Yangiliklar
So‘nggi yillarda davlat organlarining xalq bilan muloqot qilish, murojaatlar bilan ishlash faoliyatiga samarali mexanizmlar tatbiq etib kelinmoqda. Habaringiz bor Jizzax viloyat adliya boshqarmasi ham barcha davlat tashkilotlarida murojaatlar bilan ishlash yo'nalishiga alohida e'tibor qaratib, ular bilan doimiy hamkorlikni amalga oshirib bormoqda. Reja asosida davlat tashkilotlarining murojaatlar bilan ishlash uchun mas'ul bo'lgan xodimlari bilan uchrashuvlar tashkil etilib, sohada uchrayotgan muammolarni o'rganish orqali bu yo'nalishdagi ishlar samaradorligini oshirish choralari ko'rilmoqda.
Huddi shunday uchrashuv markaziy va tijorat banklarining murojaatlar bilan ishlashga masʼul boʻlgan xodimlari ishtirokida bo'lib o'tdi. Ushbu seminarda Jizzax viloyat adliya boshqarmasi Inson huquqlarini himoya qilish bo'limi boshlig'i M.Raximova tomonidan murojaatni taqdim etish, ularni ko'rib chiqish va javob xatini jo'natish, murojaatlarni ko'rib chiqishga oid normativ-huquqiy hujjatlar bo'yicha ishtirokchilarga tushunchalar berildi.
Ishtirokchilar tomonidan berilgan barcha savollarga asoslantirilgan javoblar qaytarildi.
Paxtakor tumanidagi “EKO BOZOR” hududida viloyat adliya boshqarmasi vakillari, tuman adliya boʻlimi va hamkor tashkilotlar bilan birgalikda tuman aholisi hamda tadbirkorlariga sayyor targʻibot tadbirlari tashkil etildi. Kontrafakt mahsulotlardan fuqarolarning va tadbirkorlarning xabardorligini oshirish, ularni ajrata olish koʻnikmalarini shakillantirish maqsadida oʻtkazilgan tadbirda asl mahsulot bilan kontrafakt mahsulotning farqli jihatlari misollar orqali tushuntirib oʻtildi.
Kichik bir jihati bilan ajralib turadigan kontrafakt mahsulotlarini asl tovardan ajratib olish uchun ham yetarli tushuncha kerak boʻladi. Shu sabab targʻibot tadbirlarini koʻproq tashkil etish maqsadga muvofiqdir.
Har bir insonning tug'ilganlik guvohnomasi bu uning kelajakda o'z shaxsini tasdiqlovchi ko'plab hujjatlarni olishiga asos hisoblanadi. Shu sababli har bir chaqaloq dunyoga kelishi bilan u uchun shaxsini tasdiqlovchi dastlabki hujjati tug'ilganlik tog'risidagi guvohnomasi tegishli idoralar tomonidan rasmiylashtiriladi.
Afsuski Qozog'iston Respublikasida dunyoga kelgan Allabayeva Gulnoza tug'ilganlik tog'risidagi guvohnomasi bo'lmaganligi sababli O'zbekiston Respublikasi hududida shaxsini tasdiqlovchi hujjat ham ololmagan.
So'ngi umid bilan G'allaorol tuman adliya bo'limiga murojaat qilgan fuqaroning murojaatini o'rganib FHDY bo'limi hodimlari ushbu fuqaroga tug'ilganlik guvohnomasini topshirdi.
Xalq orasiga yaqinroq kirib borish va ularga beminnat xizmat ko'rsatish bugun eng samarali tizim hisoblanadi.
Jizzax viloyat adliya boshqarmasi, G'allaorol tuman adliya bo'limi bilan birgalikda G'allaorol tumanidagi dehqon bozorida "Huquqiy profilaktika" tadbiri amalga oshirildi.
Shuningdek, xalqning uzog'ini yaqin qilish, mablag'i va vaqtini tejash maqsadida tadbir davomida davlat xizmatlari markazi xodimlari tomonidan fuqarolarga sayyor davlat xizmatlari ko'rsatildi. Olis hududlarda bunday loyihalarning amalga oshirilishi aholi uchun ayni muddao.
Do'stlik tuman аdliya bo'limi DXM hodimlari tomonidan "Saritepa" MFY da sayyor tartibda jami 37 ta dehqon xo'jaliklari davlat ro'yxatidan otkazildi.
Aholining uzog'ini yaqin, og'irini yengil qilishga qaratilgan bunday loyihalar xalq roziligiga sabab bo'lmoqda.
Jizzax viloyat adliya boshqarmasi, viloyat sudi va O'zbekiston Respublikasi Oliy Sudi vakillari bilan hamkorlikda Jizzax shahar davlat xizmatlari markazi binosida viloyatdagi yuridik xizmat xodimlari, huquqshunoslar, talabalar, yosh yuristlar ishtirokida seminar tashkil etildi. Tadbirda sud faoliyatida amalga oshirilayotgan yangiliklar, yoshlarni ushbu sohaga jalb qilish, sohaning murakkab tomonlari va afzalliklari yuzasidan iliq suhbat qurildi. Oliy sud vakili tomonidan sud faoliyati to'g'risida berilgan ma'lumotlar yosh huquqshunoslar ongida bir kun kelib sudyalik lavozimini egallash qanchalik murakkab va masuliyatli kasb ekanligi to'g'risida tushuncha hosil qildi.
Shuningdek seminarda, Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi qoshida Sudyalar oliy maktabi tashkil etilganligi, Davlatimiz rahbarining “Sudyalik lavozimlariga nomzodlarni tayyorlash, sudyalar va sudlar apparati xodimlarini qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori ijrosi doirasida ochilgan ushbu maktab sohaga yuqori malakali kadrlarni tayyorlashda katta ahamiyat kasb etayotganligi hamda ushbu maktabda o'qish tartibi, kirish imtihonlari to'g'risida ma'lumot berildi.
Har bir istemolchi albatta harid qilgan mahsulotini sifatli bo'lishini hohlaydi. Ammo vaholangki hozirgi kunda savdo rastalarida kantrafakt mahsulotlar ko'plab uchramoqda.
Har bir istemolchi huquqini himoya qilishni ko'zlab ayni paytda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Soliq qo‘mitasi hamda Bojxona qo‘mitasi hamkorligida "Kontrafaktiz oy" oyligi davom etmoqda.
Ushbu oylik doirasida mahalliy tadbirkorlik subyektlariga tegishli tovar belgisiga ega mahsulotlarning kontrafakt nusxalari xorijdan respublika hududiga kirib kelishini oldini olish maqsadida, Jizzax viloyat adliya boshqarmasi hamda Jizzax viloyati Bojxona boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda “Kontrafakt mahsulotlarga qarshi kurashishda bojxona xizmatining o‘rni” mavzusida seminar tashkil etildi.
Geografik ko'rsatkich ma'lum bir geografik hududda paydo bo'lgan va ularning kelib chiqish joyi bilan bog'liq xususiyatlarga ega bo'lgan tovarlarda paydo bo'ladigan belgidir.
Belgilanish faqatgina ma'lum hududga nisbatan mahsulotning kelib chiqishini ko'rsatsagina geologik ko'rsatgich sifatida hizmat qilishi mumkin.
Mamlakatimiz bo'ylab bunday mahsulotlar juda ko'p uchraydi va Zomin tandiri kabobi ham aynan mana shunday mahsulotlar sirasiga kiradi desak hato bo'lmaydi.
"Zomin tandiri go'shti" brendi O'zbekiston Respublikasida birinchilardan bo'lib, geografik ko'rsatkichidan foydalanish huquqi bilan Zomin tuman hokimligi mulki sifatida davlat ro'yhatidan o'tkazildi.
"Jizzax ovozi" gazetasining bugungi sonida Jizzax viloyat adliya boshqarmasi xodimlari A.Rajabov, Sh.Sulaymonov va I.Ablakulovalarning "Adliya maslahatxonasi" rukni ostida maqolalari chop etildi.
Fuqaro N.Siddiqova tomonidan turmush o‘rtog‘i S.Siddiqovning o‘z vazifasini bajarish jarayonida vafot etganligi sababli tovon pullarini undirishda amaliy yordam berishni so‘rab qilgan murojaati adliya boshqarmasi tomonidan o‘rganib chiqildi.
O'rganish jarayonida viloyat Bandlik bosh boshqarmasining 2022-yil 20-iyundagi 16-T-sonli buyrug‘iga asosan S.Siddiqovning Jizzax viloyat yuqimli kasalliklar shifoxonasida o‘z vazifasini bajarish jarayonida vafot etganligi holati maxsus tekshirish komissiyasi tomonidan tasdiqlanganligi aniqlandi.
Natijasiga ko'ra fuqaro N.Siddiqovaning manfaatida Jizzax viloyat yuqimli kasalliklar shifoxonasiga nisbatan bir yo‘la to‘lanadigan tovon puli hamda etkazilgan zarar pullari undirish to'g'risida fuqarolik ishlari bo'yicha sudga da'vo arizasi kiritildi. Sud tomonidan da'vo arizasi qanoatlantirilib fuqaroga 321 mln so'm pul mablag'lari undirib berilishi ta'minlandi.