Bog'lanish

Telefon
+998 72 221 50 50

Elektron manzil
jizzax@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni1008

Yangiliklar

31
“Huquqiy mahalla” loyihasi doirasida targ'ibot tadbiri

Jizzax shahar adliya bo’limi yuridik xizmat ko'rsatish markazi va “Madad” NNT Jizzax shahar huquqiy maslahat byurosi mas'ul xodimlari tomonidan “Ravalliq” MFY hududida joylashgan xonadonlarda uyma-uy yurish va “Huquqiy ko‘mak” aksiyalarini o‘tkazish orqali fuqarolarga bepul birlamchi yuridik yordam ko‘rsatilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-80-sonli Farmonida belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida Jizzax shahar “Ravalliq” MFY “Huquqiy mahalla” deb etirof etilganligi hamda noyabr oyi davomida ushbu mahallada istiqomat qiluvchi aholining huquq va manfaatlarini ta‘minlashga qaratilgan normalar va standartlarning ishlashini monitoring qilish hamda aholining huquqiy muammolarini aniqlash va bartaraf etish yuzasidan  uyma-uy yurish va “Huquqiy ko‘mak” aksiyalarini o‘tkazish orqali “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” hamda “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimiga kiritilgan fuqarolarga bepul birlamchi yuridik yordam ko‘rsatilishini ta’minlash, yoshlar, xotin-qizlar, ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarni, shuningdek tadbirkorlik subyektlarini qonunchilik hujjatlarida belgilangan imtiyozlar, preferensiyalar, subsidiyalar, grantlar va davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning boshqa turlari hamda ulardan foydalanish tartibi haqida tushuntirishlar berildi.

30
Korrupsiyaga qarshi kurashish, ularga imkon beruvchi sabab va shart sharoitlarni bartaraf etish

Hurmatli Prezidentimiz joriy yilning 5-mart kuni Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha Milliy kengashning kengaytirilgan yig‘ilishi o‘tkazilganligini, unda yurtimizda korrupsiyadan holi muhit yaratish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlarga baho berib, kelgusidagi vazifalarni aniq belgilab berganligni, unga ko‘ra, ya’ni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha ishlar natijadorligi va kelgusidagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan kengaytirilgan yig‘ilishda davlatimiz rahbari so‘zining avvalida islohotlar hal qiluvchi bosqichga kirayotgan hozirgi vaqtda yurtimizda korrupsiyadan xoli muhit yaratish bo‘yicha ishlarga baho berib, kelgusi vazifalarni aniq belgilab olish zarurligini ta’kidlab, “Islohotlar yo‘lidagi eng katta to‘siq va g‘ov – bu korrupsiyadir. Buni dunyo tajribasi ham to‘liq tasdiqlashligi, Korrupsiya oqibatida jahon iqtisodiyoti yiliga 3 trillion dollar zarar ko‘rayotgani bu global xavf ekanidan dalolat berishligi, Korrupsiya shunday yovuz illatki, u xalqning davlatga, Konstitutsiya va qonunlarga ishonchiga putur yetkazadi, barqaror rivojlanish va xavfsizlik uchun jiddiy tahdidga aylanishi” to‘g‘risida fikr yuritib o‘tganligi alohida ta’kidlab o‘tdi.
Yurtimizda korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish bo‘yicha aniq tizim yaratildi, alohida qonunlar qabul qilindi.
Parlament palatalarida mas’ul qo‘mitalar, Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha milliy kengash va agentlik tashkil qilindi.
Eng muhimi, jamiyatda korrupsiya muammosini jamoatchilik muhokamasiga olib chiqadigan ochiq tizim, ochiq muhit yaratilgani, ayniqsa, ommaviy axborot vositalarining bu boradagi o‘rni va ta’siri ortib borayotgani qayd etildi.
Ilgari bu mavzu jurnalistlar uchun mutlaqo yopiq edi. Hozirgi vaqtda mavjud holat ochiqlik va shaffoflik tomonga butunlay o‘zgardi.
Ochiqlik bo‘yicha xalqaro reytinglardagi mamlakatimizning o‘rni                    138 pog‘onaga yaxshilanib, Markaziy Osiyoda birinchi, dunyoda 30-o‘ringa ko‘tarilganligini ta’kidlab o‘tdilar.
O’zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz uch yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbirda ham hurmatli Prezidentimiz Yangi O’zbekistonni barpo etishda asosiy e’tiborni beshta ustuvor yo‘nalishga qaratib, ulardan biri sifatida korrupsiyadan xoli, adolatli sud tizimini yaratish masalasini davlat siyosati darajasida mustahkamlab qo‘ygandilar.
Davlatimiz rahbari nutqida jamoatchilikka murojaat qilib, korrupsiyaga qarshi kurashish umummilliy vazifa, har bir vatanparvar yurtdoshimizning vijdon ishi ekanini ta’kidladi.
– Hammamiz yagona kuch bo‘lib harakat qilsak, albatta, katta ijobiy samaraga erishamiz. Shu bois mahalla faollari, nuroniylar, ziyolilar, yozuvchi va shoirlar, san’at va madaniyat xodimlari, tadbirkorlar, taniqli shaxslar, rahbarlar, deputat va senatorlar – umuman butun jamoatchilik birlashib, korrupsiyaga “jamiyat tanasidagi saraton” sifatida qarashi kerak, – dedi Shavkat Mirziyoyev.
Shu o‘rinda, sudyalarning chinakam mustaqilligini ta’minlash, fuqarolarning odil sudlovga bo‘lgan ishonchini yanada oshirish hamda sud hokimiyati tizimida korrupsiyani oldini olish va unga qarshi kurashishni samarali yo‘lga qo‘yish bo‘yicha “inson-jamiyat-davlat” tamoyili asosida izchil ishlar olib borilmoqda.
Fuqarolarning odil sudlovga bo‘lgan ishonchini yanada mustahkamlash, sud hokimiyatining nufuzi va ta’sirchanligini kuchaytirishda sud hujjatlari ijrosining samaradorligi muhim hisoblanadi.


Baybekov A’zam Abdurashitovich
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Jizzax tumanlararo sudi sudyasi

29
Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkasini bo'lish va uning yangi chegaralarini belgilash bo'yicha davlat xizmati joriy etiladi.

Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkasini bo'lish va uning yangi chegaralarini belgilash bo'yicha davlat xizmati joriy etiladi.

Arizalar Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) (https://my.gov.uz/uz) orqali qabul qilinadi.

Xizmatdan foydalanuvchilar: ijara huquqi asosida berilgan qishloq xo'jaligiga mo'ljallangan yerlarda mahsulot yetishtirish (ishlab chiqarish) bilan shug'ullanuvchi tadbirkorlik subyektlari.

Vakolatli organ: Qishloq xo'jaligi vazirligi.

Arizani ko'rib chiqqanlik uchun yer uchastkasining maydoniga qarab BHMning 1-6 baravari miqdorida yig'im undiriladi.

Asos: Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-oktabrdagi  662-son qarori (https://lex.uz/uz/docs/-7782935).

28
Men_donorman

Har kuni dunyo boʻyicha yuz minglab odam donor qoniga ehtiyoj sezadi. Ayniqsa, onkologik, gematologik kasalliklarga chalingan insonlar, baxtsiz hodisa tufayli ogʻir tan jarohati olgan va murakkab operatsiyalarga muhtoj bemorlar hayotini saqlab qolishda qon muhim vosita sanaladi.

Donorlik esa qon va uning komponentlariga muhtoj insonlar uchun begʻaraz koʻmakdir.

2005-yil may oyida Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining Xalqaro Assambleyasida dunyo davlatlari sogʻliqni saqlash vazirlari yakdillik bilan begʻaraz qon donorligini qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisidagi taklifni maʼqullagan. Shundan buyon butun jahon miqyosida har yili anʼanaviy tarzda “Men donorman” aksiyasi oʻtkazib kelinadi.

Jizzax viloyat adliya boshqarmasi va Jizzax shahar adliya bo'limi xodimlari joriy yilning 24-oktabr kuni ushbu aksiyada faol ishtirok etdilar.

Donorlik — bu hurmatga sazovor ish, donor esa, juda ham oliyjanob insondir.

27
"Ochiq eshiklar kuni" munosabati bilan yoshlar bilan uchrashuv

Jizzax shahar adliya bo'limi yuridik xizmat ko'rsatish markazi mas'ullari va "Madad" NNT Jizzax shahar huquqiy maslahat byurosi bosh mutaxassisi tomonidan Jizzax shahri hududida joylashgan umumta'lim maktabi o'quvchilari uchun “Ochiq eshiklar” kuni tashkil etildi.

Yoshlar dastlab bo'limda  xodimlarga yaratilgan sharoitlar bilan tanishdilar. Shu bilan birga adliya organlari faoliyati haqida batafsil tushunchaga ega boʻldilar.

Shundan so‘ng o'quvchi yoshlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi. Unda yoshlar uchun qonunchilikda belgilangan imtiyozlar, preferensiyalar, grantlar va davlat tomonidan qo'llab-quvvatlashning boshqa turlari  hamda adliya bo'limlari, DXM, FHDY, YXKM ish faoliyati yuzasidan berilgan savollarga javob berildi.

24
“Mualliflik va turdosh huquqlariga nisbatan hurmat hissini uyg‘otish va yanada rivojlantirish" yuzasidan targ'ibot tadbiri

Adliya vazirli tashabbusi bilan o'tkazilayotgan “San’at va ijod himoyasi” oyligi doirasida targ'ibot tadbirlari davom etmoqda

Jizzax viloyat bojxona boshqarmasi xodimlari uchun mualliflik va turdosh huquqlarni himoya qilish yuzasidan seminar-treninglar tashkil etildi.

Tadbir davomida:
O'zbekiston Respublikasining 2025-yil 8-avgustdagi O'RQ-1080-son Qonuni;
Mualliflik va turdosh huquqlariga nisbatan hurmat hissini uyg‘otish yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi.

23
Jizzax shahrida huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbarlarining ommaviy sayyor qabuli tashkil etildi

Mazkur yuzma-yuz muloqotlar aholining shu yo'nalishdagi muammolarini o'rganish, murojaatlarni tinglash asnosida uning echimini aniqlashdan iboratdir.

Sayyor qabul davomida adliya boshqarmasi boshlig'i A.Ergashev tomonidan sohaga oid murojaatlar qabul qilinib, aksariyatiga huquqiy tushuntirishlar berildi, to'g'ri yo'l-yo'riq ko'rsatildi. Yechimi o'rganish talab etadigan murojaatlar ish yurituviga olindi.

Shu bilan birga, fuqarolarga davlat xizmatlaridan va notarius xizmatidan sayyor tartibda foydalanish imkoniyati yaratildi.

22
Otaliqqa olingan maktab o'quvchilari o'rtasida sport musobaqalari tashkil qilindi

Adliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan “O‘zbek tili bayrami” kunini munosib nishonlashga qaratilgan madaniy-ma’rifiy va tashkiliy tadbirlar Dasturi hamda Adliya boshqarmasi tomonidan tasdiqlangan Jizzax viloyatidagi otaliqqa olingan maktablarning o‘quvchilari uchun 2025-yil sentabr-dekabr oylarida amalga oshiriladigan Chora-tadbirlar dasturining 4-bandida belgilangan “Street law”, “Tengdoshimga huquqiy yordam”,“Vatanparvarlik va milliy qadriyat”, “Huquqiy bilimlar” tadbirlarini o‘tkazish maqsadida, Adliya vazirligi tomonidan otaliqqa olingan Jizzax shahar maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli 2-son umumta’lim maktabida Jizzax shahar adliya bo'limi Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi, davlat notarial arxiv, “Madad” Jizzax shahar huquqiy maslahat byurosi hamda shahar maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi mas’ullari bilan hamkorlikda “O‘zbek tili bayrami” kuni keng nishonlandi.

Bundan tashqari, bayram tadbirlarining ko‘taringgi kayfiyati o'quvchi yoshlar o'rtasida tashkil etilgan stol tennisi, shaxmat va shashka, mini futbol sport musobaqalari tadbirlariga ulanib ketdi.

Tadbir so‘nggida sport musobaqasi g‘oliblari va tadbir ishtirokchilari Adliya bo‘limining esladik sovg‘alari va faxriy yorliqlari bilan taqdirlandi.

21
Mirzacho'l tuman adliya bo‘limi FHDY bo‘limi tomonidan fuqaro murojaati o‘zining ijobiy yechimini topdi

Mirzadala mahallasida yashovchi fuqaro G.Q 2009 yilda tug'ilgan farzandi 2 oy yashab vafot etganligi, uning o'limi xech qaerda qayd etilmaganligi bois oila tarkibida mavjud turganligi bois ushba masalada yordam so'ragan. Adliya bo'limi tomonidan ushbu masala o'rganilib, ijobiy yechim topishi uchun yordam ko'rsatildi.

Xususan, tuman FHDY bo'limining ma'lumotiga ko'ra, farzandingizning vafot etganligini tasdiqlovchi tibbiyot birlashmasi tomonidan beriladigan o'lim haqida tibbiy guvohnomasi mavjud bo'lmaganligi sababli fuqarolik ishlari bo'yicha Do'stlik tumanlararo sudiga o'lim faktini belgilash to'g'risida ariza kiritildi. Sud qaroriga ko'ra o'lim fakti belgilanib, shunga ko'ra fuqaroning vafot etgan farzandi oila tarkibidan chiqarildi.

20
Adliya_aralashgach...

Zomin tumani adliya bo‘limi tomonidan fuqaro S.Zning  Zomin tumani, Qo‘rg‘on MFYda  joylashgan savdo do‘koni davlat va jamoat ehtiyojlari uchun buzilganligi, biroq hokimlik tomonidan kompensatsiya to'lovlari to‘lab berilmaganidan norozi bo'lib yo‘llagan murojaati o‘rganib chiqildi.

Aniqlanishicha, fuqaro S.Zga tegishli bo‘lgan savdo do‘koni hokimning 15.10.2011-yildagi 686-sonli qaroriga asosan buzib tashlangan, biroq kompensatsiya to‘lovlari bugungi kunga qadar to‘lab berilmagan.

Vaholanki, Fuqarolik kodeksining 163-moddasida mulkdorning yoki boshqa egalik qiluvchining oʻz huquqini har qanday buzishlarni bartaraf etish haqidagi talablariga nisbatan da'vo muddati joriy qilinmaydi.

Yuqoridagilarga ko‘ra, Fuqarolik ishlari bo‘yicha Zarbdor tumanlararo sudiga fuqaro manfaatida 163.688.934 so‘m zararni undirishni so‘rab da’vo ariza kiritildi va sudning hal qiluv qaroriga asosan qanoatlantirildi.