Bog'lanish

Telefon
+998 72 221 50 50

Elektron manzil
jizzax@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni1008

Yangiliklar

09
HUQUQIY MAHALLA” LOYIHASI DOIRASIDA TARG'IBOT TADBIRI!

Zarbdor tuman adliya bo’limi xodimlari tomonidan “Toshkesgan” MFY hududida joylashgan xonadonlarda uyma-uy yurish va “Huquqiy ko‘mak” aksiyalarini o‘tkazish orqali fuqarolarga bepul birlamchi yuridik yordam ko‘rsatilmoqda.

Mahallada istiqomat qiluvchi aholining huquq va manfaatlarini ta‘minlashga qaratilgan normalar va standartlarning ishlashini monitoring qilish hamda aholining huquqiy muammolarini aniqlash va bartaraf etish yuzasidan  uyma-uy yurish va “Huquqiy ko‘mak” aksiyalarini o‘tkazish orqali “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” hamda “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimiga kiritilgan fuqarolarga bepul birlamchi yuridik yordam ko‘rsatilishini ta’minlash, yoshlar, xotin-qizlar, ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarni qonunchilik hujjatlarida belgilangan imtiyozlari,   haqida tushuntirishlar berildi.

08
“Mamlakat kelajagi — qonunga itoatkor va huquqbuzarlikka toqatsiz yoshlar bilan”

Sharof Rashidov tuman adliya bo’limi yuridik xizmat ko’rsatish markazi boshlig'i F.Mirzayev tomonidan “So'g'diyona” MFY hududida joylashgan maktabgacha va maktab ta'limi bo'limiga qarashli 1-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabida o’quvchi yoshlarga “Siz huquqni bilasizmi?” mavzusida o’quv seminar o’tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida”gi farmonida belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida yoshlarning huquqiy bilimlarini yuksaltirishga qaratilgan “Siz huquqni bilasizmi?” mavzusida o’quv seminar tashkil qilindi. Tadbir davomida maktab o’quvchilari qonunchilik tizimidagi so'nggi o'zgarishlardan xabardor qilindi.

07
HUQUQIY TARG'IBOT

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida”gi PF-80-sonli Farmonida belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida Jizzax shahar “Turon” MFY da joylashgan 9-sonli umumta’lim maktabida tadbir tashkil etildi.

Unda shahar adliya bo‘limi Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i B.Pakirov tomonidan umumta’lim maktabda faoliyat ko‘rsatayotgan xodimlarning mehnat munosabatlariga oid hujjatlari, ya’ni jamoa shartnomasi, mehnat shartnomalari, buyruqlari va boshqa lokal hujjatlari monitoring qilinib, yagona huquqni qo‘llash amaliyotini shakllantirishda metodik huquqiy yordam ko‘rsatildi.

04
Yangiobod tumanida "Eng yaxshi huquq o‘qituvchisi" tanlovining tuman bosqichi g'oliblari aniqlandi

Adliya vazirligi hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi bilan hamkorlikdagi qaroriga muvofiq umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 2024/2025 o‘quv yilidan boshlab “Davlat va huquq asoslari” fanidan dars beradigan pedagog xodimlar uchun “Eng yaxshi huquq o‘qituvchisi” respublika ko‘rik tanlovini tizimli ravishda o‘tkazish choralarini ko‘rishi belgilan edi.

Ushbu qaror ijrosini ta'minlash maqsadida tumandagi umumta'lim maktablarida faoliyat olib borayotgan huquq fani o'qituvchilari o'rtasida mazkur tanlovning tuman bosqichi tashkil etildi.

Tanlovda ishtirokchilar 2 ta — blits savol-javoblar hamda taqdimot shartlari asosida kuch sinashidilar.

Yakuniy natijalarga ko'ra:
1-o'rinni 13-maktabning huquq fani o'qituvchisi S.Sultonmurodov
2-o'rinni 19-maktabning huquq fani o'qituvchisi Sh.Husanov
3-o'rinni 16-maktabning huquq fani o'qituvchisi D.Ergashevalar g'olib bo'lib, keyingi bosqichga yo'llanmani qo'lga kiritishdi.

03
Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi!

Paxtakor tuman adliya bo'limi FHDY bo'limi tomonidan 21.09.2020 yilda Rossiya Federatsiyasida tug'ilgan S.Usmankulovaga nisbatan otalik belgilanib, Rossiya Federatsiyasidan tug'ilganlik haqidagi guvohnoma olib berildi.

Mazkur aksiyadan ko‘zlangan maqsad ham fuqarolarga hujjatlarini tartibga keltirishlarida yaqindan ko‘maklashish, hamda b boradagi ovoragarchiliklarning oldini olishdan iboratdir. Bu kabi tadbirlar fuqarolarning davlatimizda olib borilayotgan islohotlarga  bo‘lgan ishonchini ortishiga sabab bo‘lishi shubhasiz.

02
ADLIYA ARALASHGACH...

Forish tuman adliya bo'limiga Oq tepa mahallasida yashovchi fuqaro A.Munavarovning ishsizlik nafaqasi tayinlash va to‘lab berilishi masalasida amaliy yordam berishni so‘rab yo'llagan murojaati kelib tushdi.

O‘rganish jarayonida A.Munavarov 2024-yil sentabr oyida kambag’allikni qisqartirish va bandlik bo‘limiga ishsizlik nafaqasi tayinlash uchun elektron ko‘rinishda ariza berganligi, biroq, tuman kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi tomonidan tumandagi kоrхоnаlаrdаn taklif etilgan bo‘sh ish о‘rilarilаri fuqaroga maqbul kelmagan bo‘lsada, ishsizlik nafaqasi tayinlanmaganligi aniqlangan.

Shu asosda tuman kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limiga ishsizlik nafaqasi tayinlanish yuzasidan taqdimnoma kiritilgan.

Mazkur taqdimnoma ijrosi yuzasidan tuman kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi tomonidan “Shaxsni ishsiz deb e’tirof etish to‘g‘risida”gi buyruq qabul qilinib, fuqaroga 2025 yil 10 fevraldan 6(olti) oy muddatga ishsizlik nafaqasi tayinlandi va 2025-yil 5-martda A.Munavarovga fevral oyi (buyruq ciqqan kundan boshlab 19 kun) uchun 783 500 (yetti yuz sakson uch ming besh yuz) so‘m to‘lov amalga oshirilishi ta'minlandi.

01
Arnasoyda “Eng yaxshi huquq o‘qituvchisi” ko‘rik tanlovi tuman bosqichi o'kazildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi “Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida”gi PF–80-son Farmonining 4-bandida huquq fani o‘qituvchilari o‘rtasida “Eng yaxshi huquq o‘qituvchisi” ko‘rik-tanlovini o‘tkazib borish belgilangan.

Ushbu topshiriq ijrosi yuzasidan tuman adliya bo‘limi hamda Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi bilan hamkorlikda “Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining o‘qituvchilari o‘rtasida “Eng yaxshi huquq o‘qituvchisi” tanlovii o‘tkazildi.

Ko‘rik tanlovda 21 umumiy o‘rta ta’lim maktabi huquq fani o‘qituvchilari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan “Eng yaxshi huquq o‘qituvchisi” ko‘rik tanlovi tuman bosqichi Nizom talabi asosida amalga oshirilib, tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tasarrufidagi;

1-o‘rin 11-son umumiy o‘rta ta’lim maktabi oliy toifali huquq fani o‘qituvchisi Djurayev Bekzod Shukrullayevich;

2-o‘rin 2-son umumiy o‘rta ta’lim maktabi 1 toifali huquq fani o‘qituvchisi Ro‘zimuradov O‘rolboy Madatovich;

3-o‘rinni 16-son umumiy o‘rta ta’lim maktabi 1 toifali huquq fani o‘qituvchisi Danaboyev Shavkatlar egalladilar.

G‘oliblar faxriy yorliq hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

31
“O’zimiz keldik" loyihasi davom etmoqda

Jizzax viloyat adliya boshqarmasi hamda tuman adliya bo‘limi xodimlari, intellektual mulk yo'nalishi xodimlaridan tarkib topgan jamoa Zomin tumani Dashtobod shaharchasigi tadbirkorlar hamda aholi bilan uchrashib, ular o'rtasida tushuntirish ishlarini olib borishdi.

“Ziyo ulash” aksiyasi dorasida davlat xizmatlaridan foydalangan fuqarolarga kitoblar sovgʻa qilinib, markazlarda ham kutubxonalar tashkil etilganligi haqida maʼlumot berildi.

Shu bilan birga hududda joylashgan yiriq ip yigiruv fabrikasi ishchi xodimlari bilan ham uchrashuv tashkil etildi. Ularga ham aksiya doirasida kitoblar sovgʻa qilindi.

28
Intellektual mulk masalasi muhokama etildi

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk markazi Davlat muassasasining rahbariyati vа mutaxassislari hamda Jizzax viloyat adliya boshqarmasining mas'ul xodimlari ishtirokida Jizzax shahar adliya bo'limida sayyor qabul tarzida tadbir tashkil etildi.

Tadbirni Viloyat adliya boshqarmasining birinchi o'rinbosari B.Ikromov ochib berdi. Shundan so'ng muassasa direktor o'rinbosari M.Mansurov so‘zga chiqib, muassasaning asosiy vazifalari, intellektual mulk obyektlari va ushbu sohadagi qonun hujjatlari mаzmun-mohiyati haqida mа’lumot berdi.

Bundan tashqari Muassasa mas’ul xodimlari tomonidan seminarda ishtirok etgan o‘z intellektual mulk obyektlarini ro‘yxatdan o‘tkazish istagida bo‘lgan jismoniy va yuridik shaxslarning (jumladan tadbirkorlik subyektlari) 6 nafariga intellektual mulk obyektlarini elektron tizim orqali ro‘yxatdan o‘tkazish uchun talabnomalar topshirilishiga joyida amaliy уоrdаm ko‘rsatishdi.

27
2024-yil 24-maydagi PF–80-sonli farmonida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan olib borilayotgan targ'ibot tadbirlari

Merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risida guvohnoma berish o'zi nima

Guvohnoma olish uchun eng avval qayerga va qanday tartibda murojaat qilish kerak

Bunday savollar kundalik hayotimizda tez tez uchrab turadi.

Doʻstlik tuman adliya bo‘limi, davlat xizmatlari markazi xodimlari hamda Notarius T.Xaydarov tomonidan Navroʻz mahallasida o'tkazilgan tadbir davomida mehnat qonunchiligi hamda qonunchilikka muvofiq vafot etgan shaxsga tegishli bo‘lgan mulklarga nisbatan notarius tomonidan meros ishi ochilishi, mulkka bo‘lgan huquq to‘g‘risida guvohnoma berish tartibi va guvohnoma olish uchun qanday tartibda, qayerga murojaat qilish to’g’risida tushuntirishlar berildi.

Davlat xizmatlari markazi xodimlari tomonidan sayyor davlat xizmatlari koʻrsatilib, 4 nafar fuqaroga meros masalasi boʻyicha meros ishi ochildi.