Bog'lanish

Telefon
+998 72 221 50 50

Elektron manzil
jizzax@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni1008

Yangiliklar

18
QARZDOR TOMONIDAN IJRO HUJJATI IJRO ETILMAGANLIGI UCHUN JARIMANI UNDIRISh TARTIBI SODDALAShTIRILDI

4.07.2023 yildagi “Ijro hujjatlarini ijro etmaganlik uchun solinadigan ma'muriy jarima mikdorini belgilash tartibi takomillashtirilishi munosabati bilan O'zbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksiga o'zgartirishlar va qo'shimcha kiritish haqida”gi O'RQ-851-son Qonun qabul qilindi.
Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksning 1981-moddasiga o'zgartirishlar kiritildi. Chunonchi, qarzdorning ijro hujjatini ijro etmasligi fuqarolarga BHMning 5 baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa – BHMning 10 baravarigacha jarima solishga sabab bo'ladi (ilgari –BHMning 1 baravaridan 5 baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa – BHMning 5 baravaridan 10 baravarigacha).
Shu moddaning o'zida qayd etilishicha, ushbu moddaga asosan solinadigan ma'muriy jarimaning summasi ijro hujjatida undirilishi belgilangan summadan oshishi mumkin emas.
MJTKning 2453-moddasi ikkinchi qismida Majburiy ijro byurosi nomidan ma'muriy jazo choralarini qo'llashga haqli bo'lgan vakolatli mansabdor shaxslar belgilangan. Bular:
O'zbekiston Respublikasining Bosh davlat ijrochisi;
Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining bosh davlat ijrochilari, ularning o'rinbosarlari;
Majburiy ijro byurosining tuman (shahar) bo'limlari boshliqlari.
Qonunda qayd etilishicha, kiritilayotgan o'zgartirish va qo'shimchalar sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish sohasidagi ortiqcha byurokratik to'siqlarni bartaraf etishga, Majburiy ijro byurosida yuz berishi mumkin bo'lgan suiiste'molliklarning oldini olishga, ijro hujjatlarining o'z vaqtida ijro etilishi borasida fuqarolarga qo'shimcha imkoniyatlar berishga xizmat qiladi.


Hujjat “Xalq so'zi” gazetasida e'lon qilingan va rasmiy e'lon qilingan kundan e'tiboran kuchga kirdi.

17
O'zimiz keldik...

Sharof Rashidov tumanida joylashgan, 100 ga yaqin ishchi kuchiga ega yirik korxonalardan biri "Jizzax industrial to'qima" MCHJda adliya boshqsrmasi mas'ul xodimlari va tuman Davlat xizmatlari markazi mutaxassislari tomonidan korxona ishchi-xodimlariga ERI kalitlari olish va boshqa turdagi davlat xizmatlari ko'rsatildi.  Xalq orasiga yaqinroq kirib borish va ularga beminnat xizmat ko‘rsatish borasida adliya tizimi turli tashabbuslarni amalga oshirib kelmoqda. Ayniqsa davlat xizmatlari markazlari tomonidan olis hududlarda bunday loyihalarning amalga oshirilishi aholi uchun ayni muddao. “O’zimiz keldik” loyihasini ham xalqning uzog‘ini yaqin qilish, mablag‘i va vaqtini tejash maqsadida amalga oshirilayotgan eng samarali tadbirlardan biri deb ayta olamiz. 

14
Amaliy seminarlar tajriba orttirish imkoniyati

“Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi qonun mazmun-mohiyati va qo‘llanilishini tushuntirish, qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning ijrosini samarali tashkil etish va “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo elektron tizimida ishlash hamda “E-qaror” elektron tizimida qabul qilinayotgan hujjatlarning qonunchilikka muvofiqligi, yo’l qo’yilayotgan xato va kamchiliklarni bartaraf etish va oldini olish yuzasidan Arnasoy, Mirzacho‘l, Paxtakor tuman hokimliklarida viloyat adliya boshqarmasining mas’ul xodimlari tomonidan seminar tadbirlari o‘tkazildi.
Seminarda dastlab boshqarma tomonidan inson huquqlarining himoya qilinishi sohasida ko‘plab ishlar amalga oshirilayotganligi, fuqarolarning buzilgan haq-huquqlarini tiklash va ularning huquqlarining to’la-to’kis ro’yobga chiqarilishi yuzasidan ta’sirchan mexanizmlar amalga oshirilayotganligini ta’kidladi, shuningdek, davlat organlari va tashkilotlari tomonidan murojaatlar bilan ishlashda kamchiliklar yo’l qo’yilganligi, mazkur kamchiliklar turli darajadagi javobgarlikni keltirib chiqarishini, shu sababdan murojaatlar bilan ishlashga mas’ul bo’lgan xodimlar tomonidan qonunchilik hujjatllari talablariga rioya etilishi lozimligini ta’kidlandi hamda mazkur faoliyatga doir savollarga javob berildi.
Shundan so'ng boshqarmaning mas’ul xodimlari tomonidan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning ijrosini samarali tashkil etish va “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo elektron tizimida ishlash tartibi, “E-qaror” elektron tizimida qabul qilinayotgan hujjatlarning qonunchilikka muvofiqligi, yo’l qo’yilayotgan xato va kamchiliklarni bartaraf etish va oldini olish yuzasidan seminar ishtirokchilariga ko‘rsatmalar berildi hamda tegishli axborot tizimlarida ish jarayonida yuzaga kelayotgan kamchiliklar va muammolarni samarali bartaraf etish yuzasidan ma'lumotlar berildi.
Tadbir yakunida seminar ishtirokchilari o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob olishdi.

13
“Nilifarxon” xususiy korxonasi rahbarining G'allaorol tuman adliya bo‘limiga qilgan murojaati bo'lim xodimlari tomonidan o'rganib chiqildi.

“Nilifarxon” xususiy korxonasi rahbarining G'allaorol tuman adliya bo‘limiga qilgan murojaati bo'lim xodimlari tomonidan o'rganib chiqildi.
Unda xususiy korxona va G’allaorol tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi o‘rtasida 22.05.2023-yilda 5-sonli pudrat shartnomasi tuzilib, shartnomaga asosan, xususiy korxona tomonidan ta’lim bo‘limi binosida 651 082 482 so‘mlik ta’mirlash ishlari bajarilgani, biroq xozirgi kunga qadar ta’lim bo‘limi tomonidan belgilangan to‘lovlar amalga oshirilmaganligi, natijada ta’lim bo‘limi xususiy korxonadan penya qo‘shib hisoblaganda jami 653 082 482 so‘m qarz ekanligi aniqlandi.
Ushbu qarzdorlikni undirish yuzasidan G’allaorol tuman iqtisodiy sudiga da’vo ariza kiritilib, masala ijobiy hal etildi.

12
Huquqiy targ'ibot tadbirlari davom etmoqda

Jizzax viloyati adliya boshqarmasining xodimlari qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarda belgilangan vazifalarni mas’ul ijrochilar tomonidan o‘z vaqtida va belgilangan tartibda ijro etilishi, topshiriqlar ijrosining samarali tashkil etilishida huquqiy-uslubiy ko‘mak berib kelishmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-sentabrdagi
“Xotin-qizlar bandligini oshirish va salomatligini mustahkamlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-376-sonli qarori va Vazirlar Mahkamasining
2022-yil 8-noyabdagi “Mahallalarda xotin-qizlarning bandligini ta’minlash va salomatligini mustahkamlash markazlari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 650-sonli qaroriga ko‘ra mahallalarda xotin-qizlarning bandligini ta’minlash va salomatligini mustahkamlash markazlarini tashkil qilish belgilangan.
Mazkur qarorning 3-ilovasida mahallalarda tashkil etiladigan xotin-qizlar bandligini ta’minlash va salomatligini mustahkamlash markazlarining manzilli ro‘yxati keltirilgan bo‘lib, Jizzax viloyatining 178 ta mahalla va qishloq fuqarolari yig‘inlarida markazlar tashkil etish belgilangan.
Boshqarmaning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari ijrosini nazorat qilish sho‘basi boshlig‘i E.Urdushev tomonidan Zomin tumanida PQ-376-sonli qarorda belgilangan topshiriqlar ijrosini samarali tashkil etish yuzasidan mas’ul ijrochilarga, mutassadi tashkilot rahbar va xodimlariga amaliy seminar o‘tkazildi hamda tegishli ko‘rsatmalar berildi.

10
MATBUOT ANJUMANI

Bugun Jizzax shahar adliya bo'limida “Jizzax viloyat adliya boshqarmasi va uning tizimidagi tuman (shahar) adliya bo‘limlarining o‘tgan 2023-yil 2-choragi davomidagi faoliyati yakunlari, erishilgan yutuqlar va kelgusidagi rejalar” mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Tadbir avvalida Jizzax viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari B.Pirxalovning axboroti tinglandi.

O'tkazilgan matbuot anjumanida jurnalist va blogerlar, sohaga qiziquvchi faol fuqarolar ishtirok etib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mas’ullardan javoblar olishdi.

10
"Zakovat" intellektual o'yinlarti bo'lib o'tmoqda

Adliya tarixida birinchi marta 2 kun davomida katta adliya oilasi bir joyda jam boʻlishdi. Sogʻlom raqobat bilan bellashishdi.
Bir-birimizdan oʻrganganlarimiz va oʻrgatganlarimiz koʻp bo'ldi. Kelgusi faoliyatimizdagi rejalar va maqsadlarni ham oʻz oldimizga belgilab oldik.
Bilim olishda, kitob o'qishda va o'z ustimizda ishlashda davom etamiz

07
“E-QAROR” ELEKTRON TIZIMI YUZASIDAN SEMINAR BO'LIB O'TDI

Jizzax viloyat adliya boshqarmasi, Jizzax shahar adliya bo‘limi tomonidan Jizzax shahar hokimligida mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari va farmoyishlari, shu jumladan, xizmat doirasida foydalanish uchun mo‘ljallangan qarorlari va farmoyishlarini ishlab chiqish, ro‘yxatga olish va e’lon qilish “E-qaror” elektron tizimi orqali amalga oshirish tartibi qoidalarini tushuntirish yuzasidan seminar 2023-yil 14-iyul kuni tashkil etildi.
Hozirgi kunda Jizzax shahar hokimligi va Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashi tomonidan “E-qaror” elektron tizimi ishga tushgandan bugungi kunga qadar jami 1 545 ta hujjatlar qabul qilingan bo‘lib, shundan 871 ta hokim qarori, 338 ta hokim farmoyishi va 336 ta Kengash qarori hisoblanadi. Seminar yakunida Jizzax shahar hokimi 1-o‘rinbosari A.Ergashev, boshqarma mas’ul xodimi Sh.Sulaymonov va tuman adliya bo‘limi boshlig‘i M.Asatullayevlar xodimlar tomonidan berilgan savollarga qonunchilik hujjatlariga asoslangan holda javoblar berishdi.Albatta, bu kabi seminar, davra suhbatlari xodimlarning ish salohiyatini oshishiga, huquqiy ong, madaniyatning shakllanishiga, qonunbuzilishi holatlarning oldi olinishiga hamda eng muhimi davlat organlari faoliyatining takomillashishiga zamin yaratadi.

06
O'qituvchilarning huquqlari adliya himoyasida

Arnasoy tumani 14-son umumta'lim maktabining  2 nafar o'qituvchilari mart va aprel oyining ish haqlari to'lliq to'lab berilmaganligidan  norozi bo'lib tuman adliya bo'limiga murojaat qilishdi.  

Taqdim etilgan hujjatlar asosida murojaat o'rganib chiqilib, mart va aprel oylari uchun to‘lanmasdan qolgan jami 7 mln 600 ming so‘m ish xaqlari o'qituvchilarga to‘lab berilishi ta’minlandi. Umumta'lim maktabining  bosh hisobchisi ma’muriy javobgarlikka toritildi.

05
Adliya bo‘limi tomonidan Yoshlar yetakchilariga o‘quv-seminar tashkil etildi.

Zafarobod tumani Adliya bo‘limi tomonidan viloyat hokimining 23.03.2023 yil tasdiqlangan “Jizzax viloyatida 2023 yilda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga doir chora-tadbirlar” Dasturi asosida tumandagi yoshlar yetakchilariga o‘quv-seminar tashkil etildi.

O’quv-seminar mashg‘ulotida yoshlar yetakchilariga ularning huquqiy savodxonligini oshirish, sohaga tegishli normativ hujjatlarning mazmun mohiyatini yetkazish bilan birga, kasbiga sadoqat va fidoyilik bilan ishlash, yoshlar bilan ishlashda natijadorlikka alohida etibor qaratish masalalariga alohida e’tibor qaratilib, tegishli yo‘nalishlar berildi.