyurtmasi va Oliy Majlis huzuridagi Jamoat fondi koʼmagida amalga oshirilmoqda.
???? Loyihada oilalar holati «mahallabay» va «xonadonbay» oʼrganiladi
???? Tanlab olingan oilalar negizida «Farovonlik guruhlari» tashkil etilib, kasbga oʼqitiladi va zarur jihozlar bilan taʼminlanadi
???? Xitoy tajribasi asosida har bir oilaga «loyihabay» inklyuziv yondashiladi
???? Mablagʼlarning ishlatilishi ustidan jamoatchilik va deputatlik nazorati oʼrnatiladi.

Taqdimotda viloyat hokimligi, Аdliya, Xalq deputatlari Kengashi deputatlari, Oila va xotin-qizlar, Ijtimoiy himoya, Bandlik boshqarmalari, Savdo-sanoat palatasi, OʼzNNTMА viloyat hududiy boʼlinmasi hamda fuqarolik jamiyati institutlari qatnashdi.

30
O‘QUVCHI YOSHLAR O‘RTASIDA HUQUQIY TARG‘IBOT TADBIRI O‘TKAZILDI

Mirzachoʻl tumani adliya bo‘limi YXKM xodimlari tomonidan "Bog'zor" MFYdagi maktab bitiruvchi sinf o‘quvchilari uchun targ‘ibot tadbiri tashkil etildi. Unda o‘quvchilarga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PF-207-son Farmoni mazmun-mohiyati atroflicha tushuntirildi.

Ushbu tadbir davomida:
???? Ta’lim muassasalarida psixofaol moddalar tarqalishining oldini olish va yoshlarda giyohvandlikka nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish
???? Narkojinoyatlar uchun javobgarlik va jazo choralarining kuchaytirilganligi
???? Giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasi va ularning kelajakdagi salbiy oqibatlari haqida atroflicha tushuntirishlar berib o‘tildi.

Tadbir yakunida o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga huquqiy javoblar olishdi.

25
“O‘qituvchilarga ehtirom” huquqiy aksiyasi

Joriy yil 25-sentyabrdan 15-oktyabrgacha pedagoglarning huquqiy bilim va  himoyasini kuchaytirishga qaratilgan “O‘qituvchilarga ehtirom” huquqiy aksiyasi o‘tkaziladi.

Aksiya doirasida:

???? seminar-treninglar tashkil etiladi;
???? huquqiy targ‘ibot materiallari tarqatiladi;
???? pedagoglarning tizimli muammolari o‘rganilib, ularni hal etish choralari ko‘riladi;
???? so‘rovnomalar tashkil etiladi;
???? murojaatlar qabul qilinib, ularni hal etish bo‘yicha amaliy choralar ko‘riladi.

O‘qituvchi huquqi — jamiyat kelajagi va ta’lim sifatining muhim kafolati.