Yangiliklar
Joriy yilning 3 noyabr kuni Jizzax Yoshlar innovatsion markazida “Oʼzbekiston Respublikasi ayrim qonun hujjatlariga saylov va referendum oʼtkazish tartibini yanada takomillashtirishga qaratilgan oʼzgartirish va qoʼshimchalar kiritish toʼgʼrisida”gi Konstitutsiyaviy qonun loyihasi hamda Saylov oʼtqazish tartibi yanada takomillashtirilishining muhim jihatlari mazmun - mohiyatiga bagʼishlangan targʼibot uchrashuv bo'lib o'tdi. Mazkur tadbirda adliya boshqarmasi xodimi Sh.Sulaymonov ishtirok etdi.
Davra suhbati davomida ishtirokchilarning savollariga atroflicha javoblar berildi.
Mirzachoʻl tuman adliya boʻlimi tomonidan tuman qishloq hujaligi boʻlimi xodimi boʻlib ishlagan va xozirda bola parvarishi taʼtilida boʻlgan U.Zayriyeva va tuman kasb-xunar maktabi mutaxassisi U.Ergasheva tomonidan tashkilot tugʻruq taʼtili pullarini toʻlab bermaganidan norozi boʻlib yoʻllagan murojaati oʻrganib chiqildi. Oʻrganishlar natijasida haqiqatan ham xodimlarga tugʻruq taʼtili pullari oʻz vaqtida toʻlanmagani maʼlum boʻldi.
Adliya boʻlimi tomonidan har ikkala tashkilotga ham taqdimnomalar kiritilib, murojaatlarning ijobiy qanoatlantirilishiga erishildi. Xodimlarga tugʻruq taʼtili pullari toʻliq toʻlab berildi.
Uchrashuv mobaynida tumanlar yuridik xizmat ko‘rsatish markazlariga kelib tushgan hujjatlar soni, ko‘rib chiqilish muddati, tashkilotlar tomonidan yo‘l qo‘yilayotgan tizimli kamchiliklar va bartaraf etish choralari bilan tanishdi.
Shuningdek, qonunchilikka amal qilish va faoliyatni samarali tashkil etish yuzasidan amaliy tavsiyalar berildi.
Adliya vaziri o'rinbosari Sh.Rabiyev va adliya boshqarmasi boshlig'i A.Ergashev Jizzax shahrida kichik sanoat zonasida faoliyat olib boruvchi ishlab chiqarish korxonalari vakillari va tadbirkorlik subyektlari bilan uchrashuv o'tkazib, ularning faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Shulardan biri shahardagi qandolatchilik mahsulotlarini tayyorlash faoliyati bilan shug'ullanayotgan "IRUSKON" MCHJ hisoblanadi.
Tadbirkorlik subyektlaridan yana biri "MASTER BILDING PRODUCTS" mas’uliyati cheklangan jamiyatidir. Mazkur tadbirkorlik subyekti qurilish ashyolari ishlab chiqarish faoliyati bilan shug’ullanadi.
Uchrashuv davomida tadbirkorga bugungi kunda ular uchun yaratilgan mavjud imkoniyatlar va imtiyozlar yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi. Bundan tashqari, faoliyati davomida uchrayotgan mavjud muammolar ham o‘rganildi hamda ularni bartaraf qilish yuzasidan hududiy adliya organlariga tegishli topshiriqlar berildi.
Baxmal tuman Adliya bo'limi va huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari tomonidan "Uzunbuloq" QFY da fuqarolarning murojaatlari yuzasidan sayyor qabul tashkil etildi.
Qabul davomida fuqarolarga qonunchilikdagi yangiliklar to'g'risida batafsil ma'lumot berildi.
Shuningdek aholi va yoshlar o'rtasida jinoyatchilikning oldini olish, firibgarlikka qarshi kurash yuzasidan zarur tavsiyalar berildi.
Ikki nafar fuqarolarning murojatlari ko'rib chiqish uchun qabul qilindi.
«Nogironligi bo'lgan shaxslarning huquqlarini himoya qilish» huquqiy aksiyasi doirasida Sharof Rashidov tumanida 3 nafar fuqarolar eshitish moslamalari bilan ta’minlandi.
Moslamalar tuman Adliya bo'limi xodimlari tomonidan fuqarolarning o'z xonadonlarida egalariga topshirildi.
Doʻstlik tuman Adliya boʻlimi tomonidan navbatdagi targʻibot tadbirlari tuman tibbiyot birlashmasida oʻtkazildi.
Jismoniy yoki aqliy nuqsonlari sabab imkoniyati cheklangan, ijtimoiy yordamga va himoyaga muhtoj shaxslarga nogironlik belgilanish mezonlari, tibbiy ko'rik muddatlari, nogironlik darajasini oʻzgartirish tartiblari batafsil tushuntirildi.
Davlatimiz tomonidan nogironligi bo'lgan shaxslar soliqlar va shu turdagi boshqa majburiy to'lovlardan ozod etilganligi hamda qonunchilik normalaridagi mavjud imtiyozlar haqida to'liq ma'lumotlar berildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida mahallabay ishlash tizimini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari yuzasidan oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida barcha davlat organlari va idoralari faoliyatini mahalladagi “yettilik” tizimi bilan oʻzaro hamkorlik asosida tashkil etishning ustuvor vazifalar belgilab berildi.
Yangiobod tuman adliya boʻlimi tomonidan ushbu ustuvor vazifalar yuzasidan mahalla fuqarolar yigʻinlarida faoliyat yuritayotgan "beshlik" va tashkilotlar xodimlariga oʻquv seminari oʻtkazildi.
Seminar davomida "O‘zbekiston – 2030” strategiyasining 5 ta asosiy g'oyalariga asoslangan 5 ta yo'nalish va 100 ta maqsadlari to'g'risida huquqiy tushuntirish berildi.
Jizzax shahar adliya bo‘limi Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti O.Araqulov tomonidan Jizzax shahar maktabgacha va maktab ta'limi bo'limiga qarashli 3-maktabda “O’zbekiston — 2030” strategiyasi bo'yicha targ'ibot tadbiri o'tkazildi.
Qatnashchilarga "O‘zbekiston – 2030” strategiyasining 5 ta asosiy g‘oyalari:
1️⃣Barqaror iqtisodiy o‘sish orqali daromadi o‘rtachadan yuqori bo‘lgan davlatlar qatoridan o‘rin olish;
2️⃣Aholi talablariga va xalqaro standartlarga to‘liq javob beradigan ta’lim, tibbiyot va ijtimoiy himoya tizimini tashkil qilish;
3️⃣Aholi uchun qulay ekologik sharoitlarni yaratish;
4️⃣Xalq xizmatidagi adolatli va zamonaviy davlatni barpo etish;
5️⃣Mamlakatning suvereniteti va xavfsizligini kafolatli ta’minlash kabi g'oyalariga asoslangan 5 ta yo'nalish va 100 ta maqsadlari to'g'risida huquqiy tushuntirish berildi.
Adliya tizimida shunday an'ana bor, ulug' ayyomlar arafasida sohada ko‘p yillar samarali mehnat qilib, hozirgi kunda keksalik gashtini surayotgan faxriylar holidan xabar olinadi, ularga hurmat-ehtirom ko'rsatiladi. 21-oktabr “O`zbek tili bayrami kuni” munosabati bilan “Qadring baland bo`lsin ona tilim” shiori ostida tashkil etilgan davra suhbatiga jizzax viloyat adliya tizimida uzoq yillar mehnat qilgan faxriylar ham taklif etikdi.
Bundan tashqari, tadbirda viloyat adliya boshqarmasi, uning tizimidagi idoralar, faxriylar va ustozlar, yuridik texnikum o`quvchilari ishtirok etdi.
✅ Unda, o`zbek tilining tarixi, huquqiy maqomi, bugungi kunda jamiyatimizda tutgan o`rni va ahamiyati haqida fikr va mulohazalar bildirilib, ishtirokchilar tomonidan she’rlar aytildi.
❇️ Shuningdek, tadbirda “Adliya faxriylari va yoshlari” loyihasi doirasida katta hayot tajribasiga ega bolgan faxriylarning bosib o'tgan umr yo'llari, ish faoliyati jonli muloqot va savol-javoblar ko'rinishida yoshlarga etkazildi.