Bog'lanish

Telefon
+998 72 221 50 50

Elektron manzil
jizzax@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni1008

Yangiliklar

29
Yoshlarning huquqiy bilimlari oshirildi.

Har bir mamlakatning kelajagi, ertangi kuni, yosh avlod taʼlim-tarbiyasiga, salohiyatiga bevosita bogʻliq. Shu bois yoshlarni jamiyatning faol aʼzosiga aylanishi, oʻz iqtidor va isteʼdodini namoyon etishi uchun yurtimizda barcha  imkoniyatlar yaratilgan.  Yoshlarni yot gʻoyalar taʼsiridan asrash, ularda vatanparvarlik tuygʻusini yuksaltirish, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari doirasida oʻz manfaatlarini mustaqil amalga oshirish yoʻllarini erkin tanlay olish koʻnikmalarini shakllantirishda targʻibot tadbirlari muhim ahamiyat kasb etadi.

Doʻstlik tuman adliya boʻlimi tomonidan tuman prokuraturasi bilan hamkorligida  tuman tibbiyot texnikumida tashkil etilgan tadbir ana shu maqsadlarni oʻzida ifoda etdi.   Mazkur tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2017-2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha harakatlar strategiyasini ”Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili"da amalga oshirishga oid Davlat dasturi toʻgʻrisida”gi Farmoni mazmun-mohiyati toʻgʻrisida soʻz bordi.

Uchrashuv davomida diniy ekstremizm, odam savdosi, korrupsiya singari illatlarning salbiy va ayanchli oqibatlari hayotiy misollar asosida tushuntirildi. Bu borada qabul qilingan qonun hujjatlarining mazmun-mohiyati haqida keng maʼlumotlar berildi. 

   Erkin muloqot maydoniga aylangan tadbirda oʻquvchilar tomonidan berilgan savollarga batafsil javoblar berildi.

Doʻstlik tuman adliya boʻlimi boshligʻi 
Asatullayev Musaxon Neʼmatullayevich

26
Sovrinli viktorina

Adliya vazirligi tomonidan @huquqiyaxborot telegram kanalida “Sovrinli viktorina” oʻtkaziladi.

“Sovrinli viktorina” joriy yilning 27-mart kuni soat 11:00 da boshlanib, 12:00 ga qadar davom etadi.

Ishtirokchi huquqiy sohaga oid jami 25 ta test savollariga tezkorlik bilan (har bir savolga 15 soniya) javob topishi kerak.
Test savollariga eng koʻp va qisqa muddatda toʻgʻri javob bergan 50 nafar ishtirokchilar respublika boʻylab boʻlib oʻtadigan  “Adliya sayillari” tadbirida diplom va esdalik sovgʻalar bilan taqdirlanadi.

Huquqingizni biling va gʻolib boʻling!

25
“Har bir murojaat adliya eʼtiborida”

Jumladan, Jizzax shahar Qaliya MFY X.Pirnazarov koʻchasida yashovchi fuqaro S.T.ning tugʻish taʼtilidan soʻng ishga qaytib olinmaganligidan norozi boʻlib qilgan murojaati oʻrganib chiqildi.
Oʻrganish natijasida, boʻlim aralashuvi bilan fuqaro Jizzax shahridagi 2-sonli oilaviy poliklinikaga qaytib ishga olinishi taʼminlandi.

Sherzod Qaynarov
jizzax shahar adliya boʻlimi
yetakchi maslahatchisi

24
Huquqiy targʻibot davom etmoqda.

Jizzax viloyat Adliya boshqarmasi boʻlim boshligʻi S.Rahimov tomonidan joylarga borgan holda huquqiy targʻibot ishlari amalga oshirib kelinmoqda. Hususan Oʻzneftgazinspeksiya” Jizzax hududiy boʻlimida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil  11-fevraldagi “Gazdan turmushda foydalanishda sodir boʻladigan baxtsiz xodisalarni tekshirish hamda hisobga olish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiklash xaqida”gi 64-sonli Qarori mazmuni va Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligidan 2021-yil 24-fevralda 3287-son bilan roʻyhatdan oʻtkazilgan “Normativ-huquqiy hujjatlar va ular loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 2-mh-sonli Buyrugʻi targʻiboti ham shular jumlasidandur.
Yuqorida keltirib oʻtilgan mavzular yuzasidan S.Rahimov tomonidan batafsil maʼlumotlar berib oʻtilib mavzuga doir berilgan savollarga toʻliq va asoslantirilgan javoblar berildi.

23
Mirzachoʻlda pochtachilarga oylik toʻlanmagan

2021-yilning 24-26-fevral kunlari “Oʻzbekiston pochtasi” AJ Mirzachoʻl tuman filialida huquqni qoʻllash amaliyoti, mehnat qonunchiligi normalariga rioya etilishi ahvoli monitoring qilindi.

Mehnat kodeksining 154-moddasida mehnatga haq toʻlash kafolatlari koʻrsatilgan boʻlib, unga koʻra, ish beruvchi oʻzining moliyaviy holatidan qatʼi nazar, xodimga bajargan ishi uchun haqni belgilangan mehnat haqi shartlariga muvofiq ushbu kodeksning 161-moddasida koʻrsatilgan muddatlarda toʻlashi shartligi belgilangan boʻlsa-da, “Oʻzbekiston pochtasi” AJ Mirzachoʻl tuman filialining 4 nafar xodimiga 2020-yilning dekabr oyidan 2021-yilning 24-fevral kuniga qadar oylik maoshlari toʻlab berilmaganligi aniqlandi.

Mehnat kodeksining 161-moddasida Mehnatga haq toʻlash muddatlari jamoa shartnomasi yoki boshqa lokal normativ hujjatda belgilanishi va har yarim oyda bir marotabadan kam boʻlishi mumkin emasligi shuningdek, haq toʻlanadigan kun dam olish kuni yoki bayram kuniga toʻgʻri kelib qolsa, mehnat haqi shu kun arafasida toʻlanishi lozimligi, jamoa shartnomasida ish beruvchining aybi bilan xodimga haq toʻlash belgilangan muddatlarga nisbatan kechikkanligi uchun javobgarlik nazarda tutilishi mumkinligi belgilangan.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, Mirzachoʻl tuman adliya boʻlimi tomonidan “Oʻzbekiston pochtasi” AJ Jizzax filialiga taqdimnoma taʼsir chorasi qoʻllanildi va yuqorida nomlari zikr etilgan xodimlarga 6 million 125 ming 775 soʻm ish haqlari shu kunning oʻzida toʻlab berilishi taʼminlandi.

Mirzachoʻl tuman adliya boʻlim

19
Ortiqcha solingan soliq fuqaroga qaytarildi.

2021-yil 2-mart kuni Mirzachoʻl tuman adliya boʻlimiga tumanning “Mirzadala”MFY, Oqbuloq koʻchasi 7A-uy 2-xonadonda yashovchi fuqarosi B.Nurmanova tuman soliq inspeksiyasi va tuman kadastr xizmati maʼsul hodimlarining mol-mulk soligʻini notoʻgʻri hisoblaganligidan norozi boʻlib, ushbu masalada huquqiy yordam berishni soʻrab, yozma murojaat qilgan.

Ushbu murojaat tuman adliya boʻlimi tomonidan ish yurituvga qabul qilinib, oʻrganib chiqildi.

Oʻrganishda, haqiqatdan ham fuqaroning yashash honadoni yaʼni Mirzachoʻl tumani “Mirzadala” SHFY, Oqbuloq koʻchasi 7a- 2-uyning umumiy maydoni 0,12 ga ekanligi, lekin Davlat kadastr palatasi Jizzax viloyat boshqarmasi Mirzachoʻl tuman filiali maʼsul hodimlarining masʼuliyatsizligi tufayli, tuman soliq inspeksiyasiga berilgan xisobotda (2546 metr kv) ortiqcha yer maydoni koʻrsatilganligi aniqlandi. Ushbu notoʻgʻri hisobot natijasida tuman soliq inspeksiyasi tomonidan fuqaro B.Nurmanovaga 1.650.000 (bir million olti yuz ellik ming) soʻm ortiqcha molk-mulk soligʻi hisoblagan.



Tuman adliya boʻlimi tomonidan kiritilgan taʼsir chorasining ijrosi taʼminlanib, 2019-yil 10-yanvar kuni kadastr xizmati tomonidan tuman soliq inspeksiyasiga yuborilgan elektron maʼlumot oʻrniga fuqaroning yashash honadoni toʻgʻrisidagi aniq maʼlumotlar elektron tarzda tuman soliq inspeksiyasiga takroran yuborildi va fuqaroning sarsongarchiligiga sabab boʻlgan, mol-mulk soligʻi uchun hisoblangan 1.650.000 (bir million olti yuz ellik ming) soʻm ortiqcha soliq toʻlovi bekor qilindi.

Ulmas ABDIYEV
Mirzachoʻl tuman adliya boʻlimi boshligʻi

18
Huquqbuzarlik profilaktikasi kun

Jizzax shahar adliya boʻlimi tomonidan shahar hokimligi va shahar IIB bilan xamkorlikda shaharda joylashgan 5-sonli umumiy oʻrta talim maktabida maktab oʻquvchilarining ota-onalari va maktab oʻqituvchilari ishtirokida “Voyaga yetmaganlar oʻrtasida huquqbuzarliklarning oldini olish va ularga barxam berish” mavzusida targʻibot tadbiri tashkil etildi.

Mazkur tadbirda, yangi qabul qilingan va mavzuga taʼluqli boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlar boʻyicha xususan 2021-yil 12-fevralda qabul qilingan "Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat, Jinoyat-protsessualkodekslariga hamda Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi Qonuni mazmun-mohiyati va ahamiyati tushuntirib oʻtildi.

17
Huquqbuzarlik profilaktikasi kuni

Jizzax shahar adliya boʻlimi tomonida Jizzax shahridagi 59816-sonli harbiy qismda “Huquqbuzarlik profilaktikasi kuni” munosabati bilan “Harbiy xizmatchilarning o`zaro nizomga zid munosabatlarini sodir etilishiga oid jazo turlari” mavzusida hamda qonunchilikda harbiy xizmatchilarga berilgan imtiyozlar yuzasidan targʻibot tadbiri tashkil etildi.

Tadbirda harbiy xizmatchilar oʻrtasida sodir etilishi mumkin boʻlgan jinoyatlar va ularga beriladigan jazo choralari hamda qonunchilikdagi yangiliklar toʻgʻrisida maʼlumotlar berildi.
Shuningdek, tadbir davomida harbiy xizmatchilarning qiziqtirgan huquqiy masalalardagi muammolari savollariga atroflicha javob va huquqiy tushuntirishlar berib oʻtildi. 
Tadbir qizgʻin baxs munozaralar va savol javoblarga boy boʻldi.

16
Jizzax viloyat prokuraturasi binosida jinoyat ishlari boʻyicha Arnasoy tuman sudi raisi M.Ernazarov va Jizzax viloyat adliya boshqarmasi bosh mutaxassisi J.Kulbekovlar tomonidan audio konferensaloqa tarzida seminar oʻtkazildi.

Seminarda viloyat prokuraturasi organlarining barcha tezkor xodimlari oʻz binolaridan turib ishtirok etishdi.

Mamlakatimizda sud-huquq tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, qonun hujjatlariga kiritilgan oʻzgartirishlar, hususan Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 8-fevraldagi “Saylov qonunchiligi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-670-sonli, Konstitutsiyasiga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisidagi OʻRQ-671-sonli hamda 2021-yil 12-fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodeksiga hamda Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida” OʻRQ-673-sonli qonunlarning mazmun-moxiyati tushuntirilib, fikr almashildi.

15
"Ayollar daftari"ga kiritilgan xotin-qizlarga amaliy yordam berilmoqda

Adliya vazirligi va uning tizimidagi organlar tomonidan aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamiga huquqiy koʻmak koʻrsatish, turmush sharoiti ogʻir, ishsiz va ijtimoiy faol boʻlmagan xotin-qizlarni huquqiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash borasida qator tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda.

Jumladan, Mirzachoʻl tumani Ipak yoʻli QFY, A.Temur koʻchasi 10-uy 1-xonadonda istiqomat qiluvchi 1994-yilda tugʻilgan, Tursoatova Fazilatning ijtimoiy tarmoq orqali sogʻligʻini tiklashda amaliy yordam soʻrab, Mirzachoʻl tuman adliya boʻlimiga qilgan murojaati boʻlim xodimlari tomonidan oʻrganib chiqildi.(Asos-Adliya vaziri oʻrinbosari A.Tashkulovning 2021-yil 1-martdagi 8/03-1/806-son topshiriq xati)

Oʻrganishda, ushbu fuqaro 2021-yil yanvar oyida tuman markaziy kasalxonasining ginekologiya boʻlimida ogʻir xastalik bilan statsionar sharoitda davolanganligi, bugungi kunga kelib, sogʻligʻi yomonlashgani, tibbiyot birlashmasi tomonidan dori-darmon vositalari yetishmasligi sababi bilan birlashmaga qabul qilinmaganligi aniqlanib, adliya boʻlimining aralashuvi bilan  F.Tursoatova 2021-yil 09-mart kuni tuman tibbiyot birlashmasiga statsionar davolanish uchun yotqizildi. Shuningdek, unga shifokor B.Eshmurodov biriktirilib,  shifoxonada mavjud boʻlgan dori-darmon va tibbiy buyumlar bilan taʼminlandi.

Ulmas ABDIYEV
Mirzachoʻl tuman adliya boʻlimi boshligʻi