Yangiliklar
Adliya bo‘limlari tomonidan aholi gavjum joylar: bozor, hiyobon va boshqa joylarda manzilli targ‘ibot tadbirlarini muntazam o‘tkazib kelinmoqda.
Zomin tuman adliya bo'limi tomonidan navbatdagi tadbir Zomin istirohat bog'i hududida tashkil etildi. Xodimlar tomonidan O‘RQ-1080-son, O'RQ-1083-son Qonunlari, qonunchilikdagi imtiyozlar hamda firibgarlikdan ogohlantirishga qaratilgan tarqatma materiallar fuqarolarga tarqatildi va huquqiy tushuntirishlar berildi.
Targ'ibot tadbirlarining asosiy maqsadi - fuqarolarning huquqiy bilimlarini oshirish va va noqonuniy faoliyatning oldini olishdan iborat.
Jamiyat va davlat hayotida o'zining beqiyos o'rniga ega, mamlakatimizning rivoji yo'lida mashaqqatli mehnati va yorqin iste'dodi bilan barchaga mashxur bo'lgan siymolar Sharof Rashidov hamda Hamid Olimjon va Zulfiya muzeylarining tashkil etilgani ularga bo'lgan cheksiz hurmat va e'tibor ramzidir. Mazkur muzeylarga sayohat davomida xodimlar mashxur siymolarning hayoti va ijodi bilan yaqindan tanishish, usha davr ruhi, ichki kechinmalari, qiziqarli voqea xodisalar tasvirlangan qo'lyozmalar va suratlarni tomosha qilish imkoniyatiga ega bo'lishdi.
Bunday madaniy tadbirlar insonga tariximizni ulug'lash, ajdodlarimiz bilan faxrlanish tuyg'usini baxsh etish bilan birga, jamoada birdamlik, ahillik va do'stona muhitning yanada mustahkamlanishiga zamin yaratadi.
Xodimlarning mantiqiy bilimlarini oshirish, intellektual o‘yinlarga keng jalb qilish shuningdek, jamoaviy ishlash ko'nikmalarini shakllantirish maqsadida Jizzax viloyat adliya tizimida muntazam ravishda "Zakovat" intellektual o'yinlari o'tkazib kelinmoqda.
Viloyat adliya boshqarmasida 2025-yil turnirining so'ngi baxslari o'tkazildi. Qizg'in va murosasiz kechgan o'yinda jamoalar bor bilim va salohiyatini ishga soldilar. 12 ta jamoa ishtirokida o'tkazilgan intelletual o'yin yorqin lahzalarga va hayajonli daqiqalarga boy bo'ldi.
1-o'rin ADLIYA (Adliya boshqarmasi)
2-o'rin JIZZAX SHAHAR
3-o'rin ZOMIN TUMANI jamoasiga nasib etdi.
Mirzacho'l tuman adliya bo’limi xodimlari ishtirokida Jizzax viloyati adliya boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari B.Pirxalov tomonidan tasdiqlangan reja grafikka asosan 2025-yil 21-noyabr kuni bevosita Gulzor MFYga tashrif buyurgan xolda sayyor davlat xizmatlari ko'rsatildi.
Sayyor davlat xizmatlarini ko'rsatish davomida, Davlatimiz rahbarining 03.01.2025-yildagi “2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-1-son va O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 31-oktabrdagi “Aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan barqaror taʼminlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ–322-son Qarorlarining mazmun-mohiyati yuzasidan tushuntirishlar berildi.
Jizzax viloyat adliya boshqarmasi hamda Jizzax viloyati yuridik texnikumi hamkorlikda joriy yilning 20-noyabr kuni texnikumda “IDROK” intelektual o‘yini o‘tkazildi.
Intellektual o‘yinda ishtirokchilarga jami 10 ta umumiy, qiziqarli va huquqiy savollar berildi hamda quyidagi guruhlar o‘zaro bellashdilar: Algaritm avlodlari, X jamoasi, Senatorlar, Kosmos, Al-Xorazmiy, Temurbeklar, Zukkolar, Quda taraf, Yuristlar va Sudyalar.
“Idrok” intelektual o‘yini natijalariga ko‘ra:
1️⃣ Temurbeklar
2️⃣ Kosmos
3️⃣Yuristlar
jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.
Tanlov g'oliblari tashkilotchilar tomonidan munosib taqdirlandi!
Davlatimiz rahbarining PF-80-son Farmonida belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida Ravalliq MFY “Huquqiy mahalla” deb e'tirof etilganligi sababli, ushbu mahalla fuqarolari uchun sayyor qabul tashkil etildi.
Sayyor qabulda tegishli tashkilotlar jalb qilinib, ishtirok etgan 45 nafardan ortiq fuqarolardan 18 nafari muammolari bilan murojaat qilishdi, ushbu murojaatlarning 13 tasiga joyida tushuntirish berilgan bo‘lsa, 5 tasi qonunchilik talablariga muvofiq o‘rganib chiqish uchun ish yurituvga qabul qilindi hamda fuqarolarga qonunchilikdagi yangiliklarga oid tarqatma materiallari tarqatildi hamda Davlat xizmatlari markazi mas’ul xodimlari tomonidan shu joyning o‘zida 12 ta sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatilishi ta’minlandi.
Shu bilan birga, “mahalla yettiligi”gi a’zolariga Davlatimiz rahbarining 03.01.2025-yildagi “2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-1-son qaroriga asosan mahallada huquqbuzarliklarning barvaqt profilaktikasini ta’minlash bo‘yicha ishlab chiqilgan manzilli chora-tadbirlarning “Yo‘l xaritasi”da har bir mas’ul tomonidan amalga oshirilishi lozim bo‘lgan tadbirlar va vazifalarning mazmuni haqida ham huquqiy tushuntirish berildi.
Bundan tashqari, “mahalla yettiligi”ga qonunchilik hujjatlarining mohiyati va ahamiyatini oddiy va xalqchil tilda yetkazish va mahalla fuqarolar yig‘inida yagona huquqni qo‘llash amaliyotini shakllantirishda metodik yordam ko‘rsatilishi ta’minlandi.
Bugun tuman Adliya bo‘limi xodimlari tomonidan Mingchinor MFYda, 16-sonli va 5-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktablarida firibgarlik jinoyatlarining oldini olish mavzusida keng qamrovli ma’naviy-huquqiy targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi.
???? TADBIR DOIRASIDA:
???? Telefon va internet orqali sodir etiladgan firibgarlik turlari bilan tanishuv
???? Firibgarlarning qo‘llaydigan usullari to‘g‘risida ma’lumot
???? O‘zini va oilasini himoya qilish yo‘llari
???? Savol-javob orqali aholi va o‘quvchilar bilan muloqot
???? ASOSIY MAQSAD:
Aholi, ayniqsa, yoshlar va keksaroq fuqarolarni firibgarlik hollaridan ogohlantirish va ularni bunday jinoyatlardan himoya qilish choralarini o‘rgatish.
???? Ogohlik – xavfsizlikning kaliti!
Tadbirda ishtirok etgan o‘quvchilar qiziqarli savollar bilan murojaat qildilar va kerakli tushuntirishlarni oldilar.
Jizzax viloyat adliya boshqarmasi Huquqiy axborot sho‘basi boshlig‘i Sh.Sulaymonov Jizzax viloyat televideniyasining “Munozara maydoni” dasturida qatnashdi.
Dastur davomida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 03.11.2025-yildagi “Aholi salomatligi va millat genofondini giyohvandlik va narkojinoyatlardan samarali himoya qilish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-207-sonli Farmoni mazmun-mohiyati yoritildi.
Xususan, Farmonga muvofiq uyushgan narkojinoyatchilikka jinoiy-huquqiy mexanizmlar orqali qarshi kurashish faoliyatini mutlaqo yangi bosqichga olib chiqish maqsadida Jinoyat kodeksiga “Aholi salomatligi va millat genofondiga qarshi jinoyatlar” nomli alohida yangi boʻlim kiritish nazarda tutilgan.
"Bir Vatan, bir el, bir bayroq” shiori ostida Yangiobod tuman hokimligi, tuman adliya bo‘limi, tuman davlat va jamoat tashkilotlar bilan hamkorlikda mamlakatimiz boʻylab keng targʻib etilayotgan sogʻlom turmush tarzi gʻoyalarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida “Sogʻlom hayot uchun 5000 qadam” aksiyasi oʻtkazildi.
Mazkur yurish marafonida davlat va jamoat tashkilotlari xodimlari, oʻquvchi yoshlar hamda keng jamoatchilik faol ishtirok etdi. Tadbir nafaqat jismoniy faollikni oshirish, balki yoshlar oʻrtasida bayrogʻimizga, milliy qadriyatlarimizga hurmat tuygʻusini mustahkamlashga xizmat qildi.
Milliy bayrogʻimiz — Vatanimiz timsoli, yagonalik va birdamligimiz ramzidir.
18-noyabr – O'zbekiston Respublikasi davlat bayrog'i qabul qilingan kun munosabati bilan Adliya vazirligi tomonidan o'tkazilayotgan test sinovida faol ishtirok eting.
???? 10 ta test savoliga javob toping! Uni ishlash uchun bir necha daqiqa kifoya. O'z bilimingizni sinovdan o'tkazing.
➡️ Test savollarini ishlash uchun: havola (https://t.me/QuizBot?start=vnkqk8rG)