Bog'lanish

Telefon
(372) 223-53-58

Elektron manzil
jizzax@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni1008

Yangiliklar

11
O'zimiz keldik

"O'zimiz keldik" loyihasi olis hududlarda aholiga davlat xizmatlarini ko'rsatish orqali ularning uzog'ini yaqin, og'irini engil qilishdan iborat ezgu tashabbuslardan biridir. Jizzax viloyatida bu yo'nalishga alohida etibor qaratiladi.

G'allaorol tuman Davlat xizmatlari markazi xodimlari tomonidan tuman markazidan 20 km uzoqlikda joylashgan "Oqtom" MFY hududida fuqarolarga sayyor xizmatlar ko'rsatilib. 18 ta dehqon xo'jaliklari ro'yxatdan o'tkazildi.

Paxtakor tuman adliya bo'limi Davlat xizmatlari markazi xodimlari tomonidan xudud axolisiga xozirgi paytda davlat xizmatlari markazlari faoliyatidagi yangiliklar yuzasidan tushunchalar berilib, sayyor tartibda xizmatlar kursatildi.

Arnasoy tuman adliya bo'limi davlat xizmatlari markazi xodimlari tomonidan ham "Yangi bo'ston" MFY hududida sayyor xizmat ko'rsatildi hamda fuqarolarni qaiynab kelayotgan savollarga huquqiy tushunchalar berildi.

Bundan tashqari Arnasoy tuman kasb hunar maktabida Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig'ining sayyor qabuli o'tkazildi. Qabul jarayonida Arnasoy tuman adliya bo'limi davlat xizmatlari markazi xodimlari tomonidan fuqarolarga sayyor xizimatlar ko'rsatildi, qonunchilikdagi yangiliklar aks ettirilgan bukletlar tarqatildi. Adliya bo'limi tomonidan qabul ishtirokchilariga sohaga oid huquqiy tushunchalar berildi.

Baxmal tuman adliya bo'limi davlat xizmatlari markazi xodimlari tuman markazidan 25 km uzoqlikdagi "Nushkent" MFYga yetib borishdi. Hudud aholisiga huquqiy targ'ibot va sayyor xizmat ko'rsatish tashkil etildi va 30 dan ortik xizmatlar kursatildi.

10
Adliya bo‘limi aralashuvi bilan qonunchilikka zid ravishda tuzilgan mehnat shartnomasi muvofiqlashtirilishi ta’minlandi

    Fuqaro A.J(ayol) Uzunbuloq QVPga sanitarka vazifasiga 16.05.2022 yildan boshlab 1 shtat birligida ishga qabul qilinganligi, lekin 0.25 shtat birligida oylik ish haqi to‘lab berilganligi, may, iyun, iyul oylari qolib ketgan ish xaqlarini undirib berishda amaliy yordam so‘rab qilgan murojaati bo‘lim tomonidan o‘rganib chiqildi. Baxmal tuman tibbiyot birlashmasiga murojaat muallifini 2022 yil 16 may kunidan bog‘bon va farrosh vazifasiga ishga qabul qilinganligi, biroq ushbu OShPda shtatlar jadvaliga asosan buyruqda ko‘rsatilgan ish o‘rinlar mavjud bo‘lmaganligi, avgust oyida Uzunbuloq oilaviy shifokorlik punkitiga 0.25 shtat birligida sanitarka vazifasiga, 0.5 shtat birligida qorovullik vazifasiga hamda 0.25 shtat birligida xovli supuruvchi vazifasiga qabul qilinganligi, murojaatdagi vajlar bo‘yicha muallif o‘z tushuntirishida qorovullik vazifasida ishlamaganligini bayon qilganligi, tuman tibbiyot birlashmasi muallif ishga qabul qilinishini noto‘gri rasmiylashtirilganligi ya’ni O’zbekistan Respublikasi Mehnat Kodeksining bir nechta talablari qo‘pol buzilganligi bo‘yicha tuman tibbiyot birlashmasi mansabdor shaxslariga ma’muriy javobgarlik masalasi ko‘rib chiqilishi uchun tuman Aholi bandligiga ko‘maklashish markaziga ma’muriy taklif, mas’ul xodimlar intizomiy javobgarlik maslasini ko‘rib chiqilishi va mehnat qonunchiligidagi qonubuzilishlarni muvofiqlashtirilishi bo‘yicha taqdimnoma ta’sir chorasi kiritildi.

07
#Xalqaro_qishloq_ayollari_kuni

G'allaorol tumanidagi "Ko'kbuloq" MFYda "15-oktabr-Xalqaro qishloq ayollari kuni" munosabati bilan tuman adliya bo'limi, tuman oila va xotin-qizlar bo'limi, Mahalla va nuroniylarni qo'llab-quvvatlash bo'limi hamkorligida hududdagi xotin-qizlar ishtirokida ularning muammolarini o'rganish bo'yicha sayyor qabul tashkil etildi.
10 nafar xotin-qizlarning murorjaatlari yuzasidan tushuntirish berildi, shuningdek, 5 nafar fuqaroning  murojaatlari belgilangan tartibda ko'rib chiqish uchun ish yurituviga olindi. Bundan tashqari tadbir ishtirokchilariga qonunchilikdagi yangiliklar, islohotlar, xotin-qizlarga yaratilayotgan imkoniyatlar, imtiyozlar to'g'risida tushuntirishlar berildi.

06
Oyning eng yaxshi xodimi aniqlandi!

Jizzax viloyat adliya boshqarmasi tizimida “Oyning eng yaxshi xodimi” aniqlandi.

Zarbdor tuman adliya bo'limi FHDY bo'limi mudiri Dilnoza Ne'matova 2022-yil sentabr oyining eng yaxshi xodimi deb topildi.

Jizzax viloyat adliya boshqarmasi jamoasi D.Ne'matovaning keyingi faoliyatida ham omad va zafarlar tilaydi!

06
Xalqning huquqlari ta'minlansa davlatga bo'lgan ishonchi ortadi

Fuqaro X.Jonizakova 22-sentabr kuni Paxtakor tuman adliya bo'limiga “Sport targ‘ibotchisi” vazifasida ishlagan davrida tuman hokimligi madaniyat bo‘limi tomonidan qo‘shimcha ustama haqi to‘lab berilmaganligidan norozi bo‘lib, amaliy yordam so'rab murojaat qilgan. O'rganishlar natijasiga ko'ra haqiqatan ham fuqaroga tuman hokimligi madaniyat bo‘limining 2021-yil 5-yanvardagi 1-sonli buyrug‘i bilan 2021-yil 5-yanvardan boshlab “Sport targ‘ibotchisi” qo‘shimcha vazifasi yuklatilib, oylik lavozim maoshiga 20 foiz miqdorida jami 1577803 so‘m miqdorida qo‘shimcha ustama haqi to‘lab berilmaganligi ma’lum bo‘ldi. Adliya bo'limi aralashuvi bilan holat bartaraf etilib, bugungi kunga qadar to'lanmagan jami 1577803 (bir million besh yuz yetmish yetti ming sakkiz yuz uch) so‘m qo‘shimcha ustama haqi pullari to'liq to'lab berilishi ta'minlandi.          


Xosilmurod Kushmatov

Paxtakor tuman adliya bo'limi boshlig'i

05
Viloyat Adliya boshqarmasi jamoatchilikka 9 oylik faoliyati yakunlari yuzasidan ma'lumot berdi

Jizzax viloyat adliya boshqarmasi tomonidan hududdagi OAV vakillari, jurnalist va blogerlarga matbuot anjumani tashkil etildi. Unda Adliya vazirligi jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi boshlig'i S.Urinbaeva ishtirok etdi. Huquq sohasining qamrovi keng, shu sabab adliya faoliyati boshqa yo'nalishlar bilan ham chambarchas bog'liq. Bu jarayonda hamkorlikni mustahkam yo'lga qo'yish, xalqni rozi qilishdek ezgu maqsad yo'lida birlashmoq o'ta muhim.                                                                                                                                                                                                                                          

Tadbir davomida S.Urinbaeva tomonidan Adliya vazirligi: ochiqlik va shaffoflik mavzusida ma'lumotlar berildi. Ochiqlik va shaffoflik har qanday korrupsiya alomatlarining oldini olishga xizmat qiladi. Adliya tizimi ham mana shunday prinsiplarga asoslanganligi, adolatli mehnat faoliyati yaratilganligi, buning natijasida xodimlarning o'z vazifalarini sitqidildan bajarishi va kasbidan rozi ekanligi ta'kidlab o'tildi.                                                                                                                                                                                                    

Shu bilan birga viloyat adliya boshqarmasi boshlig'i A.Ergashev tomonidan jurnalist va blogerlarga Jizzax viloyat adliya boshqarmasining 9 oylik faoliyati haqida ham ma'lumot berib o'tildi. Unda yaratilgan sharoitlardan kelib chiqib har bir yo'nalish bo'yicha sifat va samaradorlikni oshirish yuzasidan qilingan ishlar ko'rsatib o'tildi.                                                                                                                                                                                                                                          

Tadbirning davomi sifatida Jizzax shahar adliya bo'limiga press tur tashkil etildi. Ishtirokchilarda Prezidentimiz farmoni bilan adliya sohasidagi islohotlar samarasi o'laroq tashkil etilgan adliya uylari, ya'ni adliya bo'limlari, DXM, FHDY, yuridik xizmat ko'rsatish markazlaridan tashkil topgan katta jamoaning bir tom ostida birlashishi, aholigi va davlat tashkilotlariga ko'rsatilayotgan samarali faoliyatlari bilan yaqindan tanishish imkoniyati paydo bo'ldi.                                                                                                

Shu bilan birga viloyatning olis hududlaridagi adliya bo'limlari faoliyati bilan ham tanishildi. Muammolar tinglandi, takliflar o'rganildi.

04
Adliya aralashgach...

Fuqaro O'.Pirnazarov 29-avgustda Mirzacho'l tuman adliya bo'limiga Mirzacho’l MTP Agroservis MCHJdan oylik ish haqini undirib berishni so’rab murojaat qilgan. O'rganishlar natijasiga ko'ra haqiqattan ham fuqaroga oylik ish haqqi to'lab berilmaganligi ma'lum bo'ldi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 154-moddasiga asosan ish beruvchi o‘zining moliyaviy holatidan qat’iy nazar xodimga bajargan ishi uchun haqni belgilangan mehnat haqi shartlariga muvofiq berishi va Mehnat kodeksi 161-moddasida belgilangan tartibda mehnatga haq to‘lash muddatlari har yarim oyda bir martadan kam bo‘lishi mumkin emasligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 19-martdagi 88-sonli qaroriga ko‘ra mulkchilik shakllaridan qat’iy nazar korxonalar va tashkilotlar rahbarlari xodimlarga ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar o‘z vaqtida va to‘liq to‘lanishi uchun shaxsan javob berishi, ish haqi o‘z vaqtida to‘lanmaganligi uchun ish beruvchining moddiy javobgarligi belgilab qo‘yilgan.                                                                    Shunga ko'ra, adliya bo'limi aralashuvi bilan holat bartaraf etilib, bugungi kunga qadar to'lanmagan jami 8 853 224  (sakkiz million sakkiz yuz ellik uch ming ikki yuzi yigirma to'rt) so‘m qo‘shimcha ustama haqi pullari to'liq to'lab berilishi ta'minlandi.


Aziz Aminov

Mirzacho'l tuman adliya bo'limi boshlig'i


03
Huquqlarimiz kafolati qonunchilik bilan mustahkamlangan

Fuqaro A.A tomonidan Jizzax viloyat adliya boshqarmasiga ochiq elektron tanlov orqali yutib olgan qishloq xo'jaligiga mo'ljallangan yer maydoniga ijara shartnomasi tuzilmayotganidan norozi bo'lib yo'llangan murojaati kelib tushdi.

Aniqlanishicha, Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-noyabrdagi 709-son qarori bilan tasdiqlangan "Yuridik shaxslarga qishloq xo'jaligi maqsadlari yer uchastkalarini ijaraga berishning ma'muriy reglamenti"ga asosan Zafarabod tumanining Beruniy massividan paxta va g'allachilik faoliyati uchun 99,5 ga yer maydoniga nisbatan o'tkazilgan tanlovda 2022-yil 20-aprelda 423,6 ball bilan tanlov g'olibi deb topilib, belgilangan muddatda yer ijara shartnomasi tasdiqlangan.

Biroq, Zafarobod tuman hokimligi tomonidan mazkur shartnoma hukumat qaroriga zid ravishda tasdiqlanmasdan kelgan.

Yer ijara shartnomasi tasdiqlanmayotganligi holati adliya organlari aralashuvi bilan bartaraf etilib, 262416-123/22-sonli yer ijara ijara shartnomasi rasmiylashtirilishi ta’minlandi.

30
“Sirli mijoz” – davlat xizmatlarini sifatli rivojlantirishga xizmat qiladi”

Joriy yilning sentyabr oylarida Jizzax viloyat adliya boshqarmasi tomonidan maʼsul idoralar bilan hamkorlikda  tuman (shahar) kadastr idoralarida “sirli mijoz” tadbirlari oʼtkazildi.
Tadbir davomida Jizzax shahar, Zafarobod, Arnasoy, G‘allaorol tuman kadastr idoralarida jismoniy va yuridik shaxslarga xizmat koʻrsatish jarayonida yetarli shart-sharoit yaratilmaganligi, davlat xizmatlarini koʻrsatishga oid ma’lumotlarning yoki axborot stendlarining mavjud emasligi, xodimlarning soha boʻyicha bilimi darajasi yetarli emasligi xodimlar tomonidan xizmat koʻrsatish jarayonida tegishli normativ-huquqiy hujjatlarga toʻliq rioya etilmayotganlik holatlari aniqlandi.
Jumladan, “Sirli mijoz” ning yer uchaskasini xususiylashtirish bo`yicha Davlat kadastrlar palatasining Jizzax shahar filialiga qilgan murojaatiga, xodim tomonidan reglamentga muvofiq tushuntirish bermasdan, tegishli hujjat (hokim qarori)larni olib kelishi aytilgan.
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-fevraldagi 71-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va yuridik shaxslariga doimiy foydalanish (egalik qilish), ijara va meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi asosida tegishli bo‘lgan yer uchastkalarini xususiylashtirish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishga doir ma’muriy reglament 6-bandiga muvofiq, yer uchastkalarini xususiylashtirish uchun ariza beruvchilar yer uchastkasi joylashgan tegishli hududdagi Davlat xizmatlari markazlariga o‘zlari kelgan holda murojaat qiladilar yoki davlat xizmatidan elektron tarzda foydalanish uchun YIDXPda ro‘yxatdan o‘tadilar.
Shuningdek, Fuqarolik kodeksining 212-moddasiga asosan, o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratlarga mulk huquqi sud tomonidan belgilanishi ko‘rsatilgan bo‘lsa-da, Palataning Zafarabod tuman filiali xodim tomonidan “Sirli mijoz”ga o‘zboshimchalik bilan qurilgan uy-joyiga kadastr hujjatlarini tayorlash bo`yicha qilgan murojaatiga shaxsni tasdiqlovchi hujjat bilan kelishi, shunga asosan ro`yxatga kiritilishi, oktyabr oyida qaror chiqqanidan keyin ko`rib chiqilishi ma’lum qilingan.
“Sirli mijoz” tadbirlarini o‘tkazish davom etmoqda.

29
Ishonch va samimiyat jamoa bilan ishlashning muhim qoidasi

Kadrlar bilimi va salohiyatiga to'g'ri baho berish, ish sifati va samaradorligini oshiruvchi tashabbuslarni rag'batlantirish, xodimlarga munosib mehnat sharoitlarini yaratish, shu bilan birga jamoada ahillikni shakllantira olish, bir so'z bilan aytganda avvalo ichki kommunikasiyani mustahkamlash har qanday rahbardan kuchli salohiyatni va tajribani talab etadi.
Xodimlar uchun esa rahbarning unga bildirgan ishonchi va samimiyati juda muhim. Jizzax viloyat adliya boshqarmasi boshlig'i Akmal Ergashevning Jizzax viloyat yuridik texnikumi jamoasi va o'quvchilari bilan bo'lib o'tgan uchrashuvi ana shunday ochiq, do'stona va samimiy ruxda o'tkazildi.
Jizzax viloyat yuridik texnikumi katta jamoadan iborat. Xozirda bu yerda 40 nafarga yaqin pedagog xodimlar faoliyat yuritmoqda. Uchrashuv davomida o'qituvchilarning ta'lim sifati va samaradorligini yanada oshirish borasidagi takliflari tinglandi. Talim jarayonidagi muammolar va kamchiliklarni bartaraf etish borasida A.Ergashev tomonidan aniq tavsiyalar va topshiriqlar berildi.
Texnikumda ayni paytda 158 nafar o'quvchilar tahsil olishmoqda. Yoshlarning har birida bir dunyo orzu-umid. Ular kelajakka ishonch bilan o'z bilimlarini mustahkamlab bormoqda. Samimiy suhbat jarayonida o'quvchilar o'z qiziqishlari, g'oyalari va kelajak rejalari haqida gapirib berishdi. Ularning har qanday ijobiy tashabbuslari rahbariyat tomonidan qo'llab-quvvatlanishi bildirildi.
Shu bilan birga texnikumdagi sharoitlar, o'quvchilarning bilim olishi va sport bilan shug'ullanishlari uchun yaratilgan imkoniyatlar bilan batafsil tanishib chiqildi.