Bog'lanish

Telefon
+998 72 221 50 50

Elektron manzil
jizzax@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni1008

Yangiliklar

05
#Mulk_huquqi

Jizzax viloyatida o'zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo'lgan huquqlari e'tirof etilgan fuqarolar soni jami 2 305 nafarga yetdi.

Xalq deputatlari viloyat Kengashining navbatdagi sessiyasida qabul qilingan qarorga muvofiq, viloyatning bir qator tuman va shaharlarida istiqomat qiluvchi yana 639 nafar fuqaroning mulk huquqlari qonuniy tartibda e’tirof etildi.

30
#Muhokama_2030

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Mamlakatning 2030-yilgacha mo‘ljallangan taraqqiyotining ustuvor yo‘nalishlari doirasida islohotlarni izchil davom ettirish va yangi bosqichga olib chiqishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Farmoni loyihasi regulation.adliya.uz portaliga jamoatchilik muhokamasi uchun joylashtirildi.

❗️Ushbu muhokamada faol ishtirok etishingizni so'rab qolamiz.

Havola orqali o'tib, Farmon loyihasi matni bilan tanishishingiz mumkin! (https://regulation.adliya.uz/project/8712/22983?contentLang=oz)

29
Ziyo_ulash

Paxtakor tuman hokimi Xusan Bo‘ltakovich tomonidan Adliya bo‘limi DXMga kitoblar sovg‘a qilinishi davlat boshqaruvi va adliya tizimi o‘rtasida shakllanib borayotgan mustahkam hamkorlikning navbatdagi muhim bo‘g‘ini sifatida namoyon bo‘lmoqda.

Ushbu ezgu tashabbus bilim va ma’rifatga bo‘lgan yuksak e’tibor, qonun ustuvorligini ta’minlash hamda huquqiy ong va madaniyatni yuksaltirish yo‘lidagi mushtarak maqsadlarning yaqqol ifodasidir.

Taqdim etilgan kitoblar adliya bo‘limiga tashrif buyuruvchi fuqarolar uchun huquqiy bilimlarini yanada boyitish bilan birga, kelgusida ikki tomonlama hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qiladi.

Bu kabi tashabbuslar jamiyatda adolat, qonuniylik va ma’naviy barqarorlikni mustahkamlashga qaratilgan izchil sa’y-harakatlarning amaliy ifodasi hisoblanadi.

26
Yo'lovchilarni temir yo'l transportida tashish ulushi oshiriladi

“2030-yilga qadar temir yo'l transportida mahalliy yo'nalishlarda yo'lovchi tashish ko'rsatkichlarini oshirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident qarori (PQ–391-son, 27.12.2025-y.) qabul qilindi.

Mazkur qarorning asosiy maqsadi 2030-yilgacha temir yo'l transportida mahalliy yo'nalishlarda yillik yo'lovchi tashish ko'rsatkichini 10,5 mln nafardan 23,5 mln nafarga, elektropoezdlar qatnovi tashkil etilgan yo'nalishlar sonini 40 tadan 53 taga yetkazish etib belgilandi.

Qarorga ko'ra, quyidagilar temir yo'l transportida yo'lovchi tashish faoliyatini rivojlantirish bo'yicha Transport vazirligi va “O'zbekiston temir yo'llari” AJning ustuvor vazifalari etib belgilandi, jumladan:

???? uzunligi 465 km bo'lgan va elektrlashtirish ishlari yakunlangan “Buxoro–Xiva” temir yo'l liniyasi orqali 2026 yildan boshlab Toshkent–Urganch–Xiva yo'nalishida yuqori tezlikda harakatlanuvchi elektropoyezdlar qatnovini tashkil etish;

???? uzunligi 196 km bo'lgan “Miskin–Nukus” temir yo'lini elektrlashtirish ishlarini 2026-yil yakuniga qadar tugatib, ushbu yo'nalishlarda yuqori tezlikda harakatlanuvchi elektropoezdlar qatnovini tashkil etish;

???? Angren-Pop hamda Toshguzar–Boysun–Qumqo'rg'on temir yo'l uchastkalarini modernizatsiya qilgan holda 2030 yilgacha Andijon, Namangan, Farg'ona va Surxondaryo viloyatlariga tezyurar elektropoyezdlar qatnovlarini yo'lga qo'yish.

25
Ehtiyojmand oilalarga gaz va elektr uchun yil o‘n ikki oy kompensatsiya beriladi

Prezidentimizning qarorlariga asosan (https://lex.uz/docs/7464353), ehtiyojmand oilalarga ishlatilgan elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun davlat tomonidan har oyda kompensatsiya beriladi.

Kompensatsiya miqdori:

Elektr energiyasi uchun — oyiga bazaviy me’yordan ortiq (200 kVt·soatdan keyingi) 150 kVt·soatgacha;
Tabiiy gaz uchun — qish oylarida 250 kub metrgacha, boshqa oylarda 150 kub metrgacha ba’zaviy me’yordan ortiq foydalanilgan qismi uchun kompensatsiya beriladi.

Ilgari kompensatsiyalar faqat qish oylarida amal qilgan bo‘lsa, endi — yil davomida har oyda berilmoqda.
Kompensatsiya 2025-yil 1-maydan 2027-yil 1-aprelgacha quyidagi oilalarga beriladi (https://t.me/minenergy_uz/15716)

Ma’lumot uchun, isitish mavsumida tabiiy gaz iste’moli bo‘yicha ba’zaviy me’yor 5 barobarga oshirilgan (https://t.me/minenergy_uz/18042) — 100 kub metrdan 500 kub metrga.

24
Zarbdorda huquqni muhofaza qiluvchi organlar sayyor qabul o‘tkazdi

Zarbdor tumanining Yangiobod mahallasida huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbarlari tomonidan jismoniy va yuridik shaxslar uchun navbatdagi sayyor qabul tashkil etildi.

Qabul davomida fuqarolar yer va mulk masalalari, sud qarorlarining ijrosi, huquqiy hujjatlarni rasmiylashtirish kabi turli yo‘nalishlarda murojaatlar bilan chiqishdi. Ayrim masalalar shu yerning o‘zida ijobiy hal etildi, qolgan murojaatlar bo‘yicha esa mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi.

Tuman prokurori Prezidentning PQ–1-sonli qarori — “2025-yilda xavfsiz mahallani yaratish va huquqbuzarliklarning oldini olish tizimi samaradorligini oshirish to‘g‘risida”gi hujjatning mazmun-mohiyatini tushuntirib, mahallalarda tinchlik, osoyishtalik va huquqiy tartibotni mustahkamlashga qaratilgan vazifalarni ta’kidladi.

Sayyor qabul fuqarolarning davlat organlariga bo‘lgan ishonchini oshirish, ularning muammolarini joyida hal etishga xizmat qildi.

23
HUQUQIY TARG'IBOT

Jizzax viloyat adliya boshqarmasi hamda Savdo-sanoat palatasi bilan hamkorlikda tadbirkorlar ishtirokida tovar belgisiga ega bo‘lib, bozorda mashhurlikka erishgan mahalliy tadbirkorlarni jalb etgan holda master-klasslar tashkil etish belgilangan bo'lib, shunga ko'ra 20 ga yaqin tadbirkorlar bilan davra suhbati tashkil etildi.  

Unda dastlab intellektual mulk huquqlarini himoya qilish sohasidagi islohotlar, o'zgarishlar va yangiliklar haqida batafsil ma'lumotlar berildi. Kantrafakt maxsulotlardan himoyalanish, ularning savdosiga chek qo'yish orqali sog'lom raqobatni shakllantirish, bozor munosabatlarida ochiqlik va shaffoflikka erishish borasida tadbirkorlarning o'rni katta ekanligi ta'kidlandi. O'z brendiga ega yirik tadbirkorlardan muvaffaqiyat formulasi borasida tajribalar almashildi.

22
Zomin tuman adliya bo‘limida “Ochiq eshiklar kuni” tashkil etildi

Zomin tuman adliya bo‘limida “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri o‘tkazildi. Unda tumandagi 12-sonli Bolalar musiqa va san’at maktabi o‘quvchilari ishtirok etdi.

Tadbir davomida o‘quvchilar adliya bo‘limi tizimida faoliyat yuritayotgan adliya bo‘limi, Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi, Davlat xizmatlari markazi (DXM) hamda FHDYo organlari faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Mutaxassislar tomonidan mazkur tashkilotlarning vazifalari, aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar hamda huquqiy sohadagi yangiliklar haqida tushuntirishlar berildi.

“Ochiq eshiklar kuni” tadbiri yoshlarning huquqiy bilimlarini oshirish, ularni huquqiy kasblarga qiziqtirish va davlat organlari faoliyati haqida to‘liq tasavvur hosil qilishga xizmat qildi.

19
Zomin tuman adliya bo'limi FHDY bo'limi tomonidan bir nechta fuqarolarga huquqiy koʻmak hamda amaliy yordam berildi.

Bir necha yillar sha'riy nikohda yashab kelgan fuqarolarning nikohlari qonuniy rasmiylashtirilib berildi.

Tugʻilganlik haqidagi guvohnomalar rasmiylashtirilib joyiga chiqqan holda topshirildi.

Shu bilan birga, vaqtida kerakli hujjatlarni qila olmagan fuqaroning 4 nafar farzandiga tugilganlik haqida guvohnoma rasmiylashtirilib berildi.

18
Jizzax garnizonidagi harbiy qismda “Yoshlar bilan uchrashuv” tadbiri tashkil etildi

Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 34 yilligi munosabati bilan o‘tkazilib, unda yosh harbiy xizmatchilar va xodimlarni huquqiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, ularning huquqiy savodxonligini oshirish asosiy maqsad qilib belgilangan.

Uchrashuv O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Jizzax viloyat Kengashi, Jizzax garnizonidagi harbiy qism, Tashqi migratsiya agentligining Jizzax viloyat filiali, viloyat adliya boshqarmasi hamda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi hamkorligida tashkil etildi.

Tadbir davomida adliya boshqarmasi mas'ul xodimi Shuxrat Sulaymonov tomonidan yosh harbiy xizmatchilarga mehnat huquqlari, tashqi migratsiya, bandlik masalalari hamda amaldagi qonunchilik bo‘yicha tushuntirishlar berildi, ularni qiziqtirgan savollarga atroflicha javoblar qaytarildi.