Yangiliklar
Oila bu muqaddas dargoh uni buzishga xech kimning xaqqi yo‘q. Oilani mustaxkamligini saqlab qolishda xar birimiz mas’ulmiz!
Joriy yilning 27 may kuni Oila va xotin-qizlar bo‘limida, bo‘lim boshlig‘i Sh.Mavlonova boshchiligida, Zafarobod tuman Adliya bo‘limi boshlig‘i B.Ikromov, Zafarobod tuman Prokuratura yordamchi prokurori D.Tolipovlar ishtirokida, ajrim yoqasiga kelib qolgan oilalarni yarashtirish choralari ko‘rilib, ikki oila ajrim yoqasidan saqlab qolinib, yarashtirildi.
Bugun G`allaorol tuman Adliya bòlimi, tuman FXDYo bo’limi va DXM hodimlari hamkorlikda tuman markazidan 35 km uzoqlikda joylashgan Ko’kbuloq QFY hududida sayyor tartibda davlat xizmatlari va huquqiy targ'ibot tadbirlari òtkazildi.
Ushbu tadbirda 15 ta xonadonlarga kirib, aholini huquqiy savodhonligi oshirishga mòljallangan 40 ga yaqin flayer va brashular tarqatilindi. Shundan sòng Ko’kbuloq QFY binosida aholiga sayyor tartibda davlat xizmatlari kòrsatildi.
Qurilish sohasiga oid yagona ma’muriy qurilish reglamentlarini tasdiqlash to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-apreldagi 200-son qarori bo’yicha aholiga tushunchalar berildi.
Jizzax viloyat adliya boshqarmasi "Kun bilan hamnafas" targ'ibot loyihasini amalga oshirmoqda. Unga ko'ra davlatimiz rahbarining har bir selektor yigilishi mavzusiga oid qonun hujjatlarini aholiga tushuntirib borish maqsadida tegishli davlat organlari mas'ul xodimlarini jalb etgan xolda ko'rsatuvlar tayyorlanib efirga uzatib borilmokda.
Bugungi mavzu: Sport ta'limini yaxshilash, iqtidorli sportchilarni saralash va ularning zaxirasini yaratish hamda murabbiylarni tayyorlash bo'yicha ustuvor vazifalar yuzasidan.
Jizzax shahar Madad NNT huququy maslahat byurosi tomonidan 19 may 2022 yil kuni Jizzax "X.Olimjon" MFY xududida yashovchi fuqarolar bilan xukukiy mavzuda maslahat soati o'tkazildi. Fuqarolarning bergan savollariga javoblar berildi.
Joriy yilning 24-may kuni Jizzax viloyat adliya boshqarmasida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 26-apreldagi "Intellektual mulk sohasini yanada rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-221-son qarorining ijrosini taʼminlash boʻyicha Adliya vazirligi boshqarma boshligʻi B.Roʻziev raisligida oʼquv seminar mashgʼuloti oʼtkazildi. Tadbirda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti, viloyat Adliya boshqarmasi mutassadi xodimlari, maʼsul tashkilotlar, tadbirkorlik subektlari va OAV ishtirok etdi. Unda 2022-2026 yillarda Intellektual mulk sohasini rivojlantirish boʻyicha strategiya mazmun-mohiyati ochib berildi.
Bugun adliya tizimida bo'layotgan islohotlar va o'zgarishlarga keng aholi ham befarq emas. Inson qadri, halq farovonligi uchun amalga oshirilayotgan bunday sa'yi-harakatlar eng avvalo tizimda salohiyatli, bilimli kadrlar faoliyati masalasini ham asosiy planga olib chiqadi. Shu ma'noda Jizzax viloyat yuridik texnikumi misolida aytadigan bo'lsak har tomonlama yetuk yuridik kadrlarni tayyorlash tizimdagi isloxotlar samaradorligi demakdir. Jizzax viloyat adliya boshqarmasi rahbariyati tomonidan o'tkazilgan davra suhbati aynan ta'lim sifatini oshirish, mehnat va ijro intizomiga bag'ishlandi.
Mehnat intizomiga qat'iy rioya etilishi natijasida tartib, xodimlar o'rtasida kelib chiqadigan nizolarning oldi olinsa, ijro intizomiga so'zsiz amal qilish natijasida ish sifati va unumi oshib boradi. Shu sabab bu har ikkala yo'nalish bir-birini to'ldiradi. Xodimlardan esa o'z vazifalariga mas'uliyat bilan amal qilish talab etiladi.
Davra suhbatida o'qituvchilarning ta'lim sifatini yanada oshirish borasidagi takliflari ham tinglandi. Asosiy maqsad mazkur ta'lim dargohini bitirib ketayotgan yoshlar jamiyatda o'z o'rinlariga ega bo'la olishsin. Buning uchun esa pedagoglar oldida yetarli bilim va ko'nikmani yetkaza olish mas'uliyati turadi.
/Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi/
Har bir soha rivoji unda faoliyat yuritayotgan kadrlar salohiyati, bilimi va tajribasiga bevosita bog'liq. Adliya shunday tizimki, bu yerda kadrlar har tomonlama charxrlanadi, "pishadi", "yetiladi". Malakali yurist sifatida qanday sifatlar kerak bo'lsa barchasiga ega bo'ladi.
Bugun adliya boshqarmasi jamoasi Toshkent Davlat yuridik universitetining bitiruvchi kurs talabalari bilan bo‘sh ish o‘rinlariga ishga olish yuzasidan uchrashuv o‘tkazdilar.
Mustaqil hayotga qadam qo'yish arafasida turgan yoshlarga adliya tizimining faoliyat yo'nalishi, vazifa va funksiyalari batafsil tushuntirib o'tildi. Shu bilan birga Jizzax viloyat adliya boshqarmasida va tizimda ishlayotgan yosh kadrlarning taassurotlari, fikr-mulohazalari bitiruvchilar tomonidan katta qiziqish bilan tinglandi.
"Shiddat bilan rivojlanayotgan bugungi davr har bir insondan tezkorlikni, voqealar, yangiliklar va o'zgarishlar bilan birgama-birga qadam tashlashni taqazo etadi. Bir kun o'z ustida ishlamaslik hammadan bir qadam ortda qolishga sabab bo'ladi, shuning uchun izlanish va o'rganishdan bir daqiqa ham to'xtamaslik kerak. Adliya tizimi xuddi mana shu maktabni yarata olgan, o'zining mustahkam qadriyatiga ega soha" deya ta'kidlab o'tdi Jizzax viloyat adliya boshqarmasi boshlig'i Sh.Saidov.
Ushbu davra suhbati davomida o'z hayot yo'lini adliya sohasi bilan bog'lash niyati paydo bo'lgan yoshlarga ishga kirish tartibi ham tushuntirib o'tildi.
Qizg'in va ko'tarinki ruhda o'tgan davra suhbatidan so'ng Adliya vazirligi faoliyati bilan ham yaqindan tanishildi. Muzey, kutubxona, psixologik trening xonalari faoliyatning yanada samarali bo'lishi uchun ruhiy quvvat manbaidir.
Har bir xodim o'z yo'nalishi bo'yicha boshqarmalar ish jarayonlari bilan yaqindan tanishdi, hamkasblar bilan dildan suhbat qurildi. Jamoani ochiq chehra va samimiyat bilan kutib olgan vazirlik xodimlaridan juda katta energiya oldik.
Poytaxtdagi o'zgarishlarni, obodonchilik va yangiliklarni kuzatish naqadar zavqli. Hamkasblar bilan esa bu yanada maroqli. Biz bugungi kunimizdan judayam minnatdormiz.
Bitiruvchi talabalarga esa yana bir gap, TANLOVDA ADASHMANG!!!
Ayni paytda Jizzax viloyat ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi binosida "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida amalga oshirilgan ishlar va chiqindilarni qayta ishlash sohasida olib borilayotgan islohotlar" mavzusiga bagʻishlangan matbuot anjumani boʻlib oʻtmoqda.
Unda viloyatdagi OAV vakillari, matbuot kotiblari, jurnalist va blogerlar ishtirok etmoqda.
Arnasoy tumanida 15 may Xalqaro oilalar kuni munosabati bilan tuman Davlat xizmatlari markazi zalida “Oila muqaddas” shiori ostida ajrim yoqasida turgan va notinch oilalar hamda aliment masalasidagi 23 nafar oilalar bilan suhbat olib borildi.
Mazkur masalalar yuzasidan 2 ta oila joyida yarashtirildi va 11 ta muammosi bilan kelgan oilalarning murojaatlari qanoatlantirildi hamda uzoq muddat talab etiladigan murojaatlarning 12 tasi nazoratga olindi.
Shuningdek yosh oilalarga nikohlanuvchilar o'rtasida oilaning muqaddasligi, er-xotinlik mas'uliyati, kelin va kuyovning burch va vazifalar borasida tushinchalar berildi.
Azaldan mahalla xalqimizning tarixan shakllangan, yagona ijtimoiy hayotining o'ziga xos xususiyatlarini aks ettiruvchi, milliy an'analari, urf-odatlari, axloqiy-ma'naviy qadriyatlarini avlodlarga yetkazuvchi muqaddas maskan bo'lib kelgan. Bugungi kunga kelib esa mahalla chin ma'noda oilalarning eng yaqin maslahatchisi, tayanchiga aylandi. Har bir tashabbus mahalla tizimida amalga oshirilgandagina yuksak samara berishi amaliyotda isbotlandi.
Fuqarolar yig'inlari raislari (oqsoqollari) sayloviga tayyorgarlik ko'rish davomida Jixzax viloyat Adliya boshqarmasi mahallalarda O'zbekiston Respublikasi “Fuqarolar yig'ini raisi (oqsoqoli) saylovi to'g'risida”gi Qonuni mazmun-mohiyatini tushuntirish ishlarini amalga oshirishi belgilab qo'yilgan.
Bugunda barcha tuman, shahar adliya bo'limlari xodimlari tomonidan tasdiqlangan reja-grafikka asosan barcha tumanlarda tuman ishchi guruhi a'zolarining huquqiy savodxonligini oshirish bo'yicha seminarlar o'tkazilmokda.
Shu bilan birga saylovga tayyorgarlik ko'rish va uni o'tkazish bo'yicha qonunchilik mazmun mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish maqsadida tuman adliya bo'limlari tomonidan tashkilotlar xodimlari bilan ham uchrashuvlar o'tkazilmoqda.