Yangiliklar
Нурафшонда яшовчи фуқаро Н.Сакибаев ким ошди савдоси орқали якка тартибда уй-жой қуриш учун ер ер участкаси сотиб олган. Аммо бу бўйича Жиззах шаҳар ҳокими қарори қабул қилинмаган ва ер майдони ажратиб берилмаган. Фуқаро мазкур ҳолатдан норози бўлиб бўлимимизга амалий ёрдам беришни сўраб мурожаат қилди.
Аниқланишича, 2017 йил 16 октябрда фуқарога Жиззах шаҳри Сайхон МФЙ ҳудудидан аукционга қўйилган 0,04 га. ер участкаси бўйича 96-сонли ғолиблик баённомаси берилган. Ҳамда ушбу ерга умрбод эгалик қилиш ҳуқуқини реализация қилиш тўғрисида шартнома имзоланган.
Шунга кўра, адлия бўлимининг ҳуқуқий жиҳатдан аралашуви билан жорий йил 17 февраль куни Жиззах шаҳар ҳокимининг 33-сонли қарори қабул қилиниши ва ер участкаси ажратиб берилиши таъминланди.
А.Шайжигитов,
Жиззах шаҳар адлия бўлими бошлиғи.
Zafarobod tuman adliya boʻlimi tomonidan mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda tumanda faoliyat olib borayotgan tadbirkorlar ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi.
Seminar davomida Oʻzbekiston Rspublikasining “Byudjet jarayoni takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonun boʻyicha batafsil tushunchalar berildi.
Erkin muloqot maydoniga aylangan tadbirda tadbirkorlar tomonidan berilgan savollarga batafsil javoblar berildi.
Jizzax shahri Oqqoʻrgʻonlik MFY O.Saidnasimov koʻchasi 58-uyda yashovchi fuqaro M.Tursunovaning shahar ABKM tomonidan tayinlangan ishsizlik nafaqasi 2020-yil dekbr va joriy yil yanvar oylarida toʻlab berilmaganligi sababli amaliy yordam berishni soʻrab qilgan murojaati oʻrganib chiqildi.
Oʻrganish natijasida, belgilangan tartibda fuqaro M.Tursunova ishsiz deb eʼtirof etilib, 2020-yil 16-noyabrdan har oyda 180 ming 22 soʻm 45 tiyin miqdorida ishsizlik nafaqasi toʻlanlishi belgilangan boʻlsada, 2020-yilning dekabr oyi va 2021-yilning yanvar oyi davomida nafaqa puli toʻlanmaganligi aniqlandi.
Shunga koʻra, boʻlim tomonidan 2021-yil 9-fevral kuni
1-25/20-7/89-sonli taqdimnoma shahar aholi bandligiga kiritilib, toʻlanmagan ishsizlik nafaqasi qayta hisob-kitob qilinishi va toʻlanilishi taʼminlandi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-sonli Qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi toʻgʻrisida”gi Nizomda, fuqarolarning buzilgan huquqlari va erkinliklarini tiklash boʻyicha choralar koʻrishi adliya organlarining asosiy vazifa va funksiyalaridan biri etib belgilangan.
Mirzachoʻl tuman adliya boʻlimi tomonidan fuqaro S.Achilovaning ish beruvchi tomonidan asossiz ravishda ishdan boʻshatganligidan norozi boʻlib, mehnat nizolarini hal qilinishida amaliy yordam berishni soʻrab, tuman adliya boʻlimiga yoʻllagan murojaati tegishli tartibda oʻrganib chiqildi.
Oʻrganish jarayonida, Mirzachoʻl qishloq hoʻjalik kasb-hunar kolleji rahbari tomonidan fuqaro S.Achilova farrosh vazifasiga 2017-yilda ishga qabul qilinganligi hamda homiladorlik va tugʻish taʼtiliga chiqarilganligi, S.Achilova tugʻruq taʼtilida vaqtida ish beruvchi tomonidan S.Achilova bilan tuzilgan mehnat shartnomasi qonun talabiga zid ravishda bekor qilinganligi aniqlandi.
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 237-moddasida homilador va bolasi bor ayollar bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilishdagi kafolatlari koʻrsatilgan boʻlib unga koʻra;
Homilador ayollar va uch yoshga toʻlmagan bolasi bor ayollar bilan tuzilgan mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilishga yoʻl qoʻyilmasligi (korxonaning butunlay tugatilish hollari bundan mustasno ekanligi, bunday hollarda mehnat shartnomasi ularni albatta ishga joylashtirish sharti bilan bekor qilinishi nazarda tutilgan) belgilangan.
Shu sababli, tuman adliya boʻlimi tomonidan kiritilgan taqdimnoma ijrosi taʼminlanib, fuqaro S.Achilova oldingi vazifasidagi ishiga qayta tiklandi.
Endilikda, voyaga etmaganlarni majburiy mehnatga jalb qilish, to‘g‘ridan-to‘g‘ri jinoiy javobgarlikka sabab bo‘ladi.
O‘zbekiston Respublikasining ayrim kodekslariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritishni nazarda tutuvchi Qonun (O‘RQ-673-son) Prezident tomonidan imzolandi. (12.02.2021)
Qonun bilan Jinoyat kodeksiga kiritilgan qo‘shimchalarga ko‘ra, 16 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan shaxsning 18 yoshga to‘lmaganligi aybdorga ayon bo‘lgani holda uni mulkiy manfaatdor etish orqali u bilan jinsiy aloqa qilganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilandi.
Ushbu jinoyatni sodir etgan shaxsga 2 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi qo‘llanilishi mumkin.
SHuningdek, voyaga etmagan shaxsni g‘ayriqonuniy jamoat birlashmalari va diniy tashkilotlar, oqimlar, sektalar faoliyatida qatnashishga undaganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilandi.
Ushbu jinoyatni sodir etgan shaxsga nisbatan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi qo‘llanilishi mumkin.
Qonun bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi va Jinoyat kodekslariga kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, voyaga etmagan shaxsni mehnatga biror-bir shaklda ma’muriy tarzda majburlagan shaxs to‘g‘ridan-to‘g‘ri jinoiy javobgarlikka tortilishi belgilandi.
(Ilgari ma’muriy jazo qo‘llanilgandan so‘ng, takroran sodir etilgan taqdirdagina jinoiy javobgarlik belgilangan edi.)
Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Ulmas ABDIEV
Mirzacho‘l tuman adliya bo‘limi boshlig‘iSababi, aholi orasiga yaqindan kirib borish orqali turli muammo va kamchiliklar oʻz yechimini topadi, natijada fuqarolarning davlat idoralariga boʻlgan ishonchi oshadi, eng asosiysi ertangi kunga boʻlgan umidi mustaxkamlanadi. Doʻstlik tuman adliya boʻlimi xodimlari tomonidan tumandagi “Sanoatchilar” MFYda oʻtkazilgan navbatdagi sayyor qabul ochik osmon ostida tashkil etildi. Unda avvalo turli hayotiy masalar yuzasidan maxalla aʼzolariga huquqiy tushuntirishlar berib oʻtildi. Yechimini kutayotgan muammoli murojaatlar boʻlim ish yurituviga qabul qilindi.
Yoshlarga dehqonchilik qilib, daromad olishlari uchun ekin yerlaridan yer ajratish yuzasidan Oltin Vodiy SIU xududidagi “Alibek biznesmen” MCHJ dalasida amaliy seminar oʻtkazildi.
Seminarda tuman hokimi Xurshid Alimardanov, Jizzax viloyat hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari Oybek Ashurmatov, Oʻzbekiston Yoshlar ishlari agentligi Jizzax viloyati boshqarmasi boshligʻi Dilmurod Hudayshukurov, Jizzax viloyat adliya boshqarmasi yetakchi maslahatchisi Sh.Murtazov va yoshlar ishtirok etishdi.
Seminar davomida Jizzax viloyat adliya boshqarmasi yetakchi maslahatchisi Sh.Murtazov tomonidan yoshlarga “Yosh fidokor dehqonlar kooperatsiya” ishlab chiqarish kooperatsiyasi loyihasining mazmun-mohiyati va ahamiyati yuzasidan tushuntirish berildi.
Ayni vaqtda Oltin Vodiy SIU xududida 32 gektar yer maydoni ajratilib, “Yoshlar daftari”da turgan 60 nafar yoshlar bandligi taʼminlandi.
Sh.Rashidov tuman adliya boʻlimi tomonidan tumandagi 4-sonli oʻrta maktabda maktab oʻquvchilari va muassasa xodimlari oʻrtasida yangi qabul qilingan qonun xujjatlar mazmun-mohiyatini tushuntirish yuzasidan targʻibot tadbiri boʻlib oʻtdi. Jumladan “Olis hududlardagi byudjet tashkilotlariga malakali mutaxassislarni jalb qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 03.12.2020-yildagi “Iqtidorli yoshlarni saralab olish tizimi va akademik litseylar faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ–4910-sonli Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori mazmun mohiyati va ishtirokchilarni qiziqtirgan qonun xujjatlari yuzasidan tushuntirishlar berildi
Sharof Rashidov tuman adliya boʻlimi tomonidan Prezident Xalq qabulxonasi, Bosh vazir qabulxonasi bilan xamkorlikda fuqarolar bilan navbatdagi sayyor qabul oʻtkazildi. Sayyor qabul davomida fuqarolarning murojaatlari tinglandi va fuqarolarga huquqiy tushuntirishlar olib borildi.
Bugun 9-fevral kuni Xalq deputatlari Mirzachoʻl tuman Kengashining yigirma birinchi sessiyasi boʻlib oʻtdi.
Sessiya ishida tuman Kengashi deputatlari, tuman hokimining oʻrinbosarlari, sektor rahbarlari, kun tartibiga aloqador tashkilotlar rahbarlari va OAV vakillari ishtirok edi.
Shuningdek, sessiyada, tuman adliya boʻlimi boshligʻi U.Abdiyevning huquqiy targʻibot va maʼrifatning ahvoli toʻgʻrisidagi, tuman prokurori U.Rajabovning qonuniylikni mustahkamlash hamda jinoyatchilikning oldini olish borasidagi axborotlari tinglandi.
Sessiyada kun tartibidagi muhokama etilgan masalalar yuzasidan tegishli sessiya qarorlari qabul qilinib, sessiya yakunida, adliya boʻlimi boshligʻi tomonidan soʻngi xaftada qabul qilingan qonun hujjatlarining mazmun va mohiyati yetkazildi.