Bog'lanish

Telefon
+998 72 221 50 50

Elektron manzil
jizzax@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni1008

Yangiliklar

27
Bosma nashrlarda huquqiy targ'ibot

"Jizzax ovozi" gazetasining bugungi sonida Jizzax viloyat adliya boshqarmasi xodimlari A.Rajabov, Sh.Sulaymonov va I.Ablakulovalarning "Adliya maslahatxonasi" rukni ostida maqolalari chop etildi.

25
Adliya aralashgach...

Fuqaro N.Siddiqova tomonidan turmush o‘rtog‘i S.Siddiqovning o‘z vazifasini bajarish jarayonida vafot etganligi sababli tovon pullarini undirishda amaliy yordam berishni so‘rab qilgan murojaati adliya boshqarmasi tomonidan o‘rganib chiqildi.  

O'rganish jarayonida viloyat Bandlik bosh boshqarmasining 2022-yil 20-iyundagi 16-T-sonli buyrug‘iga asosan S.Siddiqovning Jizzax viloyat yuqimli kasalliklar shifoxonasida o‘z vazifasini bajarish jarayonida vafot etganligi holati maxsus tekshirish komissiyasi tomonidan tasdiqlanganligi aniqlandi.

Natijasiga ko'ra fuqaro N.Siddiqovaning manfaatida Jizzax viloyat yuqimli kasalliklar shifoxonasiga nisbatan bir yo‘la to‘lanadigan tovon puli hamda etkazilgan zarar pullari undirish to'g'risida fuqarolik ishlari bo'yicha sudga da'vo arizasi kiritildi. Sud tomonidan da'vo arizasi qanoatlantirilib fuqaroga 321 mln so'm pul mablag'lari undirib berilishi ta'minlandi.

24
Xalq roziligi yoʻlidagi amaliy harakatlar sayyor qabullarda

Jizzax viloyat adliya boshqarmasi boshligʻi A.Ergashevning Jizzax shahri “Sayxon” MFY da sayyor qabuli tashkil etildi. Qabulda sektor rahbarlari va boshqa mutasaddi tashkilot vakillari ishtirok etib, ishchi guruh tomonidan aholi murojaatlari oʻrganildi. Maʼmuriy hududi shahar tarkibiga kirsada chekka hudud boʻlganligi uchun mahallada kommunal sohada, yoʻl qurilish, kadastr, bandlik masalalarida muammolar talaygina. Qabul davomida fuqarolarga qonunchilikdagi yangiliklar, imtiyozlar, qulayliklar haqida maʼlumotlar berildi. Insonlarning huquqiy savodxonligi yuqori boʻlsa yashashi va faoliyati davomida tushunmovchiliklarga, muammolarga uchramaydi. Shu sabab barcha murojaatlarga dastlar huquqiy tushuntirishlar berildi, toʻgʻri yoʻl-yoʻriq koʻrsatildi. Murojaatlarning mazmuniga qarab mutasaddi idoralarga yoʻnaltirildi va uning yechimi nazoratga olindi. Aynan adliya organlariga tegishli boʻlgan murojaatlar ish yurituviga qabul qilindi. Asosiy maqsad fuqarolar muammolariga eshim topish orqali xalqimizning turmush farovonligini mustahkamlash, yashash sharoitlari sifatini oshirishdan iborat. Adliya boshqarmasi boshligʻi A.Ergashev sektor rahbarlari bilan birgalikda kadastr masalalari boʻyicha murojaat qilgan fuqarolarning uylariga borib vaziyatni oʻrgandi va muammolarning yechimi boʻyicha huquqiy maslahatlar berildi.

23
"E'tiboringiz markazida"

Jizzax radiokanali

Eshittirish: "E'tiboringiz markazida" tok-shousi

Mavzu: Shaxsiy ma'lumotlarni oshkor qilganlik uchun javobgarlik masalalari.

Ekspert: Adliya boshqarmasi bosh maslahatchisi Dildora Jo'raboyeva.

22
Yer maydonlariga boʻlgan foydalanish huquqining qiymatini aniqlash

Zamonaviy jamiyatning huquqiy davlatning tamoyillarini mustahkamlashga yoʻnaltirilganligi birinchi navbatda, huquqiy institutlari, shu jumladan, sud va boshqa huquqiy organlarining rolining oʻsishini taʼminlaydi.
Jinoyatlarni samaraliroq tergov va fosh qilish, jismoniy va yuridik shaxslar oʻrtasida vujudga keladigan muammolarni hal qilish uchun jinoiy, fuqarolik, iqtisodiy ishlari jarayonlarida tabiiy, texnik va boshqa maxsus bilimlardan foydalanish zarurati vujudga keladi. Shu kabi maxsus bilimlarni amalga oshirishning bosh shakli sud ekspertizasi sanaladi, uning natijasi – ekspert xulosasi – dalillar manbai sifatida tushuniladi.
Soʻnggi yillarda Oʻzbekistondagi yer toʻlaqonli mulk obyektiga aylangan, u keng ravishda fuqarolik muomalasiga kiritilyapti, shu munosabat bilan fuqarolar, yuridik va boshqa shaxslar ishtirokidagi yer munosabatlarini tartibga keltirish ular uchun alohida ahamiyat kasb etishni boshlagan. Yer bozori bozor iqtisodiyotining asosiy unsurlaridan sanalib, uning kapitalizatsiyasida muhim rol oʻynaydi.
Mamlakat fuqarolariga va yuridik shaxslarga yer maydonlarini sotish Oʻzbekiston Respublikasi Yer qonunchiligi tomonidan koʻzda tutilmagan. Yuqorida keltirilgan fikrlardan mamlakatdagi bozor munosabatlarini rivojlantirish sharoitida qiymat aniqlanishiga quyidagi yer maydonlariga boʻlgan huquqlar turlari lozim deb topilgan:
- umrbod meros mulki;
- doimiy va shoshilinch foydalanish;
- ijara.
Shundan kelib chiqadiki, bozor sharoitida yerdan foydalanishga taʼluqli boʻlgan huquqlar baholanadi (yerga boʻlgan boshqa huquqlar).
Jahon tajribasidan kelib chiqib, ijara munosabatlari shahar yerlaridan foydalanishning eng samarali shakli hisoblanadi. Bunda Oʻzbekistondagi yer bozori rivojlanishining birinchi bosqichida ijara munosabatlari yerni samarador xoʻjalik subyektlariga taqsimlash hamda yerdan ehtiyotkorona va ratsional foydalanishning bosh quroliga aylanishi mumkin.  
Ijara munosabatlari mulkdorga va avvalo davlat va munitsipal organlariga yerdan foydalanish samarasini nazorat qilishni amalga oshirish imkonini beradi. Boshqa tomondan, ijarachiga yerdan foydalanish va ishlab chiqarish natijalariga egalik qilish huquqini taqdim etish orqali ijara yer munosabatlarining bozor islohotlarini ragʻbatlantiradi, tadbirkorlik faoliyatini faollashtiradi, yer, asosiy jamgʻarmalar va ishchi kuchi kabi ishlab chiqarish resurslari oʻrtasida nisbatni optimallashtirishga imkon beradi. Shu munosabat bilan, hamda yer bozorida kelishuvlar hajmining bashorat qilingan sezilarli oʻsishidan kelib chiqib,  boshqa muhim muammolar bilan bir qatorda, yerga boʻlgan huquqning qiymatini obyektiv baholash masalasi vujudga keladi.
Shu tarzda, ushbu ishni amalga oshirish dolzarbligi amaliy zaruratdan kelib chiqadi.  
Hozirgi kunga kelib, sud-tergov amaliyotida koʻpincha shaxsiy qurilish obyektlari va tijorat koʻchmas mulk bilan toʻldirilayotgan yer maydonlariga boʻlgan huquqlarni baholash masalalari vujudga kelayapti, lekin mazkur muammo haligacha oʻz yechimini topmagan, chunki metodik yondashuvlarning birligi mavjud emas va eng muhimi baholash faoliyati bilan shugʻullanuvchi mutaxassislar mavjud metodlarini amaliyotda yetarli darajada qoʻllashmaydi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil
14-noyabr kunidagi 321-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazi faoliyatini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilingan. Ushbu qarorga asosan, sud-ekspertlik amaliyotini kengaytirish, sud ekspertizalarining sifati va ishonchliligini oshirish maqsadida Markazda tadqiqotlarning yangi turlarini joriy etish belgilangan. Tadqiqotlarning yangi turlaridan biri yer maydonlariga boʻlgan egalik huquqlari qiymatini ekspert baholash hisoblanadi.
Ushbu qarorga asosan, Oʻzbekiston Respublikasida normativ-bozor usullari bilan yer maydonlariga boʻlgan foydalanish huquqining qiymatini aniqlash boʻyicha Markazning sud qurilish-texnik ekspertizasi boʻlimi tomonidan ekspertlar uchun uslubiy tavsiya ishlab chiqilgan va amaliyotga tadbiq etilgan.
Bugungi kunda Oʻzbekiston Respublikasining “Baholash faoliyati toʻgʻrisida”gi  811-I-sonli Qonuni, Mulkni baholash milliy standartlari, Oʻzbekiston Respublikasida normativ-bozor usullari bilan yer maydonlariga boʻlgan foydalanish huquqining qiymatini aniqlash boʻyicha ekspertlar uchun uslubiy tavsiyalar va boshqa tegishli hujjatlar asosida Markazning sud qurilish-texnik ekspertizasi boʻlimi tomonidan
yer maydonlariga boʻlgan foydalanish huquqining qiymatini aniqlash boʻyicha ekspertizalar oʻtkazilmoqda.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, sud qurilish-texnik ekspertizasi boʻlimi ekspertlari tomonidan bevosita yerning oʻzi emas, balki yer maydonlariga boʻlgan foydalanish huquqining qiymati aniqlanadi.
Yana shuni alohida taʼkidlash kerakki, yuqoridagi kamchiliklarni bartaraf etish va Markaz faoliyatini yanada rivojlantirib, boshqa tashkilotlar bilan keng hamda muntazam xamkorlikni kuchaytirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 17-yanvar kunidagi “Sud-ekspertlik faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari” toʻgʻrisidagi PQ-4125-sonli Karori qabul qilindi.‎
Ushbu Qaror bugungi kunda sud-ekspertlik faoliyatini olib borishda muhim ahamiyat kasb etib kelmoqda. Shuningdek, ekspertiza tadqiqotlarini mustaqil, xar tomonlama toʻliq va xolisona oʻtkazilish kafolatini yanada mustahkamlab beradi.  
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida Sud-Ekspertlik Tizimini Takomillashtirish Chora-Tadbirlari Toʻgʻrisida”gi farmoni asosida davlat sud-ekspertiza muassasalari tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlariga muvofiq sud-ekspertiza tadqiqotlari oʻtkazilmoqda.

З.М.Махмудова-Х.Сулаймонова номли РСЭМ суд қурилиш-техник бўлими мудираси
Б.Т.Зулфиқоров-Х.Сулаймонова номли РСЭМнинг Жиззах вилоят бўлими етакчи
эксперти

21
QISQATRITILAYOTGAN SHTATLAR QANDAY AMALGA OSHIRILADI?

MA’MURIY ISLOHOTLAR NATIJASIDA QISQATRITILADIGAN LAVOZIM (SHTAT)LAR BO‘YICHA MEHNAT SHARTNOMALARINI BEKOR QILISH QANDAY AMALGA OSHIRISH LOZIM

Mehnat kodeksi (MK)ning 102-modda ikkinchi qismining 1-bandiga ko‘ra – xodimlar soni (shtati) yoki korxonaning tugatilishi munosabati bilan ish beruvchi xodimni kamida 2 oy oldin yozma ravishda (imzo chektirib) mehnat shartnomasi bekor qilinishi to‘g‘risida ogohlantirishi lozim.

MKning 102-moddasi 2-qismiga ko‘ra – ikki oylik ogohlantirish muddati xodim bilan ish beruvchining kelishuvi asosida pullik kompensatsiyaga almashtirilishi mumkin.

MKning 102-moddasi 6-qismga asosan:

a) ikki oylik ogohlantirish muddati davomida xodimga boshqa ish qidirish uchun haftada kamida bir kun, shu vaqt uchun ish haqi saqlangan holda ishga chiqmaslik huquqi beriladi;

b) xodimning vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik davri hamda davlat yoki jamoat vazifalarini bajargan vaqti 2 oylik ogohlantirish muddatiga kirmaydi.

Mehnat shartnomasi xodimlar soni (shtati) yoki ish xususiyatining o‘zgarishiga olib kelgan ishlar hajmining qisqarganligi yoxud korxonaning tugatilganligi sababli bekor qilingan hollarda ish qidirish davrida ikki oydan ortiq bo‘lmagan davr mobaynida xodimlarning o‘rtacha oylik ish haqi saqlanib qoladi, bunda xodimga to‘langan bir oylik ishdan bo‘shatish nafaqasi ham qo‘shib hisobga olinadi.

Bunda, ishdan bo‘shatish nafaqasiIshdan bo‘shatish nafaqasi MKning 109-moddasiga ko'ra   to‘lanadi.

Xodim mehnat shartnomasi bekor qilingan kundan boshlab o‘ttiz kalendar kun mobaynida mahalliy mehnat organida ish qidirayotgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tsalar, mahalliy mehnat organi bergan ma’lumotnomaga binoan 3-oy uchun ham oldingi ish joylaridan o‘rtacha ish haqi olish huquqiga ega bo‘ladi.

Masalan:

Mehnat shartnomasi 1-martdan bekor qilinishi haqida xodim 1-yanvarda yozma tarzda ogohlantirildi. Taraflar kelishuvi asosida 2 oylik ogohlantirish muddati pullik kompensatsiyaga almashtirildi va xodim bilan mehnat shartnomasi 1-yanvardan bekor qilindi. Bunda:

a) xodimga ogohlantirish muddatiga mutanosib ravishda 1-oy yanvar va 2-oy fevral oylari uchun pullik kompensatsiya to‘lanadi;

b) bir oylik (yanvar uchun) ishdan bo‘shatish nafaqasi to‘landi;

v) agarda xodim, ishga joylashmaganligini mehnat daftarchasi yoxud elektron mehnat daftarchasining ko‘chirma nusxasi bilan tasdiqlasa MKning 67-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan 2-oy fevral uchun o‘rtacha oylik ish haqini mart oyida olish huquqiga ega bo‘ladi.

g) xodim, mehnat shartnomasi bekor qilingandan so‘ng o‘ttiz kalendar kun ichida, ya’ni 2-yanvardan 31-yanvargacha bo‘lgan muddatda mahalliy mehnat organida ish qidirayotgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lsa va aprel oyida bu to‘g‘risida mehnat organining ma’lumotnomasini taqdim qilsa, unga 3-oy (mart uchun) ham ilgarigi ish joyidan o‘rtacha oylik ish haqi to‘lanadi.

E’tiborli jihati:

MKning 92-moddasiga muvofiq – xodimlar soni (shtati) qisqarganda ish beruvchi xodimga mutaxassisligi va malakasiga muvofiq keladigan ishni bunday ish bo‘lmagan taqdirda esa, korxonada mavjud bo‘lgan boshqa ishni taklif etishi shart.

Bundan, xodim boshqa ishga o‘tishdan bosh tortgan yoki korxonada muvofiq keladigan ish bo‘lmagan taqdirda, mehnat shartnomasi umumiy asoslarda bekor qilinishi mumkin

Zarbdor tumani adliya bo‘limi Yuridik markazi bosh yuriskonsulti A.Abduvaitov

20
"E'tiboringiz markazida" tok-shousi

Dastur: "E'tiboringiz markazida" tok-shousi

Mavzu: Yoshlarni ish bilan taminlash, tadbirkorlarga yaratilgan imtiyoz va imkoniyatlar.

Baxmal tuman adliya bo'limi yetakchi maslahatchisi Shohruh Jangiboyev ekspert sifatida ishtirok etdi

20
Янгиобод туман Адлия бўлими Юридик хизмат кўрсатиш маркази ходимлари томонидан тумандаги 18-сонли ИДУМда Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Махкамасининг 14.10.2022 йилдаги 595-сонли “Давлат фуқаролик хизматчилари томонидан одоб-ахлоқ қоидаларига риоя этили

Янгиобод туман Адлия бўлими Юридик хизмат кўрсатиш маркази ходимлари томонидан тумандаги 18-сонли ИДУМда Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Махкамасининг 14.10.2022 йилдаги 595-сонли “Давлат фуқаролик хизматчилари томонидан одоб-ахлоқ қоидаларига риоя этилишини таъминлаш бўйича қўшимча чора-тадбирлар тўғрисида” ги қарорининг мазмун-моҳияти юзасидан давра суҳбати бўлиб ўтди.

20
Vorislik (vasiyat) huquqi haqida bilasizmi?

Vorislik vasiyat va qonun bo‘yicha amalga oshiriladi.

Vasiyat mavjud bo‘lmasa yoki vasiyat barcha merosni taqsimlamasa, qonun bo‘yicha vorislik  qo‘llaniladi.

Vasiyat va qonun bo‘yicha vorislar sifatida meros ochilganda hayot bo‘lgan shaxslar, meros qoldiruvchi hayotligida homila holida bo‘lib, meros ochilgandan so‘ng tirik tug‘ilgan bolalar bo‘lishi mumkin.

Meros ochilganda meros qoldiruvchiga tegishli bo‘lgan, uning o‘limidan keyin ham bekor bo‘lmaydigan barcha huquq va majburiyatlar meros tarkibiga kiradi.

Quyidagilar meros qoldiruvchining shaxsi bilan bog‘liq huquq va majburiyatlar hisoblanadi hamda meros tarkibiga kirmaydi:

tijorat tashkilotlari va boshqa tashkilotlarga a’zolik, ularda ishtirok etish huquqlari;

hayotga yoki sog‘liqqa yetkazilgan zarar uchun tovon undirish;

aliment huquqlari va majburiyatlari;

pensiya, nafaqa va boshqa to‘lovlar olish huquqi;

shaxsiy nomulkiy huquqlar.

Meros qoldiruvchining shaxsiy nomulkiy huquqlari va boshqa nomoddiy boyliklari merosxo‘rlar tomonidan himoya qilinishi mumkin.

Umumiy mulk ishtirokchisi o‘lsa uning ulushi ajratiladi. Umumiy birgalikdagi mulk ishtirokchisi umumiy mol-mulkka bo‘lgan huquqdagi o‘z ulushini vasiyat qilishi mumkin.

Meros fuqaro o‘lganidan yoki u sud tomonidan vafot etgan deb e’lon qilingandan keyin ochiladi.

Meros qoldiruvchining oxirgi doimiy yashab turgan joyi merosning ochilish joyi hisoblanadi.

Meros qoldiruvchini yoki merosxo‘rlardan birortasini qasddan o‘ldirgan yoki ularning hayotiga suiqasd qilgan, shuningdek meros qoldiruvchiga meros qoldirish vaqtida ta’sir o‘tkazgan shaxslar vasiyat bo‘yicha ham, qonun bo‘yicha ham meros olish huquqidan mahrum qilinadi.

Fuqaro mol-mulkini u vafot etgandan keyin kimgadur qoldirish haqidagi xohish-irodasi vasiyat hisoblanadi.

Vasiyatnoma shaxsan tuziladi, vasiyatnomani vakil orqali tuzish mumkin emas.

Vasiyat qiluvchi merosxo‘rlardan istaganini hech qanday izohsiz merosdan mahrum qilishga haqli.

Meros qoldiruvchi vasiyatnoma tuzilganidan keyin uni istagan paytda bekor qilishi va o‘zgartirishi mumkin.

Vasiyatnoma yozma shaklda joyi va vaqti ko‘rsatilib tuziladi.

Yozma shakldagi vasiyatnoma vasiyat qiluvchining o‘z qo‘li bilan imzolanishi lozim.

Notarial tasdiqlangan vasiyatnoma vasiyat qiluvchi tomonidan yozilgan yoki uning so‘zlaridan notarius tomonidan yozib olingan bo‘lishi lozim.

Quyidagi vasiyatnomalar notarial tasdiqlangan vasiyatnomalarga tenglashtiriladi:

kasalxonalar, gospitallar, boshqa statsionar davolash muassasalarida davolanayotgan yoki keksalar va nogironlar uchun internat uylarida yashab turgan fuqarolarning ana shu kasalxonalar, gospitallar va muassasalarning bosh vrachlari, ularning o‘rinbosarlari yoki navbatchi vrachlari, gospitallarning boshliqlari, internat uylarning direktorlari yoki bosh vrachlari tomonidan tasdiqlangan vasiyatnomalar;

fuqarolar O‘zbekiston bayrog‘i ostidagi kemalarda suzib yurganda kema kapitanlari tomonidan tasdiqlangan vasiyatnomalar;

qidiruv ekspeditsiyalaridagi fuqarolarning ana shu ekspeditsiyalar boshliqlari tomonidan tasdiqlangan vasiyatnomalari;

harbiy xizmatchilarning komandirlar tomonidan tasdiqlangan vasiyatnomalari;

ozodlikdan mahrum etish joylarida yoki qamoqda saqlanayotgan shaxslarning muassasalar boshliqlari tomonidan tasdiqlangan vasiyatnomalari;

notarius bo‘lmagan hududda notarial harakatlarni amalga oshirish huquqiga ega shaxslar tomonidan tasdiqlangan vasiyatnomalar.

Notarius, vasiyatnomani tasdiqlovchi boshqa mansabdor shaxslar meros ochilgungacha vasiyatnomaga oid ma’lumotlarni oshkor qilishi mumkin emas.

Tegishli shaklda tuzilmagan vasiyatnoma haqiqiy emas.

Vasiyat qiluvchi vasiyatnomaning ijro etilishini vasiyatnomada ko‘rsatgan, merosxo‘r hisoblanmaydigan shaxsga topshirishi mumkin. Bu shaxsning vasiyatnomaning ijro etuvchisi bo‘lishga roziligi uning o‘z qo‘li bilan vasiyatnomaga yozgan ustxatida yoki vasiyatnomaga ilova qilingan arizasida aks ettirilishi lozim.

Merosxo‘rlar o‘zaro kelishib, vasiyatnomaning ijrosini merosxo‘rlardan biriga yoxud boshqa shaxsga topshirishga haqlidirlar. Bunday kelishuvga erishilmaganda, vasiyatnomani ijro etuvchi bir yoki bir necha merosxo‘rning talabi bilan sud tomonidan tayinlanishi mumkin.

Vasiyatnoma bo‘lmaganida qonun bo‘yicha vorislik asosida meros taqsimlanadi.

Meros qoldiruvchining bolalari, eri (xotini) va ota-onasi (farzandlikka oluvchilar) teng ulushlarda qonun bo‘yicha birinchi navbatdagi vorislik huquqiga ega.

Meros qoldiruvchining tug‘ishgan hamda ona (ota) bir ota (ona) boshqa aka-ukalari va opa-singillari, shuningdek uning ham ota, ham ona tarafdan bobosi va buvisi teng ulushlarda qonun bo‘yicha ikkinchi navbatdagi vorislik huquqiga ega.

Meros qoldiruvchining tug‘ishgan amakisi, tog‘asi, ammasi va xolasi teng ulushlarda qonun bo‘yicha uchinchi navbatdagi vorislik huquqiga ega.

Qonun bo‘yicha merosxo‘r meros ochilgunga qadar o‘lsa, unga tegishli ulush uning avlodlariga o‘tadi.

Meros qoldiruvchining vafotiga qadar kamida bir yil uning qaramog‘ida bo‘lgan va u bilan birgalikda yashagan mehnatga qobiliyatsiz shaxslar qonun bo‘yicha merosxo‘rlar jumlasiga kiradi.

Meros qoldiruvchining voyaga yetmagan yoki mehnatga qobiliyatsiz bolalari, shu jumladan farzandlikka olgan bolalari, shuningdek mehnatga qobiliyatsiz eri (xotini) va ota-onasi, shu jumladan uni farzandlikka olganlar, vasiyatnomaning mazmunidan qat’i nazar, qonun bo‘yicha voris bo‘lganlarida ulardan har biriga tegishi lozim bo‘lgan ulushning kamida yarmini (majburiy ulush) meros qilib oladilar.

Meros ochilgan joydagi notarius merosxo‘rning iltimosiga ko‘ra unga merosga bo‘lgan huquqi to‘g‘risida guvohnoma berishi shart.

Merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risidagi guvohnoma meros ochilgan kundan 6 oy o‘tganidan keyin beriladi.

Merosxo‘r meros ochilgan kundan e’tiboran istalgan vaqtda merosdan voz kechishga haqli.

Meros vorislar o‘rtasida taqsimlanishidan oldin meros qoldiruvchining zarur xarajatlari, dafn etish xarajatlari, merosni egallash bilan bog‘liq harajatlar qoplanishi kerak.

20
Fevral “Kontrafaktsiz oy” oyligi deb eʼlon qilindi

Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Soliq qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi hamkorligida butan respublikamiz boʻylab “Kontrafaktsiz oy” oyligi eʼlon qilingan. Mazkur oylik doirasida “Biz kontrafaktga qarshimiz” shiori ostida jamoat transportlari va aholi gavjum hudadlarga mavzuga aloqador bannerlar joylashtirish, natijada esa fuqarolarning xabardorlik darajasini oshirish nazarda tutilgan.

Shu munosabat bilan Jizzax viloyat adliya boshqarmasi Intellektual mulk boʻlimi xodimlari tomonidan hamkor tashkilotlar bilan birgalikda mazkur ishlarni amalga oshirish boʻyicha saʼyi harakatlar boshlab yuborildi. Viloyatning axoli koʻp toʻplanadigan joylariga, bozorlarga, shu bilan birga jamoat transportlariga kontrafakt mahsulotlardan ogoh boʻlish yuzasidan maʼlumotlar kiritilgan banerlar joylashtirilmoqda.