Bog'lanish

Telefon
+998 72 221 50 50

Elektron manzil
jizzax@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni1008

Yangiliklar

19
Ortiqcha solingan soliq fuqaroga qaytarildi.

2021-yil 2-mart kuni Mirzachoʻl tuman adliya boʻlimiga tumanning “Mirzadala”MFY, Oqbuloq koʻchasi 7A-uy 2-xonadonda yashovchi fuqarosi B.Nurmanova tuman soliq inspeksiyasi va tuman kadastr xizmati maʼsul hodimlarining mol-mulk soligʻini notoʻgʻri hisoblaganligidan norozi boʻlib, ushbu masalada huquqiy yordam berishni soʻrab, yozma murojaat qilgan.

Ushbu murojaat tuman adliya boʻlimi tomonidan ish yurituvga qabul qilinib, oʻrganib chiqildi.

Oʻrganishda, haqiqatdan ham fuqaroning yashash honadoni yaʼni Mirzachoʻl tumani “Mirzadala” SHFY, Oqbuloq koʻchasi 7a- 2-uyning umumiy maydoni 0,12 ga ekanligi, lekin Davlat kadastr palatasi Jizzax viloyat boshqarmasi Mirzachoʻl tuman filiali maʼsul hodimlarining masʼuliyatsizligi tufayli, tuman soliq inspeksiyasiga berilgan xisobotda (2546 metr kv) ortiqcha yer maydoni koʻrsatilganligi aniqlandi. Ushbu notoʻgʻri hisobot natijasida tuman soliq inspeksiyasi tomonidan fuqaro B.Nurmanovaga 1.650.000 (bir million olti yuz ellik ming) soʻm ortiqcha molk-mulk soligʻi hisoblagan.



Tuman adliya boʻlimi tomonidan kiritilgan taʼsir chorasining ijrosi taʼminlanib, 2019-yil 10-yanvar kuni kadastr xizmati tomonidan tuman soliq inspeksiyasiga yuborilgan elektron maʼlumot oʻrniga fuqaroning yashash honadoni toʻgʻrisidagi aniq maʼlumotlar elektron tarzda tuman soliq inspeksiyasiga takroran yuborildi va fuqaroning sarsongarchiligiga sabab boʻlgan, mol-mulk soligʻi uchun hisoblangan 1.650.000 (bir million olti yuz ellik ming) soʻm ortiqcha soliq toʻlovi bekor qilindi.

Ulmas ABDIYEV
Mirzachoʻl tuman adliya boʻlimi boshligʻi

18
Huquqbuzarlik profilaktikasi kun

Jizzax shahar adliya boʻlimi tomonidan shahar hokimligi va shahar IIB bilan xamkorlikda shaharda joylashgan 5-sonli umumiy oʻrta talim maktabida maktab oʻquvchilarining ota-onalari va maktab oʻqituvchilari ishtirokida “Voyaga yetmaganlar oʻrtasida huquqbuzarliklarning oldini olish va ularga barxam berish” mavzusida targʻibot tadbiri tashkil etildi.

Mazkur tadbirda, yangi qabul qilingan va mavzuga taʼluqli boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlar boʻyicha xususan 2021-yil 12-fevralda qabul qilingan "Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat, Jinoyat-protsessualkodekslariga hamda Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi Qonuni mazmun-mohiyati va ahamiyati tushuntirib oʻtildi.

17
Huquqbuzarlik profilaktikasi kuni

Jizzax shahar adliya boʻlimi tomonida Jizzax shahridagi 59816-sonli harbiy qismda “Huquqbuzarlik profilaktikasi kuni” munosabati bilan “Harbiy xizmatchilarning o`zaro nizomga zid munosabatlarini sodir etilishiga oid jazo turlari” mavzusida hamda qonunchilikda harbiy xizmatchilarga berilgan imtiyozlar yuzasidan targʻibot tadbiri tashkil etildi.

Tadbirda harbiy xizmatchilar oʻrtasida sodir etilishi mumkin boʻlgan jinoyatlar va ularga beriladigan jazo choralari hamda qonunchilikdagi yangiliklar toʻgʻrisida maʼlumotlar berildi.
Shuningdek, tadbir davomida harbiy xizmatchilarning qiziqtirgan huquqiy masalalardagi muammolari savollariga atroflicha javob va huquqiy tushuntirishlar berib oʻtildi. 
Tadbir qizgʻin baxs munozaralar va savol javoblarga boy boʻldi.

16
Jizzax viloyat prokuraturasi binosida jinoyat ishlari boʻyicha Arnasoy tuman sudi raisi M.Ernazarov va Jizzax viloyat adliya boshqarmasi bosh mutaxassisi J.Kulbekovlar tomonidan audio konferensaloqa tarzida seminar oʻtkazildi.

Seminarda viloyat prokuraturasi organlarining barcha tezkor xodimlari oʻz binolaridan turib ishtirok etishdi.

Mamlakatimizda sud-huquq tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, qonun hujjatlariga kiritilgan oʻzgartirishlar, hususan Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 8-fevraldagi “Saylov qonunchiligi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-670-sonli, Konstitutsiyasiga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisidagi OʻRQ-671-sonli hamda 2021-yil 12-fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodeksiga hamda Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida” OʻRQ-673-sonli qonunlarning mazmun-moxiyati tushuntirilib, fikr almashildi.

15
"Ayollar daftari"ga kiritilgan xotin-qizlarga amaliy yordam berilmoqda

Adliya vazirligi va uning tizimidagi organlar tomonidan aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamiga huquqiy koʻmak koʻrsatish, turmush sharoiti ogʻir, ishsiz va ijtimoiy faol boʻlmagan xotin-qizlarni huquqiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash borasida qator tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda.

Jumladan, Mirzachoʻl tumani Ipak yoʻli QFY, A.Temur koʻchasi 10-uy 1-xonadonda istiqomat qiluvchi 1994-yilda tugʻilgan, Tursoatova Fazilatning ijtimoiy tarmoq orqali sogʻligʻini tiklashda amaliy yordam soʻrab, Mirzachoʻl tuman adliya boʻlimiga qilgan murojaati boʻlim xodimlari tomonidan oʻrganib chiqildi.(Asos-Adliya vaziri oʻrinbosari A.Tashkulovning 2021-yil 1-martdagi 8/03-1/806-son topshiriq xati)

Oʻrganishda, ushbu fuqaro 2021-yil yanvar oyida tuman markaziy kasalxonasining ginekologiya boʻlimida ogʻir xastalik bilan statsionar sharoitda davolanganligi, bugungi kunga kelib, sogʻligʻi yomonlashgani, tibbiyot birlashmasi tomonidan dori-darmon vositalari yetishmasligi sababi bilan birlashmaga qabul qilinmaganligi aniqlanib, adliya boʻlimining aralashuvi bilan  F.Tursoatova 2021-yil 09-mart kuni tuman tibbiyot birlashmasiga statsionar davolanish uchun yotqizildi. Shuningdek, unga shifokor B.Eshmurodov biriktirilib,  shifoxonada mavjud boʻlgan dori-darmon va tibbiy buyumlar bilan taʼminlandi.

Ulmas ABDIYEV
Mirzachoʻl tuman adliya boʻlimi boshligʻi

12
Tayinlov

Adliya vazirining tegishli buyrugʻi bilan Shayjigitov Adxam Shayjigitovich Sirdaryo viloyati adliya boshqarmasi boshligʻi birinchi oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi.

A.Shayjigitov 1986-yilda Sirdaryo viloyati, Sardoba tumanida tugʻilgan, maʼlumoti oliy, 2009-yil Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan, mutaxassisligi huquqshunos.

U Adliya vazirligi hamda Jizzax viloyat adliya boshqarmasida oʻz mehnat faoliyatini 2010-yildan boshlab tizimdagi turli masʼul lavozimlarda faoliyat yuritgan hamda hozirgi vaqtga qadar Jizzax shahar adliya boʻlimi boshligʻi lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Jizzax viloyat adliya boshqarmasi jamoasi A.Shayjigitovni yangi lavozimga tayinlangani bilan muborakbod etadi. Uning kelgusi ishlarida muvaffaqiyatlar tilaydi.

12
Yosh huquqshunoslar va advokatlar uchrashuvi

Ayni damda Jizzax viloyat adliya boshqarmasi tashabbusi bilan Advokatlar palatasi Jizzax viloyat hududiy boshqarmasi hamkorligida “Yosh huquqshunoslar va advokatlar” uchrashuvi bulib utmokda.

11
Fuqaro sarsongarchiligiga chek qoʻyildi.

Vazirlar Mahkamasining ʻXotin-qizlarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha chora tadbirlar toʻgʻrisidaʻgi 2021-yil 8-yanvardagi 2-son qarori tegishli bandlari ijrosini taʼminlash maqsadida tumanning Ipak yoʻli QFYdagi ayollarga huquqiy xizmat koʻrsatish vaqtida fuqaro Norqulova Lola Shamsiyevnaning pensiyaga chiqishida sarson boʻlayotganligi, 56 yoshga toʻlsada, shu kunga qadar pensiya tayinlanishi rad etilayotganligini bildirib ogʻzaki qilgan murojaati tegishli tartibda oʻrganib chiqildi.

Oʻrganishda, fuqaroning mexnat  14.04.1985-yildan 17.12.1990-yilgacha Jizzax viloyati Paxtakor tumani Navbahor (sobiq Ulyanov) nomli jamoa xoʻjaligida, 03.05.1991-yildan 2000-yilgacha Mirzachoʻl tumani Toshkent savxozida ishchi boʻlib ishlaganligi biroq, L.Norqulovaning ishlagan davri BTPJ Jizzax viloyat boshqarmasi tomonidan inobatga olinmayotganligi maʼlum boʻldi.

Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari pensiya jamgʻarmasi Jizzax viloyati boshqarmasi tomonidan 2021-yil 8-fevral kuni №01-08/30-01-37/980-sonli xati orqali fuqaro L.Norqulovani “Yoshga doir” pensiya  tayinlash uchun talab etilgan 7 yil staji yetmaganligi sababli pensiya tayinlash imkoni yoʻqligi toʻgʻrisida maʼum qilingan.

Oʻzbekiston Respublikasining Mexnat kodeksining 81-moddasida “Mehnat daftarchasi xodimning mehnat stajini tasdiqlovchi asosiy hujjatdir” belgilab qoʻyilgan boʻlsada, BTPJ Jizzax viloyati xodimlari tomonidan ushbu qonunchilik normasiga amal qilinmagan.

Adliya boʻlimining aralashuvi bilan huquqiy yordamga muhtoj boʻlgan fuqaro Norqulova Lolaga yoshga doir pensiya tayinlanishi taʼminlandi.

Bobur Esanov

Mirzachoʻl tuman adliya boʻlimi bosh maslahatchisi

10
Jizzax viloyat yuridik texnikumida ma'naviyat soatlari noan'anaviy tarzda o'tkazildi.

Texnikumning 1-bosqich qizlari soch o’rish,mohir qo’llar,zamonaviy qiz obrazi,yurist qiz obrazi,milliylikni o’zida ifoda etgan obraz,shashka,kuch sinash,meva-sabzavotlarni tozalash,quvnoq startlar,stol tennisi kabi shartlarda yakka va jamoa bo'lgan holda bellashishdi.

09
“SHODIYEV” FONDINING BAYRAM SOVGʻALARI EGALARIGA TOPSHIRILDI

Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirligi hamda “Shodiyev” halqaro jamoat fondi tomonidan yuborilgan sovgʻalar Jizzax villyatidagi “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarga topshirildi.
Jizzax viloyat adliya boshkarmasi va tuman (shaxar) adliya bulimlari sovgʻalarni hamkor tashkilotlar bilan birgalikda “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarga topshirar ekan ularni  “8-mart - Xalqaro xotin-qizlar bayrami” munosabati bilan samimiy tabrikladi hamda ularning xonadonlariga kut-baraka tiladi.
 “Bizni bayram bilan tabriklab, oʻz sovgʻalarini yuborgan saxovatli insonlarga oʻzimizning samimiy minnatdorchiligimizni bildiramiz”, deydi Forish tuman Xonbandi maxalla fuqarolar yigʻinida yashovchi Barno Alimova.