Bog'lanish

Telefon
+998 72 221 50 50

Elektron manzil
jizzax@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni1008

Yangiliklar

11
Muammoning eng samarali yechimi yuzma-yuz muloqotlar

"Har bir uyga bepul huquqiy maslahat bilan" aksiyasi doirasida boshqarma boshlig'i A.Ergashevning G'allaorol tumani "Ko'kgumbaz" MFYda sayyor qabuli tashkil etildi. Sektor rahbarlari, profilaktika inspektori, xotin-qizlar va yoshlar masalalari bo'yicha mas'ullar ishtirokida bo'lib o'tgan qabul davomida 50 nafardan ziyod fuqarolar bilan suhbatlashildi.
Aksariyat murojaatlarga huquqiy maslahat berish orqali masalaning echimiga to'g'ri yo'nalish ko'rsatilgan bo'lsa, bevosita sohaga aloqador murojaatlar ish yurituviga qabul qilindi.Bundan tashqari tuman IIB vakili ishtirokida hududda joriy yil davomida sodir etilgan jinoyatlar ko'rsatgichi, ularning kelib chiqish sabablari muhokama etilib, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish yuzasidan zarur ko'rsatmalar berildi. Shu bilan birga hudud aholisiga sayyor davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyati yaratildi.

10
O'zimiz keldik...

“O’zimiz keldik” loyihasining bu galgi manzili Yangiobod tumanidagi dehqon bozori. Dastlab viloyat adliya boshqarmasi intellektual mulk yo'nalishi mas’ullari, tuman adliya bo‘limi davlat xizmatlari markazi xodimlari tadbirkorlar o'rtasida tushuntirish ishlarini olib bordilar. O’zaro muloqot jarayonida mavjud muammolar yuzasidan berilgan savollarga mutaxassislar tomonidan huquqiy tushuntirishlar berib o‘tildi.

Ish, oila tashvishlaridan ortib ehtiyoji bo‘lsada davlat xizmatlari markazlariga borishga vaqt topa olmayotgan fuqarolarga juda katta qulaylik yaratildi. Bunday imkoniyat fuqarolarning roziligiga hamda minnatdorligiga sabab bo‘ladi albatta.

Tuman markazidan olis hududlarda istiqomat qilayotgan aholiga davlat xizmatlarini ko‘rsatish bilan bog‘liq bu kabi sayyor xizmat ko‘rsatish jarayonlarlari aholiga qulaylik va yengillik yaratish maqsadida viloyatning barcha xududlarida davom etmoqda.

10
HAR BIR UYGA BEPUL HUQUQIY MASLAHAT BILAN

Adliya vazirligi tomonidan butun Respublikamiz bo‘ylab joriy yilning avgust-sentabr oylarida o‘tkazilishi rejalashtirilgan  aksiya doirasida Zarbdor tuman adliya bo‘limi tomonidan hududdagi "Ravot" mahallasining "Uvaysiy" va "Kelajak yo'li" ko'chalarida aholi bilan uchrashuvlar va sayyor qabullar tashkil etildi.

Mazkur tadbirlardan ko‘zlangan asosiy maqsad aholi muammolarini manzilli tartibda o‘rganish, murojaatlar soni keskin oshib ketayotgan yo‘nalishlar, shuningdek, oldi olinishi mumkin bo‘lgan jinoyatlardan eng oddiy himoyalanish usullari va ularni sodir qilishning huquqiy oqibatlari bo‘yicha tushuntirishlar berishdir.

Tashkil qilingan tadbirlar davomida boshqa hamkor idora va tashkilotlar mas’ullari ham ishtirok etib, 30 dan ortiq turli mazmundagi savollarga shu joyning o‘zida huquqiy asoslantirilgan javoblar berildi hamda o‘rganish muddat talab etiladigan 10 ga yaqin murojaatlar bo‘lim ish yurituviga olindi. Shu balan birga aholini qiynab kelayotgan muammolarning huquqiy echimlari aks ettirilgan tarqatma materiallar etkazib berilmoqda.

09
Har bir yosh davlat e'tiborida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligida joriy yilning 11-aprel kuni o‘tkazilgan yig‘ilishning 18-son topshiriqlar bayonida har bir vazirlik va idora rahbarlari, ularning o‘rinbosarlariga e’tiborga muhtoj yoshlar biriktirilib, har oyda kamida ikki marotaba ular bilan uchrashish va muammolarini hal etish vazifasi belgilangan.
Ushbu topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida adliya boshqarmasi boshlig'i A.Ergashev boshchiligida samarali ishlar olib borilmoqda. Biriktirilgan 47 ta o'g'il-qizlarning barchasi bilan yaqindan tanishildi, yashash sharoitlari o'rganildi, ota-onalari bilan suhbatlar o'tkazildi. Jarayonlar davomida 22 nafar yoshlarda turli yo'nalishdagi muammolar aniqlanib, ularning yechimi uchun tezkor amaliy ishlar boshlab yuborilgan edi. Qisqa fursatda esa 22 ta muammolarning barchasi ijobiy hal etildi. Bu galgi uchrashuv davomida dastlab yoshlarning maqsadlari, kelajak orzulari va rejalari tinglandi. Davra suhbati davomida esa bugunda yoshlarga yaratilgan imkoniyatlar, aynan qonunchilik bilan belgilab qo'yilgan imtiyozlar bo'yicha ma'lumotlar berib o'tildi. Ularning barcha ijobiy tashabbuslari davlatimiz tomonidan qo'llab-quvvatlanishi va amaliy yordam ko'rsatilishi ma'lum qilindi.

09
Sayyor qabullar aholi bilan muloqotning samarali usuli

Jizzax viloyat adliya boshqarmasi boshlig'i A.Ergashev va sektor rahbarlari tomonidan o'tkazib kelinayotgan sayyor qabullarning navbatdagi manzili Baxmal tumani. Yuzma-yuz muloqotlar davomida "Nushkent" MFY aholisiga murojaatlarning yechimi uchun muhim bo'lgan huquqiy tushuntirishlar berildi. O'rganish va vaqt talab etadigan murojaatlar ish yurituviga olindi. Ba'zi murojaatlar aloqadorligiga ko'ra sohalarga yo'naltirildi. Shu bilan birga jinoyatchilikni oldini olish, yoshlarni turli tahdid va yolg'on g'oyalar tasiridan saqlashda huquqiy savodxon bo' lish lozimligi alohida ta'kidlab o'tildi. Bu borada mahalla profilaktika inspektori bilan hamkorlikda olib birilayotgan sa'yi-harakatlar to'g'risida ma'lumot berib o'tildi.

08
“Yoshlar – davlat e’tiborida”

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev rahbarligida joriy yilning 11-aprel kuni o‘tkazilgan yig‘ilishning 18-son topshiriqlar bayonida har bir vazirlik va idora rahbarlari, ularning o‘rinbosarlariga e’tiborga muhtoj yoshlar biriktirilib, har oyda kamida ikki marotaba ular bilan uchrashish va muammolarini hal etish vazifasi belgilangan.

Ushbu topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida adliya bo‘limi boshlig‘iga biriktirilgan jami 42 nafar yoshlar bilan o‘tkazilgan manzilli uchrashuvda, 22 nafar yoshlarning muammoli masalalari aniqlanib, shundan 11 nafar yoshlarning muammolari ijobiy hal etilishi ta’minlandi.

Yoshlarning muammolarini ijobiy hal etish borasidagi ishlar bo‘lim tomonidan davom ettirilmoqda.

07
Sayyor qabul tashkil etildi

Jizzax shahar adliya bo'limi tomonidan Jizzax shahar "Navro'z" mahalla fuqarolar yig'inida sayyor qabul tashkil etildi.

Sayyor qabul davomida Jizzax shahar adliya bo'limi boshlig'i M.Asatullayev tomonidan fuqarolarga huquqiy maslahatlar berildi hamda 7 nafar fuqaroning murojaatlari yozib olinib ijroga qaratildi.

Fuqarolarning huquqiy savodxonlik darajasini oshirish maqsadida, kundalik turmush tarzida duch kelishi mumkin bo'lgan huquqiy masalalar to'g'risida hamda qonunchilikdagi so'ngi yangiliklar to'g'risida tushuntirishlar berildi.

04
O'ZIMIZ KELDIK...

Xalq orasiga yaqinroq kirib borish va ularga beminnat xizmat ko‘rsatish borasida adliya tizimi turli tashabbuslarni amalga oshirib kelmoqda. Ayniqsa davlat xizmatlari markazlari tomonidan olis hududlarda bunday loyihalarning amalga oshirilishi aholi uchun ayni muddao. “O’zimiz keldik” loyihasini ham xalqning uzog‘ini yaqin qilish, mablag‘i va vaqtini tejash maqsadida amalga oshirilayotgan eng samarali tadbirlardan biri deb ayta olamiz.  

“O’zimiz keldik” loyihasining bu galgi manzili Yangiobod tumanidagi dehqon bozori. Dastlab viloyat adliya boshqarmasi intellektual mulk yo'nalishi mas’ullari, tuman adliya bo‘limi davlat xizmatlari markazi xodimlari tadbirkorlar o'rtasida tushuntirish ishlarini olib bordilar. O’zaro muloqot jarayonida mavjud muammolar yuzasidan berilgan savollarga mutaxassislar tomonidan huquqiy tushuntirishlar berib o‘tildi.

Ish, oila tashvishlaridan ortib ehtiyoji bo‘lsada davlat xizmatlari markazlariga borishga vaqt topa olmayotgan fuqarolarga juda katta qulaylik yaratildi. Bunday imkoniyat fuqarolarning roziligiga hamda minnatdorligiga sabab bo‘ladi albatta. Sayyor xizmat jarayonida 24 dan ortiq davlat xizmatlari ko‘rsatildi.

Tuman markazidan olis hududlarda istiqomat qilayotgan aholiga davlat xizmatlarini ko‘rsatish bilan bog‘liq bu kabi sayyor xizmat ko‘rsatish jarayonlarlari aholiga qulaylik va yengillik yaratish maqsadida viloyatning barcha xududlarida davom etmoqda.

03
Timbilding

Adliya organlari xodimlari oʻrtasida sogʻlom raqobat muhitini shakllantirish, jamoaviy ahilliklik hamda oʻzaro tajriba almashish maqsadida Adliya tajriba estafetasi loyihasiga start berildi.

Loyihaning ilk qadami Fargʻona viloyati adliya boshqarmasiga boʻldi. Bu loyiha respublikaning 14 ta hududiy adliya boshqarmalarida oʻtkazilishi rejalashtirilib, ular orasida eng yaxshi koʻrsatkichga ega boʻlgan viloyat misolida master klass shaklida uchrashuvlar tashkil etiladi.

Ushbu loyiha doirasida koʻrsatkichlari jihatidan namunali deya eʼtirof etilgan  Fargʻona viloyat adliyasi huquqiy targʻibot va jamoatchilik bilan ishlash sohasida oʻz tajribalari bilan oʻrtoqlashdi.Dastlab viloyatning Furqat tumani adliya boʻlimi, DXM, Yuridik markazlari, FHDYOsi joylashgan yagona maʼmuriy binosida boʻldik.124 ming aholisi bor ushbu maskanda aholi bilan ishlash jarayonlari bilan tanishdik.Bu yerda bir kunda oʻrtacha 200 mingdan ortiq davlat xizmatlari koʻrsatiladi. Aholi asosan kadastr,  elektron raqamli imzo, tadbirkorlik subyektlarini roʻyxatdan oʻtkazish kabi masalalarda murojaat etadi. Ushbu tuman hunarmandchilik borasida ilgʻor tumanlardan hisoblanadi.Jarayonlarni kuzatish davomida  OAVga olis hududlardan materiallar tayyorlash boʻyicha ham  fikrlar almashildi.

02
Sayyor qabul tashkil etildi

Jizzax shahar adliya bo'limi tomonidan Jizzax shahar "Tinchlik" mahalla fuqarolar yig'inida sayyor qabul tashkil etildi.

Sayyor qabul davomida Jizzax shahar adliya bo'limi boshlig'i M.Asatullayev, "Madad" muassasa shaklidagi nodavlat notijorat tashkiloti yuristi R.Yunusov hamda Yuridik xizmat ko'rsatish markazi bosh yuriskonsulti A.Raxmatovlar tomonidan fuqarolarga huquqiy maslahatlar berildi hamda 15 nafar fuqaroning murojaatlari yozib olinib ijroga qaratildi.

Fuqarolarning huquqiy savodxonlik darajasini oshirish maqsadida, kundalik turmush tarzida duch kelishi mumkin bo'lgan huquqiy masalalar to'g'risida hamda qonunchilikdagi so'ngi yangiliklar to'g'risida tushuntirishlar berildi.