Yangiliklar
Qonunchilikka ko'ra, xodimlarga ish haqi to'lash muddatlari jamoa shartnomasida yoki ichki hujjatda, ular mavjud bo'lmaganda esa mehnat shartnomasida shart qilib ko'rsatilgan muddatlarda belgilanadi va har yarim oyda bir martadan kam bo'lishi mumkin emas. (https://lex.uz/docs/-6257288#-6263813)
Xodimlarga oylik ish haqi, qoida tariqasida, 16 kundan ko'p bo'lmagan tanaffus bilan ikki qismga bo'lingan holda (bo'nakda va qolgan qismi miqdorida) to'lanadi.
Oylik olish vaqti kechiktirilsa kechiktirilgan har bir kun uchun Markaziy bank qayta moliyalash stavkasining 10 foizi miqdorida kompensasiya to'lanishi kerak. (https://lex.uz/ru/docs/-6257288#-6265198)
Jizzax shahar adliya bo’limi yuridik xizmat ko'rsatish markazi hamda "Madad" NNT Jizzax shahar hududiy maslahat byurosi mas'ul xodimlari tomonidan 14.01.2026-yilda "Bobur" MFYda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-yanvardagi PQ 1-sonli Qarorning mazmun-mohiyati fuqarolarga batafsil tushuntirildi.
Tadbir davomida ayollar jinoyatchiligi, spirtli ichimlik va giyohvandlikka ruju qoʻygan shaxslar jinoyatchiligini oldini olish maqsadida bu kabi jinoyatlarning yangi turlari haqida tushunchalar berilib, bu borada tayyorlangan bukletlar ishtirokchilarga tarqatildi.
Shuningdek, fuqarolarni eng koʻp qiziqtirayotgan ish bilan ta'minlash, ish haqi toʻlab berish, mehnat qonunchiligi bilan tartibga solinadigan bir qator masalalar boʻyicha ishtirokchilarga qonunchilikning mazmun-mohiyati oddiy va xalqchil tilda tushuntirildi.
Doʻstlik tumani adliya bo‘limi xodimlari tomonidan tumandagi "Manas" MFYda targ‘ibot tadbirlari tashkil etildi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-yanvardagi PQ 1-sonli Qarorning mazmun-mohiyati fuqarolarga batafsil tushuntirildi.
Tadbir davomida ayollar jinoyatchiligi, spirtli ichimlik va giyohvandlikka ruju qoʻygan shaxslar jinoyatchiligini oldini olish maqsadida bu kabi jinoyatlarning yangi turlari haqida tushunchalar berilib, bu borada tayyorlangan bukletlar ishtirokchilarga tarqatildi.
Shuningdek, fuqarolarni eng koʻp qiziqtirayotgan ish bilan ta'minlash, ish haqi toʻlab berish, mehnat qonunchiligi bilan tartibga solinadigan bir qator masalalar boʻyicha ishtirokchilarga qonunchilikning mazmun-mohiyati oddiy va xalqchil tilda tushuntirildi.
Jizzax viloyati adliya boshqarmasi jamoasi barcha yurtdoshlarimiz va harbiylarni 14 yanvar - Vatan himoyachilari kuni bilan samimiy muborakbod etadi.
Fursatdan foydalanib, ushbu bayram munosabati bilan barchangizga tingchlik, oilaviy xotirjamlik, honadoningizga fayzu baraka, mas'uliyatli va sharafli faoliyatingizda ulkan mavaffaqiyatlar tilaymiz. El xizmatidan, yurt koriga yarashdek sharafli vazifani bajarishdan aslo charchamang!
Xususiy tartibda faoliyat yurituvchi psixologlarga malaka sertifikati berish tartibi tasdiqlandi!
Malaka sertifikati olish uchun arizalar Davlat xizmatlari markazlari va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali qabul qilinadi.
Malaka sertifikati psixologlarning jamoat birlashmalari tomonidan beriladi.
Davlat xizmati ko'rsatilganligi uchun BHMning 2 baravari miqdorida yig'im undiriladi.
Malaka sertifikati 5 yil davomida amal qiladi.
Unutmang, psixologik yordam ko'rsatish tartibini buzish ma'muriy javobgarlikka sabab bo'ladi.
Asos: Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 821-son qarori (https://lex.uz/uz/docs/-7942485#-7942832).
Mehnat qonunchiligida yoshlarga qisqartirilgan ish soatlari qo‘llaniladi!
Mehnat kodeksining 415-moddasiga muvofiq ish vaqtining davomiyligi:
16-18 yosh bo‘lgan xodimlar uchun haftasiga 36 soatdan oshmasligi, 15-16 yoshgacha bo‘lgan shaxslar uchun haftasiga 24 soatdan oshmaydi.
Ta’lim krediti axborot tizimi yaratilgan, xotin-qizlarga 0 % qiymatda, o‘g‘il bolalar uchun 14% (hozirda);
Qaytarish muddati: o‘qish muddati (3, 4 yoki 5 yillik muddat) tugagandan so‘ng yettinchi oydan boshlab 7 yil muddatga.
Ariza bankka taqdim etiladi, shartnoma, ariza boshqa hujjatlar ilova qilinadi, 5 ish kunida ko‘rib chiqiladi.
“Oyning eng yaxshi texnik xodimi”ni aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga asosan adliya organlarining tegishli Komissiyalari xulosasiga koʻra 2025-yil dekabr oyining eng yaxshi texnik xodimi aniqlandi:
Xidirov Baxodir Xayitboy o‘g‘li – Boshqarmaning rahbar kotibi.
Ma’lumot uchun: “Oyning eng yaxshi xodimi” ragʻbatlantirish tariqasida bir oylik ish haqi fondi miqdorida pul bilan (bir martalik) mukofotlanadi.
Jizzax viloyat adliya boshqarmasi ushbu xodimni muborakbod etib, kelgusi faoliyatiga ulkan muvaffaqiyat va zafarlar tilaydi.
“Oyning eng yaxshi boshqaruv xodimi”ni aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga asosan adliya organlarining tegishli komissiyalari xulosasiga koʻra 2025-yil dekabr oyining eng yaxshi boshqaruv xodimi aniqlandi:
Baynazarov Dilshod Suvanqulovich – Do‘stlik tuman adliya bo‘limi boshlig‘i.
Ma’lumot uchun: “Oyning eng yaxshi xodimi” ragʻbatlantirish tariqasida bir oylik ish haqi fondi miqdorida pul mukofoti bilan (bir martalik) taqdirlanadi.
Jizzax viloyat adliya boshqarmasi ushbu xodimni muborakbod etib, kelgusi faoliyatiga ulkan muvaffaqiyat va zafarlar tilaydi!
2026-yil 1-yanvardan boshlab O‘zbekiston mahallalari uyushmasining “Raqamli mahalla” yagona platformasi Adliya vazirligining smartoffice.adliya.uz axborot tizimi bilan integratsiya qilindi.
Ushbu yangi platforma orqali mahalla raislariga fuqarolarning murojaatlarini elektron tarzda to‘g‘ridan-to‘g‘ri tegishli adliya organlariga yuborish imkoniyati yaratildi. Bu esa murojaatlarni ko‘rib chiqish jarayonini tezlashtirish, shaffoflikni oshirish va aholiga ko‘rsatilayotgan huquqiy xizmatlar sifatini yanada yaxshilashga xizmat qiladi.