Yangiliklar
Forish tuman adliya bo`limiga fuqaro X.Ro`ziqulovaning tuman kasb-hunar maktabi tomonidan martabda kutubxonachi vazifasida ishlasada qo‘shimcha haq to`lab berilmayotganidan norozi bo`lib yo`llagan murojaati o`rganib chiqildi. Aniqlanishicha, Forish tuman kasb-hunar maktabi tomonidan 2022-yil 16-sentyabr holatiga O‘zbekitson Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 29 sentyabrdagi 490-sonli “Xalq taʼlimi xodimlari mehnatiga haq to‘lash shartlarini tartibga solish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq 1 991 291 (bir million to`qqiz yuz to`qson bir ming ikki yuz to`qson bir) so'm qo`simcha haqi to'lab berilmagan. Mazkur masala yuzasidan fuqaro manfaatida adliya bo'limi tomonidan fuqarolik ishlari bo'yicha Forish tuman sudiga da'vo arizasi kiritilib, ijobiy qanoatlantirilishi ta'minlandi.
Avval xabar berilganidek, Adliya vazirligi tizimidagi ta’lim muassasalarida o‘qiyotgan talaba-o‘quvchilar uchun ta’sis etilgan “Jadid tafakkuri” stipendiyasi uchun tanlovning hududiy bosqichlari bugun bo'lib o'tdi.
Tanlovning Jizzax viloyat hududiy bosqichida quyidagicha natija ko'rinish oldi:
1-o‘rin Farxotova Dilzoda Farxot qiz 224 ball
2-o‘rin Nasimova Sevinch Umid qizi 216 ball
3-o‘rin Normuratova Muxlisa 198 ball
Jizzax viloyat adliya boshqarmasi jamoasi barcha g'olib ishtirokchilarni muborakbod etib, tanlovning respublika bosqichida omad tilaydi!
Ma'lumot uchun: Tanlovning respublika bosqichiga faqatgina 1-o'rinni egallaganlar ishtirok etadi!
Sharof Rashidov tuman adliya bo‘limi tomonidan fuqaro L.Muzaffarovaning qilgan murojaati o‘rganib chiqildi.
Aniqlanishicha, fuqaro L.Muzapparova bilan tuzilgan mehnat shartnomasi Maktabgacha ta’lim boshqarmasining 2020 yil 21 avgustdagi 223-sonli buyrug‘iga asosan Mehnat kodeksining 99-moddasi bilan bekor qilingan.
Biroq, fuqaro L.Muzaffarova bilan o‘z vaqtida (2022 yilning 16 sentyabr kuniga qadar 4 103 261 so‘m miqdorda) hisob-kitob qilinmaganligi aniqlandi.
Vaholanki, O’zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining
99-moddasiga asosan xodim nomuayyan muddatga tuzilgan mehnat shartnomasini ham, muddati tugagunga qadar muddatli mehnat shartnomasini ham, ikki hafta oldin ish beruvchini yozma ravishda ogohlantirib, bekor qilishga haqli ekanligi, ogohlantirish muddati tugagandan so‘ng xodim ishni to‘xtatishga haqli, ish beruvchi esa, xodimga mehnat daftarchasini berishi va u bilan hisob-kitob qilishi shartligi ko‘rsatilgan. Yuqoridagilarni inobatga olgan holda Sharof Rashidov tuman adliya bo'limi tomonidan Maktabgacha ta’lim bo‘limiga taqdimnoma tasir chorasi kiritilib, to'lanmay qolingan ish haqi undirib berilishi ta'minlandi.
Vazirlar Mahkamasining 29.09.1994 yildagi “Xalq taʼlimi xodimlari mehnatiga haq toʼlash shartlarini tartibga solish toʼgʼrisida” 490-son qarorining 23-bandiga asosan maktablar, barcha tur va nomdagi maktab-internatlar kutubxonachilariga yoki boshqa xodimlarga darsliklarning kutubxona fondi bilan shugʼullanganliklari uchun mehnatga haq toʼlashning eng kam miqdorining 3,6 foizi miqdorida qoʼshimcha haq toʼlanishi hamda keyingi har bir 1500 nusxa darsliklar uchun 5 foiz, biroq mehnatga haq toʼlashning eng kam miqdorining 10,6 foizidan koʼp boʼlmagan qoʼshimcha haq toʼlanishi belgilangan.
Yuqoridagilarga asosan, Yangiobod tuman adliya boʼlimi tomonidan tuman xalq taʼlimi boʼlimiga qarashli 19 ta umumtaʼlim maktablarida ushbu qaror ijrosi taʼminlanganlik darajasi monitoring asosida oʼrganildi. Monitoring natijalariga koʼra tuman Xalq taʼlimi boʼlimi tomonidan kutubxonachilarga jami 80.734.171 soʼm qoʼshimcha haq toʼlanmaganligi aniqlandi va ushbu kutubxonachilarga toʼlanmasdan kelingan qoʼshimcha ish haqlari sud tartibida undirib berildi.
Jizzax viloyat adliya boshqarmasi barcha davlat tashkilotlarida murojaatlar bilan ishlash yo'nalishiga alohida e'tibor qaratib, ular bilan doimiy hamkorlikni amalga oshirib bormoqda. Reja asosida davlat tashkilotlarining murojaatlar bilan ishlash uchun mas'ul bo'lgan xodimlari bilan uchrashuvlar tashkil etilib, sohada uchrayotgan muammolarni o'rganish orqali bu yo'nalishdagi ishlar samaradorligini oshirish choralari ko'rilmoqda.
Bu galgi seminar mashg'ulotlari onlayn tarzda o'tkazildi, unda "Jizzaxsuvta'minoti" MCHJнинг tuman(shahar) bo’limlari jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash bo'yicha mas'ul xodimlari ishtirok etdi. Seminarda Jizzax viloyat adliya boshqarmasi Inson huquqlarini himoya qilish bo'limi boshlig'i M.Raximova tomonidan murojaatni taqdim etish, ularni ko'rib chiqish va javob xatini jo'natish, murojaatlarni ko'rib chiqishga oid normativ-huquqiy hujjatlar bo'yicha ishtirokchilarga tushunchalar berildi. Savol-javob tarzida olib borilgan onlayn uchrashuv davomida, ishtirokchilarning takliflari ham tinglandi. Fikr-mulohazalar almashindi.
Shu bilan birga boshqarmaning Davlat xizmatlarini ko'rsatilishi ustidan nazorat qilish bo'limi bosh maslahatchisi S.Abdualimov tomonidan "Yuridik va jismoniy shaxslarni suv ta’minoti va suvni chiqarib tashlash tarmoqlariga ulash bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma'muriy regalmentiga asosan ko'rsatiladigan davlat xizmatlar to'g'risida"gi Nizom yuzasidan ham to'liq tushuntirishlar berib o'tildi.
Bundan tashqari tizimda yuzaga kelayotgan muammolar va ularning yechimi bo'yicha amaliy chora-tadbirlar olib borishga ham kelishib olindi.
Adliya organlarining asosiy vazifalaridan biri jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni rivojlantirish ekanligidan kelib chiqib, qishloq hududlarida, ayniqsa birinchi navbatda olis va chekka hududlarda istiqomat qilayotgan ayollarga huquqiy yordam ko'rsatish maqsadida sayyor qabullar o'tkazish, huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilgan ayollarga amaliy yordam ko'rsatish, zarur hujjatlarni rasmiylashtirishga ko'maklashish, shuningdek, qonunchilikda xotin-qizlar (shu jumladan, qishloq ayollari) uchun belgilangan imtiyoz va imkoniyatlar haqida huquqiy targ'ibot tadbirlarini o'tkazish belgilangan.
Shunga ko'ra, Do'stlik tuman adliya bo'limi, FXDY bo'limi, tuman hokimligi hamkorligida Do'stlik tumani "Navro'z" MFYdagi fermer xo'jaligida paxta yig'im-terimida ishtirok etayotgan xotin-qizlar bilan uchrashuv tashkil etildi. Ayollarning muammolarini, xohish-istaklarini ayollargina yaxshi tushunadi. Shu sabab ularning holidan xabar olish bahonasida kamchiliklari, qiynab kelayotgan muammolari oydinlashadi. Bugun oila, ro'zg'or tashvishida tinim bilmay mehnat qilayotgan mana shunday ayollarning oz bo'lsada og'irini engil qilish orqali ulardagi katta xursandchilikka sabab bo'lish mumkin. Do'stlik tuman adliya bo'limi FHDY mudirasi tomonidan sohaga taalluqli bo'lgan muammolar o'rganildi, bir nechta masalalarga huquqiy tushuntirishlar berildi.
O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirining 2022-yil 28-sentabrdagi "O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tizimidagi ta'lim muassasalari talaba-o'quvchilari uchun "Jadid tafakkuri" nomli stipendiyani ta'sis etish to'g'risida"gi 228-um-son buyrug'i ijrosi yuzasidan Jizzax viloyat yuridik texnikumida tanlovning hududiy bosqichi o'tkazilmoqda.
Ushbu tanlovda g'olib bo'lgan bir nafar ishtirokchi respublika bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritadi!
Adliya boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari S.Raximov, tuman adliya bo'limi va hamkor tashkilotlar tomonidan Zarbdor tumani markazidan 60 km uzoqlikda joylashgan "Yoshlik" mahallasida Iqtisodiy jinoyatlarning kelib chiqish sabablari, huquqiy oqibati, ushbu jinoyatlar uchun javobgarlik masalasi yuzasidan aholi bilan uchrashuv tashkil etildi.
Bir vaqtning o'zida fuqarolar bilan sayyor qabul tashkil qilinib, 10 dan ortiq masalalar yuzasidan murojaatlarlar qabul qilindi va qonuniy hal etilishi belgilandi. Qonunchilikdagi so'ngi yangiliklardan xabardor qilish orqali esa aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirish maqsad qilib olingan. Shu sabab xalq bilan yuzma-yuz muloqaotlar davomida adliya organlari xodimlari tomonidan yangi qabul qilingan qonun hujjatlarining mazmun-mohiyati qisqacha tushuntirib boriladi.
Arnasoy tuman adliya bo'limi davlat xizmatlari markazi xodimdari tomonidan tuman hokimligi binosida tuman tashkilotlari xodimlari ishtirkida seminar tashkil qilindi. Seminar davomida "Mobile id" tizimini keng targ'ib qilish maqsadida yig'ilish qatnashchilariga ushbu tizimning afzalliklari haqida tushunchalar hamda tizimdan foydalanish bo'yicha amaliy ko'nikmalar berildi. Bundan tashqari davlat xizmatlarida ko'rsatilyotgan yangi xizmat turlari bo'yicha ham ma'lumotlar berib o'tildi.
Arnasoy tumani hokimligida “Davlat fuqarolik xizmati to'g'risida”gi Qonunning mazmun-mohiyati va O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat fuqarolik xizmatchilari tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etilishini ta'minlash bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi qarori yuzasidan o'quv-seminar bo'lib o'tdi. Seminarda hokimlikning mas'ul xodimlari, boshqarma va tashkilotlar rahbarlari ishtirok etishdi.
O'quv-seminarida davlat fuqarolik xizmatchilarining aholi muammolarini o'rganish va oldini olishda samarali muloqot madaniyatini oshirish, stressli va nizoli vaziyatlarda davlat xizmatchilarining psixologik barqarorligini ta'minlash, shaxslararo munosabatlar, ziddiyatli vaziyatlar va ularni oldini olish haqida so'z bordi. O'quv seminarida tuman adliya bo'limi xodimlari tomonidan ham mazkur qarorning mazmun-mohiyati ko'rgazmali materiallar yordamida tushuntirib o'tildi.