Yangiliklar
"Jizzax haqiqati" va "Djizakskaya pravda" gazetalarining 7-dekabr sonida Jizzax viloyat adliya boshqarmasi boshlig'i A.Ergashevning O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul kilingan kun munosabati bilan yozilgan maqolasi chop etildi.
Jizzax viloyat teleradiokompaniyasining "Assalom, Jizzax" dasturiga Jizzax shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti, 2-darajali yurist Nargiza Fayziyeva taklif etildi. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 30 yilligi keng nishonlanayotgan ayni kunlarda, bosh qomusimizning hayotimizdagi, turmush-tarzimizdagi ahamiyati va o‘rnini xech bir narsa bilan qiyoslab bo‘lmasligini ta’kidlashimiz lozim. Mazkur suhbatda qomusimizning huquqiy asoslari hamda insonparvarlik tamoyillari bilan yo‘g‘rilgan moddalari oddiy, xalqchil tilda yoritib berildi.
Yangiobod tumani xalq ta'limi bo'limiga qarashli 8-umumiy o'rta ta'lim maktabida O'zbekiston Respublikasi Madhiyasining 30 yilligi munosabati bilan "Ulug' xalq qudrati jo'sh urgan zamon!", "Madhiya - g'ururimiz timsoli!" mavzularida xeshteg amalga oshirildi.
Keyingi toʻrt yil ichida mamlakatimizda xalq bilan muloqotning samarali mexanizmi yaratildi. Ayni jarayonda joylarda oʻtkazilayotgan sayyor qabullar ham xalq ichiga kirib borish, uning tashvish va muammolarini chuqur oʻrgangan holda tegishli idora va tashkilotlar bilan bamaslahat hal etishning natijador vositasi sifatida muhim ahamiyat kasb etayotganini alohida taʼkidlash oʻrinlidir. Shuni alohida ta'kidlash joizki Adliya Vazirligi tashabbusi bilan "Mahalla huquqshunosi" loyihasi yo'lga qo'yilishi ham fuqarolarning muammolariga yechim topishning yangicha yondashuvi hisoblanadi. Aynan Yangiobod tumanidek olis manzillarda ushbu loyiha amalga oshirilishi aholining huquqiy savodxonligi va huquqiy madaniyati oshishida va muammolar yechim topishida hizmat qilmoqda.
Jizzax viloyati adliya boshqarmasi tomonidan tasdiqlangan Jismoniy va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish bo‘yicha reja-grafikka asosan joriy yilning 1-dekabr kuni adliya boshqarmasi boshlig’i o’rinbosari B.Pirxalov tomonidan Yangiobod tumani, "Sovot" QFYda sayyor qabul o‘tkazildi.
Qabul davomida jami 20 nafar fuqarolar qabul qilinib, 4 nafar fuqaroning murojaati joyida hal etildi. 7 nafar fuqaroga huquqiy tushuntirish berilib, 9 nafar fuqaroning murojaati ish yurituvga qabul qilinib, tegishli mutassaddilarga tegishli topshiriqlar berildi hamda ijrosi nazoratga olindi.
Konstitutsiya- bu har bir davlatning mustaqillik va xurlik ramzidir. Shu boisdan O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasining 30 yiligi munosabati bilan "Konstitutsiya bosh qomusimiz " muvzusi doirasida Jizzax viloyat adliya boshqarmasi boshliq o'rinbosari B.Pirxalov, Sh.Rashidov tuman adliya bo'limi boshlig'i I.Rashidov, IIB xodimlari, hokim yordamchilari, mahalla raislari bilan hamkorlikda Sh.Rashidov tuman 6-maktab o'quvchilariga targ'ibot tadbiri tashkil etildi. Shuningdek tadbirda, yoshlar o'rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish va unga qarshi kurashish, yoshlar vaqtini mazmunli o'tkazish doirasida mas'ul xodimlar tomonidan yoshlarga tushuntirish ishlari olib borildi. Tadbir davomida o'quvchilardan Konstitutsiyaning o'zi nima? Uning hayotimizda qanday o'rni mavjud? Unda qanday huquqlarimiz belgilab qo'yilgan? kabi savollar bilan yuzalandik va yosh avlodning Konstitutsiyamiz haqida qanday ma'lumotlarga ega ekanligini bilib oldik. Targ'ibot-tadbiri mana shunday qiziqarli savol javoblarga boy tarzda o'tdi.
Mana shunday viktorinada qatnashib savolarga to'g'ri javob bergan ishtirokchilarga Jizzax viloyat adliya boshqarmasi tomonidan tayyorlanib kelgan maxsus sovg'alar va huquqiy qo'llanmalar taqdim etildi.
Zafarobod tuman adliya bo'limi tomonidan fuqaro F.Ablakimovning 6 yoshga to'lgan farzandi uchun tug'ilganlik haqidagi guvohnoma ololmayotganligi, bunga sabab o'zining turmush o'rtog'i farzandini tashlab ketganligi haqidagi murojaati ko'rib chiqildi.
Ma'lum bo'lishicha, fuqaro F.Ablakimova turmush o'rtog'i bilan birga yashamayotganligi va bir nafar qizini qoldirib o'zi xorijiy davlatga ketib qolganligi va uning shaxsiga oid ma'lumotlar mavjud bo'lmaganligi sababli 10.08.2016 yilda tug'ilgan farzandiga tug'ilganlik haqidagi guvohnoma ololmagan.
Murojaatni ko'rib chiqish davomida, tuman adliya bo'limining aralashuvi bilan uning turmush o'rtog'i Komilova SHoxistaning shaxsiga oid hujjatlar va tibbiy ma'lumotlar olingach, 10.08.2016 yilda tug'ilgan farzandi Ziyadullaeva Laylo Fazliddin qiziga tug'ilganlik haqidagi 46423104-sonli guvohnoma berilishi ta'minlandi.
O’zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosini ta’minlash maqsadida Jizzax viloyati adliya boshqarmasi tomonidan Do‘stlik tumani Chinobod MFYda sayyor qabul tashkil etildi. Unda boshqarma boshlig'i o'rinbosari S.Raximov, Do'stlik tuman adliya bo'limi boshlig'i, yuridik xizmat ko‘rsatish markazi, davlat xizmatlari markazi hamda tumandagi mutasaddi tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.
Sayyor qabul davomida ko'plab fuqarolarning murojaatlari tinglandi. Murojaatlarning asosiy qismi huquqiy savodxonlikning yetishmasligi oqibatida yuzaga kelmoqda. SHu sabab har bir masalaga huquqiy tushuntirish berish, yo'l-yo'riq ko'rsatish orqali ham ularni bartaraf etish mumkin. Shu sabab dastlab eng ko'p murojaat kelib tushadigan masalalarni tartibga solib beruvchi qonun hujjatlari yuzasidan ma'lumotlar berib o'tildi.
Yechimi vaqt talab etadigan masalalar ish yurituviga olindi, mutasaddilar bilan birgalikda yechimini ta'minlash borasida ishlar tashkil etiladi.
Do‘stlik tuman XTBga qarashli 3-sonli umumta’lim maktabida ishlab kelayotgan 6 nafar fuqarolarning Do‘stlik tuman adliya bo‘limiga qilgan murojaatlari asosida Do‘stlik tuman XTBda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentabrdagi 823-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining o‘rnak ko‘rsatgan xodimlarini rag‘batlantirishning direktor jamg‘armasini tashkil etish va uning mablag‘laridan foydalanish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomning 29-bandi ijrosi monitoring qilinib, Do‘stlik tuman XTBga qarashli 3-sonli umumta’lim maktabining direktor jamg‘armasi hisobidan joriy yilning 1-oktabr “Ustoz va murabbiylar kuni” munosabati bilan, ularga mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 50 foizi miqdorida bir martalik mukofot tayinlanganligi, biroq hanuzgacha ushbu mukofot pullarini olmaganliklari aniqlanib, mazkur to‘lanmay qolgan mukofot pullari Do‘stlik tuman adliya bo‘limi aralashuvi bilan to‘lab berish choralari ko‘rildi.
Mamlakatimizning kelajagi bo'lmish yoshlarni ma'naviy-axloqiy va jismoniy barkamol etib tarbiyalash, ularni olib borilayotgan barcha sohalardagi islohotlar bilan hamnafas bo'lishida kitob o'qish va ularni tahlil etish nechog'lik muhim ekanligi hozirgi zamonimizning yaqol ko'zga ko'rinadigan masalalaridan biridir.
Shu ma'noda Jizzax viloyat adliya boshqarmasi va viloyat Xalq ta'lim boshqarmasi bilan homkorlikda O‘quvchilar va talabalar o‘rtasida korrupsiyaga qarshi murosasizlik tuyg‘usini shakllantirishga qaratilgan, hamda konstitutsiyamizning 30 yilligi munosabati bilan "Konstitutsiya erkinligimiz kafolati" mavzusida insholar tanlovini o‘tkazildi.
O'quvchilarni bilim olishga chorlab adliya boshqarmasi mas'ul hodimi Sh.Suloymonov "Insholar tanlovi tom ma'noda o'quvchilarni izlanishga, yanada kengroq fikrlashga, konstitutsiyaviy bilimlarini yanada mustahkamlashga hizmat qiladi" deb fikr bildirdi. G'olib bo'lganlarni taqdirlab o'quvchilarga kelgusi ishlarida omad va zafarlar tiladi.
O'quvchilarni o'z ustida ishlashida, ma'naviyati yuksalishida hamda bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etishda kitob eng yaxshi do'st va hamroh hisoblanadi. Shuningdek, zamonimizning eng asosiy jihatlaridan birihamdur. "Kitob -eng yaxshi do'st" deyilgani ham bejizga emas aslida. O'ylaymizki o'quvchilarni oldinga intilishida kitob o'qib o'z ustida ishlashida shu kabi insholar tanlovi katta ahamiyat kasb etadi.
Hukumatning “Davlat fuqarolik xizmatchilari tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etilishini taʼminlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori mazmun mohiyatini davlat xizmatchilariga tushuntirish borasida adliya organlari hodimlari tomonidan joylarda muntazam ravishda seminarlar o'tkazib kelinmoqda.
Jizzax davlat pedagogika universitetida bo'lib o'tgan tadbirda viloyat adliya boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari S.Rahimov ishtirok etib, qaror mazmunidan kelib chiqib, davlat xizmatida birinchi navbatda qilinishi kerak boʻlgan vazifalarga toʻxtalib oʻtildi. Jumladan davlat xizmatchilari mehnat qilayotgan idorada yangi ichki mehnat tartib qoidalari bilan tanishtirish, xususan xodimlarga odob-axloq qoidalari tilxat olgan holda tanishtirilishi, odob-axloq qoidalariga rioya qilinishi ustidan qatʼiy nazorat oʻrnatilishi zarurligi taʼkidlandi.
Qolaversa, maʼruzachilar tomonidan davlat fuqarolik xizmati tatbiq etiladigan barcha idora va tashkilotlar xodimlarining odob-axloq meʼyorlari mazkur qaror bilan tartibga solinganligi, xususan, qarorda davlat xizmatchilarining nafaqat xizmatni oʻtash vaqtidagi, balki, xizmatdan tashqari vaqtdagi odob-axloq qoidalari, rahbar xodimlarning majburiyatlari va ushbu qoidalarga rioya etilmagan holatlar uchun javobgarlik belgilab qoʻyilganligi ham aniq misollar bilan tushuntirib oʻtildi.