Bog'lanish

Telefon
+998 72 221 50 50

Elektron manzil
jizzax@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni1008

Yangiliklar

07
“E-QAROR” ELEKTRON TIZIMI YUZASIDAN SEMINAR BO'LIB O'TDI

Jizzax viloyat adliya boshqarmasi, Jizzax shahar adliya bo‘limi tomonidan Jizzax shahar hokimligida mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari va farmoyishlari, shu jumladan, xizmat doirasida foydalanish uchun mo‘ljallangan qarorlari va farmoyishlarini ishlab chiqish, ro‘yxatga olish va e’lon qilish “E-qaror” elektron tizimi orqali amalga oshirish tartibi qoidalarini tushuntirish yuzasidan seminar 2023-yil 14-iyul kuni tashkil etildi.
Hozirgi kunda Jizzax shahar hokimligi va Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashi tomonidan “E-qaror” elektron tizimi ishga tushgandan bugungi kunga qadar jami 1 545 ta hujjatlar qabul qilingan bo‘lib, shundan 871 ta hokim qarori, 338 ta hokim farmoyishi va 336 ta Kengash qarori hisoblanadi. Seminar yakunida Jizzax shahar hokimi 1-o‘rinbosari A.Ergashev, boshqarma mas’ul xodimi Sh.Sulaymonov va tuman adliya bo‘limi boshlig‘i M.Asatullayevlar xodimlar tomonidan berilgan savollarga qonunchilik hujjatlariga asoslangan holda javoblar berishdi.Albatta, bu kabi seminar, davra suhbatlari xodimlarning ish salohiyatini oshishiga, huquqiy ong, madaniyatning shakllanishiga, qonunbuzilishi holatlarning oldi olinishiga hamda eng muhimi davlat organlari faoliyatining takomillashishiga zamin yaratadi.

06
O'qituvchilarning huquqlari adliya himoyasida

Arnasoy tumani 14-son umumta'lim maktabining  2 nafar o'qituvchilari mart va aprel oyining ish haqlari to'lliq to'lab berilmaganligidan  norozi bo'lib tuman adliya bo'limiga murojaat qilishdi.  

Taqdim etilgan hujjatlar asosida murojaat o'rganib chiqilib, mart va aprel oylari uchun to‘lanmasdan qolgan jami 7 mln 600 ming so‘m ish xaqlari o'qituvchilarga to‘lab berilishi ta’minlandi. Umumta'lim maktabining  bosh hisobchisi ma’muriy javobgarlikka toritildi.

05
Adliya bo‘limi tomonidan Yoshlar yetakchilariga o‘quv-seminar tashkil etildi.

Zafarobod tumani Adliya bo‘limi tomonidan viloyat hokimining 23.03.2023 yil tasdiqlangan “Jizzax viloyatida 2023 yilda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga doir chora-tadbirlar” Dasturi asosida tumandagi yoshlar yetakchilariga o‘quv-seminar tashkil etildi.

O’quv-seminar mashg‘ulotida yoshlar yetakchilariga ularning huquqiy savodxonligini oshirish, sohaga tegishli normativ hujjatlarning mazmun mohiyatini yetkazish bilan birga, kasbiga sadoqat va fidoyilik bilan ishlash, yoshlar bilan ishlashda natijadorlikka alohida etibor qaratish masalalariga alohida e’tibor qaratilib, tegishli yo‘nalishlar berildi.

04
Qonunchilikka muvofiq Alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishi hamda iste’mol qilinishi cheklanmoqda.

Qonunchilikka muvofiq Alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishi hamda iste’mol qilinishi cheklanmoqda.

Zafarobod tuman Adliya bo‘limi tashabbusi bilan “Alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishini hamda iste’mol qilinishini cheklash to‘g‘risida”gi Qonuni mazmun mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish maqsadida turli soha vakillari o‘rtasida targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda.

03
Inson huquqlari oliy qadriyat

Zafarobod tuman adliya bo‘limi tomonidan tibbiyot birlashmasidagi mehnat jamoasi o‘rtasida mehnat qonunchiligi, Yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning mazmun-mohiyati yuzasidan tushuntirish ishlarini olib borish maqsadida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

Tadbir davomida ishtirokchilarni qiziqtirgan barcha savollarga batafsil javob berildi.

#Konstitutsiyani_o'rganamiz
43-modda.
Davlat fuqarolarning bandligini ta’minlash, ularni ishsizlikdan himoya qilish, shuningdek kambag‘allikni qisqartirish choralarini ko‘radi. Davlat fuqarolarning kasbiy tayyorgarligini va qayta tayyorlanishini tashkil etadi hamda rag‘batlantiradi.

29
#OCHIQ_ESHIKLAR_KUNI

Jizzax viloyat yuridik texnikumi 1-2-bosqich o'quvchilari yahlit adliya uyi negizida birlashgan Jizzax shahar adliya bo'limi, davlat xizmatlari markazi, yuridik xizmat ko'rsatish markazi hamda FHDY bo'limi ish faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

Bevosita jonli jarayonlarni kuzatish asnosida o'quvchilar xizmat ko'rsatishda aholiga yaratilgan qulaylik hamda raqamlashgan ish uslubining afzalliklariga ham guvoh bo'lishdi.

Ushbu ochiq eshiklar kuni davomida tizimda faoliyat yuritish istagida bo'lgan o'quvchilar qanday bilimlarga ega bo'lish lozimligi haqidagi savollariga batafsil javob olishdi.

Shuningdek, ochiq eshiklar kuni yakunida o'quvchilar MOBILE ID tizimiga ro'yxatdan o'tkazildi.                                                                                              

27
Huquqiy targ'ibot tadbirlari davom etmoqda

Huquqiy targ'ibot tadbirlari davom etmoqda

Jizzax viloyat madaniyat boshqarmasi tizimi hodimlari ishtirokida huquqiy targ'ibot tadbiri bo'lib o'tdi.

Ushbu tadbirda Jizzax shahar adliya bo'limi YXKM hodimi A.Rahmatov ishtirokchilarga Yangi konstitutsiyaning mazmun mohiyati va mehnat, saylov qonunchiligi yuzasidan tushunchalar berdi.

#Konstitutsiyani_o'rganamiz 42-modda.  
Har kim munosib mehnat qilish, kasb va faoliyat turini erkin tanlash, xavfsizlik va gigiyena talablariga javob beradigan qulay mehnat sharoitlarida ishlash, mehnati uchun hech qanday kamsitishlarsiz hamda mehnatga haq to‘lashning belgilangan eng kam miqdoridan kam bo‘lmagan tarzda adolatli haq olish, shuningdek ishsizlikdan qonunda belgilangan tartibda himoyalanish huquqiga ega.

26
Zafarobod tuman Adliya bo‘limi tomonidan hududlardagi fermer xo‘jalik rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida fermer xo‘jaliklari rahbarlariga o'z faoliyatiga doir qonun hujjatlarning mazmun mohiyati, ularga berilgan imkoniyat va imtiyozlar haqida so'z bordi.


Xususan ularga Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 3 iyunda “2023 yil hosilidan bug‘doy xarid qilish va ichki bozorda narxlar barqarorligini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 227-sonli Qaroriga ko'ra quyidagi huquqlari bor ekanligi tushuntirildi

bug‘doy ma’lum bir qismini davlat resursi sifatida hamda urug‘lik bug‘doyni O’zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan xarid qilish;
ma’lum bir qismini fermer xo‘jaliklari hamda boshqa bug‘doy yetishtiruvchilar tomonidan keyinchalik birja savdolari orqali sotish uchun Jamg‘armaning tijorat vakilida vaqtincha saqlash tartibi joriy qilinganligi
Bunda bug‘doy yetishtiruvchilar tomonidan vaqtincha saqlashga qabul qilinadigan 5 va undan yuqori sinflardagi tovar bug‘doy barcha tadbirkorlik sub’ektlariga birja savdolari orqali cheklovlarsiz sotilishi
Bug‘doy yetishtiruvchilarning vaqtincha saqlashga qabul qilinadigan bug‘doy birja savdolari orqali oyma-oy grafik asosida sotilishini inobatga olib, 2023 yil hosili uchun bug‘doy yetishtirish xarajatlarini moliyalashtirishga ajratilgan kreditlarni qaytarish muddati, istisno tariqasida, 2023 yil 1 noyabrga qadar uzaytirilganligi

23
YANGI NAFAS

Bugun yurtimizdagi 16 ta shahar “Bir vatanda, bir vaqtda, bir masofaga, bir maqsadda – birga yuguramiz!” umumiy yagona shiori ostida birlashdi.
25-iyun kuni respublikaning 16 ta shahrida "Yoshlar kuni" munosabati bilan "Yangi nafas" xalqaro ommaviy yugurish musobaqasi va "Vatan qalqoni" harbiy-vatanparvarlik ommaviy yugurish musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

Yangi nafas xalqaro ommaviy yugurish musobaqasida Xalqaro Olimpiya kunini (Olympic Day) nishonlash munosabati bilan bir milyaga teng ramziy masofaga ommaviy yugurishlar  ham tashkil etildi. Jizzaxda bo‘lib o‘tgan marafonda yuguruvchilar 3 km masofaga musobaqalashdilar.

Sport tadbiri ishtirokchilari  uchun start ertalab soat 6:00 da berildi. 2000 ga yaqin ishtirokchilarni qamrab olgan tadbirda Jizzax viloyat adliya boshqarmasi xodimlari ishtirok etib, imkoniyati cheklangan bo'lsada g'alaba sari intilib g'olib bo'lgan ishtirokchilarga boshqarma tomonidan ajratilgan sovg'alarni topshirishdi.

22
Inson huquqlari oliy qadriyat

Joriy yilning  Jizzax viloyati Adliya boshqarmasi boshlig‘i o'rinbosari B.Pirxalov tomonidan Zafarobod tumani  "Pistalikent" ShFY hududida "Inson qadri uchun" aksiyasi doirasida fuqarolar o‘rtasida sayyor qabul tashkil etildi.

Sayyor qabul davomida 17 nafar fuqarolarning o‘zlarini qiynab kelayotgan va mavjud muammolariga huquqiy yechib topa olmayotgan, shuningdek buzilgan huquqlarini tiklash va amaliy yordam ko‘rsatish masalasidagi murojaatlar tinglandi, 9 nafariga tushuntirishlar berilgan bo‘lsa, 3 tasi joyida hal etildi, 5 ta murojaat ish yurituviga olindi.

Tadbir so'ngida tumanning "Pistalikent" va "Nurafshon" ShFY hududidagi tashkilotlarning rahbar va xodimlariga yuridik xizmat ko‘rsatish markazi xodimlari tomonidan amaldagi, yangi tahrirdagi Mehnat kodeksi bo‘yicha bir kunlik o‘quv-seminar tashkil etildi.